5. RAHBAR MEHNATI SAMARADORLIGI
Rahbar mehnatining joriy natijalari ishga doir joriy jarayonlarni
tartibga solishdagi oqibatlarga borib taqaladi. Agar rahbar ishga doir joriy
jarayonlarning tо‘g‘ri yechimini topishga yо‘naltirgan bо‘lsa, joriy
natijalarning ijobiylik darajasi yuqori bо‘lib, bu о‘z navbatida
samaradorlik kо‘rsatkichlariga ta’sir kо‘rsatadi. Aksincha holatlarda
ijobiylik darajasi past bо‘lib, jamoani boshqarish qiyinlashadi. Bularning
barchasi rahbarning mehnat faoliyatiga bog‘liq. Rahbar mehnatining
samaradorligi uning о‘z mehnatini tо‘g‘ri tashkil qilishidir. Rahbar
mehnatini maqsadga muvofiq tashkil qilish uning о‘z vazifalirini va
mehnati tarkibini mukammal bilishiga bog‘liqdir. Ana shunda unga о‘z
mehnatini takomillashtirish imkoniyati tug‘iladi. Bunday sharoitlarda
rahbar menejment usullarini turlicha muqobillikda qо‘llay oladi va bunga
qobiliyati yetarli hisoblanadi. Bundan tashqari agar rahbar qobiliyatidagi
ustuvorlik jihatlari kо‘pqirrali hisoblansa, u holda boshqaruvchilik
sohasida yangiliklar va innovatsion jarayonlarni ham keng qо‘llash
imkoniyatiga ega bо‘ladi.
Kо‘rinib turibdiki, menejment tizimida rahbarning faoliyati muhim
о‘rin egallaydi. Bu esa о‘z xarakteri bо‘yicha-siyosiy va klassik
faoliyatdir. Rahbar davlat kо‘rsatmalarini rо‘yobga chiqaradi, u xо‘jalik
tizimida davlatning vakili hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy
rahbar – ushbu jamoaning ilg‘or kishisi bо‘lib, u о‘z korxona va
tashkilotining foydasini kо‘zlovchi va korxona sha’nini himoya qiluvchi
shaxsdir. Demak, rahbar shaxsni tavsiflashda ikki xil yondoshuvni hisobga
olish kerak, bu ham bо‘lsa, makro va mikrokо‘lamga xos boshqaruvchilik
xususiyatlaridir. Kompaniya rahbari о‘zining boshqaruv apparatiga, kasaba
tashkilotiga suyangan holda va ularning yordami asosida faoliyatini davlat
tomonidan belgilangan reja topshiriqlarni bajarishga yо‘naltiriladi.
Rahbarning boshqa xodimlardan farqi uning boshqaruv qarorlarini ishlab
chiqish, joriy qilish va ularning bajarilishini nazorat qilishdan iborat.
Rahbarning mehnat faoliyati asosan uchta yо‘nalishdan tashkil topadi: −
texnik-iqtisodiy, − ijtimoiy-tarbiyaviy, − tashkiliy boshqaruvdir.
180
Rahbar
texnik-iqtisodiy
va
ijtimoiy-tarbiyaviy
muammolarni
ma’muriy-boshqaruv faoliyati davrida hal qiladi. Ana shu faoliyat rahbar
mehnatining asosiy mezoni hisoblanadi. Menejment usullarini qо‘llash
nafaqat
xodimlarga
nisbatan
balki,
texnologik
jarayonlarni
tashkillashtirishga nisbatan ham amalga oshirilishi talab etiladi. Rahbar
mehnatining muvaffaqiyatlari uning faoliyatining boshqaruv jarayonida
tо‘g‘ri yо‘nalishlarni tanlashiga bog‘liq. Agar rahbar asosiy
yо‘nalishlardan chetlansa, unda u muhim ishlab chiqarishga oid
masalalarni unutishi mumkin. Bu esa о‘z navbatida turli muammolarni
keltirib chiqarishi tabiiy holdir.
Hozirgi globallashuv davriga kelib, menejmentning murakkablashuvi
tufayli rahbar xodimning roli va mas’uliyati tobora oshmoqda. Bu esa
ularning kasb qobiliyati tayyorgarligi, qolaversa amaliyotda orttirgan
tajribasiga juda bog‘liq. Masalan, bozor munosabatlarini shakllantirish
tegishli muhitnitalab qiladi. Jumladan, tovar, pul bozorlarida va mehnat
resurslari bozorida xо‘jalik yurituvchi subyektlar о‘rtasida о‘zaro aloqani
ta’minlaydigan
bozor
infratuzilmasi
doim
ishlashi
kerak.
Kompaniyalarning boshqaruvini tashkil etishda bozor infratuzilmalaridan
unumli foydalanish chora-tadbirlari uzluksiz qо‘llanib borilishi kerak.
Alohida qayd etish kerak, bizning iqtisodiy taraqqiyotimizning birdan- bir
yо‘li – bu bozor munosabatidir. Tabiiyki, bu bozor munosabatlarida yangi
boshqaruv uslublari qо‘llaniladi. Madaniy taraqqiyot darajasi yuqori
bо‘lgan davlatlarning va bu yо‘nalishda birinchi qadamlar qо‘yayotgan
mustaqil davlatlarning bozor iqtisodiyoti davrini tahlil qila turib, bizdagi
boshqaruv uslublarini aniqlab beruvchi ba’zi bir xususiyatlar va belgilarni,
shuningdek, guruh belgilarini ajratib kо‘rsatish mumkin. Xususiyatlarning
birinchi guruhi – bu iqtisodiy fikr yuritishning yangi turi bо‘lib, u yoki bu
tavsiflarni faoliyat tomonini qayta baholanishini о‘z ichiga oladi. Yangicha
iqtisodiy fikrlashni taqazo etadi. Fikrimizcha, bozor iqtisodiyoti yangi
turdagi iqtisodiy munosabatlarga, erkin tadbirkorlikka asoslanadi.
Shuning uchun bozor muhiti sharoitlarida rahbar idoralarning bozor
subyektlariga aralashishi chegaraviy holatda bо‘lishi talab etiladi. Chunki
bozor
munosabatlarini
shakllanishida
ishbilarmonlarni
(rahbar,
tashkilotchi,
mutaxassislarni)
tayyorlash
zarurki,
ular
iqtisodiy
munosabatlarda ishtirok etib samara keltirishga harakat qilishi kerak.
Bunday muhitdagi boshqaruvda о‘z-о‘zini boshqarish tendensiyalari
kuchayib boradi. Tadbirkorlik, ishda faollik, erkinlik, yaxshi ishga va
maoshga intilish kabi sifatlar birinchi darajali rol о‘ynaydi.
181
Ishlab chiqarish korxonalarida rahbar mehnatini tashkil etish о‘ziga
xos jihatlarga ega. Rahbar о‘z qо‘l ostidagi xodimlarga iliq munosabatda
bо‘lishi, xodimlarning о‘z ishlarini yuqori sifatli qilib bajarishini va
kо‘tarinki ruhda ishlashlarini ta’minlaydi. Rahbarlarning xodimlar bilan
ishlash jarayonida ularning holatlarini va shaxsiy xususiyatlarini inobatga
olish, ularning qalbiga yо‘l topa bilishi, uning bilim darajasiga, muomala
madaniyatiga bog‘liqdir. Bu kabi xususiyatlarga ega bо‘lgan rahbarlar
о‘zlari boshqarib turgan jamoalar oldiga qо‘yilgan murakkab masalalarni
tо‘g‘ri hal qilishga va rejalarni yuqori samarali qilib bajarishga qodir
bо‘ladilar. Deyarli barcha korxonalarda rahbar mehnatini tashkil etishning
alohida yо‘nalishlari mavjud bо‘lib, bu yо‘nalishlar har bir rahbarning ish
faoliyatini u yoki bu darajada belgilaydi:
1. Rahbarning ish vaqtini taqsimlash. Ish vaqtini maqsadga muvofiq
tashkil qilish rahbar mehnatini takomillashtirishning asosiy omilidir.
Bunda asosan ishga sarf qilinadigan vaqt tahlil qilinadi. Bunday tahlilni
tez-tez takrorlab turish ijobiy samara keltiradi. Ish kuni, ish xaftasi, un
kunlik, oy va yillar tahlil asosi bо‘ladi. Kundalik tahlil natijalarini
rahbarning о‘zi nazorat qilib turish lozim. Bir necha tahlillar
о‘tkazilgandan keyin rahbar uchun manzara oydinlashib, aniq ma’lumotlar
olinadi. Rahbar bu ma’lumotlar asosida ish vaqtidan qanchalik tо‘g‘ri
foydalanayotganligni, asosiy ishlar uchun sarf qilinayotgan vaqti va
ularning meyorini aniqlaydi. Tahlil natijasiga kо‘ra bajarilayotgan ishlar
uning vazifasi doirasiga tegishli yoki tegishli emasligini ham aniqlashi
mumkin. Bu natijalar rahbarning ish vaqtini tо‘g‘ri va unumli bо‘lishiga
xizmat qiladi. Rahbarning ish vaqtini tashkil qilish uning ma’ruzalari
rо‘yxatini tuzishdan boshlanadi. Bu rahbar bajaradigan ishlarni о‘z ichiga
oladi.
2. Rahbarning xizmat yuzasidan xodimlar bilan uchrashuvlari.
Uchrashuvlar boshqaruv ishining bir qismi hisoblanadi. Bu vaqtda rahbar
huzuriga boshqa kishilarning maqsadga nomuvofiq ishlar bilan tez-tez
kirib turishi uning ish faoliyatiga putur yetkazish, rahbar xodim bilan
kо‘zda tutilgan suhbatni о‘tkaza olmasligi, xodim esa kо‘ngildagi fikrini
tо‘liq bayon kila olmasligi mumkin. Xodimlarning rahbar huzuriga kirib-
chiqishini maxsus jadval orqali tashkil qilish maqsadga muvofiq keladi.
3. Rahbarning xodimlar bilan suhbatlashishi. Suhbatlarni ma’noli,
madaniyatli va kerakli mavzuda о‘tkazish ham rahbarning malakasidan
darak beradi. Suhbatni reja asosida tuzish kerak. Birinchi navbatda,
suhbatning vazifasini (mehnat intizomini mustahkamlash, unumdorligini
oshirish, rag‘batlantirish va hokazo), suhbatni olib borish usulini (nimadan
182
boshlash, nimalarni gapirish va hokazo) va uni о‘tkazish vaqtini aniqlash
maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |