Milliy g„oya tarixi va nazariyasi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

3-masalaning  bayoni: 
Mustaqillik  sharoitida    jamiyat    g‗oyaviy-mafkuraviy 
asoslari о‗zgarishining  mamlakat taraqqiyotini  ta‘minlashdagi ahamiyati yuksak.  
Dunyodagi barcha xalqlarning milliy g‗oyalari, о‗z navbatida, umuminsoniy 
mazmunga  ega  bо‗ladi.  YA‘ni,  milliy  xususiyatlar  umuminsoniy  g‗oyalar  bilan 
yaxlit,  mantiqiy  bog‗langan  shaklda  amal  qiladi.  «Asrlar,  davomida,  -  deb 
ta‘kidlaydi  Islom  Karimov,  -xalqimiz  umumbashariy,  umuminsoniy  qadriyatlar 
takomiliga  ulkan  hissa  qо‗shgan.  Turli  millat  vakillariga  hurmat,  ular  bilan 
bahamjihat  yashash,  diniy  bag‗rikenglik,  dunyoviy  bilimlarga  intilish,  о‗zga 
xalqlarning  ilg‗or  tajribalari  va  madaniyatini  о‗rganish  kabi  xususiyatlar  ham 
xalqimizda azaldan mujassam»
13

Darhaqiqat,  hech  bir  umuminsoniy  g‗oya  yoki  qadriyat  alohida  olingan  bir 
millat  tomonidan  yaratilmaydi.  Umuminsoniy  g‗oyalar  -  bashariyat  intellektual 
salohiyatining  ijodiy  mevasi,  insoniyat  taraqqiyoti,  evolyusion  о‗zgarishlarning 
mahsuli hisoblanadi.  
Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida demokratiya, gumanizm, tinchlik, 
barqarorlik, mustaqillik, ozodlik, qonun ustuvorligi va inson erkinliklari kabi g‗oya 
va  qadriyatlar  umuminsoniy  ahamiyatga  ega.  Ayni  paytda,  yaxshilik,  adolat, 
millatlarning  teng  huquqliligi,  vijdon  erkinligi,  tabiatni  asrash  va  shu  kabilar 
umuminsoniy g‗oyalarga misol bо‗la oladi. Jamiyat rivojida ular xilma-xil tarzda, 
turli-tuman  shakllarda  namoyon  bо‗lib,  inson  hayotining  ma‘naviy  mezoni  bо‗lib 
xizmat qiladi.  
Umuminsoniy  g‗oyalarning  har  bir  xalq  mafkurasida  ustuvor  bо‗lishi  shu 
xalqning  jahon  hamjamiyatiga  teng  huquqli  a‘zo  sifatida  barcha  bilan  tinchlik  va 
hamkorlik  aloqalarini  о‗rnatishi,  erkin  va  farovon  hayot  barpo  etishining  muhim 
shartidir.  Qayd  etish  lozimki,  mamlakatimizdagi  milliy  mafkura  umuminsoniy 
g‗oyalarga suyanadi, undan oziq oladi
14

                                                 
12
 И.Каримовнинг Ш. Рашидов таваллудининг 75 йилилигига ба\ишлаб сызлаган нут=идан.1992 йил,тноябрь 
13
 Каримов И. А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Озод ва обод 
ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт-пировард мақсадимиз.  Т.8. – Т.:Ўзбекистон, 2000. –Б. 503.   
14
 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар, тамойиллар ва атамалар (қисқа изоҳли тажрибавий луғат) –
Т.: 2002. –Б. 149.  


XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  jahondagi  g‗oyaviy-  mafkuraviy 
jarayonlarda demokratik tamoyillarning shakllanib, rivojlanishi yuz bera boshladi. 
Demokratlashtirish, 
erkinlashtirish, 
iqtisodiyotning 
ochiqligi, 
havfsizlik 
muammolariga  munosabatlarning  bir-biriga  yaqinlashuvi  bugun  jahondagi 
kо‗pchilik  davlatlarning  ichki  va  tashqi  siyosatlarini  belgilab  bermoqda.  200  yil 
muqaddam jahonning hamma davlatlari avtoritar davlatlar edi. XIX asrning oxirida 
jahonda 13 tagina demokratik davlat bor edi. XX asrning birinchi yarmida ularning 
soni  ikki  marta  ortdi,  1992  yilga  kelganda  esa  jahondagi  183  davlatning  91  tasi 
demokratik  davlat  bо‗ldi,  yana  35  tasi  esa  avtoritarizmdan  demokratiyaga  о‗tish 
davrida  turardi.  Shu  asosda  umumsayyora  kо‗lamida  axloqiy-ma‘naviy  masalalar 
va qiziqishning kuchayishi ravshanroq ayon bо‗lmoqda
15

Mustaqillik  yillarida  О‗zbekiston  jamiyati  oldida  turgan  eng  katta  vazifa  - 
barpo  etilishi  lozim  bо‗lgan  davlatning  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy-
ma‘rifiy  qiyofasini  aniqlash  edi.  Pirovard  natijada  bunday  qiyofaning  chizgilari 
yuzaga  keldi.  «Bizning  bosh  strategik  maqsadimiz  -  bozor  iqtisodiyotiga 
asoslangan  erkin  demokratik  jamiyat  barpo  etishdir.  Yurtimizda  yashaydigan 
barcha  insonlar  uchun,  millati,  tili  va  dinidan  qat‘i  nazar,  munosib  hayot  sharoiti 
yaratib  berish,  rivojlangan  demokratik  mamlakatlardagi  kabi  kafolatlangan 
turmush  darajasi  va  erkinliklarini  ta‘minlash  davlatimiz  siyosatining  mazmun-
mohiyatini  ifodalaydi.  Bu  -  xalqimizning  asriy  an‘analariga,  muqaddas 
dinimizning  insonparvarlik  mohiyatiga,  milliy  qadriyatlarimizga  sodiq  qolgan 
holda,  rivojlangan  davlatlarning  tajribalaridan  kо‗r-kо‗rona  nusxa  kо‗chirmasdan, 
о‗zimizga  xos  va  о‗zimizga  mos  rivojlanish  yо‗lini  izchil  davom  ettirish 
demakdir»
16

О‗zbekistonda  qurilayotgan  yangi  jamiyat  о‗zining  g‗oyaviy-mafkuraviy 
asoslariga  suyangandagina  pirovard  maqsadga  erishish  mumkin.  Qayd  etish 
lozimki, о‗zbek xalqining ming yilliklar davomida yaratgan о‗ziga xos g‗oyalari - 
tinchlik,  ozodlik,  hurlik,  mustaqillik,  ezgulik,  barqarorlik,  ma‘naviy  barkamollik, 
shaxsni  ulug‗lash,  uning  manfaatlarini  hurmatlash  -  bularning  bari  yangi 
shakllanayotgan jamiyatimizning g‗oyaviy poydevori hisoblanadi.  
Kо‗hna  qadriyatlarimiz,  olimu  ulamolarning  asarlari  jamiyatning  g‗oyaviy-
mafkuraviy  asosini  yaratishda  juda  muhim  ahamiyatga  ega  bо‗ldi.  Yurtimiz 
xalqlarining  tarixi,  madaniyati  о‗z  ildizlari  bilan  asrlar  qa‘riga  borib  taqalishi  va 
uzoq ming yillarni о‗z ichiga olishini qadimgi fors yozuvchilarining, xitoy, arman 
va  suriyalik  geograf  va  tarixchilarning  yozib  qoldirgan  ma‘lumotlari,  Nosiriddin 
Burhonuddin  Rabg‗uziyning  «Qisasi  Rabg‗uziy»,  Alisher  Navoiyning  «Tarixi 
muluki  Ajam»,  Firdavsiyning  «Shohnoma»  asarlaridan,  zardushtiylikning 
muqaddas kitobi «Avesto»dan, shuningdek, Bexistun, Bundaxishn, qadimgi turkiy 
bitiklar, jumladan О‗rxun-Yenisey yodgorliklaridan aniq va ravshan bilib olishimiz 
mumkin.  Milliy  g‗oya  va  mafkuramizning  ildizlari  о‗ta  qadimiy  ekanligiga 
yunonistonlik olimlar - Arrian, Kursiy, Plutarx, Geradot, Straban, shuningdek, Abu 
                                                 
15
 «Жаҳон адабиѐти», 2003, ноябр. 116-бет.  
16
 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. –Т.:Ўзбекистон, 2000. – Б. 28-29. 


Rayxon  Beruniy,  Narshaxiy  va  boshqa  mutafakkirlarning  asarlari  ham  guvohlik 
beradi.  
Qayd  etish  lozimki,  О‗zbekistonda  milliy  tiklanish,  bir  tomondan  milliy 
о‗zlikni  anglash,  boshqa  tomondan,  jamiyatning  g‗oyaviy-mafkuraviy  asoslarini 
yaratish, uchinchi tomondan esa bozor iqtisodiyoti munosabatlariga о‗tish asnosida 
yuz  berdi.  ―Ayni  vaqtda  biz  jamiyatni  va  jamiyat  tafakkurini  yangilashning 
inqilobiy  usullariga,  bu  jarayonni  sun‘iy  ravishda  chetdan  turib,  zо‗ravonlik  yо‗li 
bilan  tezlashtirishga  qaratilgan  har  qanday  urinishlarga  mutlaqo  qarshimiz.  Biz 
barcha  sohalarda,  jumladan,  ma‘naviy  sohada  ham  tadrijiy-evolyusion  islohotlar 
yо‗li  tarafdorimiz  va  bunga  qat‘iy  amal  qilamiz.  YA‘ni,  sodda  qilib  aytganda, 
odamlarning  dunyoqarashi,  e‘tiqod  va  tafakkurida  demokratik  tamoyillar 
vademokratik  qarashlarning  kengayishi  va  mustahkam  о‗rin  topishi  avvalambor 
hayotning  tabiiy  yurishi  bilan,  ularning  moddiy  turmush  darajasi  va  madaniy 
saviyasi  tobora  rivojlanishi  va  yuksalishi  bilan  chambarchas  bog‗liq  ekanini 
hayotning о‗zi taqozo etadi‖.
17
 
Mamlakatimizda  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirish  eng  avvalo 
uning  g‗oyaviy-mafkuraviy  asoslarini  mustahkamlashni  talab  etadi.  Agar  har  bir 
sohadagi,  jumladan,  iqtisodiy  jabhadagi  islohotlar  g‗oyaviy-mafkuraviy  jihatdan 
ta‘minlanmas ekan, jiddiy milliy tiklanish tо‗g‗risida fikr yuritish mushkuldir.  
Xо‗sh,  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishda  uning  qaysi  g‗oyaviy-
mafkuraviy asoslariga suyanish lozim? Avvalo, iqtisodiy hayot erkinlashishi lozim. 
Shuningdek,  kо‗p  ukladli  iqtisodiyotni  yaratish,  mulkdorlar  sinfining  shakllanishi 
о‗ta  muhimdir.  Biroq,  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishdagi  eng  muhim 
g‗oyaviy  asos  -  fuqarolarda  yangicha  iqtisodiy  tafakkurni  shakllantirish,  ularning 
dunyoqarashini  о‗zgartirish,  har  bir  kishiga  о‗z  mehnatini  sarflash  sohasi  va 
shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatini yaratib berishdir.  
Mamlakat iqtisodiy hayotini barqarorlashtirish, milliy  g‗oya konsepsiyasida 
ijtimoiy hamkorlik va evolyusion taraqqiyot kabi g‗oyalarning о‗rni kattadir.  
Ijtimoiy  hamkorlik  davlat  va  millat  taraqqiyotida  har  bir  soha  uchun 
muhimdir. Siyosat, ijtimoiy soha, iqtisodiyot, madaniy jabhadagi hamkorlik milliy 
tiklanish  uchun  kuchli  poydevor  hisoblanadi.  Ayniqsa  shu  narsani  yodda  tutish 
lozimki,  davlatning  bosh  islohotchilik  roli  jamiyatdagi  ijtimoiy  hamkorlikni 
ta‘minlaydigan  iqtisodiy  asoslarni,  siyosiy  vazifani,  madaniy  muhitni,  qonuniy-
huquqiy munosabatlarni takomillashtirish, boshqarish va nazorat qilish faoliyatida 
yaqqol namoyon bо‗ladi.  
   

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish