Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

Yo‘l tanlashning ratsionalligi. 
Eng yangi modernizatsiya nazariyalariga muvofiq, 
odamlarning harakatlari tobora ratsionallashib boradi. Ammo o‘zgacha nuqtai nazar 
ham  mavjud  bo‘lib,  uning  mohiyati  hozirgi  davr  inson  xulq-atvorining  yanada 
ko‘proq  andozalarini  taklif  qiladi,  vaholanki,  an’anaviy  jamiyat  har  bir  individga 


uning ijtimoiy maqomiga muvofiq keladigan bitta xulq-atvor andozasinigina taklif 
qilgan, degan gipotezada o‘z ifodasini topadi.  
Ushbu yo‘l tanlash qay darajada ratsional? Bu juda murakkab savol. Mazkur yo‘l 
tanlash  erkin,  binobarin,  ma’lum  darajada  oqilona  ekanligiga  Xantingtonning 
ishonchi  komil.  Uning  fikricha,  tanlangan  yo‘l  hech  bo‘lmasa  individ  istagan 
darajada oqilona bo‘lishi lozim. Agar individ yo‘l tanlashdan bo‘yin tovlagan bo‘lsa, 
bo‘yin tovlash faktining o‘zi ham erkin yo‘l tanlash natijasidir. Ammo Erix Fromm 
o‘rgangan erkinlikdan o‘zini olib qochish fenomenini eslaylik. Bu yerda gap chindan 
ham  erkinlik  haqida  va  tafakkur  erkinligi  haqida  boradimi?  Yo‘q,  bizning 
nazarimizda,  biz  bu  yerda  individ  irodasini  bo‘ysundirishning  kuch  ishlatishga 
asoslangan odatdagi usullarining yo‘qligi fenomeniga duch kelamiz. Ammo hozirgi 
zamon jamiyatida erkin irodani uzurpatsiya qilishning odatdagi usullari o‘rnini kuch 
ishlatishga asoslanmagan, yanada o‘tkirroq zamonaviy usullari egallamoqda. Ular 
tafakkurni bo‘ysundirish bilan bog‘liq.  
Hozirgi vaqtda tadqiqotchilar texnika yutuqlari va ularning kundalik hayotga joriy 
etilishi madaniyatning alohida bir turi – ekran madaniyatini shakllantirgani haqida 
ko‘p  gapirmoqdalar.  «Kitob  bilan  taqqoslaganda,  hozirgi  ekran  mediumlarining 
kuchi  shundaki, u  obraz  va tovushga  tayanadi.  U  g‘oyalardan, haqiqatlardan  yoki 
mohiyatlardan kelib chiqmaydi, u refleksiyani, ya’ni e’tiborni belgining shaklidan 
uning mazmuniga qaratishni nazarda tutmaydi»
152
. B.V.Markov erkin yo‘l tanlashga 
ta’sir  ko‘rsatishning  yangi  vositalari  ko‘pchilik  o‘ylaganidek  yangi  emasligini 
ta’kidlaydi. 
Ekran  madaniyatida  ibtidoiy  jamoani  shakllantirgan  va  qadimgi  sivilizatsiyalar 
hayotida  ulkan  rol  o‘ynagan  ijtimoiy-madaniy  fenomenlarning  tiklanishiga  olib 
kelgan  yangi  fenomenlar  paydo  bo‘ldi.  Bu  yerda  gap  idolokratiya,  ikonofiliya, 
fetishizm  hamda  magik  va  magnetopatik  texnikaning  odamlarning  xatti-
harakatlariga  irratsionallashtiruvchi  ta’sir  ko‘rsatgan  va  aql  bilan  tushunib 
bo‘lmaydigan samaradorlik bilan tavsiflanadigan boshqa turlari haqida boradi. 
Texnika yutuqlari ta’sirida inson tafakkuri so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida sezilarli 
darajada  o‘zgardi.  Hozirgi  davr  odami  vizual  axborot  (reklama,  teledasturlar, 
Internet va o‘zgacha «tasvirlar»)ning doimiy ta’siri ostida yashaydi. Ayni hol uning 
tafakkuri  «blokli»  yoki  uzuq-yuluq  tus  olishini  belgilaydi.  Muayyan  bloklar 
majmuiga  kiruvchi  elementlardan  birining  qabul  qilinishi  muqarrar  tarzda  butun 
majmuaning  qabul  qilinishiga  olib  kelaji.  Obrazni  tanlar  ekan,  individ  shu  tariqa 
oqilona tanlash imkoniyatisiz g‘oyani, g‘oya ketidan esa harakatlarni ham tanlaydi. 
So‘zning  asl  ma’nosida  erkinlikka  ega  bo‘lmagan  holda  javobgarlikni  o‘z 
zimmasiga oladi. 
Siyosiy  hayotda  bu  u  yoki  bu  lavozimga  nomzodlar  o‘rtasida  tanlashni  amalga 
oshirish  bilan  bog‘liq.  Mazkur  tanlash  dasturlar  va  saylov  oldidan  berilgan 
va’dalarni qiyosiy tahlil qilish yo‘li bilan emas, balki siyosiy televizion reklamaning, 
ong  osti  sohasiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  jumlalarning  turli  xil  ta’siri  ostida  amalga 
oshiriladi.  
                                                 
152
 Марков Б.В. В поисках другого. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish