Milliy g‗oyaning fikrlar, g‗oyalar xilma–xilligi, erkin fikr, shaxs erkinligiga
erishish tamoyiliga amal qilishi mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va
jamiyat qurilishini yanada demokratiyalashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai
nazardan, erkinlashtirishga jamiyatni demokratlashtirishning boshlang‗ich bosqichi
sifatida qaralib, jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish vazifalari
amalga oshirilmoqda.
Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasida milliy
g‗oya va mafkuralar tarixi asoslangan. Uning g‗oyaviy-mafkuraviy asosini ikki
jihatdan tahlil etish lozim. Birinchidan, bunday asos nazariy-metodologik nuqtai
nazardan tamomila yangi emas. U qadimdan mavjud.
О‗zbek xalqining kо‗hna tarixi, mustaqillik uchun bosqinchilarga qarshi
kurash, ma‘naviy-ma‘rifiy kо‗tarilish, xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga
qо‗shgan hissasi, ma‘rifatparvarlik, milliy ozodlik harakati, jahon hamjamiyatining
faol ishtirokchisiga aylanish kayfiyati - bularning bari milliy tiklanishning
g‗oyaviy-mafkuraviy asosini tashkil etadi.
Ikkinchidan, milliy g‗oya konsepsiyasining mafkuraviy asosi о‗tmish
madaniy-tarixiy merosimiz negizida, о‗zgargan dunyo xususiyatlari e‘tiborga
olingan holda yanada takomillashib bormoqda.
Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash zaruriyati konsepsiyada
yoritilgan. Unda jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga tahdid solayotgan g‗oyalar,
mafkuralar, ularga qarshi kurashish zarurligi kо‗rsatib berilgan. 80-yillarning
oxirida О‗zbekistonga kirib kela boshlagan va mamlakatimizga о‗zini «dо‗st»,
«dindosh», «millatdosh» sifatida kо‗rsatganlarning haqiqiy g‗oyaviy-mafkuraviy
qiyofasini kо‗rsatib, ularga qarshi jiddiy kurashish lozimligini alohida ta‘kidlagan.
Shunday qilib, I.Karimov О‗zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga XX asrning
90-yillarida jadal kirib kelgan diniy fundamentalizm, ekstremizm va xalqaro
terrorizmning mazmun-mohiyatini ochib berdi. Ayni paytda ushbu konsepsiyada
mazkur masalaning ikki tomoniga e‘tibor berildi. Birinchisi, diniy fundamentalizm,
aqidaparastlik va xalqaro terrorizm faqat islom diniga taalluqli emas. Bunday
salbiy holatlar boshqa dinlarga ham tegishli ekanligi qayd etildi. Bu bilan islom
dinining sofligi saqlandi. Ikkinchi tomondan, bunday salbiy holatlarga qarshi
kurashishning yagona yо‗li - fuqarolarda g‗oyaviy immunitetni shakllantirish va u
orqali odamlarni g‗oyaviy, ma‘naviy-ruhiy tarbiyalash, ularni milliy g‗oyaga
ishontirish, uyushtirish va safarbar etish zaruriyati hamda yо‗l-yо‗riqlari
kо‗rsatildi.
I.Karimovning bu boradagi nazariy qarashlarida diniy ekstremizm,
fundamentalizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda kishilarning iymon-
e‘tiqodini mustahkamlash, mustaqil fikrga ega bо‗lgan barkamol avlodni
tarbiyalash, milliy-madaniy merosni asrash va amaliy faoliyatda unga suyanish
kabilar о‗z aksini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: