. Bozor haqida umumiy ma’lumot.
,,Bozor” haqida so’z yuritganda, avvalo, uning lug’aviy ma’nosiga
e’tibor berish kerak bo’ladi.
Bozor – bu aloxida savdo-sotiq qiladigan maxsus joy. Dexqon
bozori. Mol bozori. Demak, lo’nda qilib aytganda, bozor – bu oluvchi
bilan sotuvchi uchrashadigan joydir. Bozor so’zidan quyidagi
tushunchalar shakllanadi:
Bozorbop – bu bozor suyadigan, xaridor yoqtiradigan, bozorgir
mol.
Bozorchi – bu bozorga savdo – sotiq extiyoji bilan kelgan kishi.
Bozori – bu bozorda sotish uchun mo’ljallab tayyorlangan bozorgir
mol.
Bozor-o’char – bu bozor, savdo-sotiq va ular bilan bog’liq bo’lgan
ikir-chikirlar.
Bozorchilik – bu bozorga xos muammolar qoidalari, rasm-rusm va
shu kabilar.
Jumladan:
Birinchidan, bozorda manfaatsiz shaxslar bo’lmaydi. Sotuvchi
qimmatroq sotish payida bo’lsa, oluvchi arzonroq xarid qilish xarakatida
bo’ladi.
Ikkinchidan, bozorda imtiyozli xaridor bo’lmaydi, xamma u yerda
teng xuquqli.
Uchinchidan, bozorda narx-navoni zo’rlab belgilash va nazorat
qilish mutlaqo mumkin emas. Bu bozorning o’z qonunidir.
To’rtinchidan, bozor – bu raqobat maydoni. Raqobat faqat
sotuvchilar o’rtasida emas, shuningdek xaridorlar o’rtasida ham yuz
beradi. Kurash yo’lini tanlash jihatidan raqobat xalol va g’irrom
raqobatga bo’linadi. Xalol raqobat bozordagi kurashda qabul qilingan,
xammaga ma’qul usullar bilan, bozor me’yorlariga asoslanadi.
G’irrom raqobatda taqiqlangan va qoralangan usullar, ya’ni
raqobatda qalloblik, ko’zbo’yamachilik, so’zida turmaslik, aldash,
iqtisodiy josuslik, qo’paruvchilik va xatto jismoniy zo’ravonlik kabi
jinoyatkorona usullar qo’llaniladi.
Bozor faqat xalol raqobatni tan oladi.
Beshinchidan, bozordagi eng ustun narsa – bu sifat bilan narx-
navodir.
Agar xaridorlar biron-bir mahsulotni sotib olmasalar yoki kamroq sotib
olsalar, demak, ushbu mahsulotning baxosi sifatiga nisbatan balandroq
qo’yilgan. Bunday xolda sotuvchining bozori kasodga uchraydi va
aksincha.
Oltinchidan, bozorda birov-birovdan hafa bo’lishi, gina-qudurat
ko’tarib yurishi yaramaydi, chunki bozor xarorati taklif va talabga
bog’liq. Taklifning talabdan orqada qolishi natijasida baxo ko’tariladi,
bu esa o’z navbatida xaridor va sotuvchi o’rtasidagi noroziliklarga olib
keladi.
Shunday qilib, bozor – bu tovar va xizmatlar ayirboshlanadigan joy.
U bo’lmasa, tovar va xizmatlarning oldi-sotdisi yuz bermaydi, takror
ishlab chiqarish sodir bo’lmaydi. Bozor tovar va xizmatlarni taklif
etuvchilar taqdirini belgilovchi toshu tarozi, oliy hakam bo’lib
xisoblanadi.
Tovar o’tsa, unga ketgan sarf ijtimoiy tan olinadi, o’tmasa, ya’ni
tovar kasodga uchrasa, unga ketgan sarf tan olinmaydi.
Bozor ijtimoiy extiyojlarni aniqlash vositasi bo’lib, u bamisoli
o’lchash asbobi – termometr kabi ishlab chiqarish xaroratini, uning
naqadar iste’molga mosligini o’lchaydi.
Bozorning vujudga kelishi uzoq tarixga ega. U tovar xo’jaligi
vujudga kelishi bilan paydo bo’la boshlagan. Tovar xo’jaligigacha
natural xo’jalik xukmron bo’lgan. Uning eng sof ko’rinishi ibtidoiy
jamoa tuzumi davrida bo’lgan, chunki o’sha davrda odamlar mehnat
taqsimoti, ayirboshlash va xususiy mulk nimaligini bilmas edilar.
Natural xo’jalik bozor iqtisodiyotiga qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning
asosiy shakli bo’lib kelgan. U asosan iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan
Sharq davlatlarida hukmronlik qilgan.
Natural xo’jalikka xos belgi – bu iqtisodiy avtarkizm, ya’ni asosan
o’zini-o’zi ta’minlab, tashqi muhit bilan kamdan-kam aloqaga
kirishishdir. Shu sababli u iqtisodiy ravnaqni ta’minlashga qodir emas
edi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining vujudga kelishi natural xo’jalikning
o’rniga tovar ishlab chiqarishning va mahsulotning natural shaklining
tovar shakli o’rin almashishga olib keldi.
Urug’chilik jamoalari o’rtasida bevosita tovar ayirboshlash
bozorning dastlabki shakli bo’lgan. Bunda kishilar ortiqcha
mahsulotlarni bir-birlari o’rtasida almashtiradilar. Tovar xo’jaligi
bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishni bildiradi. Tovar
xo’jaligi bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishni bildiradi.
Tovar xo’jaligi natural xo’jalikdan farqli o’laroq, mahsulot ishlab
chiqaruvchilar bilan iste’mol qiluvchilarning bozor orqali, ya’ni
tovarlarni olish-sotish orqali aloqa qilishini taqozo etadi.
Shunday qilib, bozorning paydo bo’lishi tasodif emas, balki qonuniy
zaruratdir. Uni kishilar bekorchilikdan o’ylab chiqmaganlar. U
kishilarning xoxish-irodasidan tashqarida, tovar ishlab chiqarishning
paydo bo’lishi bilan ob’yektiv tashqarida, tovar ishlab chiqarishning
paydo bo’lishi bilan ob’yektiv tarzda paydo bo’ladi. Uni iqtisodiy
zarurat yuzaga keltirgan, chunki mahsulotlarni faqat bozor orqali
ayirboshlash mumkin.
Bozorga tovar egasi uni sotish uchun, xaridor esa uni olish uchun
chiqadi. Sotuvchilar – bu tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer
xo’jaliklari, yakka tarzda ishlab chiqaruvchi kishilardir. Xaridor esa
jamiki iste’molchilar, ya’ni xonadonlar, resurslarni olib ishlatuvchi
firmalar, davlat idoralari va yakka tartibda ishlab chiqaruvchilar bo’ladi.
Agar aholi bozordan iste’mol buyumlari va xizmatlarni sotib olsa,
firmalar va yakka tartibda ishlovchilar asbob-uxkuna, mashinalar,
yoqilg’i, elektr energiya, xomashyo va ishchi kuchini sotib oladilar.
Bozorda tovarlarni pul vozsitasida ayirboshlash, ya’ni oldi-sotdi
munosabatlari paydo bo’ladi.
Bozor quyidagi vazifalarni bajaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |