Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

Ijtimoiy  axborot. 
Ijtimoiy  axborot  tabiatini  tushuntirishda  axborot  jarayoni 
turlaridan  biri  ijtimoiy-kommunikativ  jarayon  muhim  ahamiyatga  ega.  Ijtimoiy 
axborot – bilimning shunday bir qismiki, u ma’lum moddiy jismlarda qayd etilgan 
va  belgilar  tizimida  ifodalangan  holda  ijtimoiy-kommunikativ,  sub’ektlararo 
jarayonga  qo‘shilib  idrok  etiladi  va  olimning  bilim  darajasini  o‘zgartiradi, 
shuningdek  uning  o‘zi  ham  o‘zgartirilib,  undan  faoliyatning  turli  jabhalarida 
foydalaniladi.  Shu  ma’noda  bilim  tushunchasi  olimning  bilim  jarayonini 
gnoseologik  tomondan,  axborot  tushunchasi  esa,  asosan  kommunikativ  tomondan 
tavsiflaydi, deb aytish mumkin.  
Olim faoliyatining o‘ziga xos tomoni axborotni talqin qilishimkoniyatidan yetarli 
foydalana  olishida.  Biroq  bilish  faoliyatining  gnoseologik  (aks  ettirish)  va 
kommunikativ  jihatlarining  farqlanishi  (tegishli  ravishda  bilim  va  axborotning 
farqlanishi)  ularning  mushtarakligini  tushunish  bilan  to‘ldirilishi  lozim.  «Axborot 
kommunikativ jarayonga qo‘shilib, bilim muayyan olimning qadriyatlari jabhasida 
rivojlanishiga ko‘maklashadi»
1
.   
                                                 
1
 Шульман Е.А. Социальное реагирование на информацию. – Т.: Узбекистан, 1993. – 80-б.  


Ijtimoiy  axborotni  o‘zlashtirish  uchun  uni  anglab  yetish  va  talqin  qilish  lozim. 
Bilish jarayoni ikki faoliyat turi – interiorizatsiya va eksteriorizatsiyaga asoslanadi. 
Axborot-bilish  nuqtai  nazaridan  interiorizatsiya  olimning  ijtimoiy-kommunikativ 
jarayonlarda moddiylashgan ijtimoiy (shu jumladan ilmiy) axborotni anglab yetish, 
uni  ijodiy  o‘zgartirish  borasidagi  faoliyati,  eksteriorizatsiya  esa,  yangi  axborot 
yaratish  borasidagi  faoliyatdir.  Shu  sababli  olim  bilish  faoliyatida  gnoseologik, 
ijtimoiy-kommunikativ  va  psixologik  jihatlar  mushtarakdir.  Tabiat,  jamiyat  va 
tafakkur  haqidagi  mavjud  axborotni  o‘zlashtirish  jarayonida  olimlarda  anglab 
yetilmagan  ob’ektlar  va  jarayonlarni  bilishga  ehtiyoj  tug‘iladi.  U  sub’ektlararo 
kommunikativ  jarayonga  qo‘shilib,  bilish  ehtiyoji  ob’ektiga  aylanadi  va  ijtimoiy 
merosning funksional-genetik tarkibiga «o‘rnashib», yana interiorizatsiyani keltirib 
chiqaradi.  
Olimning  faoliyat  jarayonida  bilim  til,  hujjat,  texnika  va  boshqa  tizimlar 
ko‘rinishida  moddiylashadi  (ob’ektivlashadi)  va  rivojlanib,  ijtimoiy  axborotdan 
keng  foydalanish  mumkin  bo‘lgan  yaxlit  izchil  amaliyotda  mujassamlashadi. 
Faoliyat vositalari sifatida nafaqat moddiy vositalar (mehnat qurollari, asboblar va 
h.k.),  balki  ob’ektivlashgan  bilim,  axborotning  texnik  va  operatsional-metodik 
unsurlari, bevosita va teskari aloqa yo‘llari, axborot tanlashni belgilovchi «mezonlar 
tizimi»dan ham foydalaniladi.  
Bilimni  rivojlantirish  individual  va  ijtimoiy  shakllarining  o‘zaro  aloqasi  olim 
faoliyatining kommunikativ jihatini aks ettiradi. Ijtimoiy axborot faoliyat predmeti, 
vositasi  va  mahsuli  sifatida  amal  qiladi.  Ijtimoiy  axborot  ijtimoiy-kommunikativ 
jarayon  bilan  uzviy  bog‘liq,  chunki  bilish  mahsuli  (natijasi)  va  bilish  jarayoni 
mushtarakdir.  Ijtimoiy  axborot  axborot oqimlarida  moddiy  omillar  (so‘z,  matn va 
h.k.)  yordamida  ro‘yobga  chiqariladi.  Statik  ko‘rinishda  ijtimoiy  axborot  ijtimoiy 
ma’no  kasb  etmaydi.  Ijtimoiy  axborotning  muhim  belgilaridan  biri  uning 
olimlarning  o‘zini  qurshagan  dunyo  haqidagi  bilim  darajasini  o‘zgartirish 
qobiliyatidir.  Ijtimoiy  axborot  inson  ongida  aks  etgan  oddiy  bilim  emas,  balki 
bizning  ongimizda  o‘zgarishlar  yasaydigan,  ruhiyatimiz  darajasida  faol  amal 
qiladigan, o‘zligimizdan mustahkam o‘rin oladigan bilimdir.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish