42
Mazkur atamalar muayyan bir ma‟noni anglatmaydi, ular harflar mujassami
xolos.
«Abjad»
atamasi
ana shu atamalarning birinchisi nomidan olingan. Harflar
vositasida son tushunchasini ifoda etish usuli esa
«abjad hisobi»
deb atalgan. Bu
usul harflar sirasini yod olishda qulay bo„lgani sabab maktablarda maxsus
o„qitilgan va abjad o„qiyotgan bolalar
«abjadxon»
deb atalgan.
Manbalardan ma‟lum bo„lishicha, abjad hisobi musiqa san‟atida ham
muvaffaqiyat bilan qo„llanilgan. XV asrda yashab ijod etgan mashhur
musiqashunos Zaynobiddin bin Mahmud al-Husayniy Navoiyning topshirig„i va
unga atab yozilgan «Qonuni ilmiy va amali musiqiy» («Musiqaning ilmiy va
amaliy asoslari») asarida cholg„u asboblaridan baland va past tovush hosil bo„lish
sabablari, intervallar va ularning nisbiy munosabatlari kabi masalalarni yoritishda
abjad usulidan foydalangan.
Eski o„zbek yozuvidagi forslar va turklar tomonidan keyinchalik kiritilgan
to„rt harf ژ چ گ پ borasida shuni ta‟kidlash joizki, abjad hisobi amalga
oshirilayotgan matnda ushbu harflar ishtirok etayotgan bo„lsa, hisobda ularning
shakldoshlari (ص ج ک ب) dan istifoda etilgan. Manbalarda keltirilishicha, arablar
qadimda abjad atamalaridan hafta kunlarini nomlashda ham foydalanganlar.
Abjad hisobining ixcham, lo„nda va qulayligi uning she‟riyatda keng
qo„llanishiga sabab bo„ldi. Biron muhim xodisa, voqealarning sodir bo„lgan
vaqtini, qo„lyozmalarning yozib tugallangan yilini, mansabdor shaxslarga
bag„ishlab yozilgan qasida va tarixlar sanasini berishda sonlar harflar bilan
ifodalangan. Bu usul muayyan sanani she‟riyatda ixcham holda ifodalashni
ta‟minlashi barobar, ularni esda tutishni ham osonlashtirgan. Shuningdek, abjad
hisobi o„tmishda ta‟lim-tarbiya sohasida bola tarbiyasi, uning fikriy takomili va
tafakkuri rivojida qiziqarli usul hamda ajoyib vosita bo„lib xizmat qilgan.
O„zbek va sharq she‟riyatining asosiy an‟analaridan hisoblangan ta‟rix,
muammo, muvashshah, lug„z, chiston kabi qator she‟riy san‟atlar asosini ham ana
shu abjad hisobi tashkil qilgan. Hatto bu usuldan foydalanib maxsus asarlar
yaratilganki, ularning ayrim namunalari bizgacha yetib kelgan. Ko„rinadiki, abjad
hisobi o„z davrida juda katta ahamiyat kasb etgan.
Abjad hisobidan boxabar bo„lishlikning hozirgi davrda ham ahamiyati katta.
Ajdodlarimizdan
bizgacha
yetib
kelgan
qo„lyozma
manbalar
bilan
shug„ullanadigan har bir shaxsning yozma yodgorliklar yaratilgan yoki nusxa
ko„chirilgan yillarini aniq belgilashida hamda abjad hisobi bilan bog„liq muayyan
she‟rlar va harfiy san‟atlarning ta‟rixini aniqlashda abjad hisobidan yaxshi
xabardor bo„lishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: