harflarini lotin alifbosi asosidagi o„zbek imlosida hamma o„rinda ikki harf: yo,
39
11-MA‟RUZA
Mavzu: Yozuvda raqamlar imlosi. Arab va rim raqamlari
Reja
:
1. O„zbek imlosida qo„llaniladigan raqamlar va ularning imlosi.
2. Rim va arab raqamlari imlosi
3. Raqamlarning harflar yordamida ifodalanishi.
4. Abjad hisobi. Ta‟rix sana‟ti.
Raqam
– arabcha so„z bo„lib, «son», «tartib», «yozmoq» degan ma‟nolarni
ifodalaydi. Eski o„zbek yozuvida bitilgan qo„lyozma kitoblar varaqlab ko„rilsa,
ba‟zilarining sahifalariga raqamlar, ayrimlariga esa poygir qo„yilganining guvohi
bo„lamiz. Hozirgi kunga qadar arab raqamlari deb yuritilib kelinayotgan
raqamlarning tarixi uzoq o„tmishga borib taqaladi.
Eng qadim zamonlarda dastlabki raqamlar so„zlar orqali ifodalangan.
Keyinchalik ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida nisbatan murakkabroq,
mukammalroq bo„lgan belgilar va hisoblash sistemalari yuzaga keldi.
Tarixiy manbalardan ma‟lum bo„lishicha, raqamlarni ifodalovchi dastlabki
shartli belgilar bobilliklar va misrliklarga taalluqli bo„lgan. Miloddan avvalgi
3000-2500 yillarda Misr ieroglif raqamlarida sonlarni ifodalash uchun maxsus
rasmlar, turli belgilar paydo bo„lgan. Keyinchalik ijtimoiy hayotning rivoji,
xalqlarning ma‟naviy ehtiyoji o„laroq ushbu belgilar va Misr ieratik yozuvi asosida
turli xalqlar yozuvlarining ilk namunalari, hamda harflarning son ma‟nosini
ifodalovchi dastlabki raqamlar yuzaga kelgan.
Ma‟lumki, eramizdan avvalgi 1-ming yillikda Hindiston fan sohasida,
jumladan matematika va astronomiya sohasida yuqori pog„onaga ko„tarilgan.
Hindlar 360 kundan iborat bo„lgan ilk quyosh taqvimlarini yaratganlar. Bu davrda
Hindistonda hisobning o„nlik sistemasi keng rivoj topdi. Hindlar nolni ifodalovchi
belgini o„ylab topdilar, raqamlarni esa hozir butun dunyo yozayotgan raqamlardek
yozdilar. Biz hozir bu raqamlarni «
arab raqamlari
» deb ataymiz. Chunki mazkur
raqamlar arablarda o„zining keng rivojini topgan edi. Lekin aslida arablar
raqamlarni hindlardan o„zlashtirgan edilar.
Bungacha ham Hindistonda turli nomlar bilan ataluvchi raqamlarning ilk
ko„rinishlari amalda bo„lgan. Manbalardan ma‟lum bo„lishicha, o„sha paytda
mavjud bo„lgan «gvalior» raqamlari arab raqamlarining yaratilishiga zamin
bo„lgan.
40
Ma‟lumki, «Baytul-hikma» (Ma‟mun akademiyasi) nomi bilan keng shuhrat
tutgan ilmiy dargoh faqat tarjimonlik, xattotlik, kitobat ishlari bilangina
qanoatlanmay, ilmiy ekspeditsiyalar ham uyushtirgan. Ana shu ilmiy
ekspeditsiyalarning biriga Muso al-Xorazmiy boshchilik qilgan. Bu ekspeditsiya
830-yilda G„arbiy Hindistonda, so„ng Vizantiya, keyinchalik Xorazm vohasida
faoliyat yuritgan. Ma‟lumotlarga qaraganda, Xorazmiy hind sifralari (nol raqami
bir nuqta (.) shakli bilan ifodalanib sifr deb atalgan) bilan o„zi amalga oshirgan
ekspeditsiya davrida tanishgan.
Xorazmiy u yerda o„nta son ma‟nosini ifodalovchi raqamlar sistemasini
o„rganib chiqib, ularni soddalashtiradi va kengaytiradi. So„ng ilk bor arab tilida
o„zining «Arifmetika» kitobida bayon qilib beradi. Xorazmiyning hind raqamlariga
bag„ishlangan ushbu kitobi avval arab sharqiga kirib keladi. Keyinchalik, lotin
tiliga tarjima qilingach, X asrda Ispaniyada, XVII asrda esa butun Yevropaga
tarqaladi. Demak, Xorazmiy hind raqamlari asosida hozirgi arab raqamlarini
rasmiylashtirib, uning jahonga tarqalishiga katta hissa qo„shgan buyuk olimdir. Bu
raqmlarning ayrim shakllari va ko„plikni ifoda etish usullari hozirgi joriy
yozuvimiz raqamlari va ular tartibidan unchalik tafovut qilmaydi. amalda qo„llanib
kelinayotgan arab raqamlari quyidagilar:
۱–1 ۲–2 ۳–3 ۴–4 ۵–5 ۶–6 ۷–7 ۸–8 ۹–9 ۱۱–10
Ma‟lumki, arab yozuvida xat
Do'stlaringiz bilan baham: