tarbiyalanayotgan va kelajakda mamlakatimiz uchun mas‘ul bо‗lgan kishilar ana
shunday jarayonlarning mevasi ekanligiga aslo shubha yо‗q.
I.Karimovning milliy g‗oya konsepsiyasida, bir tomondan milliy, boshqa
tomondan umuminsoniy manfaatlarni himoya qilishga e‘tiborning kо‗pligi
О‗zbekistonning buyuk kelajagiga ishoradir. Umuman, mazkur konsepsiya
iqtisodiyotda bozor islohotlarini chuqurlashtirish, siyosiy sohada inson huquqlari
va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ijtimoiy sohada
inson omilini kuchaytirish, pirovard maqsadda mustaqillikni avaylab-asrashning
yо‗l-yо‗riqlarini ilmiy jihatdan asoslab berganligi uchun ham qadrlidir.
О‗zbekiston Respublikasi kо‗p millatli davlat bо‗lib, aholining tо‗rtdan uch
qismi о‗zbeklar va qolgan qismi turli millat va elatlarga mansub fuqarolar
hisoblanadi. Mamlakatga о‗z nomini bergan millatning boshqa etnik birliklarga
bо‗lgan munosabatlariga qarab milliy munosabatlar shakllanadi. О‗zbeklar qadim-
qadimdan boshqa xalqlarga nisbatan bag‗rikenglik kо‗rsatib dunyoga tanilgan
xalqdir. Chunki Buyuk ipak yо‗lida joylashgan Vatanimiz hududida azal-azaldan
kо‗plab etnik guruhlar yonma-yon yoki aralash yashab kelganlar. Shuning uchun
ham diniy va milliy bag‗rikenglik (tolerantlik) hech mubolag‗asiz millatimizning
muhim belgilaridan bо‗lib qolgan.
Prezidentimiz I.Karimov kо‗pgina asarlarida milliy totuvlik muhiti ijtimoiy
barqarorlikni ta‘minlab beruvchi eng asosiy kafolat ekanligini ta‘kidlab keldi. U
о‗z asarlarida kо‗p millatlilik har bir millatning milliy ehtiyojlarini inobatga olib
siyosat olib borilgan taqdirda, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik, demokratik
jarayonlar jadallashishi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sur‘atining о‗sishi yuz
berishiga asos bо‗lishi mumkinligi tarixda isbot qilingan haqiqat ekanligi
tо‗g‗risida gapirib о‗tadi.
Har qanday tarixiy davrda, har bir mamlakatda: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi,
xalq faravonligi g‗oyasi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy
rivojlanish darajasini belgilashda mushtaraklashgan universal mezon hisoblanib,
millat, elat va xalqlarning tarixiy shakllangan mentalitetiga, manfaatlariga mos
keladi. Shu nuqtai nazardan, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‗oyasi
bilan bevosita bog‗liq va uning mazmunini ifodalaydigan ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy, ma‘naviy-madaniy hodisalar rivojlanishining obyektiv shart-sharoitlarini,
subyektiv omillarini, chuqur о‗rganish hamda nazariy-konseptual asoslarini ishlab
chiqish g‗oyat dolzarb ilmiy muammodir.
Do'stlaringiz bilan baham: