Milliy g„oya tarixi va nazariyasi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

Birinchidan
,  jamiyatning  eng  ustuvor  maqsad  va  manfaatlarini  о‗zida 
mujassam etadigan ilg‗or g‗oyalar milliy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchga 
aylanadi. 
Ikkinchidan
,  jamiyatdagi  har  bir  ijtimoiy  toifa  va  guruh  о‗zining  dasturiy 
maqsadlari  va  amaliy  faoliyatini  ana  shu  g‗oyalar  bilan  uyg‗unlashtirishi  milliy 
taraqqiyotning zaruriyatiga aylanadi. 
Uchinchidan
,  har  bir  shaxs  ijtimoiy  mavqei,  dunyoqarashi  va  e‘tiqodidan 
qat‘iy  nazar  jamiyatning  ustuvor  maqsad  va  manfaatlarini  aks  ettiradigan  milliy 
g‗oyalarni amalga oshirish uchun о‗zini mas‘ul deb bilishi lozim. 
Millatlararo  totuvlik  g‗oyasi  esa  mamlakatimizda  yashayotgan  har  bir 
millatning  bir-birini  kamsitmagan  holda  о‗z  milliy  an‘analariga  sodiq  qolishini,  
bir-biri  bilan  dо‗stona  munosabatda  bо‗lishini  kо‗zlaydi.  Millatlararo  totuvlik 
g‗oyasi – umumbashariy qadriyat hamdir.  Hozirda mamlakatimizda 130 dan ziyod 
millat  va  elat  vakillari  istiqomat  qiladi.  Kо‗p  yoki  oz  sonlaridan  qat‘iy  nazar 
mamlakatimizda  barcha  millatlar  uchun  teng  sharoitlar  yaratilgan.  Ana  shu 
millatlarning barchasi mustaqil yurt ravnaqi, el-yurt farovonligi va tinchligi uchun 
о‗z  hissalarini  qо‗shmoqdalar.  Qozoq,  qirg‗iz,  tojik,  rus,  yahudiy,  uyg‗ur, 
qoraqalpoq, turkman, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari ham «О‗zbekiston о‗z 
vatanim» deb faxr bilan yashayotganligi  mamlakatimiz ravnaqi uchun zamindir. 
Dinlararo bag‗rikenglik g‗oyasi     barcha dinga e‘tiqod qiluvchilarga  keng 
yо‗l  ochilgan  holda,  bir-birlari  bilan  samimiy  munosabatda  bо‗lishlarini  taqozo 
etadi. Aslida  din ijtimoiy hayotni, voqelikni, uning hodisalarini о‗ziga xos tarzda 
in‘ikos  ettiruvchi  ijtimoiy  ong  shakllaridan  biridir.  U  dastlab  inson  hayotining 
ibtidoiy  davrida  vujudga  kelgan  va  о‗sha  zamonda  yashagan  insonlarning 
dunyoqarashini  ham  aks  ettirgan.  Din  dunyo,  inson  va  boshqa  mavjudotlarning 
yaralishi  va  kelib  chiqishini,  hayotning  ma‘no-mazmuni,  insonning  yashashdan 
kо‗zlagan  maqsadi  kabi  masalalarga  ilohiy  nuqtai  nazardan  javob  beruvchi 
dunyoqarash shaklidir. U  bugungi kunda ham shu vazifani ado etib kelmoqda. Din 
diniy  dunyoqarashni,  diniy  marosimlarni,  shuningdek,  diniy  tuyg‗uni  о‗z  ichiga 
oladi.  О‗rta  asrlarda  din  madaniyatning  barcha  turlarini  (ilm-fan,  falsafa,  huquq, 
axloq  kabi)  о‗zida  mujassamlantirgan  va  ularga  о‗z  ta‘sirini  о‗tkazgan,  qadim-
qadimdan  aksariyat  ma‘naviy  qadriyatlarni  о‗zida  mujassam  etib  kelgan.  Milliy 


qadriyatlarning  asrlar  osha  bezavol    yashab  kelayotgani  ham  dinning 
sharofatidandir.  Prezident Islom Karimovning sо‗zlari bilan ifodalaganda: «... din 
bizning  qon-qonimizga,  ongi-shuurimizga  shu  qadar  teran  singib  ketganki,  uni 
hech qanday kuch, hech qanday tashviqot bilan chiqarib bо‗lmaydi»
11
 
Diniy  e‘tiqodlarning  mohiyati  umumiy  ekaniga  qaramasdan,  dinlarning 
kо‗rinishi  xilma-xildir.  Dunyoda  juda  sodda,  qadimiy  dinlar  bilan  bir  qatorda, 
umumjahon ahamiyatiga molik., murakkab, jahon dinlari ham mavjud. Ular tarixiy 
zaruratga qarab, turli davrlarda vujudga kelgan. 
Chunki,  dunyodagi  dinlarning  barchasi  ezgulik  g‗oyalariga    asoslanadi  va 
yaxshilik,  tinchlik,  dо‗stlik  kabi  xususiyatlarga  tayanadi.  Odamlarni  halollik  va 
poklik, mehr va shafqat, birodarlik va bag‗rikenglikka da‘vat etadi. 
 Jahondagi  barcha  yirik  dinlar  bu  dunyoni  foniy,  о‗tkinchi  hisoblaydi.  Ular 
insonning yashashdan asosiy maqsadi bu dunyoda xayrli, savobli ishlar qilib, boqiy 
dunyo  sinovlariga  tayyorgarlik  kо‗rish,  jannat  saodatiga  sazovor  bо‗lish,  degan 
g‗oyani  targ‗ib  etadi.  Barcha  dinlarda  inson  hayotining  mohiyati,  mazmuni, 
kishilar  о‗rtasidagi  siyosiy-huquqiy,  axloqiy  munosabatlarni  tenglik  va  adolat 
mezonlari asosida о‗rnatish masalasi ozmi, kо‗pmi о‗z aksini topgan. Shu boisdan 
ham  har  bir  vatandoshimiz  ,  ayniqsa  yoshlar  avvalo,  dinlar  tarixini,  ularning  asl 
mohiyatini  chuqur  bilishi  lozim.  Shundagina  ularni  g‗arazli  maqsadlarni  kо‗zlab 
yurgan kuchlar tо‗xtatolmaydilar.  
 
Diniy  tamoyillarni,  diniy  bilimlarni    har  bir  millat,  har  bir  din  vakiliga, 
ularning  farzandlariga  yanada  tо‗liqroq  о‗rgatish,  millatlar  о‗rtasida  tinchlik  va 
totuvlikni  yо‗lga  qо‗yish,  din  vakillari    orasida  turli  nizolar  kelib  chiqmasligini 
ta‘minlash,    dinlararo  о‗zaro  dо‗stona  munosabatlarni  shakllantirish  maqsadida 
diniy  bag‗rikenglik  yoki  tolerantlik    g‗oyasi  ilgari    surilmoqda.  Bu  g‗oya 
О‗zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasining  31-moddasi  bilan  qaysidir  darajada 
uyg‗un.   
  
Masalan,  Konstitusiyaning  mazkur  moddasida  shunday  belgilab  qо‗yilgan: 
«Hamma  uchun  vijdon  erkinligi  kafolatlanadi.  Har  bir  inson  hohlagan  dinga 
e‘tiqod  qilish  yoki  hech  qaysi  dinga  e‘tiqod  qilmaslik  huquqiga  ega.  Diniy 
qarashlarni majburan singdirishga yо‗l qо‗yilmaydi». Aslida ham  vijdon erkinligi- 
odamzot  azal-azaldan  intilib  kelgan,  xilma-xil  daraja  va  kо‗rinishlarda  amalga 
oshirgan umuminsoniy tamoyillardan biridir. «Vijdon erkinligi» «e‘tiqod erkinligi» 
tushunchasidan anchagina kengroq. Chunki, «e‘tiqod erkinligi» insonning biron-bir 
dinga  e‘tiqod  qо‗yishda  о‗z  ixtiyori  bilan  ish  tutishini  ifodalaydi.  «Vijdon 
erkinligi» esa muayyan kishining biror dinga, g‗oyaga e‘tiqod qilishi yoki umuman 
e‘tiqod  qilmasligini  ham  anglatadi.    Inson  dindor,  dinsiz  dahriy  yoki  xudojо‗y 
bо‗lishi,  but  va  sanamlarga  sig‗inishi,  butunlay  xudosiz  bо‗lishi  ham  mumkin.  U 
dunyoviy yoki diniy bilimlar  tarafdori sifatida namoyon bо‗lishi mumkin. Ammo 
–  bu    -  ana  shu  kishini  ayblash  uchun  asos  bо‗lmaydi,  balki,  kimning  qanday 
e‘tiqodga ega bо‗lishi yoki bо‗lmasligi uning vijdoniga havola deyilganidir. Ammo 
bu  tamoyil  vijdon  va  burch,  jamiyatdagi  boshqa  umuminsoniy  talablarni  tan 
                                                 
11
 
11
 Каитмов И.А. Оллощ =албимизда, юрагимизда, Т.: «Ызбекитон», 1999 йил, 18-бет 
 
 


olmaslik,  turli  aqidalarni  mutlaqlashtirish,  boshqalar  uchun  qadriyat  bо‗lgan 
narsalarni  mensimaslik,  boshqalarning  diniga  past  nazar  bilan  qarash,  dinlar 
о‗rtasiga  nifoq  solish,  dindorlarni  kamsitish  degani  emas.    Balki,  kishining 
ishonchi,  e‘tiqodi  sohasidagi  anglab  olingan  erkinligi,  jamiyat  qonunlariga    mos 
hayot kechirishi demakdir.  
 
Diniy  bag‗rikenglik  g‗oyasi  har  bir  millat  vakillarining  farzandlarida      о‗z 
milliy  tuyg‗usi,  diniy  qadriyatlarini  puxta  egallash  imkonini  beradi.  Xuddi  shu 
imkoniyatdan  kelib  chiqqan  holda  bugungi  kunda  biz  yoshlarimizga    bu  borada 
chuqur  va  puxta  bilimni  berib  borishimiz  kerak.  Zero,  Prezidentimiz  ta‘kidlab 
о‗tganidek, «... О‗z xalqiga, uning an‘analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va 
hurmatni  tarbiyalamasdan  turib,  о‗z  xalqini  millatlarning    butun  jahon 
hamjamiyatida  tenglardan  biri  sifatida  idrok  qiluvchi  haqiqiy  insonni,  о‗z 
Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas».
12
 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish