9.1 – rasm. Qurilayotgan obektlarning harakteri va maqsadiga ko‘ra tarmoqlarga bo‘linishi
Rasmda keltirilganidek, tarmoqlarga bo‘linish, o‘z navbatida, qurilishda
ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va qurilish quvvatlarini shakllantirishga xizmat qiladi
hamda biror-bir tarmoq iqtisodiyotini rivojlantirish uchun kerak. Investitsiyalar
kiritilishida va investitsion loyihalar ishlab chiqishda hamda tarmoq tahlilini amalga
oshirishda yuqorida keltirilgan har bir tarmoq xususiyatlarini e’tiborga olish talab
etiladi. Qurilish majmuasining iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun moddiy-
texnika bazasini rivojlantirish va joylashtirish uchun qurilish hududi va joyini
tanlashga ta’sir qiluvchi barcha omillar va shartlarni miqdoriy ifodalashga imkon
67
Metodicheskiye rekomendatsiy po otsenke effektivnosti investitsionnix proyektov (vtoraya redaksiya) : ofitsialnoye
izdaniye / Ministerstvo ekonomicheskogo razvitiya i torgovli Rossiyskoy Federatsii, Ministerstvo finansov Rossiyskoy
Federatsii, Gosudarstvenniy komitet po stroitelstvu, arxitekture i jilishnoy politike. ; ruk. av!\ kol. : V.V. Kosov, V.N.
Livshits, A.G. Shaxnazarov. M. : Ekonomika, 2000.
QURILISH TARMOG‘INING QUYI TARMOQLARGA
BO‘LINISHI
Sanoat
Transport
Madaniy – maishiy qurilish
Qishloq xo’jaligi
Boshqalar
Uy – joy
133
beradigan usullarga ega bo‘lish lozim. Bunday usullar tarkibiga ekonometrik
modellarni kiritish lozim bo‘lib, u o‘zgaruvchan kattaliklarning berilgan chiziqli
cheklashlarni va ushbu kattaliklarning maqsadli funksiyasini maksimallashtiruvchi
yoki minimallashtiruvchi qiymatlari majmuasini topish talab qilinadigan ekstremal
masalalarni yechishning nazariyasi va amaliyotini o‘zida birlashtiradi
68
. Demak,
qurilish tarmog‘ida investitsiyalardan foydalanish jarayonlarini chuqur o‘rganish
uchun ham iqtisodiy ham ekonometrik tahlilini olib borish tadqiqot metodologiyasini
tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng kapital qurilish
yangi dastur asosida davom ettirildi. Respublika iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan
avtomobil, oltin qazib olish, neft va boshqa sanoat tarmoqlarida yangi korxonalarni
qurish boshlandi. Barcha viloyatlarda sanoat korxonalari, uy-joylar, madaniy-maishiy
binolar, bozor va savdo rastalari, hammom, choyxona, shifoxona, mahalla markazlari,
masjidlar qurildi, o‘nlab me’moriy majmualar, tarixiy yodgorliklar, madrasalar,
masjidlar ta’mirlandi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qurilish ishlari
samaradorligini yanada oshirish maqsadida ayrim qurilish vazirliklari tugatilib,
mulkchilikning turli shakllariga o‘tkazilgan ixtisoslashgan davlat konsernlari,
kompaniyalar, davlat aksiyadorlik birlashmalari, uyushmalar tashkil etildi. Ularning
eng yiriklari: “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporasiyasi, “O‘zmontajmaxsusqurilish”
uyushmasi, “O‘zdehqonchilik-qurilish”, “O‘zjamoaxo‘jalikqurilish” davlat shirkat
birlashmalari, “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporasiyasi va boshqalardir. Suv
xo‘jaligi va meliorativ ishlarni “O‘zsuvqurilish” davlat konserni olib boradi.
“O‘ztransqurilish”, “O‘zavtoyo‘l” konserni, Energetika va elektrlashtirish vazirligi
ham qurilish ishlarini bajaradi. Qurilish amaliyotida mijoz odatda umumiy ishni
bajaruvchi bir buyurtmachi bilan yakunlaydi, u ishlarning o‘z vaqtida va sifatli
bajarilishi uchun hamda javobgarlikni muvofiqlashtirish majburiyatini oladi.
Muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun subpudratchi jalb qiladi. Bu esa o‘z
navbatida shartnoma asosida qurilish tarmog‘iga investitsiya qilinish chora-
tadbirlarini belgilaydi.
Qurilish sohasida olib borilgan islohotlar har yili amalga oshirilib unda o‘tgan
yilda rejalashtirilgan ishlarning yakunlari va kelgusida qilinadigan vazifalar hamda
ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi. Jumladan, 2016 yilda bu sohada 384 ta
ob’ektning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha
qiymati 423 milliard so‘mlik ishlar amalga oshirildi, namunaviy loyihalar asosida 29
ta yangi umumta’lim maktablari barpo yetildi, 219 ta maktab rekonstruksiya qilinib,
136 tasi kapital ta’mirlandi. Ushbu sohada bunday ijobiy ishlarni ko‘plab keltirish
mumkin. Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 11
179,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos
davriga nisbatan 105,9 foizni tashkil etdi. Joriy davrda jami qurilish ishlari hajmi
tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish ishlari hajmi 3 574,4 mlrd.
so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 11,4 foizga kam
ishlar bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi o‘tgan yildagi
ko‘rsatkich darajasidan 6,4 foizga kamaygan. Buning uchun esa albatta qurilish
tarmoqlarida bajarilgan va bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish
maqsadga muvofiqdir (9.1-jadval).
68
Bayxonov B.T O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning tarmoqlararo taqsimlanishini ekonometrik
modellashtirish uslubiyotini takomillashtirish. Monografiya. // Toshkent: “IQTISODIOT”, 2017.-203 bet.
134
Do'stlaringiz bilan baham: |