о„ziga xosligidan iborat belgilari kabi millatning
mustaqil belgisi hisoblanadi.
Milliy о‗zlikni anglash millatning mustaqil belgisi
ekanligi - milliy manfaatlar, ehtiyojlar umumiyligini himoya qilish va milliy
taraqqiyotga erishish va uning jahon taraqqiyotidagi о‗rnini mustahkamlash
zaruriyatini anglash bilan belgilanadi.
Milliy о‗zlikni anglash omilining qudrati quyidagi sharoitlarda kо‗proq
namoyon bо‗ladi:
Birinchidan, agar milliy о‗zlikni anglash rivojlangan bо‗lsa, yuqorida qayd
etganimizdek, millatning manfaatlariga, ayniqsa sha‘ni, qadr qimmati, obrо‗-
e‘tibori, g‗ururi poymol etilishiga qaratilgan harakatlar yuzaga kelgan sharoitlarda,
millatning barcha vakillari birlashib ketadilar, hatto millatning ichida о‗zaro
muxolafatda bо‗lgan tomonlar ham millatning sha‘ni, g‗ururi, obrо‗-e‘tiborini
himoya qilish manfaati yо‗lida birlashadilar.
Ikkinchidan, milliy о‗zlikni anglash ruhiy, his-hayajon, ehtiros omilidir. Mazkur
holat tashqaridan qaraganda sezilmaydi. Uni millatning xatti-harakatlarida,
intilishlarida va maqsadlarini amalga oshirishlaridagi salohiyati orqali bilib olish
mumkin bо‗ladi.
Ruhiy his-hayajon va ehtiroslarning «portlashi» millatning xarakteri,
xususiyatlari, milliy g‗oyalarni yaratuvchi, uning taraqqiyotida oldingi safda
turuvchi ziyolilarning salohiyatiga bog‗liq.
Uchinchidan, milliy о‗zlikni anglash omili faqat milliy manfaatlarni himoya
qilish bilan cheklanmaydi, balki milliy taraqqiyot jarayonida, uning oldida yuzaga
keladigan ichki muammolarni hal qilish hamda millatni birlashtiruvchi va
harakatga keltiruvchi vazifani ham bajaradi. Bu muammolar mamlakatda iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‘rifiy sohalarda sodir bо‗lishi mumkin.
Tо‗rtinchidan, milliy о‗zlikni anglash millatning muhim belgisi sifatida, faqat
uning manfaatlarini ifodalab yoki himoya qilish bilan cheklanmaydi, balki shular
bilan birga uning abadiyligini ta‘minlab turuvchi mustahkam qо‗rg‗on hamdir.
Siyosiy ma‘naviyati, milliy ongi rivojlangan, milliy jihatdan о‗zini о‗zi anglab
yetgan xalq, millat mustaqillikning buyuk kuchiga aylanadi. Millatning, xalqning
kuch qudrati uning soni bilan о‗lchanmaydi, balki siyosiy yetukligi, milliy ongning
о‗sganligi, milliy g‗ururi, milliy hissiyoti, milliy tuyg‗uning qay darajadaligi, о‗z-
о‗zini anglab yetganligi, milliy uyushganligi bilan belgilanadi. Bunga yana
Boltiqbо‗yi respublikalari va boshqalarni misol qilib kо‗rsatsa bо‗ladi. Shunday
qilib, milliy о‗zlikni anglash millatning eng muhim belgisi, uning rivojlanishi va
kelajagini ta‘minlovchi omili hisoblanadi. Mustaqillikni qо‗lga kiritish о‗zbek
xalqi hayotida milliy о‗zlikni anglash yо‗lidagi buyuk inqilob hisoblanadi. Chunki
chorizm tomonidan bu о‗lkaning bosib olinishi oqibatida Turkiston xalqlarining
ma‘naviyati, ma‘rifatiga yetkazilgan katta zararlar va Rossiyada amalga oshirilgan
Oktabr tо‗ntarishidan keyin о‗rnatilgan SHо‗rolar hukumati tomonidan davom
ettirilgan zо‗ravonlik siyosati xalqimizning g‗ururini poymol etishga, uning jahon
sivilizatsiyasida tutgan о‗rniga salbiy ta‘sir kо‗rsatgan edi. SHо‗rolar davrida
о‗zbek millati nomi faqat sobiq SSSR hujjatlarida qayd etilsada, u xalqaro hayotda
mustaqil subyekt sifatida tan olinmay kelingan edi.
Mustaqillik uchun kurash, garchand chorizmning mustamlakachilik siyosati
davridan boshlangan bо‗lsa ham, u SHо‗rolar tuzumi davrida yanada keskin tus
oldi. Ammo о‗zbek xalqining kо‗zga kо‗ringan millatparvar farzandlarining
izchillik bilan bosqichma-bosqich qirib yuborilishi milliy о‗zlikni anglash
jarayonining ommaviy ravishda yuksalish imkonini bermagan edi. 80- yillarga
kelib SSSR iqtisodiyotidagi inqiroz, uning siyosatda xalqaro jandarmga aylanishga
intilishi va ma‘naviyat va ma‘rifatdagi qashshoqlashuvi bu tuzumning millatlarni
taraqqiy ettirishga noqobilligini yana bir bor tasdiqlagan edi. Bu jarayon sobiq
SSSR tarkibiga kirgan millatlarning mustaqillikka intilishini, о‗zlikni anglashning
zimdan о‗sib borishini tezlashtirib yubordi. 80-yillarning oxiri 90-yilllarning
boshlarida millatlararo munosabatlarda turli nizolar hamda fojialarning kelib
chiqishi milliy о‗zlikni anglashning yashirin qudrati yuzaga qalqib chiqqanligini
bildirar edi. Bu qudratli jarayon oqibatida «metindek» mustahkam bо‗lgan qudratli
SSSR davlati va butun jahon sotsializm tizimi halokatga uchradi. Sobiq xalqlar
turmasi о‗rnida mustaqil davlatlar vujudga kelib, millatlarning о‗zligini anglashga
intilishi kuchayib ketdi. Ana shu murakkab kurash jarayonini о‗z boshidan
kechirgan о‗zbek xalqi mustaqillikni qо‗lga kiritganidan sо‗ng, о‗zining mustaqil
millat maqomini tiklash uchun dadil harakat qildi. Xususan, mustaqillik yillari
bosib о‗tilgan tarixan qisqa davr mobaynida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta
ishlarni amalga oshirdi. Bu yillarda millatimizning о‗zligini anglashi jadal
rivojlanib bordi. Bu milliy о‗zlikni anglash jarayonining yuksalib borish
xususiyatlari quyidagilarda namoyon bо‗ldi:
о‗zbeklar о‗z atrofida yashayotgan boshqa millat va elat vakillariga nisbatan
dо‗stlik, birodarlik, hamkorlik, о‗zbek xalqiga xos mehr-oqibat tuyg‗ularini saqlab
qola olganligi milliy о‗zlikni anglashdagi yana bir xususiyat hisoblanadi.
Vaholanki, mustaqillikkka erishgan ayrim respublikalarda mustaqillik sharofati
oldida dovdirab, о‗z atroflarida yashayotgan, yaqindagina qardoshmiz deb yurgan
millat vakillariga hurmatsizlik bilan qarash yuz berganligi sir emas. О‗zbekistonda
bunday hol yuz bermaganligi, xalqimizning yuksak ma‘naviyatini kо‗rsatadi.
Yurtboshimiz Islom Karimov ta‘kidlaganlaridek: «Bizning keyingi yillarda
erishgan eng katta yutug‗imiz - bu umumiy xonadonimizda qaror topgan tinchlik
va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir»
35
.
Mustaqil О‗zbekistonning yuksalishi, о‗zbek millati gullab-yashnashining
tarafdori bо‗lgan har bir О‗zbekistonlik fuqaro millatlararo totuvlik, dо‗stlik
qoidalariga sodiq bо‗lishi kerak. Chunki, mustaqil davlatimizning kelajagi birinchi
navbatda, о‗zbek xalqining milliy о‗zligini qanchalik anglab yetganligiga hamda
mamlakatimiz hududida о‗zbeklar va boshqa millat, xalq vakillari bilan yonma-
yon istiqomat qilib turgan har bir kishining millati, dini, tili va e‘tiqodlaridan qat‘i
nazar, bir-birining kо‗nglini ola bilishiga, ular о‗rtasida dо‗stona munosabatlarning
о‗rnatilishiga bog‗liq. Hozir О‗zbekistonda 136 millat va elat vakillari tinch,
farovon hayot kechirmoqda. Ular о‗zbeklar bilan bir qatorda bunyodkorlik ishlari
bilan shug‗ullanmoqdalar. Mamlakatimizda har bir millatning tili, madaniyati, urf-
odatlari va rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy vatan bilan aloqa va munosabatlarni
bog‗lashga, milliy his-tuyg‗ularning namoyon bо‗lishiga keng yо‗l ochib berilgan.
Bu esa mamlakatimiz barqaror rivojlanishining kafolatidir.
35
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. Тошкент, «Ўзбекистон», 1999, 9-бет.
Biz yashayot-gan, avlodlarimiz yashaydigan Yer sayyorasi o‗nlab millatlar,
xalqlar, elatlarning umumiy uyidir. Jahonda, ular taraqqiyotning qaysi bosqichida
bo‗lmasin, har birining o‗z o‗rni, qadr-qimmati bor. Masalan, biz hozir
taraqqiyotning quyi bosqichidagi insonlar hayotini Afrikadagi hanuz urug‗chilik
yoki qabilachilik tuzumida yashayotgan odamlar hayotidan bilib olamiz. Odamlar
oqilona va bag‗rikenglik bilan, hamkorlik bilan yashasa, bu qabilalar ham bir kuni
albatta taraqqiyotning yuqori bosqichlariga ko‗tarilishiga ishonamiz.
―Har qanday millat, -deydi Prezidentmiz, -u naqadar kichik bo‗lmasin
insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlik-ning, uning til, madaniy va
boshqa xususiyatlarining yo‗q bo‗lib ke-tishi Yer yuzasidagi madaniy va genetik
fondning, shaxs imkoniyat-larining qashshoqlashuviga olib keladi‖.
Yurtboshimizning bu fikri biz o‗rganayotgan fanning bosh masalalaridan
birini, mohiyatini aniqlashga yo‗llanmadir.
Milliy g‗oya mohiyatini tushunish bilan bog‗liq asosiy metodologik masala –
bu uning ijtimoiy g‗oyaning boshqa shakllaridan far-qlanuvchi xususiyatlarni
ajratish, ta‘rifini ishlab chiqish bilan bog‗liqdir. Mazkur masalada bir qator
yondashuvlarni ajratish mum-kin. Xususan, ―G‗oya bir mamlakatning o‗ziga
taalluqli bo‗lsa, uni milliy g‗oya deyish mumkin‖ yoki ―Vatanning ilg‗or kishilari
tomo-nidan ishlab chiqiladigan va hech bo‗lmaganda, fuqarolarning ko‗p-chiligi
tomonidan qo‗llab-quvvatlanadigan g‗oyalarga milliy yoki umummilliy g‗oyalar
deyiladi‖, -degan qarashlar shular jumlasidan-dir.
Muayyan hollarda bir, to‗g‗rirog‗i, butun mamlakatga taalluqlilik ijtimoiy
g‗oyaning milliy maqomini ko‗rsatuvchi belgilardan biri sifatida chiqishi mumkin.
Ammo bu milliy g‗oyaning mohiyatini belgilab beruvchi asosiy mezon bo‗la
olmaydi. Aks holda, muayyan mamlakatda hukmron bo‗lgan agressiv millatchilik
yoki irqchilik kabi g‗oyalarni ham milliy g‗oya sifatida tan olishga to‗g‗ri keladi.
Ikkinchi yondashuvda esa, milliy g‗oyaning mohiyati uning ko‗pchi-lik
tomonidan qo‗llab-quvvatlanishi bilan cheklab qo‗yilmoqda. Ilmiy g‗oyaning
olimlarning muayyan qismi tomonidan to‗g‗ri tushu-nilmasligi, tan olinmasligi
uning ilmiyligini inkor etish uchun asos bo‗lmaganidek, milliy g‗oyaning
mohiyatini ham fuqarolarning ko‗pchiligi tomonidan tan olinishi bilan bog‗lab
qo‗yish o‗rinli emas. Negaki, ko‗pchilik tomonidan tan olinishi milliy g‗oyaning
mohiya-tini emas, balki uning mavqeini, jamiyatning turli qatlamlari tomonidan
tan olingani, ular orasida nechog‗li keng tarqalganini anglatadi.
Bizningcha, milliy g‗oyaning o‗ziga xos xususiyat, uning g‗oyaning
sub‘ektiga ko‗ra ajratiluvchi boshqa shakllardan tub farqi millat-ning ijtimoiy
hodisa sifatidagi mohiyatidan kelib chiqib belgi-lanmog‗i lozim. Shunday ekan,
millatning o‗tmishi, buguni va istiq-bolini anglashni o‗zida mujassamlashtirgan,
uning etnoijtimoiy birlik sifatidagi tub manfaatlari va maqsadlarni ifodalaydigan,
taraqqiyotiga xizmat qiladigan g‗oyaga milliy g‗oya deyish mumkin.
Masalaga bunday yondashuv, birinchidan, milliy g‗oyaning u yoki bu
xususiyatlari, tomonlarini birinchi o‗ringa chiqarib, uning mazmu-nan
kambag‗allashuvini keltirib chiqaradigan turli ko‗rinishdagi ―yig‗ma‖ ta‘riflardan
qochish va ikkinchidan, g‗oyaning boshqa shakl-laridan tub sifatiy farqini ochib
berish imkonini beradi.
Bugungi kunda Yer yuzasida mavjud bo‗lgan ikki yuzdan ortiq dav-latning
aksariyati ko‗p millatli (polietnik) tarkibga ega bo‗lib, ularning har biri muayyan
o‗ziga xoslik bilan ajralib turadi. Ko‗p millatlilik O‗zbekistonga ham xosdir.
Ma‘lumotlarga ko‗ra, 1897 yilda mamlakatimizning hozirgi hu-dudida 70
millat va elat vakillari yashagan bo‗lsa, 1926 yilda ular-ning soni 91 taga, 1959
yilda 113 taga, 1979 yilda 123 taga, 1989 yilda 136 taga yetgan. Turli millat
vakillarining mavjudligi mam-lakatimiz hayotiga o‗ziga xos rang-baranglik baxsh
etmoqda.
O‗zbekistonga etnik guruhlarning mamlakat bo‗ylab tarqoq yasha-shini
ifodalaydigan ko‗p millatlik bilan bir qatorda, muayyan millatlar vakillarining
alohida hududlarda g‗uj (kompakt) bo‗lib yashash holatini nazarda tutadigan
multimillatlilik ham xosdir. Bu oqilona tashkil etilgan milliy siyosat, millatlararo
totuvlik g‗oyasi ustuvorligining mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy axa-
miyatga ega ekanligini ko‗rsatadi.
O‗zbekiston aholisi (1.01.2005 yil holatiga ko‗ra va ming kishi hisobida)
26006,8 kishini tashkil etadi. Aholimiz milliy tarki-bida o‗zbeklar 20804,0
(80,0%), boshqa millatlar vakillari 5202.8 (20.0%) kishini, shundan qoraqalpoqlar
562,8 (2.2%), tojiklar 1302,8 (5.0%), ruslar 970,0 (3.8%) qozoqlar 939,5 (3,6%),
tatarlar 250.6 (0,9%), qirg‗izlar 241,5 (0,9%), turkmanlar 157,8 (0,6%), koreyslar
155,9 (0,6%), kishidan iborat.
O‗zbekiston o‗zi tanlagan milliy siyosat modelining mohiyatini
mustaqilligining ilk kunlaridanoq ochiq bayon qilib, tegishli huquqiy zamin yarata
boshlagan edi. Xususan, O‗zbekiston Respub-likasining Davlat mustaqilligi
to‗g‗risidagi Oliy Kengash Bayono-tida O‗zbekiston o‗z xududida yashovchi
barcha xalqlarga teng imkoniyat-larni kafolatlashi, irqchilik, shovinizm,
millatchilikka, xalqlar-ning huquqlarni cheklash yo‗lidagi har qanday urinishlarga
qat‘iyan qarshi chiqishi e‘lon qilingan edi. Bunday qoida 1991 yilning 31
avgustida qabul qilingan ―O‗zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi
asoslari to‗g‗risida‖gi qonunda ham mustahkamlab qo‗yildi.
Respublikamiz amalida ana shu qoidaga qat‘iy rioya qilib kel-moqda.
Bugungi kunda bu milliy siyosat Konstitutsiyamizda quyidagicha o‗z ifodasini
topgan:
milliy til, urf-odatlar va an‘analar hurmat qilinishini ta‘-minlash va ularning
rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;
fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, e‘tiqodi, shax-si, ijtimoiy kelib
chiqishi va mavqeidan qat‘i nazar, tengligi;
milliy mansubligidan qat‘i nazar, fuqarolarning mamlakat siyosati va ijtimoiy
hayotidagi teng huquqli ishtirokini kafo-latlash, ularning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklariga qarshi qaratilgan milliy, irqiy, diniy adovat va nizoni targ‗ib qiluvchi
faoliyatga yo‗l qo‗ymaslik;
O‗zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot. Siyosiy institutlar, mafkuralar va
fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanishini ta‘minlashdek asosiy tamoyillar shaklida
hayotga tatbiq etilmoqda.
Ushbu tamoyillar Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‗yilgan va ta‘bir joiz
bo‗lsa, ―etnik rang‖ kasb etgan tamoyillardir. Aslida esa ―O‗zbekiston xalqini,
millatidan qat‘i nazar, O‗zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi‖, -
degan qoidadan kelib chiqilsa, Asosiy Qonunimizda belgilab qo‗yilgan huquq va
erkin-liklar aholining barcha qatlamlariga birdek tegishli ekani angla-shiladi.
Demak, milliy siyosatimizning asosiy maqsadi kishilarning etnik va boshqa
belgilardan qat‘i nazar, yagona O‗zbekiston xalqi si-fatida jipslashuvi va
millatlararo totuvlikka asoslangan birli-giga erishishdir.
Biz oilaviy totuvlik, qo‗shnilararo totuvlik, qarindoshlararo totuvlik
nimaligini juda yaxshi bilamiz. Millatlaro totuvlik esa milliy istiqlol mafkurasining
asosiy g‗oyalaridan biri bo‗lib, muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining
tinchlikda ham-jihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishi, o‗zaro ahil munosa-
batlarda bo‗lishini anglatadi(III. 3 -chizma).
Davlat mustaqilligini mustahkamlash mamlakatda yashaydigan barcha aholi
tabaqalari, ijtimoiy guruhlar, elat va millatlar o‗rta-sidagi munosabatlarning
qandayligiga ham ko‗p jihatdan bog‗liqdir. Hozirgi paytda Respublikamizda 80
dan ortiq milliy, madaniy mar-kazlar ishlab turibdi. Ular o‗rtasidi hamkorlik,
millatlar o‗rtasi-da totuvlik bo‗lmas ekan, davlat mustaqilligini rivojlantirish
mushkul bo‗ladi. Ayniqsa, ko‗p millatli davlatda bu jarayon muhim-dir.
O‗zbekistonimizda 30-yillarda ellikdan ortiq millat va elat vakillari yashagan
bo‗lsa, endilikda ular 130 dan ortiqdir. Demak, bu hol davlatimizning
mustaqilligini mustahkamlash uchun yangi vazifalarini keltirib chiqaradiki, ularni
juda ehtiyotkorlik va vazminlik bilan bajarishga intilish talab etiladi.
Sababi, yuqorida aytib o‗tilgan toifalarning barchasi mamlakat mutaqilligi
uchun u yoki bu darajada say-harakatlar qiladilar, mamlakatni moddiy va ma‘naviy
boyitadilar. Zero, mustaqillikni mustahkamlashga harakat qilayotgan fuqarolarni,
ayniqsa, yoshlarni ma‘naviy yetuk qilib tarbiyalash kechiktirib bo‗lmaydigan
vazifadir. Shu sababli, taraqqiyotdagi boshqa yo‗nalishlar bilan birga xalq
manfaatini ifodalaydigan, ma‘naviyatini boyitadigan milliy istiqlol mafkurasining
yaratilishi zamon talabidir.
Milliy istiqlol mafkurasi endilikda hayotga tatbiq etilayotir. Bu mafkura va
uning mazmuni to‗g‗risida matbuotda iliq so‗zlar aytilayotganining guvohimiz.
Shu sababli biz mafkurada tilga olin-gan va ma‘naviyatimizning eng muhim
qirralaridan biri bo‗lgan mil-liy g‗ururni shakllantirishdagi omillar, uning iqtisodiy
va ma‘-naviy jihatlari to‗g‗risida fikr yuritmoqchimiz.
Prezident I.A.Karimov ―O‗zbekistonning o‗z istiqlol va taraq-qiyot yo‗li‖
nomli asarida: ―O‗zbek xalqining yuksak milliy qadr-qimmati, or-nomusi va shon-
sharafi, uning o‗ta mehribonligi va sof vijdonliligiga asoslangandir. Biz bundan
keyin ham o‗zbeklarning milliy g‗ururini ma‘naviy yuksaltiramiz, shu bilan birga
umumiy Vatanimizda biz bilan birga yashovchi va O‗zbekiston Respublikasiga
sadoqatli bo‗lgan barcha xalqlar bilan birodarlikka intilamiz‖, - deb ta‘kidlagan
edi. Bu so‗zlarda juda chuqur ma‘no bor. Sobiq ittifoq davrida ―dunyoviy millat‖,
―dunyoviy til‖, ―dunyoviy mada-niyat‖ kabi umumjahon maqsadlar asosida fikr
yuritilganligi sa-babli milliy g‗urur chetga chiqib qolavergan edi. Natijada, ―yirik‖
millatlar soyasida boshqa millatlar g‗ururi ravnaq topmadi. Chunki, mehnatkash
xalq ongiga kundalik hayotimizdan uzoq fikrlar sing-dirilib kelinganki, bu
jarayonda boshqa ba‘zi xalqlar singari o‗zbek xalqining ham milliy g‗ururi
toptaldi, qiyinchiliklarga duch keldi. Endilikda xalqimiz mustaqillik sharofati
bilan, bu muhim jab-hada qaddini rostlamoqda.
Milliy g‗urur to‗g‗risida so‗z ketar ekan, bu masalaning nozik-ligini xech
qachon unutmaslik zarur. U hasad bilan emas, balki, havas bilan yuksalmog‗i
kerak. G‗urur to‗g‗risida turlicha fikr yuritgan allomalar uning salbiy va ijobiy
tomonlarini taroziga solib ish yuritishni uqtirganlar. Jumladan, ingliz tanqidchisi
J.Kollinz milliy g‗ururni: ―Garchi yaxshilik hisoblansa-da, lekin ko‗p yomon-
liklarning boshidir‖,-degan bo‗lsa, nemis yozuvchisi I.Zeyme:- ―Agar biz haqiqiy
g‗ururli bo‗lganimizda edi, dunyoni bu qadar razilliklar bosmas edi‖-deb yozadi.
Yunon faylasufi Teofrast:- ―G‗urur-o‗zidan boshqalarning bariga nisbatan o‗ziga
xos bir nafratdir‖-deydi. Franztsuz adibi M.Janlis:- ―G‗urur ko‗pincha haqiqiy
ulug‗vorlikka g‗ov bo‗ladi‖,-degan bo‗lsa, at-Termiziy:- ―Mag‗rurning turishi xu-
nuk‖-deydilar.
Bu kabi fikrlardan ko‗rinib turibdiki, g‗urur yuqorida ta‘kidlanganidek, noyob
va murakkab jarayondir. Milliy mafkuraning har bir targ‗ibotchisi va tinglovchisi
mazkur fikrlardan tegishli hulosa chiqarib, masalaga jiddiy yondashishi va uni
hayotga
tadbiq
etishi
kerak.
Xususan,
frantsuz
ahloqshunos
olimi
F.Laroshfukoning:- ―G‗urur barchaga xos xususiyat: ammo farqi shundaki, uni
qachon va qaerda ko‗rsatishni bilish kerak‖,-degan da‘vatiga amal qilinsa,
mantiqqa to‗g‗ri kelar edi.
Xalqimizning ―G‗ururi bor elning minorasi baland bo‗ladi‖, degan ajoyib
naqldan kelib chiqsak, boshqa muhim jarayonlar singari milliy g‗ururni ham
shakllantirmay turib, O‗zbekistonimiz musta-qilligi barqaror, uning kelajagi buyuk
bo‗lishiga to‗la erisholmay-miz. Milliy g‗ururning shakllanishi va rivojlanishi
iqtisodiy sohaga, ya‘ni to‗qchilikka, moddiy noz-ne‘matlarning yetarlicha to‗kin-
ligiga ham ko‗p jihatdan bog‗liq. Shu sababli, milliy istiqlol mafkurasini xalqqa
singdirishning siyosiy tomonlaridan biri bu–iqtisodiy sohadir. Avvalo, el-yurt
uchun yetarli miqdorda, keyin esa eksportga yuboriladigan sifatli, moddiy
boyliklarni ishlab chiqar-masak, milliy g‗ururimizni yuksak darajaga ko‗tara
olmasligimiz tabiiydir. Yetarlicha to‗kin va sifatli mahsulot esa xalqimizning
jo‗shqin mehnati asosida yuzaga keladi. Bugun xalq, har bir fuqaro ongli mehnat
qilgandagina, mahsulot sifati oshadi, miqdori ham ko‗payadi.
Milliy mafkurani xalqqa singdirish uchun o‗tkaziladigan har bir tadbir
xo‗jako‗rsinga o‗tkazilmasdan, balki astoydil, vijdonan amalga oshirilishiga
erishish kerak. Har bir ma‘ruzachi dalillar asosida tinglovchining fikrlash
qobiliyatini shu darajada uyg‗o-tishi kerakki, u iqtisodiyot sohasida bilimi yetarli
bo‗lmasa, beix-tiyor bilim olishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗ysin, ta‘bir joiz bo‗l-
sa, o‗zligini iqtisodiy jihatdan ham anglashga harakat qilsin.
Milliy
istiqlol
g‗oyasi
va
mafkurasini
targ‗ib
qilish
uchun
targ‗ibotchilarmizning hozirga qadar egallagan iqtisodiy bilimlari kamlik qiladi.
Sababi, ko‗pgina targ‗ibotchilar keng ko‗lamda ma‘ruza qilib, barcha sohani
umumiy jihatdan qamrab olishga harakat qilganlar. Natijada ma‘ruza oldiga
qo‗yilgan maqsad ham mavhum-lashgan. Shu sababli, ma‘ruzalarga milliy istiqlol
g‗oyasi nuqtai nazaridan yondashilsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bu ma‘ruzalar
qis-qa, mantiqan kuchli, g‗oyadagi chizgilar hamda shiorlar asosida tuzil-gan
bo‗lsa, samarali, ta‘sirchan bo‗ladi deb o‗ylaymiz.
Ma‘lumotlarimiz umumiylikdan alohidalikka qarab yo‗nalgan bo‗lishi kerak.
Iqtisodiy soha bo‗yicha milliy g‗ururni shakllantirish uchun yuqoridagi
fikrlarni mustahkamlash maqsadida hozir mamlakati-mizda yetishtirilayotgan
paxta, ipak, qorako‗l hamda paxtani qayta ishlash, qishloq xo‗jaligi va
to‗qimachilik mashinalari, oltin, foy-dali qazilmalar, radiotexnika mahsulotlari va
turli xalq is‘te-moli mollari, umuman, moddiy boyliklarimiz to‗g‗risidagi ilmiy
asoslangan dalillar va ma‘lumotlarga ega bo‗lish zarur. Ishlab chiqarishimizning
bu yetakchi sohalarini tilga olganda, ularni boshqa mamlakatlar bilan taqqoslab
gapirish maqsadga muvofiqdir.
Xullas, milliy g‗ururni avvalo, iqtisodiy jihatdan o‗z-o‗zini anglashdan
boshlash, har bir kishi iqtisodiy sohada ustuvor bilimga ega bo‗lishi kerak. O‗z-
o‗zini iqtisodiy jihatdan anglash, har bir ki-shidan o‗z ustida qo‗shimcha ishlashni,
bilim doirasini kengayti-rishni talab etadi. Albatta, o‗z-o‗zini anglash nafaqat
iqtisodiy sohani bilish, balki o‗z tarixini, ona tili, dini, avlod-ajdod-larini, milliy
urf-odatlarini, axloqiy qarashlari, an‘analari, o‗z xalqining dunyo madaniyatini
rivojlantirishga qo‗shayotgan hissasini yodgorliklari va boshqa ko‗plab
jarayonlarni mukammal bilishni talab etadi. Binobarin, shu jarayonlarni har bir
shaxs mukammal bilmas ekan, odatdagi muloqatda yoki chet mamlakat kishilari
bilan suhbatlarda o‗zining kim ekanligini, avlodlari kim ekanini tanita olmaydi.
Ma‘lumki, milliy g‗urur insonning rang, gavda tuzilishi, irqi, jinsi yoki diniga
qarab belgilanmaydi. Milliy g‗ururni bu alo-matlarga qarab belgilovchilar qattiq
adashadilar, undaylar sho-vinistlardir. Aslida bunday kishilarning dunyoqarashi
buzilgan bo‗lib, bilim saviyasi sayozdir. O‗zbek xalqi bunday qarashlarni o‗ziga
yot deb biladi, o‗z milliy g‗ururini millatning insonparvarlik xislatlaridan kelib
chiqib yuksaltiradi. Islom va boshqa din-larning bu sohadagi ijobiy tomonlariga
suyanadi.
Iqtisodiy soha bilan bir qatorda milliy g‗ururni yanada yuqoriroq darajaga
ko‗tarishning ikkinchi muhim bir jihati–bu ma‘naviy yetuklikni egallashga bog‗liq.
Jamiyatimizdagi kishilar o‗z mutaxassisligi, ishlaydigan sohasini yaxshi bilishi
mumkin. Le-kin, ma‘naviy yetuklik bo‗lmasa, milliy g‗ururni ko‗tarish, uni targ‗ib
qilish amri maholdir. Ma‘lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda
ko‗plab talabalar, tadbirkorlar, tuman, shahar, viloyat hokimliklari vakillari chet
ellarga bomoqdalar. Kelajakda bu ish yanada rivojlanishiga aminmiz. Xorijga
borayotgan har bir kishi o‗z xalqining milliy g‗ururi qirralarini mukammal bilishi
zarur. Ayniqsa, hozirgi talabalarimiz milliy g‗ururni, uning qir-ralarini bilish bilan
birga, uning targ‗ibotchilari ham bo‗lishlari kerak. Talabalarni targ‗ibotchilar qilib
yetishtirishni esa maktabda o‗quvchilik davridan boshlash zarur. Maktab
o‗quvchilari ko‗pchiligi kelajak talabalardir. Mustahkam bilimni, ma‘naviyat,
qadriyat, urf – odatlar, udumlarni hamda allomalarimizning ta‘limotlarini
o‗quvchilarga hozirdan keng dasturlar, puxta darslik va rejalar aso-sida
tushuntirishni boshlash – davr talabi. Zero, o‗quvchilar talaba bo‗lganlarida bu
bilimlar uchun puxta zamin vazifasini o‗taydi. Aynan shu bilimlar kelajak uchun
bebaho ekanligi va milliy g‗urur-ni shakllantirishda ham o‗ta muhim omil bo‗lishi
aniq.
Buning uchun ayniqsa, ijtimoiy fanlar o‗qituvchilari, barcha mu-rabbiylar
mas‘uliyatni his qilishlari, jonkuyar bo‗lishlari lozim. Kelajakda chet davlatga
borayotgan talabalar ham o‗z zimmasiga katta mas‘uliyatni olib, borgan mamlakati
madaniyatini tezda o‗ziga sing-dirib, o‗z xalqi madaniyatini uyg‗unlashtirish
hamda o‗z millatiga xos bo‗lgan g‗ururni o‗rni bilan targ‗ib qilishni o‗ylab
boradilar. Ma‘-lumki, xorijga qadam qo‗ygan kishilarga e‘tibor o‗n karra oshadi.
Salomlashish, muloqot qilish, mehmonxonada yashash, kiyinish, suhbat
qilish, kishilarga munosabat, urf – odatlar barchasi hushyor-likni talab etadi.
Afsuski, borgan kishilarning hammasi ham bu-larning o‗ta muhimligiga hamisha
e‘tibor beravermaydi. Sir emaski, chetga borayotgan ba‘zi sayohlarimiz xorijga
borganda kiyim – kechak, sovg‗a buyumlariga diqqatni ko‗proq qaratadilar,
imkoniyat bo‗lsa, o‗sha buyumlardan ko‗proq olib qaytishni o‗ylaydilar. Milliy
g‗urur to‗g‗risida o‗ylash esa, afsuski, yodimizdan ko‗tarilar darajada bo‗la-di.
Axir biz, buyuk jahongirlar, mo‗tabar mutafakkirlar, ulug‗ alo-malar avlodlarimiz-
ku! Ular timsolida o‗zbek xalqining kim ekan-ligini, o‗zbek xalqining jahon
madaniyatiga, umuminsoniy qadriyat-larga qo‗shgan ulkan hissasini endi dunyo
ahli biladigan payt keldi-ku! Endilikda, barchamiz o‗zbek xalqini dunyo ko‗zi
o‗ngida yana bir pog‗ona ko‗tarishga harakat qilishimiz kerak emasmi? Milliy
mada-niyatimiz va axloqimizning mustahkam zaminga ega ekanligini endi olamga
ko‗rsatishimiz kerak emasmi?
Ming afsuski, oramizdan chiqqan ayrim o‗zbek ―vatanparvar‖ lari milliy
g‗ururimizni ham mutlaqo unutib, faqat o‗z shaxsiy manfaatini o‗ylab, chetdan
turib, ona - Vatanga tosh otmoqdalar. Aniq-rog‗i ―Ozodlik‖, ―Bi-bi-si‖, ba‘zan
Rossiya ommaviy axborot vosita-lari eshitirishlarini eshitib, xorijdan chiqqadigan
gazetalardagi tirnoq ostidan kir qidiruvchi ba‘zi bir maqolalarni o‗qib, beixtiyor
g‗azabing keladi.
Amalda Yurtboshimiz tufayli dunyoning ko‗pgina yirik va ilg‗or
mamlakatlari o‗zbek xalqini, uning madaniyatini, mustaqil davlati-ni tan olib
hurmat – ehtirom ko‗rsatsa – yu, o‗zimizdan chiqqan uch – to‗rt nafar
―vatanparvar‖lar esa milliy g‗ururimizni unutib, yegan non - tuzini oqlash o‗rniga
tuzliqqa tupursa, bu qaysi aqlga sig‗adi. Shu ―vatanparvar‖lar birorta kamchiliksiz
davlatni topib bera olarmikanlar. Albatta, yo‗q. Shunday qiyin bir sharoitda O‗zbe-
kistonning nisbatan to‗qligi va tinchligini nega sezib, sezmaslikka oladiganlar, oqni
qora deb ko‗rsatishga urinadilar. O‗zbekistondagi o‗tish davri qiyinchiliklarini
ayuhannos solib qoralaydilar. Ular kimlarning nog‗orasiga o‗ynamoqdalar?
Har bir targ‗ibotchi bu voqea, hodisalarni hisobga olish uchun uni ilmiy talqin
qila olishi lozim. Albatta, bular haqida fikr yuritish uchun ham chuqur bilimga ega
bo‗lish talab qilinadi. Demak, ―Odamdan yuqori turarkan olam, bilim olmoqlikka
muhtojdir odam‖- degan naqlga amal kilib, milliy istiqlol g‗oyasini ting-lovchiga
singdirish uchun har bir targ‗ibotchi o‗z ustida ishlashi davr talabidir.
Yurtboshimiz milliy g‗ururni tiklash maqsadida olib borayotgan say-
harakatlari tahsinga loyiqdir. Prezidenimiz qaerga bormasin, u o‗sha mintaqa yoki
davlatdagi aholining o‗zbek xalqiga bo‗lgan hurmatini oshirib , o‗zbekona milliy
madaniyat va qadriyatlarni, o‗ziga xos xususiyatlarni yuksak darajada namoyish
qilib qaytadi. Yurtboshimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assam-
bleyasi majlisida so‗zlagan ilmiy amaliy yo‗nalishdagi nutqi to‗g‗-risida ham
dunyo matbuotida ko‗p iliq so‗zlar aytilganining guvohimiz.
Milliy g‗urur birdaniga shakllanib qolmaydi, albatta. Uning uchun avvalo
yoshlarimizda or-nomus tuyg‗ularini shakllantirib bo-rish lozim. Chunki milliy
g‗urur mavhumlikdan emas har bir kishi-ning or-nomusidan kelib chiqadi. Or-
nomussiz odamda hech qachon milliy g‗urur, umuman, g‗ururning o‗zi bo‗lmaydi.
Or-nomus yaqin tushunchalar (tuyg‗ular) bo‗lib, adabiyotlarda ular-ga
shunday izoh beriladi:
Nomus – kishining o‗z obro‗sini ulug‗lash va ardoqlash his tuy-g‗usi.
Beayb parvardigor, deydi xalqimiz. Haqiqatdan ham hayotda hech xato
qilmaydigan odam yo‗q. Tajribasiz, e‘tiqodi, milliy g‗ururi shakllanmagan yoshlar
ayniqsa, juda ko‗p xato qiladilar. Biroq xal-qimiz bag‗ri kengligi uchun yoshlar
pushaymon bo‗lsa, ularni kechira-dilar. Buning yorqin misoli sifatida
Prezidentimizning adashib, diniy ekstemistik oqimlar ta‘siriga berilgan, ammo
keyin pushay-mon yegan yoshlarni kechirganini ko‗rsatish mumkin. Kechirim
so‗rash ham oriyatli kishi qo‗lidan keladi. Chunki or – kishining o‗ziga nomu-
nosib yoki ep ko‗rilmagan ishidan, narsadan xijolat bo‗lish, uyalish tuyg‗usini
bildiradi.
Or-nomus tuyg‗ulari barcha millatlar uchun xosdir. Biroq, ko‗ri-nib turibdiki,
biz yoshlarda o‗zimizga xos, o‗zbekona or-nomus tuyg‗u-larini shakllantirmay
turib, milliy g‗ururni yarata olmaymiz. Milliy g‗urursiz esa milliy istiqlol g‗oyasini
tasavvur ham qilib bo‗lmaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, milliy g‗ururni aholiga yanada chuqurroq
singdirish, yoshlarda or-nomus tuyg‗usini yuksal-tirish va ularni yuksak darajasiga
ko‗tarish uchun katta kuch-g‗ayrat sarflash lozim bo‗ladi. Bu ish eskirgan shiorlar,
dabdabali yig‗i-lishlar, haybarakallachilik bilan o‗tkaziladigan ommaviy tadbirlar
orqali bo‗lmaydi. Bu bilan kerakli natijaga erishish qiyin. Xalqimizda shunday
udumlar, urf-odatlar borki, ularda an‘anaviy va zamonaviy qadriyatlar
uyg‗unlashib, milliy g‗ururni rivojlan-tirishga juda qo‗l keladi.
Mustaqillik kuni, Navro‗z va Hayit bayramlari, Vatan himoya-siga yuborish
arafasidagi tadbirlar, hosillar sayli, Xotin-qizlar bayrami, Konstitutsiya
nishonlanadigan kun, aholining to‗y marosim-lari, yubileylar, xotira kunlari, salom
va alik, gap-gashtak, hovli to‗ylar, hashar, ziyoratlar shular jumlasidandir. Bu
tadbirlardan barcha targ‗ibotchi va notiqlar ko‗ngildagidek foydalana olmayotirlar.
Shu sababli respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat Kengashi qoshidagi targ‗ibotchilar
guruhlari vakillari bu muhim ishda o‗ta bilimdon va tadbirkor bo‗lishlari kerak.
Binobarin, milliy g‗ururni ko‗tarish har bir fuqaroning aqliy va mehnat faoliyatiga
katta ruh bag‗ish-laydi. Bu esa bizga jamiyatimiz oldida turgan qiyin
muammolarini yechishda yordam beradi.
Bunyodkorlik g‗oyalari yurtini obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob
maqsadlar bilan ajralib turadi: tenglik, va-tanparvarlik, insonparvarlik,
xalqparvarlik, tinchlik, ozodlik, hurfikrlik, do‗stlik, birodarlik, bag‗rikenglik,
taraqqiyot va h.k. ular insoniyat tsivilizatsiyaga erishgan davrlardan buyon jamiyat
hayotining eng ezgu g‗oyalari sifatida yashab kelmoqda.
Prezident Islom Karimovning ―O‗zbek tom ma‘noda bunyodkor-dir‖, - degan
so‗zlarida ham ana shu boqiy g‗oyalarning ma‘no-mazmuni o‗z ifodasini topgan.
Bunday bunyodkorlik xalqimizga ota-bobolari-mizdan merosdir.
Insoniyat tarixida odamlar ongi va shuuriga adolat, haqiqat, ezgulik,
mehnatsevarlik kabi yuksak g‗oyalar urug‗ini sepgan zot, payg‗ambar Zardushtdir.
―Avesto‖ kitobida quyidagi satrlar mavjud:
―Ezgu fikr, ezgu so‗z va ezgu ishlar bilan ezgu fikr, ezgu so‗z va ezgu ishni
alqaydi. O‗zimni boru ezgu fikrga, ezgu so‗zlar (aytish)ga, ezgu ishlar amaliga
bahshida qilaman, barcha yomon fikrlardan yomon so‗zu yomon ishlardan yuz
o‗giraman‖. Bu buyuk g‗oyalar bundan 2700 yil muqaddam yashab o‗tgan
vatandoshimiz Zardushtning o‗lmas mafkurasi edi. Abu Nosir Forobiy o‗zining
―Fozil odamlar shahri‖, ―Fuqaro-lik siyosati‖, ―Baht saodatga erishuv haqida‖ kabi
asarlarida oliyjanob jamiyat, adolatli tizim haqidagi fikr-mulohazalarini bayon
qilib, o‗z davri uchun izchil ta‘limot yaratdi. U har tomonlama yetuk, barcha
aholini baxt-saodatga, ilm-ma‘rifatga olib boruvchi ideal jamoa haqidagi
g‗oyalarini ilgari surdi.
Alisher Navoiy insonlarni mehnatga, yaratuvchanlikka, adolatga chaqiradi.
Ma‘rifatga asoslangan jamiyat yaratishni orzu qiladi. Bu orzular ―Farhod va
Shirin‖, ―Saddi Iskandariy‖ kabi dostonlarda o‗z ifodasini topgan. Shoirning o‗zi
bunyodkorlik ishlariga bosh – qosh bo‗lgan. Alisher Navoiy 200 dan ortiq
talabalarni o‗z hisobidan o‗qitgan.
Amir Temur g‗oyalarini yoki ma‘naviyatini belgilovchi bosh mezo-ni uning
butun umr bo‗yi amal qilgan ―Kuch – adolatda!‖ degan shioridir. Bu uning ―Temur
tuzuklari‖da mujassamlashgan. Ushbu bebaho tarixiy asarda hokimlar va
vazirlarning vazifalari, o‗z ishiga munosabati, aholi turgan qatlami – raiyatining
haq-huquqini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayotiy-ma‘naviy, axloqiy
qonun-qoidalar o‗z ifodasini topgan (III. 5-chizma).
Sohibqironning ―Temur tuzuklari‖dan olingan quyidagi pur-hikmat satrlar
fikrimizning dalilidir:
– zolimlardan mazlumlar xaqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va
jismoniy zararlarini isbotlaganimizdan keyin ularni shariatga muvofiq, odamlar
o‗rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‗rninga boshqasiga- jabr zulum
o‗tkazmadim;
– millatning dardlariga darmon bo‗lmoq vazifangizdir. Zaif-larni qo‗ring,
yo‗qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturiningiz,
rahbaringiz bo‗lsin;
– kimki biron sahroni obod qilsa yoki qasr qursa, yo biror bog‗ ko‗kartirsa,
yohud biror harob bo‗lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech nasa
olmasinlar, uchinchi yili qonun qoidaga mu-vofiq xiroj yig‗sinlar.
Katta-kichik har bir shahar, har bir qishlaqda masjid, madrasa va honaqohlar
bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona sol-sinlar, kasallar uchun shifoxona
qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar.
Amur Temurning bu so‗zlari asrlar osha xalqimizning asl far-zandlarini el-
yurt, Vatan haqida qayg‗urishga chorlab kelmoqda.
Xususan, buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temurning sog‗lom ma‘naviyat
mahsuli bo‗lgan ―Kuch-adolatda‖ degan shiori milliy g‗oyaning tarkibiy qismiga
aylanib ketgan, mamlakat birligini ta‘minlash, markazlashgan davlat bapro etishda,
ayniqsa uni odillik bilan boshqarishda ma‘naviy-mafkuraviy asos bo‗lib hizmat
qilgan. Shu bois Temur saltanatida ilm-ma‘rifat yuksak qadrlangan, inso-ning
sha‘ni, or-nomusi e‘zozlangan, inson va uning mol-mulki dav-lat muhofazasiga
olingan, o‗g‗rilikka keskin barham berilgan edi. Sohibqiron bobomizning:
―Mening saltanatimning u chetidan bu che-tiga, boshida oltin to‗ldirilgan laganni
yosh bola ko‗tarib o‗tsa ham uning mulkiga hech kimsa daxl eta olmaydi‖ degan
so‗zlari hayotiy haqiqat edi.
Albatta, ajdodlarimiz ishlari milliy g‗ururimizni shakllan-tirishda muhim
omil bo‗lib xizmat qiladi. Shu bilan birga hozirgi davrda dunyo fani yutuqlarini
egallash ham milliy g‗oyamizning mezoniga aylangan. Ayni paytda milliy g‗urur
vatanparvarlik tuyg‗u-lari bilan mushtarakdir.
Yoshlarimizning o‗zligini anglashi, or-nomusli bo‗lishi ularni yot g‗oyalardan
saqlaydi. Mamlakatimizda yuz berayotgan bunyodkorlik ishlaridan faxrlanish
tuyg‗usini uyg‗otib, ularning jahon qarshi-sidagi milliy ma‘rifiy va zamonaviy
qiyofalarini belgilab bera-di.
Mustaqilligimizning o‗tgan o‗n olti yillik davrida yoshlarning butunlay yangi
bir avlodi balog‗atga yetdi. Yoshlar mamlakatimiz, xal-qimizning kelajagi ekan,
ularning bugungi tafakkur tarzi qanday, - degan savol har birimizni qiziqtiradi.
Birinchidan, yoshlar o‗zini, Vatanni, xalqini anglay boshladi.
Ikkinchidan, ular jahonni avvalgi avloddan ko‗ra ko‗prok ko‗rib, taraqqiyot
qonunlarini tushunib bormoqdalar.
Uchinchidan, yoshlar mamlakatimizni mudofa qilishda asosiy kuchdir.
To‗rtinchidan, yoshlarning bilim darajasi jahon talablariga javob bermoqda.
Ayni paytda milliy istiqlol g‗oyasi ob‘ektiv, haqqoniy fan bo‗lgani uchun
yoshlar o‗rtasidagi salbiy holatlardan ham ko‗z yumib bo‗lmaydi. Bular yengil
yashashga intilish, G‗arb madaniyatiga sajda qilish, giyohvandlik, o‗z qadrini
bilmaslik, iroda zaifligi kabi salbiy holatlardir. Hayotda shunday hollar
bo‗lmoqdaki, ba‘zi yoshlar oliy o‗quv yurtiga kira olmasa, buni fojia sifatida qabul
qil-moqdalar. Bu esa irodasizlik, su‘niy or natijasidir.
Hayotda ishsizlik, haqsizliklar ham doimo ozmi-ko‗pmi mavjud bo‗ladi. Bu
o‗tish, bozor munosabatlari davrida biroz kuchayishi mumkin. Shu bois
yoshlarning or-nomusini, irodasini to‗g‗ri shakl-lantirish milliy istiqlol g‗oyasi
uchun g‗oyat muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |