Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

 
Axborot.
  So‘nggi  yillarda  «axborot»,  «invariantlik»,  «nomuayyanlik»  kabi 
umumilmiy  tushunchalar  falsafiy  tahlil  predmetiga  aylandi.  Bilimning  u  yoki  bu 
tarmoqlarida  yuzaga  kelgan  va  ilmiy  bilishning  mantiqiy-metodologik  vositalari 
darajasiga ko‘tarilgan bu tushunchalar nafaqat ob’ektlar va jarayonlarni ko‘rishning 
umumiy usullari, balki rivojlanayotgan bilimni tahlil qilish shakllari hamdir.  
Ilmiy tadqiqotning rivojlanishi uning informativlik darajasi oshishi bilan bog‘liq. 
Bu pirovard natijada hodisalarning mohiyatini anglashning teranligi, insonga ham, 
insoniyatga  ham  bog‘liq  bo‘lmagan  ob’ektiv  haqiqatga  to‘liq  erishilishi  bilan 
o‘lchanadi.  Biroq  bilish  faoliyati  (bilim  olish  jarayoni  sifatida)  yaxlit  holda  juda 
serqirradir. U ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, ularga erishish vositalari, bilishning 
shart-sharoitlari, sub’ektning informatsion «xulq-atvor» usullari, ob’ekt va faoliyat 
natijasini  o‘z  ichiga  oladi.  Bilish  faoliyatini  amalga  oshirish  natijasida  bilim 
o‘sishining tahlili uning informativligi muammosi bo‘rtib ko‘rinishiga olib keladi. 
Ilmiy  faoliyatga  nisbatan  mantiqiy-gnoseologik,  sotsiologik  va  psixologik 
yondashuvlarning  birligini  ifodalovchi  bu  muammo  hozirgi  zamon  fanining 
metodologik tadqiqotlarida hali yetarli darajada o‘rganilmagan.  


Quyida  bu  muammoni  ilmiy  bilishning  mantiqiy-gnoseologik,  sotsiologik  va 
psixologik  jihatlarini,  bilish  va  moddiy-amaliy  faoliyat  mazmunining  boyishini 
hisobga olgan holda tahlil qilishga harakat qilamiz.  
Harakatni  tartibga  solish  vositasi  sifatidagi  ruhiy  obraz  mazmuni  va  tarkibiy 
tuzilishi  ob’ektga  muayyan  maqsadga  muvofiq  ta’sir  ko‘rsatish  vazifalariga 
bo‘ysunuvchi  ixtisoslashgan  axborot  majmuidan  iboratdir.  Obrazlarning  moddiy 
harakat vazifalariga shunday tobeligi natijasida ularning funksional deformatsiyasi 
yuzaga keladi, ya’ni harakat vazifalari nuqtai nazaridan o‘ta informativ «bandlar» - 
ob’ekt xossalari, uning ayrim jihatlari va ko‘rinishlariga alohida e’tibor qaratiladi. 
Aynan informativlik sub’ektga kerak bo‘lgan, izchil faoliyat va borliqning ongdagi 
aniq  in’ikosi  mahsuli  sanalgan  bilimning  muhim  xossasidir.  Bu  yerda  faoliyat  va 
bilimning informativligi o‘rtasida uzviy aloqa ko‘zga tashlanadi, chunki bilimning 
ifnormativ yoki muhim qismi sub’ektga izchil faoliyat jarayonida zarurdir.  
Axborot  o‘z  sub’ekti  va  ob’ekti  (manbai)  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqa  jarayonining 
mahsuli (natijasi) sifatida vujudga keladi. Aks ettirishning uzatilgan, invariant qismi 
sifatidagi  axborot  konsepsiyasi  tanlash  jarayonini  amalga  oshirishga  qodir  o‘zini 
o‘zi  boshqaruvchi  tizimlar  faoliyatini  tavsiflashi  mumkin.  Axborot  murakkab 
tarkibli  tizimlarda  aks  ettirilgan  rang-baranglikning  boshqaruvga  xizmat 
ko‘rsatuvchi muhim qismi, kommunikatsiya vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. U bir 
qancha xossalarni o‘zida mujassamlashtiradi – nafaqat aks ettirish, boshqarish, balki 
aloqa vositasi sifatida ham amal qiladi. Bu yerda axborotning kommunikativ jihati 
birinchi o‘ringa chiqadi.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish