13-chizma. Boshqaruvning protsessual tuzilishiga yondoshuvlar
Obyektiv ravishda shakllanadigan va rivojlanayotgan jarayonlar
tasodifiy hodisalarning ketma-ket о‘zaro ta’sirining tabiati, mohiyati va
mazmunini ifodalaydi va bularning natijasini evolyusiya sifatida qabul
qilinadi. Ushbu tamoyilni tо‘liq amalga oshirish tashkilotni boshqarishning
evolyusion modeli о‘zgarish jarayonini tushunish, sinchiklab о‘rganish va
unga rioya qilish asosida amalga oshiriladi. Asosan bu yondoshuv "nima
bо‘lishidan qat’iy nazar" tamoyiliga javob beradi, jarayonlarni kuzatishga,
qarshilik jarayonlarini о‘rganishga va berilgan narsalar oqibatida nima
sodir bо‘lishiga asosiy e’tibor qaratiladi.
47
https://psy-space.ru/?page=processual-nost
48
А. М. Лялина Теория менеджмента: Учебник для вузов. Стандарт 3-го поколения. — СПб.: Питер, 2009.
— 191 с.: ил. — (Серия «Учебник для вузов»).
49
Pretsеdеnt- lotin tilidan. praecedere oldin, oldinga borish. Manba:
Innovatsion
yondoshuv
Pretsedent
yondoshuv
Evolyutsion
yondoshuv
141
Evolyusion yondoshuvdan farqli о‘laroq, menejmentning
pretsedent
modeli mavjud bо‘lib, u mukammal ravishda amaliy rasmiylashtiriladigan,
ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadigan, izchil о‘rganiladigan va mavjud
bо‘lgan tashkilot samaradorligini takrorlash orqali shakllanishga
asoslangan. U nafaqat tan olingan, balki maqsadga muvofiq ravishda sodir
bо‘layotgan voqealarni ijobiy о‘zgartirishga intiladi, biroq ayni paytda
faqat yaxshi tashkil etilgan vositalar va usullardan foydalanadi. Boshqa
birovning pretsedentiga asoslanib, menejerning qarori ancha uzoqqa boradi
va maqsadli ravishda eng samarali jarayonlar va tizimlar ketma-ketligini
о‘rnatadi. Ularga tayanib, menejer, oldin bunday vaziyatlarda
muvaffaqqiyatli amalga oshirilgan mavjud bog‘liqliklar, ketma-ketliklar,
о‘z harakatlarining tajribasi haqida tobora kо‘proq bilimga ega bо‘lib
boradi.
Jarayonni allaqachon amalga oshiradigan protseduralarga olib kelish
va unga va harakatlarning ketma-ketligiga qat’iy rioya qilishni menejer
tomonidan ularni ma’muriy ravishda belgilaydi. Ushbu yondoshuvning
namunasi asosiy vaziyatning turli xil modifikatsiyalarida qaror qabul
qilish, optimal yetimlarni tanlash va amalga oshirishning odatiy,
muntazam, analog usullari hisoblanadi. Ular bir vaqtning о‘zida
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining asosi bо‘lib
xizmat qiladi. Keyinchalik bunday yondoshuv zamonaviy axborot
texnologiyalari asosida boshqaruv tizimlarining muntazam tartib-
qoidalarining katta qismini avtomatlashtirishga imkon berdi, ammo
menejmentda sezilarli rivojlanish bо‘lmadi, bu obyektiv va subyektiv
omillarga bog‘liqdir.
Bu menejment va boshqaruv о‘rtasidagi farqlarga bog‘liq bо‘lib, u
aslida uchinchi yondoshuvni shakllantirishga olib keldi. Tashkilotni
boshqaruvining innovatsion modeli dastlab menejerning yangi vaziyatga
mustaqil javobi sifatida har doim ishlab chiqarilgan harakatlarning yangi,
hech qachon qо‘llanilmagan ketma-ketligi va mazmunini ishlab chiqish va
amalga oshirishga qaratilgan. Innovatsion menejment tashkilotning
rivojlanish strategiyasi va taktikasini, о‘zining noyob "nou-xau" asosida
biznesni tubdan о‘zgartirishga imkon beradi. Bu uning etakchi о‘rni va
bozorda yuqori raqobatbardosh joylashishni aniqlash konsepsiyalarini
ishlab chiqish va amalga oshirishda, barqaror daromadli faoliyat, biznes
tashkilotining strategik rivojlanishidagi konstruktiv rolini belgilaydi.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |