Kapital qurilish jarayoni bosqichlari
136
texnik-muhandislik ishlariga tayyorgarlik ko‘rish. Har bir yo‘nalish o‘zining maqsad
va vazifalariga ega. Texnik-iqtisodiy tadqiqotlar jarayonida kelgusi ob’ektning
(qurilishi mo‘ljallangan ob’ektning) asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi
va qurilishni amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi
baholanadi. Loyihalashtirish bosqichida ob’ektning konstruktiv yechimlari, qurilishni
tashkil etishning usullari va ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, qurilishning smeta qiymati aniqlanadi. Unday keyin qurilish uchun
texnik-muhandislik tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi.
Qurilishni amalga oshirish bosqichida qurilish maydonida qurilish jarayonining
barcha texnologik elementlari qo‘shiladi. Bunda qurilish ishlab chiqarishidagi jami
harajatlar, bino va inshootlarning moddiy-mulkiy elementlari bo‘yicha harajatlari
shakllantiriladi. Qurilish ishlab chiqarishining barcha elementlarining o‘zaro
aloqadorligini yaxshilash uchun qurilish mahsulotini barpo etish texnologiyasi
(mehnat predmetlarining (beton, g‘isht, temir, tosh va boshq.) sifat o‘zgarishlari bilan
tavsiflanuvchi qurilish jarayonlarini olib borishning usullari va vositalari) ishlab
chiqiladi. Qurilish jarayoni qurilish maydonida amalga oshiriluvchi asosiy,
qo‘shimcha va xizmat qiluvchi texnologik operatsiyalarning jami o‘zaro aloqalarini
anglatadi, o‘zaro aloqalar natijasida qurilish mahsuloti yaratiladi.
Qurilish ob’ektini foydalanishga (ekspluatatsiyaga) topshirish bosqichida
qurilib bitkazilgan ob’ektlar ishga tushiriladi va tayyor mahsulot sifatida
buyurtmachiga topshiriladi. Takror ishlab chiqarishning uch bosqichi kapital
qo‘yilmalar aylanishining uch bosqichiga muvofiq keladi: 1) qurilish – asosiy
fondlarni barpo etish shakli sifatida; 2) qurilish mahsulotining asosiy fondlarga
aylanishi shakli sifatida; 3) pul mablag‘larini mahsulotga aylantirish maqsadida
takror ishlab chiqarishning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish.
Ishlab chiqarish ob’ekti qurilishining davomiylik sikli qurilish maydonini
rejalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha (ekspluatatsiya) bo‘lgan oraliq
vaqtni (davrni) ifodalaydi. Kapital qurilish tizimida investitsiya jarayonlarining
asosiy qatnashchilari sifatida investorlar, buyurtmachilar, quruvchilar, pudratchilar,
loyihalashtiruvchilar ishtirok etadi. Investor – o‘z mablag‘larini, qarzga olingan va
jalb etilgan mablag‘larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek,
intellektual
mulkka
doir
huquqlarni
investitsiya
faoliyati
ob’ektlariga
investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ekti hisoblanadi.
Investor huquqiy jihatdan investitsiya natijalariga o‘zi egalik qiladi. U kapital
qo‘yilmalarni joylashtirish sohalarini o‘zi tanlaydi, qurilayotgan ob’ekt uchun
shartnoma shartlarini ishlab chiqadi, investitsiya jarayoni qatnashchilari bilan moliya-
kredit munosabatlarini amalga oshiradi. Buyurtmachi – ob’ekt qurilishi bo‘yicha
boshqaruvni va tashkiliy masalalarni (texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqishdan
to ob’ektni ishga tushirishgacha yoki ekspluatatsiyaga topshirishgacha) zimmasiga
oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxslardir. Tugallanmagan qurilishning mulkdori u
buyurtmachiga topshirilguncha va uning haqi to‘languncha pudratchi hisoblanadi.
Agar pudrat ob’ekti nobud bo‘lsa yoki shikastlansa, ob’ekt qabul qilib olingunga
qadar uning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan shikastlanish xavfi pudratchi
zimmasida bo‘ladi. Bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun pudratchi javobgar
bo‘ladi. Agar shartnomada taraflar boshqacha tartib va shartlarni belgilab qo‘ygan
bo‘lmasalar, shartnomada nazarda tutilgan ob’ektni yoki ishlar majmuini pudratchi
o‘z hisobidan sug‘urtalashi shart. Kapital qurilishda loyihalashtirish qurilishga
137
tayyorgarlik ko‘rish bosqichi hisoblanadi. Qandaydir ob’ektni (korxona, bino,
inshoot) qurish uchun, eng avvalo, uni loyihalashtirish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |