. Bozor turlari va ular o’rtasidagi bog’liqlik.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: ,,Faqat uyushgan
bozorgina bugungi kunda xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini
ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi, tashabbuskorlik va
ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, rag’batlantirishni va yo’qotilgan
xo’jayinlik tuyg’usini qayta tiklaydi.
Faqat bozorgina ishlab chiqarishni iste’molchining manfaatlariga
bo’ysindirish, mahsulotga bo’lgan talabni aniq xisobga olish,
konyuktura o’zgarishlariga qarab tezlikda ish tutish imkonini beradi.
Faqat bozorgina tejamli xo’jalik yuritishning kuchli, oqilona
jihatlarini
yaratadi,
xarajatlarni
kamaytiradi,
talon-taroj
va
lapashanglikka qarshi kurashadi.
Faqat bozorgina yangiliklarga sezgir qiladi, fan va texnikaning eng
so’nggi yutuqlarini dadil va g’ayrat bilan joriy etadi, o’z ishining
ustasiga, kasb mahoratiga munosib baho beradi”.
Bozor tizimining salbiy tomonlari ham bor. Chunki dunyoda
odamdan bo’lak mukammal narsaning o’zi yo’q. Faqatgina odam
bekami-ko’st, mukammal uyg’unlikda yaratilgan. Shu nuqtai nazardan
bozor tizimi faqat ijobiy tomonlarga ega deb aytolmaymiz, uni
ideallashtira olmaymiz.
,,Bozor
iqtisodiyotiga o’tish muammosiga, - deb yozadi
Prezidentimiz I.A. Karimov ,- tik ko’z bilan, real qarash kerak. Bozor
iqtisodiyotining faqat ijobiy tomonining emas, balki uning salbiy
tomonini ham ko’ra bilish kerak”.
Gap, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ro’y beradigan salbiy
ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar ustida bormoqda. O’tish davri inqirozga
uchragan ma’muriy buyruqbozlik tizimi bilan endigina tetapoya bo’lib
kirib kelayotgan erkin bozor iqtisodiyoti o’rtasidagi, yoki boshqacha
qilib aytganda: inqirozga uchragan, lekin yo’q qilib tashlanmagan
buyruqbozlik tizimi bilan endigina tug’ilgan, biroq hali juda zaif bozor
iqtisodiyoti o’rtasidagi kurash davri bo’lmay iloji yo’q.
,,Bozorga, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov,- ayniqsa
uning shakllanish bosqichida:
Uzoq va chuqur iqtisodiy inqirozlar;
Ishsizlikning o’sishi;
Pulning qadrsizlanishi;
Ko’pgina korxonalarning ,,sinish” va ishbilarmonlarning
xonavayron bo’lishi;
Axolining moddiy ta’minot jihatidan keskin tabaqalanishi;
Xuquqqa zid xatti-harakatlar va jinoyatlarning o’sishi xosdir.
Bozorning bu illatlarini bilish, ularga tayyor turish, ularni bartaraf
etish yuzasidan to’g’ri yechimlar topa bilish kerak”.
Buning uchun har birimiz bozorning ijobiy va salbiy tomonlarini
yaxshi anglab, aql-zakovat bilan ish tutishimiz lozimdir.
Iqtisodchi P. Samuelson ham bozor iqtisodiyoti tizimining
kamchiliklardan holi emasligi va bozorning:
Keskin tengsizlikni keltirib chiqarishini;
Fanda ulkan tadqiqotlar o’tkazilishini ta’minlay olmasligini;
Ijtimoiy zarur tovarlarni ishlab chiqarishga emas, puli bor
odamning talabini qondirish uchun zarur bo’lgan tovarlarni ishlab
chiqarishga yo’naltirilgan bo’lishini;
Inflatsiya jarayonlarini boshidan kechirib turishini ta’kidlaydi.
Shunday qilib, bozor tizimini ideallashtirish, uni hamma davrda davo
deb, haddan tashqari olqishlash katta yanglishish bo’lur edi.
Uning o’ziga hos ammo- lekinlarni, muammolari, nobop, zaif
tomonlari ham yo’q emas. Bozor iqtisodiyoti millionlardan iborat ishlab
chiqaruvchi va iste’molchilarning faoliyati bo’lganidan unga tarqoqlik
va xudbinlik ham hos. U o’z-o’zidan davlat va jamoatchilik ishtirokisiz
tabiatni muhofaza etish, ekologiya muvozanatini ta’minlashni yuzaga
chiqarmaydi.
Jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin harajatlar qaytimi sekin
bo’ladigan, katta mablag’ talab qiladigan inshootlar va binolarning
qurilishini rag’batlantirmaydi. Darhol foyda keltirmaydigan nazariy
izlanishlarni ham rag’batlantirmaydi.
Bozor o’ziga xos strukturaga ega bo’lgan murakkab tizimdir.
Shunga ko’ra u xilma-xil turlarga bo’linadi.
1.
Ayirboshlash obektining moddiy shakli jihatidan bozorning
quyidagi turlari mavjud:
Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori;
Ishlab chiqarish vositalari bozori;
Moliya bozori;
Valyuta bozori;
Mehnat bozori;
Intellektual tovar bozori;
Shou-biznes bozori.
2.
Ayirboshlash miqyosi jihatidan bozor quyidagi turlarga bo’linadi:
Mahalliy bozor;
Regional bozor;
Jahon bozori.
3.
Amal qilish harakteriga qarab bozor 3 hil bo’ladi:
Tartibsiz (stihiyali) bozor;
Tartibli bozor;
Boshqariladigan bozor.
4.
Iqtisodiy aloqalarga kirishish darajasiga ko’ra bozor quyidagi
turlarga bo’linadi:
Erkin bozor;
Monopollashgan bozor;
Monopol raqobatli bozor;
Oligopolistik bozor;
Sof monopoliya bozori.
5.
Tovarlarning chetdan kelishiga qarab ochiq va yopiq bozor (ichki
bozor) bo’lishi mumkin.
Iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori aholi iste’mol uchun zarur
bo’lgan tovar va xizmatlarni ayirboshlash uchun hizmat qiladi. Amalda
iste’mol mollar bozori savdo shahobchalaridan iborat bo’ladi. Unga
davlat, kooperativ, tijorat savdosi, dehqon bozori, chayqov kabi bozorlar
kiradi. Bunga sotuvchilar-tovar ishlab chiqaruvchilar yoki ularning
vakolatini olgan korxona yoki tashkilotlar bo’lsa, xaridor esa keng
iste’molchilardan iborat bo’ladi.
Bozorda iste’mol tovarlaridan tashqari aholiga har xil maishiy,
texnikaviy xizmatlar ham sotiladi. Bu yerda xaridorlar faqat
fuqarolardan iborat bo’lmaydi. Ular tarkibiga aholiga bepul xizmat
ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlar (kasalxona, bolalar bog’chasi,
qariyalar uyi, yetimxona va boshqalar) ham kiradi. Ular keng iste’mol
buyumlarini sotib oladilar.
Iste’mol bozorining hajmi unda sotilgan tovarlarning yalpi summasi,
ya’ni tovar oboroti bilan belgilanadi. Iste’mol tovarlari qat’iy davlat
narxlari, nazorat qilinadigan narxlar va erkin bozor narxlarida sotiladi.
Iste’mol bozori o’zining xolatiga qarab ikki xil bo’ladi:
,,to’yingan bozor”, ya’ni tovarlar talabga yetarli bo’lgan bozor;
,,taqchil yoki och bozor”, ya’ni tovarlar surunkali yetishmay qolib,
talabga javob bera olmaydigan bozor.
Bozor iqtisodiyotiga to’yingan, istagan tovarlar mavjud bo’lgan
bozor xosdir. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishi tovar ishlab
chiqarishni rag’batlantirib, ularni ko’paytirish va doimiy taqchilli bozor
o’rniga to’yingan bozorni shakllantirish maqsadlarini ko’zlaydi.
Masalan, iste’mol bozori barbod bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun
xukumatimiz hayotiy muhim mahsulotlar eksportini bojxonalar orqali
qat’iy nazorat qilish va yuqori boj to’lovlari joriy etish bilan bir qatorda,
dastlabki bosqichda kundalik zarur tovarlarning cheklangan turlarini
meyorlangan tarzda sotishni tashkil etdi.
Bu tizim o’zini to’la-to’kis oqladi. U bozorni pishiq-puxta ximoya
qilibgina qolmay, iste’mol bozori shoxobchalariga barcha zarur oziq-
ovqat maxsulotlarini va kundalik xarid mollarini muntazam ravishda
chiqarib turishni ta’minlash, ularni iste’mol qilish xajmlarini
kamaytirmaslik imkonini berdi.
Ishlab chiqarish vositalari bozori – bu mehnat qurollari hamda
xomashyo, yoqilg’i va metallarning oldi-sotdi bozori. Unda sotiladigan
tovarlar shaxsiy iste’molga emas, balki asosan ishlab chiqarish
iste’moliga mo’ljallangandir. Demak, tovarning sotuvchilari ham,
xaridorlari xam tovar ishlab chiqaruvchilardir.
Bozor
munosabatlariga o’tgunga qadar ishlab chiqarish
vositalarining xarakati (savdosi) asosan moddiy texnika ta’minoti
shaklida amalga oshirilardi. Bunda moddiy resurslar odatda erkin
savdoga kelib tushmasdi, balki oldindan taqsimlangan fondlar bo’yicha
markazlashtirilgan tartibda taqsimlanardi. Ishlab chiqaruvchilar bilan
iste’molchilar bir-biriga biriktirilgan, xo’jalik aloqalari bo’yicha
sheriklarni tanlashda esa erkin emas edilar. Bunday yo’sinda ishni
tashkil etish tovar muomalasiga zid bo’lgan xolda:
Ishlab chiqaruvchilar o’rtasida taqobat bo’lishni;
Iste’molchilarning erkin tanlovi va savdosini;
Tarmoqlar va korxonalarning zarur bo’lgan ishlab chiqarish
vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmasligiga olib kelar edi.
Bozor munosabatlariga o’tish ishlab chiqarish vositalarini barcha
iste’molchilarga bozor orqali erkin narxlarda sotish imkoniyatini
yaratadi. Endi ushbu aloqalar ulgurji savdo bozorida tovar birjalari
orqali amalga oshiriladi. Bu yerda ommaviy bir xildagi tovarlar (paxta,
don, metal va boshqa) erkin narxda, nuqd pulsiz, korxonalarning
bankdagi maxsus xisob raqami orqali xisob-kitob yuritish yo’li bilan
sotiladi. Tovar birjasida sotuvchi:
Muayyan kelishilgan narxlarda;
Muayyan o’rnatilgan muddarda;
Muayyan miqdorda (sonda, xajmda);
Muayyan maxsulot turini xaridorga yetkazib berish majburiyatini
oladi.
Tovar birjalari uni tashkil etuvchilarning pul qo’yishi orqali
(aksioner jamiyati singari) tashkil etiladi.
Moliya bozori – bu jamiyatdagi moliya xizmatlari bozoridir. Bu
moliya mablag’larini vaqtincha xaq to’lab ishlatish yoki ularni sotib
olish yuzasidan bo’lgan munosabatlardir. Moliya bozori banklarda, fond
birjasida va auksionlarda o’tkaziladi. U asosan kreditlar bozori
ko’rinishida bo’ladi. Kredit iste’mol tovarlarini sotib olish, o’z xususiy
ishini tashkil etish yoki kengaytirish (ishlab chiqarish vositalari va ishchi
kuchini sotib olish), davlat xarajatlarini amalga oshirish va xokazolar
uchun olinishi mumkin.
Kredit uchun to’lanadigan pul ,,narxi”, uning uchun to’lanadigan
foizdir. Foiz (protsent) xar qanday narx kabi, bozordagi talab bilan taklif
nisbatiga bog’liq.
Moliya bozori tarkibiga quyidagilar kitadi:
Pul bozori;
Qimmatli qog’ozlar bozori;
Valyuta bozori;
Investitsiya bozori (mablag’larini sarflash);
Ssuda kapitali bozori;
Sug’urta bozori x.k.
Moliya bozorida ikki guruxdan iborat subyektlar pul bilan
munosabat qiladilar. Birinchidan – pul egalari yoki uni saqlab
turuvchilar. Bunga axoli, firma, kompaniya va davlat muassasalari
kiradi. Ikkinchidan – pulga muxtoj bo’lgan subyektlardir.
Xar ikkala subyektlar orasidagi erkin pul muomalasi, ya’ni uning
oldi-berdi etilishi moliyaviy bozorni bildiradi. Bu bozordagi subyektlar
o’rtasidagi munosabatlar xar ikki tomon uchun manfaatli bo’lgandagina
yuzaga keladi.
Qimmatli qog’ozlar bozori – u darimad keltiruvchi qimmatli
qog’ozlar: aktsiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit, sertifikatlarning
oldi-sotdi qilinishidir. Bu bozor fond birjasi deb yuritilib, u yerda yirik
korparatsiyalarning, markaziy va mahalliy davlat maxkamalarining
qimmatli qog’ozlari sotiladi va sotib olinadi. Fond birjasiga kirmagan
qimmatli qog’ozlar birjadan tashqari nobirjaviy bozorda muomalada
bo’ladi.
Qimmatli qog’ozlar bozorida ham sotuvchilar va haridorlar
munosabatda boladi, ular o’rtasida vakolatga ega bo’lgan brokerlar-
maklerlar (dallollar) vositachilik qiladi. Bunday tashqari u bozorda
maxsus birja chayqovchilari borki, ular aktsiya kursi o’zgarishini
oldindan payqab, aktsiyalarni katta partiya (miqdor) da sotib olib,
so’ngra uni qimmatga sotib katta daromad ko’rishadi.
Pul va qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiyotni boshqarishning
muhim unsurlaridan biri. Bu bozor davlat harajatlarini kreditlash va
byudjet taqchilligini qoplashning manbai sifatida katta axamiyatga ega.
Xalqaro kredit muomalasining rivojlanishi haxon pul bozorining
vujudga kelishiga sabab bo’ladi (eng yiriklari Amerika pul bozori, u
Valyuta bozori – bu pul va qimmatli qog’ozlar bozori kabi moliya
bozorining bir unsuridir. Bu yerda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi
qolinadi. Bozorga korxona, firma, davlat idoralari va fuqarolar
qatnashadi. Ulardan biri valyuta sotsa, ikkinchisi uni sotib oladi.
Valyuta bozori amaliyotda valyuta bilan savdo qiluvchi banklar va
valyuta auktsion ko’rinishida bo’ladi. O’zbekistonda valyutani oldi-sotdi
qilish operatsiyalari bilan Respublika Markaziy banki, respublika tashqi,
iqtisodiy Milliy banki va shu faoliyat ychun ruxsat berilgan banklar
shug’ullanadi. Valyuta bozori:
Chet el oldi-sotdisidagi o’zaro to’lovlarni bajarish;
Valyuta xatarini sug’urtalash;
Valyuta zaxiralarini diversifikatsiyalash;
Valyuta sarflari bilan bog’liq turli tadbirlarni o’z ichiga qamrab
oladi.
Valyuta bozorida muomalalar naqd yetkazib berish bilan yoki
valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs bo’yicha ma’lum muddatda (1-3 oy
va undan ortiq muddatda ) yetkazib berish (forvard) shaklida amalga
oshiriladi. Valyuta muomalalari asosan AQSH dollarida olib boriladi.
Mehnat bozori – bu ish kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini
bildiradi. Bu yerda tovar bozoridan farqli o’laroq, insonning o’zi emas,
ma’lum muddatda sotiladi. Ish kuchi avval iste’mol etilib, so’ngra uning
haqi to’lanadi.
Mehnat bozori aniq shakllarda yuz beradi. Ulardan eng muximi
mehnat birjasidir. Savdo birjasi singari mehnat birjasi tovarni, ya’ni
ishchi kuchini pulga ayirboshlashda vositachilik qiladi, ish kuchi egasi
bilan uni yollovchi korxona yoki firma o’rtasida turadi. Birjada ish
kuchiga bo’lgan talab bilan ish kuchiga bo’lgan taklif bir- biri bilan
bog’lanadi. Mehnat birjasi:
Ish kuchiga tushgan talabga binoan ro’yhatdan o’tgan ishsizlarni
bo’sh joylariga jo’natadi;
Kishilarni kasbga yo’naltiradi;
Yangi ishchi kasbini egallashga undaydi;
Malakani oshirish ishlari bilan shug’ullanadi.
Mehnat birjalarining faoliyatlari ishsizlarni ish bilan ta’minlash,
xalq xo’jaligi tarmoqlari tuzilmalaridagi o’zgarishlar bilan bog’liq xolda
o’zgarib turadigan mehnat bozori extiyojini qondirishdan iborat.
Ularning o’rtasidagi farq ham shunda.
Intellektual tovarlar bozori – bu bozorning maxsus turi bo’lib,
aqliy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar va xizmatlarning ayirboshlashini
bildiradi.
Bu bozorda sotuvchilar va xaridorlar maxsus tovar xisoblangan
ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, xilma-
xil axborotlarni oldi-sotdi etish yuzasidan munosabatda bo’ladilar.
Intellektual bozor turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Jumladan:
Ilmiy-texnik ishlanmalar bozori;
Tasviriy san’at bozori;
Musiqa bozori;
Antikvar buyumlar bozori;
Kino bozori;
Axborot bozori va x.k.
Intellektual tovarlar bozorida ilmiy-texnikaviy ishlanmalar oldi-
sotdisi katta o’rin tutadi. U amalda:
Patent;
Litsenziya;
Nou-xou sotishdan iborat.
Bu yerda ilmiy-texnikaviy yangiliklar xaridor mulkiga aylanish
sharti bilan yoki o’z egasi mulki bo’laturib, vaqtincha foydalanish sharti
bilan sotiladi.
Intellektual tovarlar bozori ishlab chiqarish navatsiyaga xizmat
qiladi, ya’ni y fan-texnika rivojiga ta’sir etadi. Shu sababli uning
axamiyati nafaqat umummilliy, balki baynalminal hamdir. Ilmiy-texnik
ishlanmalar, texnologiya talab o’ta o’zgaruvchan, bu bozordagi
munosabatlar ko’pincha mamlakatlararo bo’ladi.
Intellektual bozorda ko’pincha innovarsiya firmalari ish yuritadilar.
Ular yangilikni toppish, uni bozorda sotish, ishlab chiqarishga joriy etish
yuzasidan xizmat ko’rsatadilar. Bu ishda injiniring va konsalting
firmalar xam qatnashadi. Mazkur bozor fan-texnika rivojiga katta
xissa qo’shadi, yangiliklarni kerakli joyda samarali qo’llanishini
ta’minlaydi.
Shou-biznes bozori intellectual tovar bozorining rng mashxur
turlaridan biri. Bu bozor yordamida xar xil pullik tomoshalar ko’rsatish
yo’li bilan daromad topiladi. Shou-biznesdan tushadigan daromad:
Axolidan olinadigan tomosha zaqi;
Firmalardan tushadigan reklama puli;
Tomoshabinlarga sovdo-maishiy xizmat ko’rsatish xaqi va
boshqalardan shakllanadi.
Shou-biznesda
bitishuv
shartnomalariga
binoan
mashhur
ijrochilarning chiqishlari uyushtiriladi. Kontraktlar shou-birja orqali
tuziladi.
Shou-birja – bu turli mamlakat(region) lardagi yakka musiqaviy
ijrochilar, ijrochilar jamoasi (ansambllar) bilan shartnoma tuzish
yuzasidan o’tkaziladigan birja. U aqliy tovarlar bozorining bir turi.
Shartnomada ijrochilar gastollarni o’tkazish shartlari, muximi ijrochilar
uchun beriladigan gonorar (ijod xaqi) kelishib olinadi.
Mahalliy bozor – bu muayyan mamlakatning davlat chigaralari
doirasi bilan cheklangan shaxar, rayon, viloyat xududlaridagi bozordir.
Bu bozorlarning mollar ko’lami va xilma-xilligi eng avvalo mahalliy
qishloq xo’jaligi, sanoatning rivoji va yo’nalishi bilan belgilanadi.
Shuning uchun bu bozorlardagi mollar asosan oziq-ovqat, keng iste’mol,
sanoat mollari, xo’jalik va uy-joy, qurilish buyunlaridan iborat bo’ladi.
Mahalliy bozorning turliligi, ularning xususiyatlari, shu yerli xalqning
boyligi bo’lib, bu ularning yzoq shakllangan taraqqiyotining natijasidir.
Reginal bozor deganda bir mamlakat doirasidagi regionlar o’rtasida
yoki bir necha chegaradosh davlatlar o’rtasida tashkil etilgan bozor
tushuniladi. Bu bozor ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi asosida yuzaga
keladi. Regional bozorning mahalliy bozorga nisbatan imkoniyatlari
ko’p bo’lib, mol turlari ancha keng va mehnat taqsimoti chuqurligi
sababli mol almashinish ko’lami ham kengdir. Chunki bu yerda bir
necha regionlar qatnashadi.
Jahon bozori – bu xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-birlariga
bog’langan turli mamlakatlar o’rtasidagi barqaror oldi-sotdi
munosabatlaridir. Jaxon bozori regional bozordan farq qilgan xolda
ishlab chiqarishning mamlakatlararo ixtisoslashuviga va shunga ko’ra
bir-biriga tovar yetkazib berish zarurligiga asoslanadi.
Bu yerda turli mamlakatlar ishlab chiqaradigan tovarlarning
hammasi emas, balki mamlakatlararo ayirboshlanishi zarur bo’lgan
turlarigina sotiladi. Binobarin, jahon bozorining tovar assortimenti
cheklangan bo’ladi. Ularga asosan asbob-uskuna, neft, ko’mir, metall,
paxta, don, choy, kofe, jun, yog’och kabi tovarlar kiradi. Regional va
mahalliy bozordagi ko’pgina tovarlar jaxon bozorida bo’lmaydi.
Injiniring xizmatlar bozori – bu jahon bozorning bir turi bo’lib,
injiniring xizmatlarining davlatlararo oldi-sotdi qilinishi.
Loyixalash, korxonalarni qurish, ularni jixozlash, ekspluatatsiya
qilish yuzasidan bo’lgan xizmatlarni maxsus injiniring firmalari
bajaradi. Eksport injiniring firmalari:
Chet eldagi ilmiy g’oyalar va texnik ishlanmalar bozorida
litsenziyalar sotadi;
Texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi;
Murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi;
Injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib,
yetkazib beradi ba x.k.
Injiniring xizmatlar bozorida asosiy xaridor rivojlanayotgan
davlatlar bo’lsa, sotuvchilar rivojlanayotgan mamlakatlardir.
Bozor o’z rivojida bir necha bosqichni bosib o’tadi.
Birinchi bosqich – bu tartibsiz bozor bosqichi. Bu bosqichda bozor
aloqalari stixiyali tarzda o’rnatiladi, ishlab chiqaruvchi uchun bozor
noma’lum bo’ladi. Bozor narxining qanday bo’lishini xech kim kuzata
olamaydi. Bu bozorda stixiyali kuchlar bamisoli tabiat kuchlari kabi
obyektiv ravishda sotuvchilar va xaridorlar ustidan xukmronlik qiladi.
Tartibsiz bozorda o’rnatilgan qoidalar amal qilmaydi. Bunday
bozor madaniylashgan yovvoyi bozor iqtisodiyotiga xos bo’lib,
o’tmishda mavjud bo’ladi. Xozirgi dehqon bozori, mol bozori va
chayqov bozorlari tartibsiz bozorda misol bo’la oladi.
Ikkinchi bosqich – bu rejali, tartiblanadigan bozor bosqichidir. Bu
shunday bozorki, unga xos bo’lgan qonunlar ko’r-ko’rona amal
qilavermaydi, bozor aloqalari shu qonunlarga oldindan moslashtirib
boriladi. Bu yerda ishlab chiqarish uchun bozorning xolati bir qadar
ma’lun bo’ladi. Bozor va uning segmentlari (kichik qismlari) oldindan
taxlil etilib o’rganiladi, ishlab chiqarish marketing xizmati orqali bozor
bilan uzviy bog’lanadi. Mana shunday bozor rivojlantirgan bozor
iqtisodiyotiga xos. Bunday bozor xozirgi rivojlangan mamlakatlarda
mavjud.
Boshqariladigan bozorda iqtisodiy munosabatlar davlat idoralari
beradigan buyruqlar va ko’rsatmalar asosida xal qilinadi. Nimani,
qancha, qay tariqa ishlab chiqarishni, kimga va qanday narxlar bilan
sotishni davlat raxbarlari o’zlari tuzgan rejalarga tayanib belgilaydilar.
Bozorni boshqarish – bozorni tashkil etish, uni rejalashtirish va tartibga
tushurishdan iborat faoliyatni o’z ichiga oladi.
Bozorni boshqarishda iqtisodiy, tashkiliy, ma’muriy va nixoyat,
ijtimoiy- psoxolik usullar qo’llaniladi. Bular turkumiga:
Davlat dasturlari;
Narxlarning yuqori chegarasini belgilash;
Korxonalar barqarorligini ta’minlash;
Narxlarning oshib ketishidan kelgan foydani soliqlar orqali
byudjetga olish;
Tovarni bozorga chiqarish yoki chiqarmay turishni ta’minlash
uchun tovar ishlab chiqaruvchilarga davlat xisobidan subsudiyalar berish
kabilar kiradi.
Bozorni boshqarishda albatta bozor qonunlarini xisobga olish
shart, u bozor muvozanatini ta’minlash qaratiladi.
Erkin bozor – bu raqobarli bozordir. Unda sotuvchilar va xaridor
ko’pchilik bo’lib, ulardan xech biri bozorda xukmron mavqeiga ega
bo’lmaydi, aksincha ular doimo raqobatda bo’ladilar. Raqobat
sotuvchilar bilan xaridorlar o’rtasini, shuningdek ularning o’zlari ichida
bo’ladi. Bu yerda narx-navoni xech kim nazorat qilmaydi, narx bozorda
erkin shakllanadi.
Rivojlangan davlatlarda qishloq xo’jaligi va kichik biznes
korxonalari maxsulotlarining bozorni erkin raqobatli bozorlarga kiradi.
Bunday sharoitda xar bir shaxs yoki kompaniya o’z saloxiyati bilan don
yoki go’sht ishlab chiqarish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin. Shu
ishlab chiqarishdan zarar ko’radimi yoki foyda topadimi, buning uchun
faqat shu shaxsning yoki kompaniyaning o’zi javob beradi. Ishlab
chiqarish to’xtab qolmasligi yoki sifarsiz, keraksiz maxsulot ishlab
chiqarishning oldini olishni shaxslar va kompaniyalar o’rtasidagi
raqobat belgilaydi.
Raqobat ko’zga ko’rinmasa xam, bozor iqtisodiyotini xarakatga
keltiruvchi asosiy kuchdir. Raqobat qarindosh-urug’chilikni, oshna
og’aynigarchilikni, ma’muriy buyruqbozlikni, umuman odamlar orasida
xar xil andish-muloxazani tan olmaydigan bir omilki, u oxir-oqibatda
turmush farovonligini ta’minlaydigan bir quroldir.
Monopollashgan bozor – bu ozchilik sotuvchilar va xaridorlar
xukmron bo’lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yo’q bozor.
Bu bozorning o’zi uch xil bo’ladi:
Monopol raqobatli bozor;
Oligopolistik bozor;
Sof monopoliya bozori.
Monopol raqobatli bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan firmalar
ishtirok etadi, ularning bozordagi xissasi katta bo’lmaydi. Ular bozorda
xar xil, lekin bir-birining o’rnini bosa oladigan tovarlar (masalan, kurtka,
plashch, palto) bilan ishtirok etadilar, ulardan xar biri boshqasi bilan
raqobatlashadi, ammo raqobat ishtirokchilari miqdoran cheklangan
bo’ladi.
Oligopolistik bozorda sanoqli, ozchilik firmalar va kompaniyalar
xukmron bo’ladi. Ammo ular xam raqobatlashadilar. Bu yerga bir xil
yoki farqlanuvchi tovarlar chiqariladi. Raqobat ko’p xollarda ishlab
chiqaruvchilar bilan xaridorlar o’rtasida yuz beradi. Oligopolistik
bozorda misol qilib Yaponiya avtomobil bozorini olish mumkin:
bozorda tovarlarning xammasi (100%) uchta firma -- ,,Toyota”,
,,Xonda” , ,,Nissan” firmalarinikidir.
Sof monopoliya bozorida sotuvchi sifatida bitta firma tanxo
xukmron bo’ladi. Butun bir tarmoq shu firmadan iborat bo’lib, undan
boshqa tovar yetkazib beruvchi bo’lmaydi, uning tovarini o’rnini
bosadigan boshqa tovar xam topilmaydi. Bu yerda raqobat bo’maydi.
Shunday bozorda misol qilib, AQSH dagi kompyuter bozorini olish
mumkin. Bu yerdagi tovarlarning 80-85 foizini tanxo IBM
korparatsiyasi yetkazib beradi.
Monopoliya ko’rinishlari qadimdan mavjud. Noyob maxsulot
yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv xavzalari, o’rmonlar va boshqa
tabiiy manbalar ozchilik qo’lida to’planib, egalariga monopol mavqe
bergan. Ular ma’lum maxsulotni bozorga tanxo yetkazib beruvchilarga
aylanib, u yerda xukmron bo’lganlar.
Monopol o’z tabiatiga ko’ra ishlab chiqarishda turg’unlik paydo
qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarf-xarajatlarni kamaytirmay
foyda ko’rish, raqobatning yo’qligu yoki zaifligidan foydalanib bozorda
o’z izmini o’rkazish mumkin.
Monopoliya
bozor
inkoniyatlarini
cheklaydi,
shu
sababli
respublikamizda Moliya vazirligi qoshida ,, Demonopolizatsiya va
raqobatni rejalashtirish” qo’mitasi tashkil etilgan.
,,Ochiq” bozor – bu tovarlarning boshqa yerdan erkin keltirib va
chegaralanmagan xolda oldi-sotdi qilinishidir. Ochiq bozor xorij mollari
uchun ochiq bo’lgan milliy yoki davlatlararo (regional) bozordir. Ochiq
bozor boj to’lovi bilan ximoya qilinmaydi, bu yerga tovarlar cheklanmay
oqib keladi.
Jahon bozori o’z tabiati bilan ochiq bozor xisoblanadi, unda xamma
mamlakatlararo bemalol qatnasha oladi. Milliy bozor bir tovar uchun
ochiq bo’lsa, boshqasi uchun yopiq bo’lishi mumkin. Umuman olganda
bozor iqtisodiyotiga erkin va ochiq bozor xosdir.
,, Yopiq “ bozor – bu uchki bozorga xos bozordir. Undagi tovarlar
xajmi va turlari eng avvalo maxalliy ishlab chiqarish tarmoqlarini
rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun bu bozordagi
mollar asosan oziq-ovqat, sanoat mollari, xo’jalik va uy-joy qurilish
buyumlaridan iborat bo’ladi.
,,Pinxoniy” bozor deganda qonunchilik tomonidan taqiqlangan tovar
va xizmatlar bilan oldi-sotdi qilish yoki faoliyat bilan shug’ullanish
tushuniladi. Bundaylarga:
Qurol savdo qilish;
Narkotik moddalar biznesi;
Qimorbozlik;
Foxishbozlik;
Valyuta bilan chayqovchilik qilish;
,,qo’lbola” spirtli ichimliklarni tayyorlash;
Reket (bosqinchilik qilish, qurollangan o’g’rilik);
Kontrabanda(chegaradan yashirincha mol-tovar o’rkazish yoki chet
elga g’ayri qonuniy mol chiqarish).
Yashirin biznes soliqlardan va ish kuchini yollashni tartibga solib
turuvchi qonun xujjatlaridan xoli bo’lganligi sababli ,,pinxoniy” bozorda
narxlar va ish xaqi, odatda, ,, rasmiy” bozorlardagiga nisbatan pastroq
bo’ladi. Aynan shu narsa, ,, pinxoniy” bozor qatnashchilariga g’ayri
qonuniy mo’may daromadlarni olishlariga imkon yaratadi.
,,Pinxoniy” bozor taqiqlangan bozordir. Shu sababli u davlat xuquq
organlarining doimiy nazoratida turadi. Qonunbuzarlar qonun oldida
javob beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |