О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


 MEHNAT  UNUMDORLIGI VA BOSHQARUV



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

4. MEHNAT  UNUMDORLIGI VA BOSHQARUV 
SAMARADORLIGI 
 
Mehnat    unumdorligiga  -  psixologik  omil,  xodimlar    va    rahbar, 
shuningdek,    xodimlar  о‘rtasidagi    о‘zaro    munosabatlar  ham  katta  ta’sir 
kо‘rsatadi.  Ularning  kayfiyati,   mehnat  faolligi,   mehnat  natijalari  bu  
omilga  bog‘liq  bо‘ladi. 
Boshqaruvning    samaradorligi    asosan    rahbar    о‘z    vazifasini  
qanchalik    muvaffaqiyatli  bajarishi  bilan  bog‘liq    bо‘ladi.    Hozirgi    davr 
menejeri    mehnat    va    boshqaruvni  tashkil    etishning    yangi    ilmiy    va 
texnikaviy 
yechimlari, 
usullarini 
qо‘llashi, 
ishlab 
chiqarish  
imkoniyatlarini    iqtisodiy    ravishda    kengaytirishi    lozim.    Menejer    ham 
tashkilotchi, ham  tarbiyachi,  ham  izlanuvchi,  ma’muriyatchi  sifatlariga 
ega  bо‘lishi kerak. 
Menejerlar  tomonidan    qabul  qilinadigan    qarorlarning  murakkabligi  
va    javobgarlikning  ortishi,  bajariladigan  ishlar    turli-tumanligi  ulardan  
vaqtni  unumli taqsimlanishni talab  qiladi.  О‘z  faoliyatini rejalashtirishni 
bilmaydigan,    faqat    joriy    masalalar    bilan    shug‘ullanuvchi    menejerlar  
faqat    boshqaruv    jarayonida    vujudga    keluvchi    u  yoki    bu    vaziyat  
natijalarini    tahlil    qilishgagina    ulgurib,    kelajakda    qilinishi    lozim  
bо‘lgan  ishlarni  hal  etish  uchun  vaqt  topolmay  qoladilar. 
Menejer  faoliyati  maqsadini  belgilashda,  avvalo,  undan  yuqoriroq  
menejment  tizimi  oldida  turgan  vazifalardan  kelib  chiqish  lozim, aks  
holda,    butun    tizim    faoliyatiga    tо‘g‘ri    kelmaydigan    (yoki    qarama- 
qarshi)  ish  kо‘rish  mumkin. 
Rahbar  ishi  sur’atining  tezligi,  uning  mehnat  faoliyati  tо‘laqonli 
dam    olish    bilan,    shuningdek,    ish    kuni    davomida    mehnat    turlari 
almashinishini    talab    etadi,    chunki    faqat    shunday    qilinganda    mehnat 
yuqori  samarali  bо‘lishi,  ish  qobiliyati  tо‘liq  tiklanishi  mumkin. 
Menejer    mehnatida    maqbul    ish    sur’atini,    u    amalga    oshiruvchi 
harakatlarning  doimiy  tartibini  о‘rnatish  juda  muhimdir. 
Menejer    ish    vaqtining    katta    qismi    hujjatlar    bilan    ishlashga  
sarflanadi.    Olinuvchi    axborot    (xat,    farmoyish,    hujjat    va    hakazo.lar)  
hajmi  juda    katta.    Bunday    holda    axborotni    «filtrdan»    о‘tkazish    juda  
muhimdir.    Rahbarga    faqat    u    hal    qilishi    mumkin    bо‘lgan    axborot  
berilishi  lozim.    Bu    bosqichda    rahbarga    axborotni    ijrochilar    о‘rtasida  
taqsimlcvchi  kotib  yoki  yordamchi  (referent)  katta  kо‘mak  beradi.  U 
                                                                                                                                                                                                 
70
 https://studbooks.net/25649/menedzhment/suschnost_osobennosti_upravlencheskoy_truda 


177
 
 
malakali  xodim  bо‘lishi,    menejmentning    barcha    bо‘linmalari    va  
tashkilotlari faoliyati  xususiyatini  bilishi  lozim. 
Rahbar    va    unga    bо‘ysunuvchi    boshqaruv    apparati    о‘rtasida 
majburiyatlarni    maqbul    taqsimlash    rahbarga    ish    vaqtini    samarali 
sarflashga    imkon    beradi.    Ijrochilarga    mavjud    qonunchilik    doirasida  
iloji    boricha    kо‘proq    hujjatga    imzo    chekishi    uchun    imkon    berish 
kerak.    Bu    rahbar    vaqtini    tejash,    ijrochilar    tashabbuskorligi    va  
javobgarligini  oshirish  imkonini  beradi. 
Menejerlar  faoliyatida  turli-tuman  yig‘ilish  va  yig‘ilishlar  muhim 
о‘rin    egallab,    ularga    ish    vaqtining  77  foizi  sarf  bо‘ladi.  Shu    sababli, 
yig‘ilisharni  tо‘g‘ri  tashkil  etish  uchun  quyidagilarga  alohida  e’tibor 
berish  lozim: 
-    yig‘ilishda  kо‘riladigan    masala    faqat    jamoa    tomonidan    hal  
etiladigan    muammodan    iborat    bо‘lishi    kerak.    Bu    muammo    bitta  
yig‘ilish davomida  hal  etilishi  lozim; 
-    yig‘ilish    qatnashchilari    muhokama    etilayotgan    muammo  
bо‘yicha yetarli  tajriba  va  bilimga  ega  bо‘lishlari  kerak; 
-  yig‘ilishda  kо‘riladigan  masalalar  mavzusi  qatnashchilarga  ular 
tayyorgarlik    kо‘rish    vaqtiga    ega    bо‘lishlari    uchun    avvaldan    e’lon 
qilinishi  lozim; 
-  yig‘ilish  о‘tkaziladigan  sana,  vaqt  va  joy  avvaldan  kо‘rsatilishi 
lozim,  chunki  uning  qatnashchilari  о‘z  ish  vaqtlarini  rejalashtirishlari  
kerak.    Yig‘ilish    rahbari    avvaldan    yig‘ilish    maqsadi    va    о‘tkazilish 
shaklini  belgilashi   lozim.   Yig‘ilish  о‘tkazilish  tartibi,  erkin,   ishchan 
muhokama  uchun  sharoit  yaratish  ham  muhimdir. 
Rahbarning kо‘plab majburiyatlari ichida  tashrif  qiluvchilarni qabul  
qilish  va  suhbat  о‘tkazishni  alohida  ajratib  kо‘rsatish  lozim.  
Qо‘l    ostida    ishlovchilar    tashabbusi    bilan    qabul    qilish    uchun  
alohida  vaqt    ajratish    muhimdir,    chunki    «ochiq    eshiklar    siyosati»  
tashqaridan    demokratik    xususiyatga    ega    bо‘lsa-da,    ish    vaqtini  
notо‘g‘ri    sarflashga    olib    keladi.    Suhbat    davomida    rahbar    savollar  
berish  yо‘li  bilan xodimlardan  ularning  niyatini  aniq  bilib  olishi,  о‘z  
iltimos  yoki  takliflarini  asoslab  berishiga  intilishi  kerak.  Agar  suhbat  
rahbar  tashabbusi  bilan  amalga  oshadigan  bо‘lsa,  xodim  suhbat  vaqti  
va    maqsadi    haqida    m  a’lumotga    ega    bо‘lishi    kerak.  Bu  xodimga 
masala    mazmuni  bо‘yicha  tayyorgarlik  kо‘rish,    psixologik    tanglikka  
duch    kelmaslik    uchun    imkon    yaratadi.    Suhbat    davomida    о‘zaro  
ishonch  muhitini    yaratish    uning    muvaffaqiyatli    bо‘lishiga    imkoniyat  
beradi.  


178
 
 
Bunda    rahbar    suhbat    maqsadi    va    xodimning    о‘ziga    xos  
xususiyatlarini    hisobga  olishi    kerak.    Suhbat    oxirida  rahbar,    albatta,  
muhokama etilgan  masala  bо‘yicha  erishilgan  natija  va  uni  keyinroq  
hal  etish yо‘llarini  qayd  qilib  qо‘yishi  kerak. 
Rahbar  mehnati  samaradorligi ning  muhim  omillaridan  biri  - qabul  
qilingan    qarorlaming  bajarilishini    nazorat    qilishni    tashkil    etishdir.  
Nazorat  rahbaming  doimiy  vazifasi  bо‘lib,  uning  ish  rejasida hisobga  
olinishi    lozim    hamda    materiallar    bilan    tanishuv,    shaxsan  m  a’lumot  
berish  uchun  qabul  qilish,  inspeksiya qilish yо‘li bilan amalga oshiriladi. 
Nazorat    qilishning    qulay    shakli    -    topshiriqlarni  maxsus    muddatli  
kartochkalar  va  perfokartalar  vositasida  hisobga olishdir. 
Rahbar    butun    jamoa    va    boshqaruv    apparati    osoyishta    ishlashi 
uchun    sharoit    yaratishi    lozim,    chunki    butun    menejment    tizimi    va 
natijada  butun  ishlab  chiqarish  samaradorligi  shu  narsaga  bog‘liqdir. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish