3-masalaning bayoni:
Istiqlol, demokratiya va taraqqiyot о‗zaro vobasta
tushunchalar. Chunki agar milliy mustaqillik bо‗lmasa, erkinlik ham, erkin
rivojlanish ham bо‗lmaydi. Shaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha
emas. Shu bois, О‗zbekiston о‗tgan asr boshlarida istiqlolni qо‗lga kiritganda
birbiri bilan vobasta ikki vazifa kun tartibida turardi: biri — mustaqillikni
mustahkamlash bо‗lsa, ikkinchisi bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik
jamiyat qurish.
Hozirgi paytda О‗zbekistonda bu ikki jarayon muvaffaqiyat bilan davom
etmoqda va mamlakatimiz tobora iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar safiga kirib
bormoqda. Yana shu narsa ham aniq bо‗ldiki, iqtisodiy taraqqiyot ijtimoiysiyosiy
va ma‘naviyma‘rifiy yuksalish bilan uzviy aloqada kechishi shart ekan. Boshqacha
aytganda, iqtisodiy taraqqiyot osmondan tushadigan mо‗jiza emas, balki uni
О‗zbekiston xalqining о‗zi amalga oshiradi. YA‘ni xalqimizning ma‘naviy
ma‘rifiy saviyasi, bilim va malakasi, salohiyati, umummadaniy darajasi qanchalik
baland bо‗lsa, iqtisodiy taraqqiyot ham shuncha tezlashib, «erkin, faravon hayotni
ta‘minlashgashart sharoityaratiladi»
1
. Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni
yaxshi anglab yetib, shunga qarab faoliyat olib borishi lozim bо‗ladi. Ammo bu
jabhada muammolarimiz kо‗p. Zero, demokratiya — erkin yashash va erkin
faoliyat olib borish, fikr bildirish, о‗z irodasini ifodalash, haq huquqlaridan
bemalol foydalanish va jamiyat ishlariga faol qatnashishni anglatadi. О‗zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasi bunga tо‗la kafolat beradi va har bir fuqaroning
huquqini himoya qiladi. Biroq, ayni vaqtda, demokratiya yuksak ma‘naviyat egasi
bо‗lish, mas‘uliyat va jamiyat oldidagi burchni his qilishni talab etadi. Qonun,
huquq imkoniyatlar bersa, axloq, burch, о‗zgalar manfaati bilan hisoblashish,
insoniylik udumlari, vijdon esa mas‘uliyat yuklaydi, har bir individual shaxs
manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog‗liq ekanini har soatda bizga
bildirib turadi. Shu bois
hukuk va burch, erkinlik va mas’uliyat qamma vakt birga,
uzviy
oloqada amal qiladigan tushunchalardir. О‗zaro raqobat, aqlu zakovat kurashi
va tadbirkorlik ishbilarmonlik xislatlari ham shu zaminda adolat о‗zaniga tushadi,
kishining kishi tomonidan nohaq ezilishi, zо‗ravonlik qilinishiga yо‗l qо‗yilmaydi.
Demokratiya hamma sohalarda shaxsiy qobiliyatni charxlaydi, raqobat va
«kim о‗zar»ga bardosh berishni talab qiladi. Bu muttasil va muntazam ravishda
izlanish, ixtirolarni amalga oshirishni, har doim olga intilishni talab qiladi.
Sustkashlik qilgan, yangilik yaratishga noqobil odam taraqqiyotdan orqada qolib
ketaveradi. Buning oqibatida shaxsda xudbinlik shaxsiy manfaatni ustun qо‗yishga
mayllik vujudga kelishi muqarrar. Xudbishshkning bir necha jihatlari bor: о‗z
iste‘dodi va qobiliyatini ishga solib, fikri va rejalarini hayotga tadbiq etish ham
aslida xudbishshk ya‘ni shaxs sifatida о‗zlikni namoyon qilishdir. Buni ijobiy
ma‘nodagi xudbinlik deb atash mumkin. Bunday xudbinlik individual say harakat
jamiyat rivojiga yordam beradi. Ammo faqat о‗zini о‗ylaydigan, boshqalar mehnati
evaziga boyishga intiluvchi shaxslar ham bor. О‗lar о‗zlarini eng dono, eng kuchli
hisoblab, atrofdagilarga bepisand munosabatda bо‗ladilar, kibru havoga beriladilar
va jamiyat rivojiga naf keltirmaydilar. Mana bunday manmanlik va
hukmfarmonlikka asoslangan xudbinlik aslida ma‘naviy kashshoklik tufayli
paydo bо‗ladigan axloqiy qusurdir. Zero, «о‗zim bо‗lay» falsafasi milliy
vatanparvarlik tuyg‗usini sо‗ndiradi. «О‗zim bо‗lay» deb intiladigan odam
iymone‘tiqodni xam poymol etadi. Bunday odam haromhalol, yaxshiyomonni ham
farklamaydi, qanday bо‗lmasin, qayerda bо‗lmasin о‗zlashtirib olsa bо‗lgani,
boshqasi bilan ishi yо‗q
Shunisi ma‘lumki, bizning ulug‗ shoirlarimiz, mutafakkir bobolarimiz,
avliyo shayxlarimiz hirs va hasadga, shaytoniy nafsga berilish, bu yо‗lda
odamlarga jabrzulm Qilishga qarshi chiqqanlar. Xalqimiz axloqining eng yaxshi
jihatlari shu bois hozir ham о‗z kuchini kо‗rsatmoqda. Biz tariximiz, ulug
madaniyatimiz obidalari, ma‘naviy qadriyatlarni tikladik. Xalqimizning ruhiyati
tiklandi. Ma‘naviy merosimiz bilan faxrlanamiz, ulug‗ Vatan farzandlari
ekanligimiz dilimizni g‗ururga tо‗ldiradi. Buning о‗ziyoq Vatanimizning buguni va
kelajagi uchun qayg‗urish hissini uyg‗otadi. Biz chinakamiga uygoq xalq sifatida
dunyoga boqmoqdamiz, dо‗stu dushmanni ajratib, milliy manfaatlarimiz uchun
kurashmoqdamiz.
Har bir xalq о‗zining milliy mustaqil davlati bilan о‗zligini kо‗rsata oladi.
Xalqaro rivojlanish sharoitida boshka mamlakatlar bilan raqobat qila oladi. Xullas,
xalq (millat), mamlakat va davlat tushunchalari ajralmas yaxlitlikdir.
О‗zbekistonning mustaqil mamlakat sifatidagi mavjudligi uning milliy
davlatchiligi taraqqiyoti bilan birgalikda olib qaralgandagina mazmunmohiyatga
ega bо‗ladi. Tarixiy tajribalar aynan о‗tish davrida davlatning islohotchilik roli
benihoya katta bо‗lishini tasdiqlamoqda. Shu ma‘noda, mustaqil О‗zbekiston
davlatini xalqimizning irodasi va ruhini ifodalaydigan, uning birligini
ta‘minlashdagi о‗rni beqiyosdir.
Davlatni shunchaki ma‘muriy instrument, boshqaruv apparati, xolos deb
talqin etish yetarli emas. Bu ta‘rif demokratiya sharoitida ham milliy birlik va
xalqning ma‘naviy yaxlitligi, demak uyushib, jipslashib, rivojlanish yо‗liga
chiqnshiga xalaqit beradi. Qolaversa, taraqqiyot ham, demokratiya ham о‗z о‗zidan
sodir bо‗lmaydi. Mamlakat xavfsizligini, osoyishtaligini ta‘minlash, siyosiy
manfaatlar tо‗qnashuvida dadil turib, milliy manfaatni himoya qilish davlat
zimmasidadir.
Demokratiya sharoitida, albatta, davlat va uning tarkibiy qismi bо‗lgan
hokimiyatga munosabat о‗zgaradi. Chunki hokimiyat jamiyat nazorati ostida
bо‗ladi. Saylash va saylanish mexanizmining amal qilishi, davlat rahbarlarining
hisob berib turishi, matbuot erkinligi, jamoat tashkilotlarining faolligi — bularning
hammasi davlatning mutlaq g‗oyalarga berilishiga yо‗l qо‗ymaydi. YA‘ni shaxs,
jamiyat va davlat о‗zaro yaqinlashib boradi, birbiriga hisob berish kuchayadi.
Natijada, shaxs va davlat manfaatlari uyg‗unlashib boradi.
Ana shunday sharoitda milliy g‗oya qanday ahamiyatga ega bо‗ladi, u
demokratik qadriyatlarning xalq ongiga singashi va joriylanishiga tо‗sqinlik
qiladimi yoki davlatning ilohiylashuviga sabab bо‗ladimi?
Bunga faqat «yо‗q» deb javob berish mumkin.
Birinchidan, milliy
G
‗
OYA
— bu har bir shaxs va butun jamiyatga tegishli
g‗oyadir. Milliy istiqlol g‗oyasi fikrlar va mafkuralar xilmaxilligiga asoslanadi;
milliy g‗oya jamiyat mafkurasi, davlat mafkurasi emas;
Ikkinchidan, milliy
G
‗
OYA
negizida vatanparvarlik millatparvarlik tuyrusi
yotadi. Demak milliy g‗oya va milliy taraqqiyot, yurt rivoji vobasta. Shu nuqtai
nazardan ham yurtboshimiz Islom Karimovning «Ozod va obod Vatan, erkin va
farovon hayot qurish — pirovard maqsadimiz» degan hikmatli sо‗zida ma‘no kо‗p.
Bu jumlada mustaqillikning abadiyligi, demokratik erkinliklar, Vatan ravnaqi, har
bir fuqaro hayotining farovonlashuvi kо‗zda tutiladi.
Uchinchidan, milliy g‗oya hech narsani, jumladan, davlatni ham, alohida
shaxslarni ham ilohiylashtirishni nazarda tutmaydi, balki xalqning eng ezgu his
tuyg‗ulari, intilishlarini ifodalab, bunyodkorlik ishlariga rag‗batlantiradi.
Tо‗rtinchidan, milliy g‗oya allaqanday totalitar xususiyatga ega mafkura
emas, u biron bir shaxs ishlab chiqqan va
zо‗rlab jamiyatga tiqishtirayotgan yoki
tepadan tushirilgan «yagona g‗oya» ham emas. U xalqning о‗z tafakkuri mevasi
bо‗lib, milliy ma‘naviy negizga tayanadi.
Beshinchidan, milliy g‗oya umumbashariy fikrlar, ilmiy yutuqlarni jamlab
singdirishni ham kо‗zda tutadi. Yevropa mutafakkirlaridan biri K.Gelvetsiy yozgan
edi: «Vatanga muhabbat butun dunyoga muhabbat bilan muvofiq keladi. Ilmu
ma‘rifat nuridan bahramand bо‗lgan har bir xalq bu bilan о‗z kо‗shnilariga zarar
yetkazmaydi. Aksincha, davlatlar qanchalik ma‘rifatli bо‗lsalar, ular о‗zaro
gayalar, bilimlar almashishga moyil bо‗ladilar va oqibatda shu tufayli butun dunyo
aqli ortib boraveradi». Shu bois, milliy g‗oya mamlakatni yakkalab qо‗yadi,
taraqqiyotni susaytiradi, deguvchilar xato qiladilar.
Shunday qilib, milliy g‗oya — milliy rivojlanish lokomotivi. Turgan gap,
bunda davlatchilik
G
‗
OYASI
,
davlat va uning rahbariga hurmat, milliy davlat
salohiyati bilan faxrlanish ham muhim о‗rin tutadi. «Bu — mening xalqim, bu —
mening «Vatanim», deb faxrlangan odam «Bu — mening davlatim» deya faxralana
olishi ham kerak. Davlat bir organizm sifatida о‗zini takomillashtirib, demokratik
jamiyatni tashkil etuvchi kuch sifatida har doim millat ravnaqiga rahnamo bо‗lib
turadi.
О‗zbekistonning istiqlol davridagi rivojlanishi, о‗ziga xos taraqqiyot yо‗li
buni isbotlab turibdi. Donishmand Gegel yozgan edi: «Xalq (millat)ning tub
maqsadi davlat bо‗lish hamda о‗zini shu holatda saqlashdir. Xalq (millat) davlatsiz
hech qanday tarixga ega bо‗lmaydi... Davlat xalq hayotining, ya‘ni san‘at, axloq,
din, fanning asosi va ularni atrofiga tо‗playdigan xalq ruhidir».
Gegel nazarida о‗zlikni anglashning oliy kо‗rinishi ham milliy о‗zlikni
anglashdir. Chunki, toki kishilar о‗zlarini bir tarix bir ruhiyat, bir makon kishilari
deb his etmasalar va shu asosda birlashmasalar, tarix sahnasiga chiqa olmaydilar,
zero tarixning о‗zi «millatlar ruhining raqobatlashuvidir» (Gegel).
Demak milliy rivojlanish omillari quyidagilardan iborat:
1.
Milliy
istiqlol
g‗oyasiga asoslangan bunyodkorlik fidoyilik va
vatanparvarlik.
2.
Milliy ma‘naviy yuksalish va ilmiy salohiyat, madaniy darajaning
balandligi.
3.
Milliy yakdillik siyosiy barqarorlik.
4.
Mustahkam milliy davlatchilik asoslarining mavjudligi.
5.
Milliy о‗zlikni anglashning yuksak darajada bо‗lishi va boshqalar.
Milliy g‗oya demokratiya va milliy davlatchilikning negizlarini tashkil etadi.
Prezident Islom Karimov birinchi chaqiriq Oliy Majlisning XIV sessiyasida
sо‗zlagan ma‘ruzasida
1
qо‗lga kiritilgan yutuqlarni sarhisob etib, tahliliy nazardan
о‗tkazar ekan, yaqin yillardagi muhim ustuvor yо‗nalishlardan biri sifatida
«jamiyat ma‘naviyatini yanada yuksaltirish» deb e‘lon qildi. Xо‗sh, buning eng
ustuvor yо‗nalishi hisoblanmish «mamlakat siyosiy, iqtisodiy, davlat va jamiyat
qurilishini yanada erkinlashtirish» vazifasi bilan qanday aloqasi bor? Aytish
mumkinki, bevosita aloqasi bor. Chunki siyosiy va iqtisodiy hayotni erkinlashtirish
degan gap jamoat tizimlarini, fuqarolarning о‗zо‗zini boshqaripshi rivojlantirish
demakdir. Buni kim amalga oshiradi? Albatta, fuqarolarning о‗zi. Shunday ekan,
fuqarolar о‗z haqhuquqini tanimasdan, faollashmasdan, siyosiy ongi oshmasdan,
chinakamiga vatanparvar, fidoyi bо‗lmasdan bu vazifalarni ado eta olmaydi.
Bu ulkan vazifani bajarish uchun har bir fuqaro chinakamiga fuqarolik
burchini anglagan, kurashchan va faol bо‗lishi lozim.
Erkin fuqaro va ozod shaxs quyidagi tо‗rt jihatni, ya‘ni:
1)о‗z haq haquqini taniydigan va buning uchun kurashadigan;
2)о‗z kuchi va imkoniyatlarini ishga solib uning samarasini kо‗radigan;
3)atrofida sodir bо‗layotgan voqeahodisalarga mustaqil munosabat bildira
oladigan;
4)shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uygun holda kо‗rib
faoliyat yuritadigan bо‗lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |