Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

3  –  savol  bayoni.
  G‘arbiy  Yevropa  mamlakatlarida  o‘tgan  asrning  80-
yillarining  boshida  loyihaviy  moliyalashtirish  usullari  turli  xil  moliyaviy 
operatsiyalarni  bajarishda  foydalanishi  orqali  loyiha  tashabbuschilariga  qarz 
to‘lovlariga  bo‘lgan  harajatlarni  kamaytirishga  va  moliya-kredit  institutlarining 
yordamidan  foylanishga  imkoniyat  yaratgan  edi.  Dastlab,  loyihaviy  moliyalashtirish 
Amerika, Kanada, Germaniya va Yaponiya banklari o‘rtasida bo‘lib olingan bo‘lsada, 
hozirda Shimoliy dengizda neft va gaz qazib olishning keskin rivojlanishi natijasida 
ular  qatoriga  Buyuk  Britaniya  tijorat  banklari  ham  qo‘shildi.  Keyinchalik  Fransiya, 
Shveysariya,  Gollandiya,  Belgiya,  Italiya  va  boshqa  mamlakatlar  banklari  loyihaviy 
moliyalashtirishning  jahon  bozorining  faol  ishtirokchisi  sifatida  maydonga  chiqa 
boshladi. 
Iqtisodiy  o‘sishning  yuqori  sur’atlari  loyihaviy  moliyalashtirish  shakllariga 
katta  talabni  vujudga  keltirdi,  bu  talab,  eng  avvalo,  rivojlanayotgan  bozorlarga 
tegishli  edi.  1997-1998  yillardagi  jahon  moliyaviy  inqiroziga  qadar,  loyihaviy 
moliyalashtirishning jahon bozorida yetakchilikni Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari 
egallashgan edi. 1996 yilda Gonkongda 19,3 mlrd. doll. qiymatdagi 36 ta investitsiya 
loyihasi, Indoneziyada 14,1 mlrd. doll. qiymatdagi 72 ta loyiha, Taylandda 9,4 mlrd. 
doll.  qiymatdagi  31  ta  loyiha  amalga  oshirilgan  edi.  1996  yilda  Osiyo  davlatlarida 
jami  86,2  mlrd.  doll.  qiymatdagi  400  ta  investitsiya  loyihasi  moliyalashtirilgan.  Bu 
ko‘rsatkich  Amerika  va  Yevropa  kontingentlari  mamlakatlarinikiga  qaraganda 
ko‘pdir
98
.  Aytish  joizki,  Osiyo  davlatlari  loyihaviy  moliyalashtirishning  jahon 
bozorida  birinchilikni  yo‘qotishdi  va  yetakchilikni  yana  AQSH  va  G‘arbiy  Yevropa 
davlatlari egallashdi.  
Biroq, oxirgi yillarda Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari inqiroz zarbalaridan 
o‘zini  o‘nglab  olgach,  yana  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish  evaziga  iqtisodiy 
o‘sishning  yuqori  sur’atlarini  ta’minlashga  harakat  qilishmoqda.  Bunday  davlatlar 
qatoriga,  eng  avvalo,  Xitoy,  Indoneziya,  Fillipin,  Malayziya  kabi  Osiyo  davlatlarini 
va Sharqiy Yevropa davlatlarini kiritishimiz mumkin. Bu davlatlarda investitsiyalash 
sur’atlari  oxirgi  2-3  yil  ichida  ancha  sezilarli  bo‘lib  bormoqda.  Loyihaviy 
moliyalashtirishning  turli  shakl  va  sxemalari  asosida  amalaga  oshirilgan  yirik 
loyihalarga misol qilib loyihaviy moliyalashtirishning “sof” namunasi bo‘lgan Buyuk 
 
98
 
www.ziyonet.uz
 маълумотлари асосида 


228 
 
Britaniyani  Yevropa  kontengenti  bilan  bilashtiruvchi  “Yevrotunnel”  loyihasini 
keltirishimiz  mumkin.  Mazkur  loyiha  davlat  organlari  va  xalqaro  tashkilotlar 
ishtirokisiz  xususiy  sektor  investitsiyalari  asosida  amalga  oshirilgan.  Loyihani 
moliyalashtirishning umumiy qiymati 7 mlrd. funt sterlingni tashkil etib, loyihada 15 
davlatdan  198  ta  bank  ishtirok  etgan
99
.  Hozirda  loyihaviy  moliyalashtirishning 
globallashuv xususiyatini hisobga olgan holda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 
(YETTB)  va  Jahon  banki  (JB)  tomonidan  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  tabiiy 
boyliklarni  qayta  ishlash  bilan  bog‘liq  yirik  investitsiya  loyihalarini,  shuningdek, 
kapital taqchilligi mavjud bo‘lgan Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qator loyihalarni 
moliyalashtirish uchun keng foydalanib kelinmoqda.  
Yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda rivojlangan mamlakatlar bank 
amaliyotida  sindikatli  kreditlash  shaklidan  keng  foydalaniladi.  Bunda  kredit 
operatsiyalarini tashkil etish jarayonida bank birinchi o‘ringa qarz oluvchining kredit 
tarixini o‘rganishga, uning iqtisodiy, moliyaviy ahvoliga va ta’minot turlari, garovga 
berilayotgan 
mulkni 
baholashga 
diqqat 
e’tiborini 
qaratsa, 
loyihaviy 
moliyalashtirishda  esa  asosiy  e’tibor  loyiha  tahliliga  qaratiladi.  Loyihaviy  tahlilning 
asosiy  ob’ekti,  bu  loyihaviy  hujjatlar  (loyihani  texnik-iqtisodiy  asosi)dir.  Loyihaviy 
taxlilning  asosiy  maqsadi  –  investitsion  loyihani  moliyaviy  va  iqtisodiy 
samaradorligini  aniqlab  berish,  investitsion  loyihaning  smeta  harajatlari  va 
moliyalashtirish  manbalarini  aniq  belgilash  hamda  rikslarni  baholash  va  samarali 
boshqarishdir.  Texnik  –  tashkiliy,  huquqiy,  ekologik,  tijorat  iqtisodiy,  moliyaviy 
yo‘nalishlarini loyiha tahlilining asosiy yo‘nalishlariga kiritishimiz mumkin. Dastlab 
yirik  loyihalarni  amalga  oshirishda  ko‘pgina  ishtirokchilar  jalb  qilingan  bo‘ladi. 
Jumladan: 

 
 loyiha tashkilotchilari; tashkilotchilar ta’sis etgan loyihaviy kompaniya; 

 
 kreditorlar  (tijorat  banklari,  bank  konsorsiumi);  pudratchilar  (bosh  pudratchi, 
subpudratchilar); asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilar; 

 
 sug‘urta kompaniyalari; loyihaviy kompaniya chiqarayotgan aksiya va boshqa 
qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchi institutsional investorlar; 

 
 moliyaviy  maslahatchilar;  operator-kompaniyalar,  ob’ektni  ekspluatatsiya 
(ishlab chiqarish)ga kiritgandan so‘ng, uning investitsion faoliyatini boshqaradi. 
Investitsion  loyihalarni  baholashda  loyihaning  ishonchligini  ta’minlovchi 
quyidagi mezonlardan foydalaniladi: 

 
 texnik-iqtisodiy asoslanganlik va moliyaviy rejaning qoniqarligi; 

 
 loyiha  tomonidan  ishlatiladigan  mahsulot  va  xom-ashyo  manbalari  va 
qiymatlarining kafolatganligi; 

 
 loyihaning ma’qul narxlarda yoqilg‘i bilan ta’minlaganligi; 

 
 loyiha  mahsulotlari  va  xizmatlarini  sotish  uchun  bozorning  mavjudligi  va 
bozorgacha transport harajatlari ma’qul narxlarda mavjudligi;  

 
 qurilish materiallarini kutilgan narxlarda sotib olish mumkinligi; 

 
 pudratchi, foydalanuvchi va boshqaruvchi personallar tajribali va ishonchligi; 

 
 loyiha ishonchsiz texnologiyalarini o‘z ichiga olmasligi; 

 
 hamkorlar  va  manfaatdorlar  tomonlar  bilan  shartnomaviy  kelishuvlar  tuzilgan, 
litsenziya va ruxsatnomalar olinganligi; 

 
 valyuta rikslarining taqsimlanganligi; 
 
99
 Ўша ерда
 


229 
 

 
 loyiha qo‘shimcha ta’minoti sifatida qimmatli aktivlarga egaligi; 

 
 yetkazilayotgan resurs va aktivlarning tegishli sifatlari ta’minlanganligi;  

 
 tegishli sug‘urta to‘lovlari qarab chiqilganligi; 

 
 fors-major  holatlari,  to‘xtab  qolishlar  xavfi  (yetkazib  berishda,  qurilishda  va 
boshqalar) harajatlarning o‘sishi hisobga olingan va ularning taqsimlanganligi; 

 
 loyihaning investorlarni qoniqtiruvchi ko‘rsatkichlarga egaligi; 

 
 foiz stavkalari va inflyatsiyaning haqiqiy olati hisobga olinganligi. 
Haqiqiy  investitsion  loyiha  har  doim  ham  yuqorida  sanab  o‘tilgan  barcha 
mezonlarga  mos  kelavermaydi.  Yuqoridagi  mezonlar  loyihaviy  moliyalashtirishni 
muvaffaqiyatli  kechishi  uchun  beshta  asosiy  tamoyillarni  belgilab  olishni  taqozo 
etadi: investitsion loyihalarni hayotiyligi; loyihani amalga oshirishda tajribali, kuchli 
va  vijdonli  hamkorlarning  ishtiroki;  loyiha  barcha  risklarining  hisobi  va  taqsimoti; 
barcha  xuquqiy  jixatlarni  tartibga  solib  borish;  loyihani  amalga  oshirishda  sifatli 
biznes-rejaning mavjudligi va aniq muvofiqlashgan harakat rejalarini ishlab chiqish. 
 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish