Materialshunoslik indd


-rasm. Aluminning elektr- va issiq o‘tkazuvchanligiga



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/273
Sana18.01.2022
Hajmi6,82 Mb.
#390782
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   273
Bog'liq
Materialshunoslik007

8.2-rasm. Aluminning elektr- va issiq o‘tkazuvchanligiga 
begona jinslarning (a) va qo‘shilmalarning (b) ta’siri; (sidirg‘a 
chiziqlar – elektr o‘tkazuvchanlik σ, punktir chiziqlar – issiq 
o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti.
Alumin qotishmalari mashinasozlikda keng qo‘llanadi. 
Aluminni legirlash uchun, asosan, mis, magniy, kremniy, marganets, 
nikel, titan, berilliy, qalay qo‘llanadi. Legirlovchi elementlarning ak
-
sari alumin bilan qattiq eritmalar va intermetall fazalar hosil qiladi: 
CuAl
2
, Al
2
CuMg, Al
3
Mg va b.
Alumin qotishmalari tayyorlash texnologiyasi, termik ishlovdan 
keyin mustahkamlanish darajasi va ekspluatatsiya xususiyatlari bilan 
tafsiflanadi.
Alumin  qotishmalarini  mustahkamlash  uchun  415...505 
0
C  (Д1, 
Д18) yoki 490...500 
0
C (Д16) haroratlarda toblab, sovuq suvda so
-
vitiladi. Shundan so‘ng, eskirtiriladi, natijada, korroziya bardoshliligi 
oshadi. Tabiiy (bir necha sutka davomida) yoki sun’iy (10...24 soat) 
eskirtirish natijasida o‘ta to‘yingan Al-Cu va Al-Cu-Mg qattiq erit-
malar  parchalanishi  natijasida  qotishmaning  mustahkamligi  ortadi. 
Korroziyaga  bardoshliligini  oshirish  uchun  alumin  qotishmalardan 
tayyorlangan buyumlar sirti plakirlanadi, ya’ni texnik aluminiy bilan 
qoplanadi yoki anodli qutblanish ishlovi berib qoplanadi.
m/m
m/m
b


108
Duraluminlar  aviatsiyada  keng  qo‘llanadi.  Д1  qotishmasidan 
parraklar, Д16 dan – fyuzelyajlarning elementlari, Д18 dan – parchin
-
mixlash elementlari tayyorlanadi.
Mustahkamligi  yuqori  alumin  qotishmalarga
 Al-Zn-Mg-Cu 
sistemasidagi В95, В96, В96S markalar kiradi. Legirlovchi element 
sifatida marganets va xrom ishlatiladi; ular qotishmaning korroziya 
bardoshligini  va  eskirish  samarasini  oshiradi.  Bunday  qotishmalar­
ning  mustahkamlik  xususiyatini  kerakli  darajaga  yetkazish  uchun 
(σ=600…700 MPa) 460...480 
0
C da toblab, keyin, 120...140 
0
C da 
sun’iy eskirtiriladi. Bu qotishmalarning mustahkamlik ko‘rsatkichlari 
duraluminnikidan  yuqori,  biroq  plastiklik  jihati  kamroq,  kuchla­
nishni  to‘plovchi  shakllarga  va  kuchlanish  ostida  korroziya  muhiti 
ta’siriga  sezgir.  Buyumning  korroziyabardoshligini  oshirish  uchun, 
sirti Al+1%Zn qotishmasi bilan plakirlanadi. Bu qotishmadan, avia
-
sozlikda, 120
0
C  gacha  haroratlarda  ishlatiladigan,  yuklama  ostida 
bo‘ladigan konstruksiyalar tayyorlanadi.
300 
0
C gacha haroratlarda ishlatiladigan buyumlar katta haroratlar
-
ga mustahkam AK­4, AK­4–1 qotishmalaridan tayyorlanadi. Ularning 
kimyoviy tarkibi murakkab, temir, nikel, mis va CuAl
2
, CuMgAl
2

Al
2
Mn
2
Cu  va  b.  fazalarni  mustahkamlovchi  elementlar  bilan  legir
-
lanadi.  Diffuziya  jarayonlarini  sekinlatuvchi  mis,  marganets,  titan 
bilan legirlash qotishmaga katta haroratlarda ham mustahkamligini 
yo‘qotmaydigan xususiyat beradi. Bunday qotishmalardan dvigatel
-
larning porshenlari, porshen kallaklari, kompressorlarning parraklari 
tayyorlanadi va toblab, sun’iy eskirtiriladi.

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish