Milliy g„oyada inson – eng oliy qadriyat
Reja:
1.
О‗zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida insonparvarlik
g‗oyalarining takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va
yangilanishning namoyon bо‗lishi.
2.
Inson, uning sha‘ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini
ta‘minlashning huquqiy kafolatlari.
3.
Milliy g‗oya – inson qadr-qimmatini yuksaklarga kо‗tarish omili. Milliy
g‗oyada inson – eng oliy qadriyat ekanligi.
1-masalaning bayoni:
О‗zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida
insonparvarlik g‗oyalarining takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va
yangilanishning namoyon bо‗ladi. О‗zbekistonda demokratik huquqiy jamiyatni
barpo etish shaxs erkinligi hamda uning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslari bilan
bevosita bog‗liqdir. Shaxs erkinligi avvalo ijtimoiy tushuncha hisoblanadi.
Jamiyatda erkinlashtirish jarayonini amalga oshirmasdan shaxs erkinligi tо‗g‗risida
fikr yuritish mumkin emas. Shaxs erkinligi fuqaroning imkoniyatlari, ijodiy
qobiliyatlariga yо‗l ochadi. Pirovard natijada shaxs ijtimoiy faol individga
aylanadi.
Milliy g‗oyaning fikrlar, g‗oyalar xilma–xilligi, erkin fikr, shaxs erkinligiga
erishish tamoyiliga amal qilishi mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va
jamiyat qurilishini yanada demokratiyalashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai
nazardan, erkinlashtirishga jamiyatni demokratlashtirishning boshlang‗ich bosqichi
sifatida qaralib, jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish vazifalari
amalga oshirilmoqda.
О‗zbekistonda milliy tiklanish konsepsiyasi milliy ma‘naviyatni tiklash,
ma‘naviy omillarni takomillashtirish bilan bevosita bog‗liqdir.
Milliy g‗oyaning asosiy mazmuni deganda, unda ifodalangan maqsadlar
tushuniladi. YA‘ni, milliy taraqqiyot g‗oyalaridagi konkret maqsadlar uning asosiy
mazmunini tashkil qiladi. Bu maqsadlar - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon
hayot barpo etish yoki yurtimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik
jamiyati qurishdan iboratdir. «Biz uning mazmun-mohiyati, ufqlarini umumiy
tarzda belgilab oldik, - degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov «Hushyorlikka
da‘vat» asarida. -Endi ijtimoiy soha olimlari, mutaxassislar, ilg‗or fikrli ziyolilar
bu boradagi izlanishlarni chuqurlashtirib, umumlashgan nazariy xulosalarni ishlab
chiqishlari, qisqacha aytganda, mafkuramizning asosiy maqsadlarini xalqqa sodda,
haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab berishlari lozim»
28
.
Binobarin, g‗oyaviy-mafkuraviy ishlarda, kо‗proq ayni shu maqsadlarning
mazmun-mohiyati: Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotning о‗zi nima,
uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy-mafkuraviy qiyofasi qay tarzda
namoyon bо‗ladi; bizning sharoitda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik
28
Каримов И.А. Ҳушѐрликка даъват.Озод ва
обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт-пировард мақсадимиз. Т. 8.
–Т.8. - Т.:Ўзбекистон, 2000. –Б. 28.
qilolmaydigan, unga biror umidi va ishonchi bо‗lmagan holati eng katta
baxtsizlikdir. Ayni paytda, bu – mafkurasizlik hamdir.
Ertangi kunga umid va ishonch kelajak haqidagi bilim-tasavvurlar bilan
uzviy bog‗liq. Bu bilim-tasavvurlar esa g‗oyadagi maqsad, orzu-ideallarni
о‗rganish bilan hosil bо‗ladi. Shuning uchun ham, milliy g‗oya va mafkurani
tushuntirishda, kо‗proq ularning mazmunida muhim о‗rin tutuvchi asosiy maqsad
va orzu-ideallar yoritilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: