Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

Informatsion
 vaziyat butun axborot jarayoni maydonini ifoda etadi. Shu sababli 
axborotning o‘zi emas, balki u amalda o‘z aksini topgan faoliyat yoki xulq-atvorni 
boshqarish  tizimidagi  aloqalar,  funksiyalar  va  mexanizmlar  o‘rganish  predmetini 
tashkil etadi. 
                                                 
188
 Тураев Б. Информационное свойство пространства и времени // Естествознание и философия. III 
международный семинар. – Санкт-Петербург: 1992. – 64-б. 


Axborot  kommunikativ  jarayonga  qo‘shilib,  bilim  muayyan  shaxsning  boyligiga 
aylanishiga  imkoniyat  yaratadi.  Bilim  –  sub’ekt  ongining  mazmuni,  bilish 
faoliyatining  natijasi,  amalda  mavjud  predmetlarga  bog‘langan  bilish  obrazlari 
majmui. Muayyan sub’ekt bilimining mazmuni hech qachon idrok etilgan axborot 
mazmuni bilangina cheklanmaydi. Idrok etish bilimning alohida turi sifatida olingan 
axborotni anglab yetish, tushunish, talqin qilishni nazarda tutadi.  
Ilmiy  bilimlar  hajmining  o‘sishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  demokratik  jamiyat 
sharoitida bilimning yangi shakllarini izlash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bu  muammo  asosan  bilimni  semiotika  vositalari  yordamida  soddalashtirish  yo‘li 
bilan shaklan o‘zgartirish bilan bog‘liq.  
Bilimning  informativligi  bilish  faoliyatining  barcha  sohalari,  kommunikativ 
jarayonlarda  muhim  ahamiyatga  ega.  Bunda  «kundalik  amaliyot,  ishlab  chiqarish 
faoliyati, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarda aloqa texnikasi ma’nosidagi axborot 
miqdori  emas,  balki  avvalo  axborotning  mazmuni  yoki  boshqacha  aytganda 
informativlik muhimdir. Zotan, axborot miqdori qancha ko‘p bo‘lmasin, agar u idrok 
etilmasa, tushunib yetilmasa, undan zarracha naf bo‘lmaydi»
189
.   
Bilimning  informativligi  borliq qonunlarini  aniq  aks  ettiruvchi va insonga uning 
amaliy-o‘zgartirish va bilish faoliyatida xizmat qiluvchi tushunchalar, mulohazalar, 
konsepsiyalar,  nazariyalar  va  bilimning  boshqa  shakllarida  ifodalangan  muhim 
axborot majmuidir.  
Informativlikning  mazmunini 
quyidagilar 
tavsiflaydi:  1) 
yoritilayotgan 
masalalarning muammoliligi; 2) o‘rganilayotgan ob’ektning xossalari, aloqalari va 
munosabatlarini  aniq  aks  ettiruvchi  bilimning  muhimligi  va  o‘ziga  xosligi;  3) 
axborotning yangiligi, agar u amalda ijtimoiy ahamiyatga ega va o‘zlashtirilganidan 
so‘ng foydalanuvchining munosabatini o‘zgartirishi mumkin bo‘lsa; 4) axborotdan 
faoliyat jarayonida foydalanayotgan sub’ekt maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi; 
5)  bilimning  tushuntiruvchi,  bashorat  qiluvchi  va  uyushtiruvchi  kuchi;  6)  bilim 
mazmuni  mantiqiy-gnoseologik  o‘zagining  xususiyati  sifatidagi  bilimning 
invariantligi; 7) bilimning nomuayyanlik darajasi.  
Ilmiy bilimning informativligi fanning hozirgi davrdagi rivojlanish qonuniyatlari, 
avvalo  uning  samaradorligini  oshirishga  ko‘maklashuvchi  bilishdagi  integratsiya 
jarayonlari bilan belgilanadi. Fan integratsiyalashuvining muhim unsurlaridan biri 
bo‘lgan  ilmiy  axborot  integratsiyasi  ilmiy  axborotning  bir-biriga,  fanning  bir 
tarmog‘idan boshqa tarmog‘iga o‘tishida namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon fanining 
mantiqiy-gnoseologik  asoslaridan  biri  bo‘lgan  integratsiya  ilmiy  bilimning 
informativlik  darajasi  va  asosiy  informatsion  imkoniyatlarini  o‘zgartiradi.  Bu 
bilimning  bir  darajasidan  boshqa  darajasiga,  narsalar  va  hodisalar  mazmunini 
yanada teranroq aks ettiruvchi bilimga o‘tish bilan bog‘liq.  
Integrativ  jarayonlar  nazariy  tizimlarning  teranlik  darajasini  oshirib,  nazariya  va 
empirik ma’lumotlarning qo‘llanish doirasini kengaytiradi. Nazariya mazmunining 
yanada  teranlashuvi  informativlik  darajasining  oshishiga,  tushunchalar  haqidagi 
axborotning  integrativ  jarayonlarga  ta’sir  ko‘rsatish  imkoniyatini  ro‘yobga 
chiqarishga ko‘maklashadi.  
                                                 
189
 Бирюков Б.В. Кибернетика и методология науки. – М.: Наука, 1994. – 315-б. 


Shunday 
qilib, 
fanning 
integratsiyalashuvi 
tushunchalar 
tizimlarining 
informativligini  ularning  o‘zaro  aloqasi  asosida  ro‘yobga  chiqarish  mexanizmi 
hisoblanadi. 
Fanning  integratsiyalashuvi  informativlikning  muhim  xususiyatlaridan  biri  – 
bilimning  tushuntiruvchi  va  bashorat  qiluvchi  kuchini  oshiradi.  Ilmiy  bilishga 
informativlikni  invariantlik  orqali  tahlil  qilish  xos.  Informativlik  invariantlik 
ma’nosida  ko‘p  jihatdan  konseptual  tizimlarning  tushuntiruvchi  kuchi  yordamida 
ifodalanadi.  
Ilmiy  axborot  kommunikativ  jarayonga  qo‘shilib,  bilish  faoliyatining 
samaradorligini oshirish vositasiga aylanadi. Bu bilimning informativligiga nisbatan 
gnoseologik va sotsiologik yondashuvlarning birligi bilan belgilanadi.  
Shunday  qilib,  bilimning  informativligini  o‘rganish  ilmiy  faoliyatga  nisbatan 
mantiqiy-gnoseologik, sotsiologik va psixologik yondashuvlarning birligini nazarda 
tutadi.  Bilimning  informativligi  ob’ektiv  va  sub’ektiv  narsalar  va  hodisalarning 
falsafiy  birligidir.  Informativlik  bilim  ob’ektiv  mazmunining  xususiyati  bo‘lgani 
holda,  ayni  vaqtda  foydalanuvchilarning  axborotga  munosabati  sifatida  ham 
namoyon  bo‘ladi.  Bu  munosabat  muayyan  shaxsning  ma’naviy  dunyosi,  bilish 
faoliyatini  amalga  oshirishning  psixologik  xususiyatlari  bilan  belgilanadi. 
Foydalanuvchi  ijtimoiy-kommunikativ  jarayoniga  qo‘shilgan  axborotni  uning 
ob’ektiv  mazmuni  va  ijtimoiy  ahamiyati,  ob’ektiv  ijtimoiy-iqtisodiy  qonuniyatlar 
nuqtai nazaridan qabul qilishi va tushunishi lozim.  
Bilimning  informativligi  ilmiy  faoliyatni  o‘zgartirish,  bilish,  ijtimoiy-
kommunikativ  va  psixologik  jihatlarini  qayd  etishni  taqozo  qiladi.  Sotsiologik 
yondashuv  shuni  ko‘rsatadiki,  bilimning  informativlik  darajasini  moddiy  ishlab 
chiqarishning  o‘sishi,  moddiy-o‘zgartirish  faoliyati  asosiy  vazifalari  kompleks, 
integrativ xususiyatining kuchayishi ham, ilmiy kommunikatsiyalarning rivojlanishi 
ham oshiradi. Bilimning yangi unsurlari vujudga kelishida ijtimoiy-kommunikativ 
jarayonga qo‘shilgan, o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhim unsurlar faol ishtirok etadi.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish