Milliy g„oya tarixi va nazariyasi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

3-masalaning  bayoni:
  Bilim,  unga  qо‗yiladigan  bahoda  aks  etganidek, 
g‗oyaviy-mafkuraviy  saviya  inson  va  jamiyat  hayotining  ma‘naviy-ma‘rifiy 
darajasi  qanday  ekanligini  kо‗rsatadi.  Binobarin,  kishilarimizning  milliy 
g‗oyalarimizni  о‗rganib,  о‗zlashtirish  natijasida  shakllanadigan  g‗oyaviy-
mafkuraviy  bilim  saviyasi,  ya‘ni  milliy  mafkura  -  jamiyatimizdagi  ma‘naviy-
ma‘rifiy taraqqiyot darajasining muhim kо‗rsatkichi, о‗lchov mezoni bо‗ladi. Uni 
chuqur  bilgan  kishilar  xalqimizning  tub  manfaat  va  maqsadlarini  hamda  unga 
erishish yо‗llarini tо‗g‗ri anglaydi. Bunday holda mafkura xalqchillashib, inson va 
jamiyat  hayotidagi  barcha  о‗zgarish  jarayonlarini  baholovchi,  tashkillashtiruvchi, 
muvofiqlashtiruvchi  va  aniq  maqsadga  yо‗naltiruvchi  о‗ziga  xos  dunyoqarash 
tizimi  bо‗ladi.  Shu  tariqa,  u  davlat  va  jamiyat  qurilishiga  doir  konsepsiyaning 
sistemalashgan  nazariy-metodologik  mazmunini  tashkil  qiladi.  G‗oyaviy-
mafkuraviy ishlarda milliy  mafkuraning ayni shu mazmunini atroflicha yoritishga 
alohida  e‘tibor  qaratish  kerak.  Aks  holda  bu  boradagi  ishlar  samarasiz  bо‗lib 
qolishi,  aniqroq  aytganda,  milliy  taraqqiyot  g‗oyalarining  keng  jamoatchilik  ongi 
va qalbiga singishi qiyin kechishi, kishilar mafkuraning mohiyatini tо‗g‗ri tushuna 
olmay,  unga  qiziqish  va  ishonch-e‘tiqod  sust  bо‗lishi  mumkin.  Natijada  odamlar, 
umuman  biz  barpo  etayotgan  davlat  va  jamiyat,  undagi  ijtimoiy  tuzumning  о‗zi 
qanaqa bо‗ladi; ular har bir shaxs, guruh, toifa turmushida, ma‘naviyatida qanday 
mazmun  kasb  etadi,  eng  muhimi,  milliy  g‗oyalarimiz  qachon  va  qay  tartibda 
rо‗yobga  chiqadi,  degan  masalalar  tо‗g‗risida  yetarlicha  bilim-tasavvur  hosil 
qilisholmaydi.  Holbuki,  har  qanday  kishi  milliy  g‗oyalarimizga  qiziqib,  ishonib, 
ergashishi uchun, avvalo ularning ayni shu masalalar ifodalangan asosiy mazmuni 
va  maqsadlarini  chuqur  idrok  qilishi,  bu  maqsadlarni  amalga  oshirish  yо‗llarini, 
ayniqsa, endilikda ular qay darajada rо‗yobga chiqayotganini aniq kо‗rib, bilib, his 
qilishi  lozim.  Masalan,  umuman  dunyodagi,  xususan  bizdagi  taraqqiyot  hozirgi 
maromda davom etaversa, bir, ikki, besh yoki о‗n yildan sо‗ng hayotimiz qanday 
bо‗ladi? Jamiyatimizdagi har bir kishi, guruh, toifaning turmush darajasi, umuman 
ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  ma‘naviy,  madaniy,  ma‘rifiy  ahvoli  qanaqa  bо‗ladi? 
Barcha  ijtimoiy  munosabatlar  qanday  xarakter  kasb  etadi?  Bu  boradagi  ishlarda 


ana shu savollar ham aniq-ravshan yoritilishi lozim. Buning uchun, milliy g‗oya va 
mafkurani tushuntirishda, avvalo, ularning yuqorida bayon qilingan masalalar bilan 
bog‗liq  asosiy  mazmuni,  ya‘ni  xalqimizning  ularda  ifodalangan  tub  manfaat  va 
maqsadlari yoritilishi zarur. Masalan, «Suv» deb, uning N
2
O, muz yoki bug‗ kabi 
xossa-xususiyatlarini  tavsiflash  bilan  haqiqiy  suv  haqida  tо‗g‗ri  bilim-tasavvur 
hosil  qilish  qiyin.  Chunki,  avvalo,  odamlar  uchun  suvning  N
2
O,  muz  yoki  bug‗ 
ekanligi  muhim  emas.  Boz  ustiga  suvni  tushuntirishda  uning  turli  xossa-
xususiyatlari  qanchalik  tо‗g‗ri,  chuqur  yoritilsa,  bu  boradagi  gaplar  suvning  asl 
mazmunidan  shu  qadar  uzoqlashadi.  Oqibatda  suv  haqidagi  tasavvurlar  mavhum 
bо‗lib  qolaveradi.  Sababi,  N
2
O,  muz  va  bug‗lar  aslida  suv  bо‗lsa  ham  ularning 
mazmuni bir-biridan mutlaqo farq qiladi. Shu bois, suv haqida gapirganda, odamlar 
uchun undagi eng muhim va zarur bо‗lgan xususiyatlarni, ya‘ni birinchi navbatda, 
uning  hayotiy  manfaat-ehtiyojlarni  qondirishga  tegishli  asosiy  mazmunini 
tushuntirish lozim.  Afsuski, milliy g‗oya  va mafkurani tushuntirishda ham ba‘zan 
shunga  о‗xshash  holat  kuzatilishi  mumkin.  YA‘ni,  uni  о‗qitish  va  targ‗ib-tashviq 
qilishda,  kо‗proq  umumijtimoiy  hayotimizdagi  turli  muammo-masalalar  haqida 
fikr yuritilib, milliy g‗oyaning asosiy mazmunini yoritish e‘tibordan chetda qoladi. 
Milliy  g‗oyaning  asosiy  mazmuni  deganda,  unda  ifodalangan  maqsadlar 
tushuniladi. YA‘ni, milliy taraqqiyot g‗oyalaridagi konkret maqsadlar uning asosiy 
mazmunini  tashkil  qiladi.  Bu  maqsadlar  -  Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon 
hayot  barpo  etish  yoki  yurtimizda  huquqiy  demokratik  davlat  va  erkin  fuqarolik 
jamiyati  qurishdan  iboratdir.  «Biz  uning  mazmun-mohiyati,  ufqlarini  umumiy 
tarzda  belgilab  oldik,  -  degan  edi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  «Hushyorlikka 
da‘vat»  asarida.  -Endi  ijtimoiy  soha  olimlari,  mutaxassislar,  ilg‗or  fikrli  ziyolilar 
bu boradagi izlanishlarni chuqurlashtirib, umumlashgan nazariy xulosalarni ishlab 
chiqishlari, qisqacha aytganda, mafkuramizning asosiy maqsadlarini xalqqa sodda, 
haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab berishlari lozim»
33
.  

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish