Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

Ijtimoiy harakatning maqsadi. 
Shunday qilib, yuqorida bayon etilganlar ijtimoiy 
determinizmning  yangicha  talqini  vaqt  vaziyatning  faol  ishtirokchisi  sanalgan 
ijtimoiy harakatni amaliy tavsiflash talabini e’tiborga olishi lozim, degan xulosaga 
kelish imkoniyatini beradi. Bundan ijtimoiy nazariylashtirishning muhim prinsipi – 
sotsiumni makon emas, balki vaqt fonida yuz berayotgan voqealar yig‘indisi sifatida 
tavsiflash  kelib  chiqadi.  Tabiatshunoslik  nazariyasida  vaqt  makon  turlaridan  biri 
sifatida  tavsiflangan  bo‘lsa,  ijtimoiy  nazariyada  makon  vaqtning  tur  xili  sifatida 
tavsiflanishi  mumkin.  Makon  bizga  yuzaki  taassurotlarni  tartibga  solish 
imkoniyatini  bersa,  vaqt  ichki  kechinmalarni  tartibga  solish  uchun  imkoniyat 
yaratadi.  Ayni  shu  sababli  ijtimoiy  nazariylashtirish  ichki  kechinma  tajribasini 
ob’ektivlashtirishi  lozim.  Inson  harakatlarining  ifodalari,  ya’ni  ularning  ijtimoiy 
mazmunlari bunday ob’ektivlashtirishning natijasi bo‘lmog‘i darkor.  
Matematik  tabiatshunoslik  determinizm  prinsipini  tabiiy  hodisalarni  nazariy 
tavsiflashning  bosh  prinsipiga  aylantirishi  fizika  doirasida  tavsiflanuvchi 
ob’ektlarning tabiati shundayligi bilan emas, balki tahlilning yangi texnologiyalari 
ilk  bor  aynan  fizikada  sinovdan  o‘tkazilgani  bilan  belgilanadi.  Ammo  faylasuflar 
fizik  determinizmga  asoslangan  dunyoqarashga  doir  xulosalar  asossiz  ekanligini 
isbotlashga  harakat  qiladilar.  Ularning  fikricha,  biron-bir  voqea  yoki  hodisa  faqat 
tashqi omillar bilangina belgilanishi mumkin emas, ularning yuz berishiga doim aniq 
maqsadga qaratilgan omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Jarayon bitta, ikkita yoki uchta 
kuch amal qiluvchi makonda yuz berishini nazarda tutuvchi sxema haddan tashqari 
sun’iy  ko‘rinadi.  Berk  tizim  –  bu  hatto  fizika  ham  emas,  balki  texnikadir.  Biroq 
aynan texnik modellashtirish va konstruksiyalash fizikaning rivojlanish jarayonini 
XVII asrdagina emas, balki XVIII asrda va hatto XIX asrda ham belgiladi.  


Klassik  determinizm  maqsad  tushunchasidan  voz  kechdi  va  bu  hol  inson  xulq-
atvori  haqidagi  fanlarda  oqilona  maqsadni  belgilashni  saqlab  qolmoqchi  bo‘lgan 
nazariyachilarni sarosimaga solib qo‘ydi. Ijtimoiy nazariyadan ikki yo‘ldan birini: 
yo ilmiylikning sinonimi sanalgan determinizmni, yo insoniylik va ijtimoiylikning 
ajralmas  jihati  sanalgan  maqsadni  belgilashni  tanlash  talab  etildi.  Determinizm 
muhandislik-texnikaviy 
yondashuv 
doirasida 
qo‘llaniladigan 
nazariy 
mavhumlashtirishning  pirovard  natijasi  hisoblanadi.  Ammo  loyiha  darajasida 
maqsadli  belgilash  aynan  texnika  doirasida  amal  qiladi.  Biroq  loyiha  amaldagi 
sabablarni nazarda tutadi, xolos, maqsadni belgilash esa ob’ektiv dunyodan chiqarib 
tashlanadi. Sub’ekt dunyosi va ob’ekt dunyosini birlashtirish kauzallik va maqsadni 
belgilashni  biriktirish  imkoniyatini  beradi.  Ammo  bunday  birlashtirish  oqibatida 
«pozitiv  fanlar»ning  vakillari  faxrlanib  gapirgan  afzalliklarning  barchasi  boy 
beriladi.  
Sababning  hozirgi  talqini  nazariy-tahliliy  fikrlashning  tadrijiy  rivojlanishi 
natijasida  shakllangan.  Antik  falsafada  u  yoki  bu  jarayonning  yuz  berish 
xususiyatlariga  ta’sir  etuvchi  omillar  sabablar  deb  atalgan  bo‘lsa,  Yangi  davrda, 
barcha  omillar  ichki  va  tashqiga  ajratilganidan  so‘ng,  sabablar  qatoriga  tashqi 
omillargina kiritilgan.  
Inson  samarali  o‘zaro  aloqa  qilishga  intiladi,  u  yuz  berayotgan  voqealar  va 
jarayonlarning  mazmunini hamda o‘z harakatlarining ehtimol tutilgan oqibatlarini 
to‘g‘ri  tushunishni  istaydi.  Bunda  uning  muayyan  darajada  samarali  harakatlari 
boshlang‘ich shartlar bilan belgilanadi. Ammo inson o‘z harakatlarida hech qachon 
to‘liq 
bo‘lmaydigan 
bilimlarga, 
shuningdek 
doim 
ham 
puxta 
o‘zlashtirilavermaydigan ko‘nikmalarga tayangani bois, harakat sxemadan og‘ishi 
ham mumkin. Harakatlarning rang-barangligi bilimlar va ko‘nikmalar to‘g‘ri sintez 
qilinmaganligi bilan belgilanishi ham mumkin. Ayni shu sababli ijtimoiy dunyo shu 
darajada  rang-barang  bo‘lib  tuyuladiki,  hatto  xaos  sezgisi  yaratiladi  va 
determinizmni  indeterminizm  bilan  almashtirish  istagi  paydo  bo‘ladi.  Aslini 
olganda,  institutsional  determinizmga  muvofiq,  ijtimoiy  voqelik  determinizm 
prinsipi  amal  qiluvchi  umumiy  darajadagi  munosabatlar  va  harakatlarnigina  o‘z 
ichiga  oladi,  xususiy  darajada  esa  fizik,  biologik,  psixologik,  madaniy,  diniy  va 
boshqa  xil  omillarning  murakkab  birikmasi  hukmronlik  qiladi.  Ayrim  o‘zaro 
aloqalarning xususiyatlari ayni shu omillar birikmasi bilan belgilanadi.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish