188
Korporativ boshqaruv – shunday tizimki,
uning yordamida biznes boshqariladi va nazorat qilinadi!
S. A.Kedberi
XII-BOB. MENEJMENTNING KORPORATIV ASOSLARI
Kalitli sо‘zlar:
korporativ boshqaruv, firma shartnomasi nazariyasi,
manfaatdor tomonlar nazariyasi, agentlik nazariyasi, korporativ ijtimoiy
mas’uliyat nazariyasi, korporativ menejment, korporativ boshqaruv
turkumlanishi,
korporativ
boshqaruv
kategoriyalari,
korporatiya,
generatsiY.
1. KORPORATIV MENEJMENT TUSHUNCHASI
Bugungi kunda biznesni yuritishning korporativ shakli, ya’ni
korporativ boshqaruv iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda keng
tarqalgan. Ular iqtisodiyotining ajralmas elementi hisoblanadi, ularda
korporativ boshqaruv mamlakat raqobatbardoshligining asosi va iqtisodiy
hamda ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili ekanligi tan olingan. Shuning
uchun samarali korporativ boshqaruv tizimini yaratish masalalari eng
dolzarb masalalardan biri bо‘lib qolgan. Shu bilan birga, korporativ
boshqaruv muammosi nafaqat iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar, balki
О‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham dolzarb
hisoblanadi. Korporativ boshqaruv tizimidagi tamoyil va yondoshuvlarni tubdan
о‘zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga
zamonaviy xalqaro korporativ menejment standartlarini joriy etish jiddiy
e’tiborni talab qiladi.
Shu о‘rinda korporativ boshqaruvning samarali rivojlanishiga erishish
uning asl mohiyatini chuqur anglash va tushunishni, uning ilmiy soha
sifatida shakllanishiga imkon bergan ilmiy-nazariy yondoshuvlarini tadqiq
qilishni taqozo etadi. Shu bois, ushbu maqolada monografik tahlil, analiz
va sintez, klassifikatsiya, tizimli va kompleks yondoshuv kabi ilmiy
tadqiqot usullari asosida korporativ boshqaruvning mohiyatini nazariy
jihatdan ochishni va metodologik jihatdan rivojlantirishni lozim topdik.
Korporativ
boshqaruvga
oid
ilmiy-nazariy
yondoshuvlarning
shakllanishi korporatsiyalarning rivojlanib borishi bilan birga sodir
bо‘lgan. Korporativ boshqaruv nazariyasiga bir qancha yondoshuvlar
ajratiladi: bir tomondan, korporativ boshqaruv nazariyasi iqtisodiy
nazariyalar evolyusiyasi bо‘ylab rivojlanib borsa, ikkinchi tomondan,
189
korporativ
boshqaruv
nazariyalarining
evolyusiyasi
korporativ
munosabatlarning asosiy ishtirokchilari, ya’ni aksiyador va menejerlar
о‘rtasida yuzaga keladigan muammolarni yechishga doir konsepsiyalar
rivojlanishi bilan tenglashtiriladi.
О‘tgan asrning 20 yillarida AQShda T. Veblen, Avstriyada R.
Gilferding va Germaniyada V. Ratenau korporatsiyalarda mulkdorlar va
menejerlar о‘rtasidagi о‘zaro aloqalar muammosini о‘rganib chiqib, ular
korporatsiya kapitalini mulkdorlari hisoblangan aksiyadorlar ushbu
kapitalni
nazorat
qilish
va
boshqarish
huquqlarini
rо‘yobga
chiqarishmaydi, degan xulosaga kelishgan. Keyinchalik, 1930 yillar
boshida A. Berli va G. Minz
71
о‘z tadqiqotlari asosida shuni
ta’kidlashadiki, faoliyati daromad olishga va о‘z ishtirokchilari uchun
boshqa foyda keltirishga qaratilgan tashkilotlar ichida korporatsiyalar
haqiqatda davlatni iqtisodiy hayotining koordinatorlari rolini bajarishga va
mulkni boshqarishga kirishganlar. Ularning fikricha, korporatsiyaning
nafaqat tashqi muhiti, balki ularning ichki aksiyadorlik mohiyati о‘zgarib
qoldi. Korporatsiyani boshqarishga ta’sir etolmaydigan aksiyadorlar
haqiqatda oddiy omonatchilarga aylanib qolishdi, boshqarish funksiyalari
esa korporatsiyaning yollanma ijrochi organlariga о‘tdi. Shunday qilib,
mulkdorlar va ular yollagan menejerlar manfaatlari о‘rtasida ziddiyat
paydo bо‘ldi, ya’ni ―agentlik muammosi deb nomlangan muammo yuzaga
keldi.
Nobel mukofoti laureati R. Kouz
72
1937 yilda agentlik muammosini
yechish bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liq bо‘lgan Firma shartnomasi
nazariyasi (Transaction theory of the firm)ni ishlab chiqdi. Uning fikricha,
kapital ta’minotchilari hisoblangan aksiyadorlar hamda boshqaruvchi
sifatidagi menejerlar о‘rtasida shartnoma tuzilishi kerak bо‘lib, unda
tomonlarning barcha huquqlari va о‘zaro munosabat shartlari kо‘rsatilishi
lozim. Ammo bu yerda ham muammo yuzaga keladi, ya’ni barcha
vaziyatlarni oldindan kо‘zda tutib bо‘lmaydi. Shuning uchun tomonlar
―qoldiq nazorat tamoyiliga muvofiq amal qilishlari lozim, unga kо‘ra
menejerlar shunday vaziyatlarda, shartnomada kо‘rsatilmagan bо‘lsa ham,
о‘z ixtiyoricha qaror qabul qilish huquqiga ega.
Bugungi kunda korporatsiya boshqaruvchilarining jamiyat oldidagi
mas’uliyat nazariyasi ommalashib bormoqda. Mazkur nazariya YE.
Dodd
73
tomonidan shakllantirilgan aksiyadorlik jamiyati ijrochi organining
71
Berle A., Means G. The modern Corporation and Private Property – New York: Macmillan, 1932. – 478 p.
72
Coase R.H. The Nature of the Firm // Economica. - November 1937. - Vol. 4, No.16. - P. 386-405.
73
Dodd E.M.Jr. For Whom Are Corporate Managers Trustees? // Harvard Law Review. – 1932. – Vol.45, No.7. – P.1145-1163
190
aksiyadorlar oldidagi mas’uliyati konsepsiyasidan keyin paydo bо‘ldi.
Uning 1932 yilda ishlab chiqilgan Korporatsiyaning ijtimoiy mas’uliyati
nazariyasi (Theory of corporate social responsibility)ga kо‘ra, korporatsiya
faqatgina aksiyadorlardan iborat emas, balki korporatsiyada qaror qabul
qilishda ishlovchilar, kreditorlar, iste’molchilar va hakazolar ham о‘z
rolini bajarishadi, chunki qaror qabul qilish oxir-oqibatda ularning ham
manfaatlariga
daxldor
bо‘ladi.
Uning
nazariyasiga
muvofiq,
korporatsiyada qabul qilinadigan qarorlar jamiyatga ham tegishlidir,
korporatsiya butun jamiyatga ziyon yetkazadigan qarorlarni qabul qila
olmaydi. Bunday yondoshuv korporatsiyani faqatgina foyda olish
mexanizmi sifatida emas, balki uni jamiyatning bir bо‘lagi sifatida
qarashga ham imkon beradi.
Yana bir 50-yillarda K. Bruster, YE. Lazan, A. Chayer tomonidan
ishlab chiqilgan nazariya ―Korporativ konstitusionalizm nazariyasi‖
(Corporate constitutionalism theory) degan nom oldi. Ushbu nazariyaga
muvofiq, korporatsiya ijrochi organlar tomonidan emas, balki aksiyadorlar
vakillaridan tarkib topgan kengash, xodimlar, korporatsiya bilan bog‘liq
bо‘lgan
tadbirkorlik
birlashmalardagi
ishlovchilar,
shuningdek,
korporatsiya ishlab chiqargan tovarlarni iste’mol qiluvchi shaxslar kabi
manfaatdor shaxslar tomonidan boshqarilishi lozimligi taklif etiladi. Shu
bilan
korporatsiyaga
manfaatdor
bо‘lgan shaxslarning istaklari
uyg‘unlashtiriladi.
Umuman, korporativ boshqaruv bо‘yicha oxirgi yillarda olib borilgan
ishlar quyidagi ikki nazariyaning ustunligi bilan bog‘liq:
―Manfaatdor tomonlar nazariyasi (Stakeholder’s Theory) va
―Agentlik nazariyasi (Agency Theory).
―Manfaatdor tomonlar nazariyasi birinchi marta R. Edvard Friman
tomonidan tavsiflangan bо‘lib, unga muvofiq, korporatsiyalar mamlakatda
nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy hayotini belgilab berishga qodir bо‘lib, ham
о‘zining aksiyadorlariga, ham turli manfaatdor guruhlar (xodimlar,
mijozlar, ta’minotchilar va b.)ning manfaatlarini inobatga olishlari hamda
ularga nisbatan muayyan majburiyatlarga ega bо‘lishlari lozimdir.
―Agentlik nazariyasi 1976 yilda amerikalik iqtisodchilar M. Djensen
va U. Mekling
74
tomonidan korporatsiyalar ichida sodir bо‘layotgan о‘zaro
munosabatlarni tushuntirish uchun ishlab chiqilgan bо‘lib, unda korporativ
munosabatlar mexanizmi agentlik xarajatlari ta’siri ostida kо‘rib chiqiladi.
Ushbu nazariyaga muvofiq, kapital egalari va bu kapitalni boshqaradigan
74
Jensen M.C., Meckling W.H. Theory of the Firm: Managerial Behavior, Agency Costs and Ownership Structure // Journal of
Financial Economics. - 1976. - Vol. 3, No. 4. – P.305-360
191
agentlar manfaatlari bir-biriga mos tushmaydi. Shunga muvofiq,
tashkilotda korporativ boshqaruv shunday olib borilishi kerakki, u agentlik
muammosini shartnoma huquqi asosida maksimal darajada yechish va
agentlik xarajatlarini
75
kamaytirishga imkon bersin.
Shunday qilib, yuqorida kо‘rib chiqilgan ilmiy nazariyalar asosida
aytish mumkinki, korporativ boshqaruvga bо‘lgan bir xil yondoshuv
mavjud emas. Eng asosiy savollarga, ya’ni kim korporatsiyaning
boshqaruv organi tarkibiga kirishi kerak, korporativ boshqaruv qanday
tamoyillar asosida qurilishi kerak kabi savollar haligacha muhokama
markazida turibdi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda jahon amaliyotida korporativ
boshqaruv (ingl. Corporate Governance)ning barcha mamlakatlarda va har
qanday vaziyatda qо‘llanilishi mumkin bо‘lgan yagona ta’rifi mavjud
emas. Korporativ boshqaruv sohasida ilmiy izlanish va tadqikotlar
о‘tkazilishi natijasida korporativ boshqaruvga turli ta’riflar shakllanib
kelgan.
―Korporativ boshqaruv atamasining о‘zi tarixan 1970 yillarning
о‘rtalarida AQShda yuzaga kelgan. Keyinchalik, ushbu atama Yevropada
keng tarqalib, unda korporativ menejment, korporativ huquq va korporativ
strukturalar (tashkilotlar)ni yaratish sohalarida tadqiqotlar о‘tkazilishi
davom ettirilgan. Tadqiqotlar natijasida shu aniq bо‘ldiki, ―korporativ
boshqaruv atamasi birinchi marta R. Ills tomonidan ―korporativ tuzumning
strukturasi va faoliyati mohiyatini ochib berish uchun qо‘llanilgan.
―Korporativ boshqaruv konsepsiyasining о‘zi azaldan ma’lum bо‘lgan
va bu konsepsiya XX-asr boshlarida chop etilgan adabiyotlarda
qо‘llanilgan. Xususan, korporativ munosabatlar tizimi korporativ va
xususiy mulkni boshqarishni qо‘llash jarayoni sifatida birinchi marta 1932
yilda amerikalik huquqshunos olim A. Berli va iqtisodchi G. Minzning
klassik ishlarida о‘rganilgan. Ularning ishlarida ―korporativ boshqaruv
atamasi tilga olinmagan bо‘lsa-da, ular korporativ boshqaruvni ishonib
topshiruvchilar – principals (autsayderlar, investorlar) va vakillar – agents
(insayderlar, boshqaruvchilar) о‘rtasidagi agentlik munosabatlarini
о‘rganishgan.
Korporativ boshqaruv alohida fan sifatida 1980-yillarda yuzaga
kelgan. ―Korporativ boshqaruv nomli birinchi kitob 1984 yilda chop
etilgan, 1993 yildan boshlab ―Corporate Governance: An International
Review deb nomlangan nazariy jurnal chiqa boshlagan. Unga muvofiq,
75
Izoh: Agеntlik xarajatlari – bu invеstorlar uchun mulkchilik huquqi va nazoratning ajratilishi bilan bog’liq bo’lgan
yo’qotishlarning qiymati
192
tashkilotlarni tashkil etish, boshqarish va samarali о‘zaro faoliyat yuritish
asosida yotgan huquqiy konsepsiyalar va tartibotlarning umumiy
nomlanishi ―korporativ boshqaruv nomini olgan.
Tadqiqotlarga kо‘ra, bugungi kunda G‘arb olimlari tomonidan
shakllantirilgan korporativ boshqaruvning juda kо‘p miqdordagi ta’riflari
mavjud. Xorijiy mualliflardan birinchi bо‘lib Ser Adrian Kedberi
76
1992
yilda ―Korporativ boshqaruvning moliyaviy jihatlari bо‘yicha qо‘mitaning
hisobotida korporativ boshqaruvga quyidagi ta’rifni bergan: Korporativ
boshqaruv – shunday tizimki, uning yordamida biznes boshqariladi va
nazorat qilinadi. Bu yerda korporativ boshqaruv mexanizmlar majmui
sifatida ta’riflanmoqda.
Amerikalik iqtisodchi olimlar R. Monks va N. Minou korporativ
boshqaruvni
―korporatsiya
rivojlanish
yо‘nalishi
va
faoliyat
kо‘rsatkichlarini belgilash jarayonida turli ishtirokchilar (bosh ijrochi
direktor, rahbariyat, aksiyadorlar, xodimlar) о‘rtasidagi munosabat sifatida
talqin qilishadi. Iqtisodchi olimlar A. Shleyfer va R. Vishni korporativ
boshqaruvga о‘zgacha ta’rifni berishgan: ―Korporativ boshqaruv –
korporatsiya
uchun
moliya
ta’minotchilarining о‘zlari qо‘ygan
investitsiyalar qaytimi yordamida о‘zlarini ta’minlash vositasidir. Olimlar
K. Jon va L. Senbet о‘z tadqiqotlarida ta’kidlashadiki, korporativ
boshqaruv shunday mexanizmlardan tashkil topganki, ular yordamida
korporatsiya faoliyati ishtirokchilari korporativ insayderlar va menejerlar
ustidan ularning manfaatlari buzilishiga qarshi nazoratni olib borishadi.
Rossiyalik
tadqiqotchi-olimlar
ham
korporativ
boshqaruv
tushunchasiga ham iqtisodiy, ham huquqiy nuqtai nazardan bir necha
ta’riflar berishga urinishgan. Dastlab E. Korotkov menejment
konsepsiyasiga oid asarida
―Korporativ boshqaruv aksiyadorlarning birlamchi manfaatlariga
qaratilgan boshqarish va uning korporatsiya rivojlanishidagi roli ta’rifini
keltirgan. Mualliflar V.Bashkinsas va boshqalar korporativ boshqaruvni
tashkilot egalari tomonidan qо‘yilgan kapitallarning qaytarilishini
kafolatlaydigan usullar tizimi sifatida talqin qilishadi. S.Karnauxovning
fikricha, korporativ boshqaruv muayyan doiradagi sinergetik samarani
boshqarishdir.
О‘zbekiston tadqiqotchi-olimlari ham korporativ boshqaruv
tushunchasini ta’riflashda chetda qolishmagan. Ular о‘tkazgan tadqiqotlari
doirasida korporativ boshqaruv tushunchasiga о‘z ta’riflari va izohlarini
76
Manba:
https://studbooks.net/1230022/bankovskoe_delo/teoreticheskie_osnovy_korporativnogo_upravleniya_
kommercheskih_bankah
193
berib о‘tishgan. Ular orasida birinchilardan bо‘lib T. Madiyorov keltirish
mumkin.
―Korporativ boshqaruv ishlab chiqarishni rivojlantirish faoliyati,
mavjud moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni
kapital mablag‘larning yangi texnika va texnologiyalarni kо‘plab jalb
etilishi bilan uyg‘unlikda olib boriladi deb talqin qilgan.
Iqtisodchi olimlar SH. Zaynutdinov va D. Raximova ―Korporativ
boshqaruv – manfaatdor shaxslarning daromad olish maqsadida
birgalikdagi harakatlaridir degan ta’rifni keltirishgan. Yana bir iqtisodchi
olim D.X. Suyunov
77
ning ta’rifiga kо‘ra: ―korporativ boshqaruv –
korporativ mulk shakliga kiruvchi subyektlarning huquqlarini himoya
qiluvchi amaldagi meyorlar hamda boshqaruvning ma’lum bir tamoyillari
asosida korxona maqsadiga erishish uchun amalga oshiriladigan harakatlar
majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |