Milliy g„oya tarixi va nazariyasi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


О„zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotining milliy g„oya 
konsepsiyasi bilan bog„liqligi 
Reja:  
1.
 
Mustaqillik,  mustaqil  demokratik  taraqqiyot,  va  milliy  g‗oya 
tushunchalarining о‗zaro munosabati, mazmun mohiyati.  
2.
 
Mustaqil demokratik taraqqiyotni ta‘minlashning milliy-ma‘naviy va  
umuminsoniy  demokratik tamoyillari.
 
3.
 
Mustaqil  demokratik  taraqqiyotning    milliy  g‗oya  konsepsiyasi  bilan 
mushtarakligi. Taraqqiyotning о‗zbek modeli, uning asosiy prinsiplari.  
 
1-masalaning  bayoni: 
Jamiyatni  demokratlashtirishda  har  bir  davlat  va 
millatning  о‗ziga  xos  xususiyatlari  e‘tiborga  olingandagina  uni  amalga  oshirish 
darajasi  reallashadi.  Shuningdek,  u  yoki  bu  davlatdagi  demokratiyaning 
yashovchanligi  uning  qanday  g‗oyaviy-mafkuraviy  zaminlarga  suyanishiga  ham 
bog‗liqdir.  О‗zbekiston  jamiyatini  demokratlashtirishda  aholining  ma‘naviy-
ma‘rifiy darajasi, uning siyosiy ongi va madaniyati, milliy mentaliteti, о‗ziga xos 
tafakkur tarzi bunday g‗oyaviy-mafkuraviy zaminni tashkil etadi.  
О‗zbekistonda  demokratik  huquqiy  jamiyatni  barpo  etish  shaxs  erkinligi 
hamda  uning  g‗oyaviy-mafkuraviy  asoslari  bilan  bevosita  bog‗liqdir.  Shaxs 
erkinligi  avvalo  ijtimoiy  tushuncha  hisoblanadi.  Jamiyatda  erkinlashtirish 
jarayonini  amalga  oshirmasdan  shaxs  erkinligi  tо‗g‗risida  fikr  yuritish  mumkin 
emas. Shaxs erkinligi fuqaroning imkoniyatlari, ijodiy qobiliyatlariga yо‗l ochadi. 
Pirovard natijada shaxs ijtimoiy faol individga aylanadi.  
Shaxs  erkinligi  tо‗g‗risida  gapirganda  uning  dunyoqarashi,  siyosiy  bilimlar 
darajasi,  jamiyatda  о‗zini  tutish  madaniyati,  turli  ekstremal  vaziyatlarda  tо‗g‗ri 
xulosa chiqarish imkoniyati, о‗zining ozod shaxs ekanligini qay darajada anglashi, 
о‗zining  va  jamiyat  manfaatlarining  mutanosiblik  holatini  aniqlashi  sifatlariga 
kо‗proq e‘tibor berish lozim. 
U  insonlar  о‗rtasidagi  о‗zaro  ijtimoiy  munosabatlarda  rо‗yobga  chiqadi. 
Shuning  uchun  jamiyatdan  tashqarida  erkinlik  bо‗lmaydi.  Jamiyatda  erkinlikni 
tushunish va amalga oshirish mamlakatda ustuvor bо‗lgan milliy madaniy, tarixiy, 
diniy  va  boshqa  tartibotlar,  qonun-qoidalar  hamda  qadriyatlarga,  ularning 
xarakteri,  mazmuniga  bog‗liq  bо‗ladi.  Erkinlikni  anglash  va  uni  ifoda  etishda 
G‗arb  va  Sharqning  о‗ziga  xos  jihatlari  bor.  G‗arbda  erkinlik  tо‗g‗risida  fikr 
yuritilganda, asosan, alohida olingan shaxs erkinligi va huquqlaridan kelib chiqqan 
holda yondashiladi, erkinlikka shu mezondan kelib chiqib baho beriladi.  
Sharqda ham shaxs erkinligi va huquqlari hisobga olinadi. Lekin shaxs hatti–
harakati,  xulq-atvori,  jamiyatdagi  о‗rni,  ma‘suliyatini  idrok  etish  holatlariga  baho 
berilganda,  muayyan  guruh,  etnos,  xalq,  millat,  jamiyatning  manfaatlari, 
huquqlariga alohida qadriyatlar, an‘analaridan kelib chiqqan holda yondoshiladi.  
Shaxsning  xohish–irodasi,  istagi,  maqsad  va  manfaatlari  uning  faoliyatida 
namoyon bо‗ladi. Erkinlik va jamiyat hayotini erkinlashtirish muammosi muayyan 
g‗oyalar  tizimi  bilan  ham  bog‗liq.  G‗oya  erkinlik,  jamiyat  hayotini 
erkinlashtirishga  xizmat  qilishi  yoki,  aksincha,  erkinlikni,  erkinlashtirish 
jarayonlarini  bо‗g‗ishi,  ya‘ni  unga  imkoniyat  bermasligi  ham  mumkin.  Chunki, 


jamiyat hayoti siyosiy tizim sifatida,muayyan g‗oyalar orqali muayyan tartibotlar, 
urf–odat,  an‘analar,  qadriyatlar  bilan  shakllanadi.  Ular  esa  jamiyatning  turli 
sohalarida  faoliyat  kо‗rsatadigan  insonlar  dunyoqarashi,  ongi  va  tafakkuri  orqali 
о‗z  ifodasini  topadi. G‗oyaga  mos  ravishda erkinlik va  erkinlashtirish  jarayonlari 
sodir  bо‗ladi.  Mamlakatda  yagona  g‗oya  tan  olinib,  faqat  unga  amal  qilinsa, 
shunga  mos  faoliyat  qaror  topadi.  Masalan,  kommunizm  g‗oyasi  yakka 
hukmronlikka  asoslangan  bо‗lib,  natijada  inson  erkinligi,  umuman,  jamiyatni 
erkinlashtirishga salbiy ta‘sir kо‗rsatdi. Inson fikri, uning jamiyat iqtisodiy, siyosiy 
hayotidagi  о‗rni  ham  sinfiylashgan  mafkuraga  yoki  proletar  manfaatlariga 
bо‗ysundirildi.  Inson  ongi  va  dunyoqarashida  uning  dunyoni  idrok  etishi  bilan 
bog‗liq  qarashlari,  tasavvurlari  emas,  aksincha,  dunyoqarashni  «sinfiy»lik 
tamoyiliga moslashtirish va undan kelib chiqqan holda fikrni ifodalash, munosabat 
bildirish hodisasi rо‗y berdi. Bu dunyoqarash majburiy tarzda shakllantirildi.  

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish