Milliy g„oya tarixi va nazariyasi


Yot va zararli g‟oyalarning ko‟rinishlari,  ularning oldini



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

Yot va zararli g‟oyalarning ko‟rinishlari,  ularning oldini 
olishda  milliy g‟oyaning o‟rni va ahamiyati 
Reja: 
1. Yot va zararli g‘oyalar, g‘oyaviy kurash tushunchalari, ularning    
 
mazmun va mohiyati. 
2.  O‘zbekiston  hayoti  va  taraqqiyotiga  g‘oyaviy  tahdidlar,  ularning 
 
ko‘rinishlari va namoyon bo‘lish xususiyatlari. 
3.  Tahdidlarning ichki va tashqi yo‘nalishlari, ijtimoiy   
 
ildizlari. 
Insonning  qalbi  va  ongiga  jo  bo‘lgan  milliy  ma‘naviy-axloqiy  negizlar  uni 
butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bo‘lishga, Vatan ravnaqi 
hamda taraqqiyotiga hissa qo‘shishga, o‘zining ongli va erkin mushohada qiluvchi 
shaxs  sifatida  kamol  topishiga  muttasil  ravishda  undaydi.  Prezidentimiz 
I.A.Karimov  doimo  ta‘kidlab  kelganidek:  ―...Farzandlarimizni  milliy  va 
umuminsoniy  qadriyatlarimiz  asosida,  o‘z  fikru  tafakkuri  va  zamonaviy  bilimga 
ega  bo‘lgan  vatanparvar  etib  voyaga  yetkazish  –  barchamizning  otalik  va  onalik 
burchimizdir‖.  Vatanimiz  kelajagi  bo‘lgan  yoshlarga  hozirgi  zamon  talablari 
darajasida  bilim  va  tarbiya  berish,  ularni  yuksak  ma‘naviyatli,  ongi  harqanday 
salbiy  ta‘sirlarga  nisbatan    bardoshli  qilib  voyaga  yetkazish – bugungi  kun ta‘lim 
muassasalarining  asosiy  vazifasidir,  chunki  faqat  ana  shunday  insonlargina 
kelajakda odil jamiyat poydevorini yarata oladilar.  
 Prezidentimiz  I.A.Karimovning  ―...Aql-zakovatli,  yuksak  ma‘naviyatli 
kishilarni  tarbiyalay  olsakgina,  oldimizga  qoygan  maqsadlarga  erisha  olamiz, 
yurtimizda farovonlik va taraqqiyot kamol topadi‖ degan so‘zlari ayni shu ma‘noni 
anglatadi. Bu esa har birimizning farzandlarimiz, yosh avlodning ma‘naviy-axloqiy 
kamoloti, g‘oyaviy  chiniqishiga, har hil buzg‘unchi g‘oya  va mafkuralarga qarshi 
murosasiz  kurashchi  ruhida  tarbiyalashga  mas‘uliyat  bilan  yondashishga  undaydi. 
Aynan  farzandlarning  kamoloti  –  ertangi  kunda  barchamizning  tinch  hayotimizni 
ta‘minlaydi.  Buning  uchun  ularni  milliy  g‘oya  ruhida  tarbiyalash,  ularga  hurlik, 
ozodlik,  demokratik  tamoyillarga  asoslangan  jamiyat  barpo  etish,  erkin  fuqarolik 
jamiyat asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir.  
Turli  millatlar  ma‘naviyatining  o‘ziga  xosligi  kamalakdagi  turli  ranglar 
tovlanishiga  monand  bo‘lib,  ular  bir-birini  to‘ldiradi,  boyitadi,  ammo  inkor 
etmaydi,  bir  so‘z  bilan  aytganda,  ma‘naviyat  ellarni  zidlashtirmaydi,  balki 
birlashtiradi. Aslida umuminsoniy qadriyatlarni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, 
bu  qadriyatlarni  har  bir  xalq,  har  bir  elat  o‘z  tarixiy  tajribasi  bilan  asta-sekin 
shakllantirib  boradi  va  o‘zaro  turlicha  munosabatlar  jarayonida  elatlar,  millatlar 
bir-birini  tushunib,  o‘zaro  ma‘naviyatlaridagi  umumiy  jihatlarni  tadrijiy  anglab 
boradi. 
Ming  yillar  davomida  yer  yuzidagi  turli  mintaqalarda  yashagan  xalqlarning 
o‘zaro  siyosiy,  madaniy,  ijtimoiy  aloqalari  hozirdagidek  yaqin  bo‘lgan  emas. 
Asrlar  mobaynida  yer  yuzida  turli  madaniy  mintaqalar  shakllangan.  Yevropa 
xalqlarining  umummintaqa  madaniyati,  janubi-sharqiy  Osiyo  xalqlari  mintaqa 
madaniyati,  Hindiston  yarimoroli  va  unga  qo‘shni  hududlarda  yaratilgan  umumiy 


madaniyat  va  boshqa  bir  qator  mintaqalar  madaniyati  -  bularning  har  biri 
o‘zgasidan farq qiluvchi qator diniy e‘tiqod, falsafiy maktablar, san‘at va adabiyot, 
urf-odat  va  an‘analarning  o‘ziga  xos  uyg‘un  bir  tizimlarini  vujudga  keltirgan-ki, 
ahli basharning bunday bebaho mulkini, ma‘naviy xazinalarini befarqlik bilan bir-
biriga qorishtirib yuborish mutlaqo ijobiy natijalar bermaydi.  
Butun  dunyo  xalqlari  bir-birini  tushunib  yashashga  intilmog‘i  lozim. 
Dushmanlik,  g‘ayr  ko‘zi  bilan  qarash  emas,  mehr  bashariyatni  birlashtiradi.  Bu 
ulug‘ haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab yetganlar. Ammo o‘zgani 
tushunish  uchun,  o‘zgaga  mehr  ko‘zi  bilan  boqish  uchun,  avvalo,  inson  o‘zligini 
anglab  yetmog‘i  kerak.  O‘zligini  anglamagan  zot  hech  qachon  o‘zgani 
tushunmaydi,  uni  xolis  qabul  qilmaydi.  Asli  milliy  ma‘naviyatimizga  bugungi 
ayricha  e‘tibor  ham  ushbu  o‘zligimizni  anglab  yetishga  bo‘lgan  kuchli  ehtiyoj 
natijasidir. 
Axborot globallashuvi muammolar muammosi darajasiga ko‘tarildi. Buning o‘ziga 
xos ob‘ektiv sabablari, omillari bor. Chunonchi: 
-  dunyoda  eng  insoniy  jamiyat  barpo  etishning  birdan-bir  oqilona  yo‘li 
huquqiy-demokratik davlat qurish ekanligini tushunish har qachongidan kuchaydi
 
- huquqiy-demokratik jamiyatning bosh belgisi va shartlaridan biri ommaviy 
axborot vositalarining erkinligi ekanligini inkor etish mumkin bo‘lmay qoldi; 
 
-  taraqqiyot  etgan  yetakchi  mamlakatlar  matbuotini  erkinlashtirish  sohasida 
erishilgan  ilg‘or  tajribalarni  uzoq-yaqin  davlatlarga  tarqatish  imkoniyatlari 
osonlashdi va ko‘paydi; 
 
-  dunyo  mamlakatlaridagi  matbuot  erkinligi  ahvoli  va  darajasini  xalqaro 
miqyoslarda  kuzatish,  bahosini  beri  shva  shu  asosda  muayyan  mamlakatdagi 
ijtimoiy-siyosiy ahvol haqida dunyo jamoatchiligi fikrini shakllantirish odat tusiga 
kirdi. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish