Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

Hayotning  ratsionallashuvi.   
O.Kont  davridan  boshlab  hozirgi  zamon  jamiyati 
nazariyasida olamshumul o‘zgarishlar yuz berdi, lekin bosh g‘oya – ilmiy bilimning 
alohida roli o‘zgarishsiz qoldi. S.Xantington hozirgi davr jamiyatlarini urbanistik, 
industrial,  savodli  jamiyatlar  sifatida  tavsiflaydi.  U  bunday  jamiyatlar  qatoriga 
G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika jamiyatlarini kiritadi. «Hozirgi zamon» bu 
yerda g‘arb jamiyatlari bilan metafizik jihatdan emas, balki faqat tarixan bog‘langan 
bixevioral tizimi  sifatida tavsiflanadi.  Siyosiy  va  ijtimoiy  faollikka qodir bo‘lgan, 
har  kimning  boylik  va  yuksak  mavqega  mustaqil  erishishga  bo‘lgan  huquqini  tan 
oladigan  mustaqil  fikrlovchi  individualist  hozirgi  davr  mahsuli  hisoblanadi.  U 
o‘zgarishlarga  va  yangilikni  idrok  etishga  ruhiy  moslashuvchanlik,  tafakkurning 
oqilonaligi,  fan  va  tibbiyot  kuchiga  bo‘lgan  ishonch,  yo‘l  tanlash  qobiliyati  –  o‘z 
taqdiri  xususida  mustaqil  qarorlar  qabul  qilishga  qodirlik,  individualizm,  o‘z 
shaxsiyatini  namoyon  etishga  intilish,  siyosiy  masalalarga qiziqishning  kuchliligi, 
siyosiy  qarashlarni  shakllantirish  va  himoya  qilishga  moyillik  bilan  tavsiflanadi. 
Hozirgi  davrning  bosh  omillari  sifatida  ijtimoiy  hayotning  oqilonalashuvi  va 
formallashuvi  amal  qiladi.  Ushbu  jarayonlar  huquqning  alohida  rolida  va 
demokratik o‘zini o‘zi boshqarishda namoyon bo‘ladi. Ilmiy fikrlash hamda fanning 
alohida roli siyosiy institutlarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi. Ma’rifat davri 
ideallari  shuni  nazarda  tutadi.  Ma’rifatchilar  fuqarolarni  fanning  eng  yangi 
yutuqlariga  oshno  etishni  siyosiy,  huquqiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  ma’naviy 
taraqqiyotning  bosh  omili  deb  hisoblaganlar.  O‘sha  davrda  ilk  ensiklopediyalarni 
nashr etish yo‘li bilan barcha ilmiy bilimlarni birlashtirishga katta e’tibor berilgani 
tasodifiy bir hol emas.  
Shunday qilib, tilda o‘z ifodasini topgan noaniq bilim bilan bir qatorda jamiyatni 
shakllantiruvchi, ijtimoiy voqelikni yaratuvchi va belgilovchi aniq bilimning alohida 
turi ham  mavjud,  degan  xulosaga  kelish mumkin.  Nazariy  va  empirik,  nazariy  va 
kundalik,  ilmiy  va  taxminiy,  chuqur  va  yuzakiga  ajratish  mumkin  bo‘lgan  inson 
bilimlari majmuida alohida epistemik fenomen – ijtimoiy relevant konstruktiv bilim 
farqlanadi.  Ushbu  bilim  nazariya  va  amaliyot,  fan  va  dunyoqarash  elementlarini, 
tushuntirish va mentallik me’yorlarini o‘zida birlashtiradi. Mazkur epistemiologik 
fenomen ijtimoiy amaliyotni belgilovchi diskursiv birlikni o‘zida ifodalaydi.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish