-
insonning siyosiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ijtimoiy
faolligini kо‗tarish, jamiyatda sodir bо‗layotgan voqea-hodisalarga dahldorlik
hissini shakllantirish;
-
odamlarda о‗z-о‗zini boshqaruv organlarida, jamoat tashkilotlari,
nodavlat muassasalarida erkin faoliyat kо‗rsatish kо‗nikmasini paydo qilish;
-
mamlakat siyosiy hayotini erkinlashtirish orqali demokratik jamiyat
qurish mexanizmining huquqiy-qonuniy asoslarini yaratish;
-
davlat tuzilmalarining jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotiga kо‗r-kо‗rona
aralashuv mexanizmini yо‗q qilish;
-
qonunlar ijrosini ta‘minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda
bо‗lgan meyoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari
faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Albatta, bular kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о‗tishning barcha jihatlarini
qamrab ololmaydi. Ammo, kuchli jamiyat yuqoridagi kabi holatlarning amaldagi
ijrosisiz ham paydo bо‗lishi mumkin emas.
Siyosiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, hech shubhasiz, jamiyatni
bosqichma-bosqich demokratlashtirish bilan bog‗liqdir. Ta‘kidlash lozimki,
О‗zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurilishining umumjahon e‘tirof etgan
о‗ziga xoya konsepsiyasi ishlab chiqilgan bо‗lib, unda ijtimoiy hayotning muhim
hodisalaridan bо‗lgan demokratiyani yangicha talqin etish va tushunishga alohida
e‘tibor qaratilgan.
Umuman, demokratiyani tushunish va anglash, unga amal qilish shaxsdan
maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Siyosiy ongi va tafakkuri shakllanmagan
insonning demokratiya talablariga javob berishi mumkin emas. Bundan tashqari,
demokratiyaning о‗ziga xos xususiyatlari, uning har bir davlat va millat hayotida
amal qilish tamoyillari ham mavjud.
Shu о‗rinda
Sharqona demokratiya
tо‗g‗risida ayrim fikrlarni aytish
muhimdir, zero bunday demokratiya aslida demokratiya tushunchasining ajralmas
tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu demokratiya Sharq mamlakatlari, asosan aholisining
kо‗p qismi musulmon ma‘naviyatidan bahra olgan hududlarga xos bо‗lgan
demokratik qoidalar majmuining о‗ziga xos shakl va mazmunda namoyon
bо‗lishidir. Sharqona demokratiya milliy bosiqlik, andisha, yoshi ulug‗larga
hurmat, о‗zaro maslahat, har qanday keskin masalada ham tomonlarning
kelishuvlariga asoslanadigan faoliyatdir. Ana shu xususiyatlari bilan ushbu ijtimoiy
tushuncha G‗arb demokratiyasidan farq qiladi.
Ayni paytda sharqona demokratiya, siyosiy tartibsizliklar, bosh-boshdoqlik
va mitingbozlikni milliy manfaatlarga zid deb qaraydi hamda jamiyat va
davlatning ichki masalalari har qanday fundamentalistik va qurolli kuchlarga
asoslangan harakatlarni qoralagan holda, о‗z faoliyatini о‗ziga xos madaniyat
tamoyillari asosida yо‗lga qо‗yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: