tahlil qilishga, shuningdek uning fikrlash jarayoniga mavjud barcha vositalar bilan
ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi. Ayni shu omil ilmiy induksiyani ommaviy
induksiyadan ajratish imkoniyatini beradi. Bu yerda aynan ilmiy induksiyaga xos
bo‘lgan turli vositalar: qarama-qarshi holatni izlash, sababiy bog‘lanishlarni izlash,
kuzatish va hatto eksperiment mavjud bo‘lishi mumkin. Agar ilmiy induksiya uchun
sharoitlar yetarli bo‘lmasa, o‘zaro aloqa ham cheklangan bo‘ladi. Sharoitlar
umuman mavjud bo‘lmagan taqdirda esa ijtimoiy arbob har qanday turdagi o‘zaro
aloqadan o‘zini tiyadi. «Birinchi uchragan» odamga ishonib chuv tushgan
individlarga jamoatchilik tanbehi beriladi.
Bizning bilimimiz eng avvalo taxminiy xususiyat kasb etadi va taxminiy
xulosalarimiz lozim darajada apodiktik emas, degan tezisning ilgari surilishi
tasodifiy bir hol emas. Uning ildizlari pragmatistlarning falsafiy ta’limotiga borib
taqaladi, pragmatistlar esa, o‘z navbatida, induktiv mantiq va taxminiy xulosalar
bilan uzviy bog‘langan nominalizm va empirizm an’anasiga tayanadi.
Tomasning fikrlariga deduksiya va induksiyani abduksiya bilan almashtirishni
taklif qilgan Pirs va Jeyms falsafasi, hech shubhasiz, kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Pragmatizm ko‘pincha amerikacha falsafiy yo‘nalish sifatida tavsiflanadi. Uning
asoschisi Charlz Pirs inson harakatini «atrofida barcha falsafiy tushunchalar va
konsepsiyalar aylanadigan va shakllanadigan o‘q»qa aylantirgan. Ayni shu sababli
bilish faoliyatining tashqi borliqqa bo‘lgan munosabati haqidagi klassik masalalarni
o‘rganishdan voz kechilgan.
Pirs bilim haqida emas, balki ishonch haqida gapirishni taklif qiladi. Bunda u
ishonch deganda muayyan tarzda harakat qilish odatini tushunadi. U bilim va
bilmaslikni, haqiqat va ishtibohni emas, balki ishonch va shubhani bilish jarayonini
tavsiflovchi asosiy kategoriyalar deb hisoblaydi. Haqiqat umum ahamiyatiga molik
bo‘lgan, ya’ni tadqiqotchilarning cheksiz hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan
ishonchdir. Tushuncha o‘tmish nuqtai nazaridan emas, balki yuz berishi mumkin
bo‘lgan oqibatlari, ya’ni kelajak nuqtai nazaridan qaralishi lozim.
Yangi davr falsafasi mexanik sababiyat foydasiga voz kechgan maqsad tushunchasi
unga yana inson faoliyati tushunchasi sifatida qayta boshladi. Fallibilizm (xatolilik)
prinsipi: inson bilimlari voqelik bilan mutlaqo muvofiqlik holatiga, ya’ni mutlaq
haqiqatga hech qachon erishmaydi. Mutlaq haqiqat bilish jarayoniga yo‘l
ko‘rsatuvchi va unga tuzatishlar kirituvchi yetakchi g‘oyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: