2. KORPORATIV NAZORATNING KELIB CHIQISHI VA
MOHIYATI
Iqtisodiy faoliyatda asosiy masalalardan biri – bu olib borilayotgan
biznesning foydasini kim oladi(olish imkoniga ega) yoki uni kim nazorat
qiladi degan muammo yotadi. “Nazorat” tushunchasi bu yerda biror narsa
haqida ma’lumot olish va biror narsaga ta’sir qilish, biror narsani
boshqarishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, faol va passiv nazorat
tizimning hatti-harakatini aniqlash yoki u haqda ma’lumot olish
imkoniyatini bildiradi.
Tashkilotning aksiyadorlari direktorlar kengashi vakillari orqali
bevosita uning boshqaruviga ta’sir kо‘rsatadi, va shu tariqasi nazorat
qilishni amalga oshiradi
78
. YA’ni aksiyadorlar tashkilotni boshqarmaydi,
balki unga ta’sir kо‘rsatadi. Tashkilot umumiy holda menejer
(ta’minotchilar,
ishlab
chiqaruvchilar,
marketologlar,
xodimlar)lar
tomonidan boshqariladi.
Ular nazorat funksiyalarini, shu jumladan, passiv marketing nazorat
funksiyalarini amalga oshiradilar. Bunda tashkilot resurslar taqsimoti
jarayoniga eng katta ta’sir kо‘rsatuvchilarni nazorat qiladi. Ammo bu ta’sir
qanday aniqlanadi? Aksionerlar nazorat qilish jarayonida ularning hatti
harakati biznesga qanchalik ta’sir qiladi? Bu savollarga javob berish
77
Suyunov D.X. Korporativ boshqaruv mеxanizmi: muammo va еchimlar. Monografiya. – T.: Akadеmiya,2006. – 116
78
А. М. Лялина. Теория менеджмента: Учебник для вузов. Стандарт3-го поколения. — СПб.: Питер,
2009. стр-322.
194
uchun, iqtisodiy faoliyat asoslarini, subyektlarning о‘zaro ta’sir
jarayonlarini farqlash, ularning tabiatini tо‘g‘ri tushunishni talab qiladi.
Biznesning asosida resurslar almashinuvi yotadi, ya’ni kimgadir pul
kerak, о‘z mehnatini iror narsaga almashinishga tayyor, vaqt va boshqa
resurslar. Tashkilot uchun xom ashyo va mareiallar, ishlab chiqarish va
ofis binolari kerak, ular uchun pul tо‘lashga tayyor. Odamlar mehnatidan,
bilimlaridan va kо‘nikmalaridan foydalangan holda, tashkilot mahsulotni
yaratadi va ularni keyinchalik mijozlarning pullari bilan almashadi, ya’ni
realizatsiya qiladilar. Natijada almashinuv jarayonlarida о‘zaro ta’sir
о‘tkazadigan, resurs oqimlari shakllangan, ya’ni muayyan resurslarga ega
bо‘lgan subyektlar tizimi shakllanadi. Ushbu oqimlarning bir yoki bir
nechasi tizimning tashabbuskorligiga qaratilgan. Shunday qilib, savdo
tizimi(kommercheskaya sistema) yaratiladi.
YA’ni biznes - subyektlarning о‘zaro ta’sirining natijasidir, mavjud
resurslarini zarur bо‘lgan boshqa resurslarga almashtirishdir. Bunday
hamkorlik tashkilot doirasida bо‘lganda va u yaratgan qoidalar bilan
tartibga solinsa, biz korporativ munosabatlar haqida gapiramiz.
Korporatiya deganda о‘zaro munosabatlar jarayonida turli resurs
egalari о‘rtasidagi aloqalar tushuniladi. Ular resurslarni topshirishning
maxsus holati va mulkka egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf etish
uchun iqtisodiy imkoniyatlarni ishtirokchilar tomonidan amalga oshirishni
о‘zgartirish kabi subyektlarning kо‘plab tarkibi bilan tavsiflanadi.
Resurslar iqtisodiy faoliyatning pul kо‘rinishida, moddiy va nomoddiy
qiymat kо‘rinishida, axborot, intellektual mulk, yoki boshqa qо‘rinishdagi
fizik obyekt (masalan, ofis) va boshqa kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin.
Qiymat quyidagi kо‘rinishlarda aniqlanadi:
-
Insonlarning ehtiyojlarini qondirish uchun resurslardan tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri yoki transformatsiya yо‘li bilan foydalanish imkoniyati. Masalan,
oziq-ovqat, uy-joy, pul, boshqa moddiy va axborot resurslari va hokazo;
-
Sharoitlarni yaratish uchun resurslardan foydalanish imkoniyati,
bunda inson ehtiyojlarini qondirish maqsadida ushbu yoki boshqa
resurslarni
siz
foydalanishingiz
mumkin
bо‘lgan
narsalarga
almashtirishingiz
mumkin,
faoliyatni
tashkil
etishga
xizmat
qiladigan(texnologiyalar va qoidalarni) axborot resurslarini, ishlab
chiqarish uchun zarur bо‘lgan moddiy resurslar, mijozlarning ehtiyojlari
tо‘g‘risidagi axborot, reklamani yanada aniq hisoblash imkonini beradi
materiallar va boshqalar.
U yoki bu kо‘rinishdagi resurslar yordamida ijtimoiy tizimni yaratish
uchun quyidagi shartlarni bajarish yetarli:
195
u eng kamida bitta subyektning о‘zaro ta’sir jarayonida qimmatli
bо‘lishi kerak. U doimo boshqa resurslardan voz kechishga tayyor bо‘lishi
kerak. Buning uchun u juda nayob, kam uchraydigan va doimo unga
ehtiyoj bо‘lishi kerakligi.
tizim
va
uning
maqsadli
funksiyasining
о‘ziga
xos
xususiyatlaridan va korporativ munosabatlarning muayyan ishtirokchilari
hamda ularning ehtiyojlari mavjudligi sababli u aynan ushbu tizim uchun
juda kerakligi.
Masalan, о‘g‘itlar - bu qishloq xо‘jaligida juda qimmatbaho resurs,
lekin boshqa korxona uchun mutlaqo kerak emas.
Savdo tizimni shakllanishida resurslar hech qanday vazifani
bajarmaydi.
Resurslar faqat korporativ tizimda subyektlarning о‘zaro ta’sirida
tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki bilvosita ishtirok etishi mumkin.
Biznes uchun insonlar resurs manbai hisoblanadi. Savdo tizimi bilan
о‘zaro aloqa о‘rnatilganda insonlar eng kerakli resursga aylanadi. Har
qanday resurs kimgadir tegishli bо‘lsa, ba’zi resurslar insondan ajralmagan
bо‘ladi. Masalan, insondan fikrlash qobiliyatini ajratish mumkin emas.
Jamiyat odamlarni moddiy va nomoddiy obyektlarga egalik qilish
huquqi imkoniyatlarini chegaralaydi.
Albatta, odamlarlarning ruxsatisiz bu obyektlar olib qо‘yilgan yoki
foydalanilgan taqdirda, insonlarga bunday holat uning shaxsiyatiga tekkan
bо‘ladi, undan keyin о‘z huquqlarini tegishli ijtimoiy mexanizmlardan
foydalanib himoya qilishi mumkin bо‘ladi(huquqni muhofaza qilish
organlari, jamoatchilik fikri va boshqalar).
Ba’zi resurslar nisbatan erkin tarzda olinishi mumkin, ammo insondan
ajralmaydigan resurslardan juda kо‘p foydalanish talab etiladi.
О‘zaro axborot almashinuvini ta’minlash mumkin, ammo axborotni
ishlatish uchun maxsus bilim va kо‘nikmalar talab etiladi.
Korporativ munosabatlar ishtirokchisi(KMI) – ijtimoiy- iqtisodiy
tizimning maqsadli funksiyasini amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan
resurslarni kerakli tashkilot(firma)larga uzatishda ishtirok etidigan yuridik
shaxs yoki shaxs. Maqsadli funksiya ijtimoiy- iqtisodiy tizimning resurslar
oqimini generatsiya (kо‘p hollarda – pullik)sidir. KMI taqdim etilgan
resurslar evaziga kutilgan foydani olishga intiladi va ijtimoiy tizimda
ishtirok etadi.
Har qanday vaqtda tashkilotning resurslari uning ishtirokchilari
о‘rtasida bir xil tarzda taqsimlanadi.
196
Kimdir moddiy va /yoki boshqa kо‘rinishdagi resurslarni tasarruf etish
imkoniyatidan foydalanadi. Biror narsa bо‘yicha tuzilgan shartnomalar
xulosalari va shu asosida ular tashkilotning resurslarini qо‘lga kiritadilar.
Kimdir ofis uskunalarini, transport vositasini, ofisni, intellektual va boshqa
odamlarning resurslarini ishlatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |