“tasdiqlayman” O„quv ishlari bo„yicha prorektor


Mavzu: O„zbek yozuvlarida tinish belgilarining ishlatilish tarixidan



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/79
Sana18.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#390869
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79
Bog'liq
IMLO MAJMUA 21-22

Mavzu: O„zbek yozuvlarida tinish belgilarining ishlatilish tarixidan. 

Reja: 

1.

 



O„zbek yozuvlarida tinish belgilarining qo„llanilish tarixidan.  

2.

 



Yangi o„zbek alifbosida punktuatsion me‟yorlar.  

3.

 



O„zbek alifbosidagi tinish belgilarining miqdori va qo„llanilishi.  

 

XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  Turkistonda  gazeta-publitsistik 



janrining  paydo  bo„ldi  va  unda  e‟lon  qilingan  mantlarda  tinish  belgilari  qo„llana 

boshlagan.  Xususan,  «Turkiston  viloyati  gazeti»,  «Oydin»  va  boshqa  davriy 

nashrlarda hozirgi tinish belgilarining ayrimlarini uchratish mumkin.  

Tinish  belgilari  ommaviy  ravishda  1921-yildan  so„ng  qo„llana  boshlangan. 

Bu arab yozuviga asoslangan eski o„zbek yozuvining isloh qilishi bilan bog„liqdir. 

1921-yili  arab  alifbosidagi  o„zbek  yozuvi  isloh  qilingandan  so„ng  o„qish  va 




44 

 

yozishda  engillik  hosil  qilish  maqsadida  hozirgi  kunda  mavjud  bo„lgan  barcha 



tinish belgilari joriy etildi.  

Gaplardagi  his-hayajon,  so„roq,  darak  ma‟nolarini  berish  uchun  nuqta, 

so„roq,  his-hayajon  va  boshqa  belgilar  yordamida  ifoda  etilgan  va  o„quvchi 

tomonidan  anglashilgan.  Tinish  belgilaridan  so„roq  va  vergul  belgilari  teskari 

ko„rinish holatida yozilishi qabul qilindi: so„roq belgisi – (؟), vergul - („).  

Qolgan  barcha  tinish  belgilari  hozirgi  ishlatilish  qoidalariga  mos  ravishda 

qabul qilinib, hozirgi kunda qaysi mamlakatda arab yozuvi ishlatilib kelinayotgan 

bo„lsa,  yozuvda,  matbuotda  barcha  ko„rinishlari  ishlatilish  qoidasiga  binoan 

qo„llanilib kelinmoqda.  

Yozuv madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishda punktuatsiyaning –

tinish  belgilarining  alohidaahamiyati  bor.  Tinish  belgilari  yozuvning  boshqa 

vositalari  (harflar,  raqamlar,  diakritik  belgilar)  hamda  til  birliklari  (so„zlar, 

morfemalar)  bilan  ko„rsatish  mumkin  bo„lmagan  turlicha  fikriy  munosabatlarni, 

psixologik  va  intonatsion  holatlarni  ifodalashda  ham  favqulodda  muhim 

ahamiyatga ega.  

Punktuatsiya  tilning  sintaktik  qurilishi  bilan  uzviy  bog„liq  bo„lib,  yozma 

nutqni  to„g„ri,  ifodali,  aniq  bayon  qilishda,  uning  uslubiy  ravonligini,  tez 

tushunilishini  ta‟minlashda  benihoya  zaruriy  vositadir.  Ilmiy  manbalarda,  o„quv 

qo„llanmalarida  tinish  belgilarining  qo„llanish  usuli  va  tartibi  punktuatsiyaning 

mantiqiy-grammatik,  uslubiy  va  differensiatsiya  (farqlash)  tamoyillari  asosida 

belgilanishi ta‟kidlanadi.  

Bunda 


mantiqiy-grammatik tamoyil 

nutqning semantik-grammatik tomonini 

yozuvda  to„g„ri  ifodalashga  qaratilgan  bo„lsa, 

differensiatsiya  tamoyili 

asosidagi 

qoidalar tinish belgilarining qo„sh holda qo„llanishidagi tartibni, gapdagi murakkab 

mazmunni  aniqlashtirish  kerak  bo„lganda,  ulardan  foydalanish  yo„llarini  belgilab 

beradi. 

Uslubiy  tamoyil 

tinish  belgilarining  qo„llanishini  nutq  uslublari  asosida 

belgilashni  nazarda  tutadi,  lekin  bu  unchalik  to„g„ri  emas,  chunki  muayyan  bir 

uslubgagina  xoslangan  tinish  belgisi  bo„lmaydi.  Zarurat  tug„ilganda,  har  qanday 

uslubda ham xohlagan tinish belgisidan foydalanish mumkin.  

Muayyan  tildagi  punktuatsiya  an‟analarining  mustahkamlanishi  va 

takomillashuvida  taniqli  yozuvchilarning  ijodi  hamda  tinish  belgilarining 

qo„llanish qoidalarini  umumlashtiruvchi  va  tartibga  soluvchi  tilshunoslar  faoliyati 

katta ahamiyatga ega.  

Hozirgi  o„zbek  punktuatsiyasining  shakllanishi,  rivoji,  uning  o„rganilishi 

Fitrat,  S.lbrohimov,  H.G„oziyev,  O.Usmonov,  G„.Abdurahmonov,  K.Nazarov  va 

boshqa  tilshunoslarning  nomlari  bilan  bog„liq.  Punktuatsiya  masalalari  bilan 

bevosita  shug„ullangan 

H.G„oziyev 

(«O„zbek  punktuatsiyasining  tarixiy 

taraqqiyoti», 1969, 1979), G„.Abdurahmonov («Punktuatsiya o„qitish metodikasi», 




45 

 

1968),  K.Nazarov  («Tinish  belgilari  va  yozma  nutq»,  1974;  «O„zbek  tili 



punktuatsiyasi», 1976) kabilarning asarlari nashr etilganiga ancha yillar bo„ldi va 

ulardagi  tinish  belgilarining  ishlatilishi  haqidagi  fikr-mulohazalar  ham  bir  qadar 

o„zgardi.  

Buning ustiga, «muallif punktuatsiyasi» tushunchasi, ya‟ni muayyan muallif 

tomonidan  tinish  belgilarining  amaldagi  qoidalarga  bo„ysunmagan,  unga  rioya 

qilmagan holda individual qo„llash  holatlari uchraydiki, bu ham  keng  o„quvchilar 

ommasini  chalkashtiradi, shubhalantiradi. Mazkur  holatni  hisobga  olgan  holda  va 

tinish  belgilarining  ishlatilishi  bilan  bog„liq  ayrim  chalkashliklarni  bartaraf  etish 

maqsadida  O„zR  FA  Alisher  Navoiy  nomidagi  Til  va  adabiyot  institutining  bir 

guruh  yetakchi  olimlari:  prof.  N.Mahmudov,  dotsent  A.Madvaliyev,  dotsent 

N.Mahkamovlar  tomonidan  ushbu  «O„zbek  tili  punktuatsiyasining  asosiy 

qoidalari» ishlab chiqilgan edi.  

«Qoidalar»  institut  ilmiy  kengashi  tomonidan  ma‟qullangach,  «O„zbek  tili 

va adabiyoti» jurnalining 2o15-yil 1-sonida hamda «Ma‟rifat» gazetasining 2015-

yil,  1-,  4-,  8-,  11-aprel  kunlaridagi  sonlarida  e‟lon  qilindi,  jurnal  va  gazeta 

o„quvchilaridan olingan maqbul fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar asosida yana-

da takomillashtirildi. «O„zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari» O„zbekiston 

Respublikasi  Xalq  ta‟limi  vazirligi  Respublika  ta‟lim  markazi  ilmiy-metodik 

kengashi tomonidan ma‟qullangan.  


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish