3. BOSHQARUV APPARATI MEHNATINI
MAQBULLASHTIRISH
Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirishga yagona
yondoshuvni ta’minlash maqsadida ta’rif-malaka ma’lumotnomasi ham
qо‘llanilib, ularda xodimlar bajarishi lozim bо‘lgan ishlar hajmi
murakkabligi, rahbarlik lavozimi, turli boshqaruvchilik vazifalarini
bajaruvchilar uchun talab etiladigan daraja hamda ish staji kо‘rsatiladi.
Menejment ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (77 %)
hujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Shu sababli hujjatlar almashinuvini
doimo takomillashtirib borish lozim.
Menejer mehnatiga, shuningdek, korxona va tashkilotda axborot
oqimlari yо‘nalishi va hujjatlar aylanish texnologiyasi maqbulligi ham
katta ta’sir kо‘rsatadi. Bu yerda hujjatlar о‘tadigan bosqichlar sonini
ularni birlashtirish natijasida qisqartirish katta samara berib, natijada
asoslanmagan muvofiqlashtiruv bartaraf etiladi. Agar muvofiqlashtirish
muhim bо‘lsa, hujjatlar о‘tish bosqichlari о‘rnini hujjatlar almashinuviga
ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadida о‘tish texnologiyasi, axborot
uzatilishining maqbul yо‘llari belgilanadi. Rahbar faqat boshqalarga
topshirish mumkin bо‘lmagan hujjatlarga imzo chekadi. Xatlar
tayyorlash bilan bog‘liq ish vaqtini tejashda maxsus namunali
matnlar, standart varaqlardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Korxona va tashkilotlar о‘rtasida yozishmalarda kelgan hujjatni javobi
bilan qaytarish keng qо‘llaniladi.
Hujjatlarni birxillashtirish va standartlash menejer mehnatini tashkil
etishning muhim yо‘nalishidir. Standart varaqlarni qо‘llash xatolar
kamayishiga va natijada boshqaruv xarajatlari qisqarishiga olib keladi.
Axborot hajmi muntazam ortib borayotgan sharoitda menejer
mehnatini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ayniqsa, muhimdir.
Mutaxassislar fikriga kо‘ra, boshqaruv apparatida tashkiliy va hisoblash
mashinasi, aloqa vositalari yordamida 7 % ishni mexanizatsiyalash
mumkin ekan.
Menejer mehnatini takomillashtirishning muhim yо‘nalishi ish
joyini maqbul tashkil etish va eng avvalo, mehnat xususiyatlarini,
bо‘linmalarning о‘zaro aloqasini ishlar muhimligini hisobga olgan holda
175
joylashtirishdir. Ish stollari, uskuna, javon, kartotekalar qulay va qо‘l
yetadigan qilib joylashtirilishi kerak. Ish joylari joylashtirilishi va
ularni texnika vositalari hamda yordamchi uskunalar bilan jihozlashda
uzluksiz ishlashni ta’minlash talablari hisobga olinishi kerak.
Tajribadan
ma’lumki,
ish
joyini
texnologiya,
ergonomika,
psixofiziologiya, estetika talablariga muvofiq joylashtirish mehnat
unumdorligini oshirish (5 % va undan kо‘pga) imkonini beradi.
Boshqaruv apparati mehnati uchun sanitar-gigiyena meyorlari,
temperatura, namlik, yorug‘lik meyorlari, shovqin darajasi, shuningdek,
mehnat va dam olish tartiblarini hisobga olgan holda sharoit yaratish
muhim ahamiyatga ega.
Faoliyat jarayonida inson (yoki bir guruh odamlar) ish obyektlari va
vositalari bilan, shuningdek, maqsadga erishish uchun atrof-muhit bilan
о‘zaro ta’sir qiladi.
Mehnat jarayoni-ishlaydigan odamlarning asbob-uskunalar va mehnat
obyektlari bilan takrorlanadigan о‘zaro ta’siri, texnologiya va sharoitlarga
muvofiq vaqt va makonda amalga oshiriladi.
Boshqaruv faoliyati tarkibadi yettita asosiy element mavjud. Bular
69
:
1) alohida faoliyat bilan ta’minlangan obyektlar, qaysiki boshqa
shaxslar faoliyatiga, obyektga, atrof-muhit sharoitlariga yо‘naltirilgan
faoliyatga ega bо‘lgan subyekt(individ)lar;
2) faol obyektga yо‘naltirilgan predmet;
3) maqsad-tahmin qilingan, hohlagan natija;
4) mehnat vositasi (asboblari) - maqsadga erishish uchun obyektdan
foydalanadigan vositalar (predmetlar);
5) obyektga ta’sir qilish jarayoni (aslida mehnat va mehnat
obyektlarini birlashtirgan shaxsning mehnat faoliyati texnik-tashkiliy va
ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarga ega), faoliyat uslubi, faoliyat texnologiyasi,
ya’ni “obyektga obyekt” ta’sirining usullari, vositalari va uslublari ketma-
ketligi;
6) faoliyat amalga oshirilayotgan joyda jami vositalar, shart-sharoitlar;
7) Natijada- bu ta’sirning haqiqiy mahsuloti, shaxsning maqsadga mos
kelishi mumkin bо‘lgan, ayrim hollarda mos kelmaydiganish faoliyati
natijasida olingan narsa.
Jamiyatda ishlaydigan odamlar bо‘lmasa, u holda umumiy tizim, ya’ni
ijtimoiy ishlab chiqarish yо‘q bо‘ladi.
Jamiyatning umumiy mehnatini differensiatsiyalash sifat jihatidan
yangi ish turlarining paydo bо‘lishi bilan birga keladigan jarayondir
70
.
69
https://studbooks.net/25649/menedzhment/suschnost_osobennosti_upravlencheskoy_truda
176
Do'stlaringiz bilan baham: |