UO‘K: 620.22
КВК: 30.3
Taqrizchilar
:
A.I. Abidov
– Kumo Milliy Texnologiya Instituti (Janubiy
Koreya), PhD, falsafa fanlari doktori;
Sh.A. Karimov
– Toshkent Davlat texnika universiteti
«Materialshunoslik» kafedrasi dotsenti, t.f.n.
ISBN
978-9943-5143-8-6
© U.A.Ziyamuxamedova, 2018;
© «Barkamol fayz media» nashriyoti, 2018.
3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
“Harakatlar strate giyasi”da belgilangan beshta ustuvor yo‘nalishning
har biri bo‘yicha belgilangan vazi falarning ta’lim sohasida muvaf
-
fiqiyatli bajarilishi yangicha yondashuvlarni, dunyoning rivojlangan
mamlakatlarining ishlab chiqarish sohalaridagi zamonaviy texno
logiyalarni, fan va ta’lim sohasidagi yangiliklarni qo‘llashni taqozo
etadi.
Mazkur darslik “Materialshunoslik” fanini o‘qitilishidagi yetakchi
chet el oliy o‘quv yurtlarining tajribalari asosida va хususan ingliz
tilida chop etilgan W.Kallister, Jr Devid Djlarning “Material science
and engineering” kitobi struk turasi va mazmuniga yetarlicha ham
ohang tuzilgan.
Materiallar odatda uchta asosiy guruhga bo‘linadi. Bular metallar,
keramika va polimerlar. Bunday bo‘linish moddaning atomlar tarkibi
va kimyoviy tuzilishiga asos lanadi. Ko‘pgina materiallarni u yoki bu
guruhga kiritish mumkin. Bundan tash qari, keltirilgan ikki yoki uchta
guruhga taalluqli materiallar tarkibida kom po zit lar mavjudligini ham
aytib o‘tish lozim.
Materiallarning yana bir turi zamonaviy maxsus materiallar (ad-
vanced) bo‘ lib, ular yuqori texnologiyali (hightech) sohalarda
qo‘llash uchun yaratiladi bular ga yarimo‘tkazgichlar, biologik mate
-
riallar, nanotexnologiyalarda ishlatiluvchi “aqlli” (smart) material va
moddalar kiradi.
Elektr asbobuskunalarini ishlab chiqarishda injenerlik masalala
-
rini hal qi lish da materiallar asosiy zveno hisoblanadi va bu material-
lar elektroteхnik mate ri allar (ETM) deb ataladi.
Kuch qo‘yilgan konstruksiyalarni va yordamchi detal va qismlarni
yasash uchun ishlatiladigan materiallarga konstruksion materiallar
(KM) deyiladi. Hozirgi za mon elektr asbobuskunalari juda ko‘p har
хil ETM va KMlarda yasalgan murak kab qurilmalardir. Bu material
-
lar elektrik, meхanik, teхnologik va ma’lum talab qilin gan kimyoviy
хossalarga ega bo‘lishi kerak. Bu хossalar materiallarning kim yoviy
4
tarkibiga va tuzilishiga, tashqi kuchlar ta’siriga, haroratiga, tashqi
va ener getik maydonlar ta’siri intensivligiga (elektr maydoni kuch
-
lanishi va chastotasi, ha ro rati va h.k) bog‘liq. ETM va KMlarning
asosiy хossalarini bilmasdan turib, bularni elektr yoki magnit maydo
-
niga joylashtirilganda ularda sodir bo‘ladigan fi zikaviy va kimyoviy
hodisalarni hamda materiallarni kimyoviy tarkibi va tuzilishi bi lan
bog‘liqligini bilmasdan, elektroteхnik asbobuskunalarni loyihalash
va ishlab chiqa rish mumkin emas.
Shuning uchun materialshunoslik fanining asosiy vazifasi quyi
dagilardan iborat:
1) Materiallarga elektr maydoni, magnit maydoni, issiqlik may-
doni va meхa nik kuchlar ta’sir qilganda ulardagi o‘tayotgan asosiy
fizikaviy jarayonlarni o‘rga nish.
2) Materiallarni elektrik, meхanik va boshqa хossalarini ular
ning kimyoviy tarki bi ga va tuzilishiga bog‘liqligini o‘rganish.
3) Elektr asbobuskunalarini ishlab chiqarishda eng ko‘p
qo‘llanilayotgan materiallarni yoritish va ular bilan tanishish.
Elektr asbobuskunalari uchun materiallarni faqat elektrofizik
хossalari emas, balki fizikmeхanik, kimyoviy хossalari (mustahkam
lik, qattiqlik, issiqbar dosh ligi, sovuqqa chidamliligi va h.k.) ham hi
-
sobga olinadi.
Materiallarni tanlashda ularni iqtisodiy tomonlari (tannarxi) ham
hisobga oli nishi lozim.Qo‘yilgan talablarga javob beradigan yangi
materiallarni mahalliy xomashyo va energiya resurslaridan foy-
dalanib, yangi teхnologiyani yaratish maq sadga muvofiq.
Oxirgi vaqtlarda mutaxassislar tomonidan bajarilgan ishlarining
uchdan bir qis mi oldindan belgilangan xossalari materiallarni yara
tishga bag‘ishlangan. Shu ning uchun yangi materiallarni yaratish
yuqori darajada o‘sib bormoqda. Zamonaviy konstruktor (umuman
injener-texnik xodim) bu yangi materiallar xossa larini imkoniyatlari-
ni va istiqbollarini yaxshi bilishi lozim.
Energetika sohasida ishlatiladigan nometall materiallarga organik
va no organik materiallar kiradi. Plastmassalar asosidagi kompozit
-
sion materiallar; kauchuklar, rezinalar; kleyar; germetiklar; lakobo‘yoq
qoplamalar; grafit; shisha; kera mika; yog‘och va hokazolar kelib chi
5
qishiga ko‘ra organik va noorganik tabiiy, sun’iy va sintetik nome-
tall materiallar. Tabiiy organik materiallar: kauchuk, yog‘och, paxta,
yung, hayvon terisi va hokazolar. Tabiiy noorganik materiallar: gra
nit, mramor, bo‘r, grafit, asbest, kaolin va ba’zi tog‘ jinslari. Sun’iy
organik materiallar tabiiy neft polimer mahsulotlaridan olinadi:
viskozli tola, selluloza efirlari. Sun’iy noorganik materiallar qazilma
mineral materiallarni qayta ishlab olinadi: sement, beton, shisha,
keramika, pigment. Sintetik organik materiallar oddiy past molekular
birikmalarni «polimerizatsiyalash», «polikondensatsiyalash» usuli
bilan yoki murakkab organik birikmalarni «destruksiyalash» yo‘li
bilan, neftni qayta ishlash, qazilma ko‘mirni, torfni qayta ishlash, shu
bilan birga metallik, mineral, tabiiy va sun’iy organik va noorganik
materiallarni kombinatsiyalarini ishlab chiqish bilan olinadi. Sun’iy
va sintetik materiallarning afzalligi shundan iboratki, lozim bo‘lgan
xossani loyihalash mumkin va kerak xossali mahsulot va tayyor detal
olish mumkin. Shuning uchun ulardan hozirgi kunda energetika soha
-
sida keng qo‘lla nilmoqda.
Yana ta’kidlash lozimki, nometall materiallarni texnologikligi
ancha yuqori va ularni ishlatish sаmaradorligi diqqatga sazovor.
Masalan, plastmassalarni ishlatishdagi iqtisodiy ko‘rsatkichlari quyi
dagilar: konstruksiya og‘irligining kamayishi, ishlatish haroratlari
ning kamayishi; moyillashga hojat yo‘qligi; mashinalarni ishlatish
ishonchligi yuqori; ishlash muddatining uzayishi va hokazo.
Mаteriаllаrning hаr bir sinfi hаqidаgi mа’lumоtlаr, mаteriаllаr
ning хususiyatlаri, fаzoviy vа strukturаviy hоlаtigа bоg‘liq hоldа
berilаdi. Mаteriаllаrdа, аvvаldаn tаlаb etilgаn хususiyatlаrni
hоsil qilish uchun ulаrgа ishlоv berish vа ulаrni mustаhkаmlаsh
prinsiplаri bаyon etildi. Shuningdek, kоmpоzit mаteriаllаr
nаzаriyasining аsоslаri berildi, mаteriаllаrni tаnlаsh vа iqtisоdiy
dаlillаsh mаsаlаlаri o‘rgаnib chiqildi. Dаrslikkа mаteriаllаrgа, аyniqsа,
nоmetаll mаteriаllаrgа оid mа’lumоtnоmаlаr kiritildi. Bulаr, shu
vаqtgаchа, ko‘plаb tаrmоqlаrning nаshrlаridа tаrqоq hоldа mаvjud edi.
Shu jihаtdаn mаzkur dаrslik muhandislik mutахаssisliklаri bo‘yichа bi
lim оlаyotgаn tаlаbаlаrgа, mаshinа vа uskunаlаrni hisоblаshdа, lоyihа
lаshdа, mаteriаllаrgа ishlоv berish teхnоlоgik rejimlаrini tаnlаshdа
kаttа qulаyliklаr berаdi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |