135
mumkin emas, chunki, ular sonini bir foiz oshirish tarmoqda bajarilgan ishlar hajmini
0,1 foiz kamayishiga olib kelishi aniqlandi. Shu bois hozirgi kunda qurilish ishlab
chiqarishining harakteri ham tubdan o‘zgardi. Og‘ir qo‘l mehnati yirik va mayda
mexanizatsiya vositalari tomonidan tobora siqib chiqarilmoqda. Quruvchi-
montajchilarning qurilish maydonchalaridagi mehnati industrial mehnatning bir
turiga aylanib bormoqda. Bizningcha, qurilish ishlab chiqarishining texnik
jihozlanganlik darajasi ortib borgan sari, jonli mehnat sarflari kamayib, yengillashib
boradi, bundan tashqari, uning unumdorligi ortadi, qurilishning muddatlari qisqarib,
uning sifati yaxshilanib boradi.
Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddat
foydalaniladigan aktivlarni sotib olish, qurish bilan bog‘liq harajatlar kapital sarflar
yoki kapital qo‘yilmalar deyiladi. Kapital qo‘yilmalar bilan harajatlarni bir-biridan
farqlay bilish kerak. Harajat, albatta, shu davrda daromad keltirishi kerak.
Qurilish mahsuloti – barcha turdagi ishlar bo‘yicha tugallangan va ishga
tushirishga tayyor bo‘lgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlari,
shuningdek, amaldagi korxonalarning kengaytirilishi va qayta ta’mirlanishi, ularda
ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlanishidir. Uy-joy muammolarining
yechimi batamom qurilish zimmasiga yuklatiladi. Qurilishning milliy xo‘jalik
miqyosidagi ahamiyati va yetakchi rol o‘ynashi, aholining katta qismini ish bilan
ta’minlashi, fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyotning jadallashuviga, ijtimoiy mehnat
unumdorligining o‘sishiga imkon yaratishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, ushbu sohani
rivojlantirish mamlakat aholisining turmush farovonligini oshishiga olib keladi.
Keltirib o‘tilgan maqsadga erishish uchun tarmoq iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb
etish, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini izlab topish va tadqiqotlar olib borish
orqali investitsiyalarning tavakkalchilik hamda xatarlilik darajalarini aniqlash, ularni
pasaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Kapital qurilishda qurilish
muddatlarini qisqartirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u kapital
qo‘yilmalarning tezroq qoplanishini ta’minlaydi. Masalan, qurilayotgan ob’ekt
qandaydir mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lsa, bunda qurilish
muddatini qisqartirish evaziga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish, qurilish
muddati tugagandan so‘ng qo‘shimcha foyda olish imkoniyati bo‘ladi. Kapital
qurilish jarayonida uch bosqich ajratiladi. Uni quyidagi rasm orqali ifodalaymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: