Bozorning turli asnolarda tuzilishi.
Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning
ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil
me’zonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning yetuklik darajasi,
sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari
xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik
(erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlariga bo’linadi.
Rivojlanmagan, shakllanmagan bozor ko’proq, tasodifiy tavsifga ega
bo’lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko’proq
qo’llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan
davrga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda
pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga
o’tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin.
resurslar
xarajatlar
Iste’molchilik sarflari
Tovarlar va xizmatlar
Firma koraxona
Resurslar bozori
Iste’mol tovarlar bozori
Uy xo’jaliklari
Davlat
(Iqtisodiyot nazariyasidan chizma)
Erkin(klassik) bozor-tovar va xizmatlarning har biri turi bo’yicha juda
ko’p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib
oluvchilardan iborat bo’lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular
o’rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o’rtasidagi
nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo’llaniladi,
aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori – bunda davlat ham bozor
ishtirokchisi bo’lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli
xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar
rivojlangan bo’ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi
yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o’rtasidagi farqlar kamayadi.
Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor
subyektlari o’rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati.
Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo’lishi mumkin. Bular
mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori,
London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy
bozorlar (O’zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya
bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar
(Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G’arbiy Yevropa bozori) va nihoyat
jahon bozori.
Bozorning barcha subyektlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar
iste’mol tovarlari va resurslar bozori orqali ancha to’liq va yorqin
nomoyon bo’ladi. Shu sababli bozorning ikki turi va uning subyektlari
o’rtasida amalga oshiriladigan oldi-sotdi bitimlarining ko’rgazmali
tavsifini keltiramiz.
Rasmda ko’rib turganingizdek bozorning turli asnolarda bog’liqligi
keltirilgan.
Bozor iqtisodiyoti va uning umumiy tasnifi.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti bozor iqtisodiyotini umuminsoniy
iqtisodiyot ekanligini ko’rsatdi.
Bozor
iqtisodiyoti ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lib,
taraqqiyotning xozirgi bosqichidagina umuminsoniy qadtiyat darajasiga
ko’tarildi.
Bozor iqtisodiyoti o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlarni bosib
o’tdi.
Dastlabki,
< >,
erkin,
tartibga
solinuvchi,
deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti.
1.
Dastlabki, <> bozor iqtisodiyoti. Bu bosqichda bozor
iqtisodiyoti endigina shakllana boshlaydi. Bozor munosabatlari,
aloqalari tasodifiy yuz berib, bir tovarni ikkinchi tovarga ayirboshlash
tarzida yuz beradi. Lekin shu paytdanoq bozor katta ro’l o’ynay
boshlagan. Jamiyat a’zolarining tabaqalanishiga, u yoki bu tovarni ishlab
chiqarishni rivojlantirishga axamiyat berish boshlangan.
2.
Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti. U tarmoq, bir-
biridan ajralgan, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar maqsadi va
xarakati bir-biri bilan oldindan mutlaqo kelishilmagan faoliyatdan
iborat. Albatta, erkin-stixiyali bozor iqtisodiyotining xam dastlabki
bosqichi bilan keyingi klassik bosqichi o’rtasida farq bor. Lekin,
umuman olganda, klassik bozor iqtisodiyoti qator xususiyatlari bilan
ajralib turadi:
1.
Bozor munosabatlari qatnashchilarining miqdori cheklanmagan,
ular o’rtasida erkin raqobat kurashi mavjud.
2.
Jamiyatning barcha a’zolari xoxlagan xo’jalik faoliyati bilan
shug’ullanishlari mumkin.
3.
Ishlab chiqarish
omillarining yuqori darajada safarbarlik
imkoniyati mavjudligi : kapitalning ko’chib yurishiga to’sqinliklar yo’q.
4.
Bozordagi
o’zgarishlar
to’g’risidagi
axborotlarni
olish
imkoniyatining kattaligi.
5.
Bir turdagi tovarlarning absalyut darajada o’xshashligi (savdo
markasi yo’q).
6.
Monopoliyalar yo’q, bozorga, uning faoliyatiga davlat
aralashmaydi.
7.
Noma’lum bozor uchun ko’r-ko’rona ravishda tovar ishlab
chiqarish, ularning sotilish-sotilmasligi noma’lumligi.
8.
U o’z navbatida iqtisodiyotni qiyinchiliklarga, iqtisodiy tanglik va
buxronlar, iqtisodiy talafotlar orqali rivojlanishiga olib keladi.
9.
Yakka, individual xususiy mulkning xukmron bo’lishi, mulkning
ozchilik qo’lida to’lanishi, natijasida:
a)
Odamlarni o’ta boy va o’ta kambag’al tabaqalarga ajralishiga olib
keladi;
b)
G’irrom raqobat olib borish uchun muxit yaratadi.
Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab
chiqarilgan tovarlar miqdori, sifati jihatidan talabga mos kelishi yoki
kelmasligi, ularga sarflangan xarajatlar bergilangan narx bilan qoplanib,
foyda ko’riladimi yoki yo’qmi bozorda aniqlanadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan ishlab chiqaruvchilar xaridor
talabiga moslashish yo’llarini qidiradilar.
Lekin, umuman olganda, erkin bozor bu abstraksiya. Xaqiqatda
to’liq erkinlik yo’q, bo’lishi mumkin xam emas. Faqat iqtisodiyot
yutuqlarini anglash, mavjud yuridik qonunlarni bilish asosidagina o’z
faoliyatini eng ko’p foyda oladigan tarzda yo’lga qo’yish mumkin.
To’liq iqtisodiy erkinlikning bo’lishi mumkin emas, lekin iqtisodiyot
rivojlanishini ta’minlaydigan darajada yetarli erkinlik mavjud.
3.
Kishilik jamiyati uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida erishgan
iqtisodiyot – bu sivilizatsiyalashgan iqtisodiyotdir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotida davlat kutilmaganda yuz
beradigan tangliklarni yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash orqali
ta’sir ko’rsatadi. Albatta, bu chora-tadbirlar xo’jalik yurituvchi
subyektlar faoliyat erkinligini, ijodiy mehnat va tashabbuskorlikni
cheklashga olib kelmasligi kerak.
Sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotining ham o’ziga xos belgilari
bor:
1.
Xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari xam mavjud
bo’ladi.
2.
Ishlab chiqarish bozor talabini xisobga olgan xolda olib boriladi.
Marketing muhim ro’l o’ynaydi. Noma’lumlik kamayadi.
3.
Xalol raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari
qo’llaniladi.
4.
Iqtisodiyot subyektlari o’rtasida uzoq davrga mo’ljallangan doimiy
a’loqalar, o’zaro manfaatli sherikchilik munosabatlari qaror topadi.
5.
Davlat iqtisodiy xayotga aralashib, iqtisodiyotni tartiblashda
qatnashishi tufayli chuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi. Agarda ular
yuz bersa xam undan tezda chiqib ketish chora-tadbirlari belgilanadi.
6.
Iqtisodiyot yuksak darajaga erishganda jamiyat boy bo’ladi,
shuning uchun tadbirkorlar faqat boy bo’lish uchun emas, balki obro’-
e’tibor qozonish, xurmatga sazovar bo’lish uchun xam xarakat qiladilar.
7.
Iqtisodiyot ijtimoiy yo’naltirilgan, kambag’allarga yordam berish,
ommaviy farovonlikni ta’minlashga qaratilgan bo’ladi.
8.
Odamlarning iqtisodiy tabaqalanishi cheklanadi. Jamiyatda o’ziga
to’q o’rta xol axoli asosiy qatlamni tashkil qiladi.
Sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solish faqat
bozorning salbiy oqibatlarini cheklashga qaratiladi. Bundan shunday
xulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo,
o’zini-o’zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat xam iqtisodiyotni
tartibga solishga ta’sir ko’rsatadi.
Bozorni boshqarishda iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy va nihoyat,
ijtimoiy-psiholik usullar qo’llaniladi.
Faqat, iqtisodchi V.Leontev ko’rsatganidek, eng muximi bozorni
o’zini-o’zi boshqarish bilan davlat tomonidan tartibga solishning
optimal darajasini topishdir. Xozirgacha bu talabga ideal darajada javob
beradigan davlat yo’q.
Bozor iqtosodiyotini tartibga solishda davlatning xaddan tashqari
aralashuvi bozor iqtisodiyotining deformatsiyalashuviga olib keladi.
4.
Deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti. Ma’muriy-buyruqbozlikka
asoslangan
totalitar,
markaziy
rejalashtiriladigan
tizim
deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyotiga eng yorqin misol bo’la oladi.
U o’zining quyidagi jihatlari:
1.
Turli mulk shakllariga asoslangan bozor subyektlarining yo’qligi.
2.
Resurslarni taqsimlash xaddan tashqari markazlashtirilib, tijorat
faoliyatida mustaqillikning yo’qligi.
3.
Ishlab chiqarishda monopoliyalarning xukmronligi.
4.
Talab va taklif muvozanatining buzilishi, uning borgan sari
kuchayib borishi.
5.
Milliy ishchi kuchi bozorining yo’qligi.
6.
Tovar-pul
munosabatlarining
deformatsiyalashuvi,
nobozor
munosabatlarining ustunligi.
7.
Samarali xo’jalik faoliyati yurutishga intilishning yo’qligi, barcha
subyektlar iqtisodiy manfaatlarining deformatsiyalashuvi va boshqalar
bilan xarakterlanadi.
Natijada:
a)
Tovar taqchilligi kuchayadi;
b)
Iste’molchilarning tanlab olish imkoniyati tobora cheklanib boradi.
c)
<
>, chayqov bozori tobora gullab-yashnab
boradi.
Bozor iqtisodiyoti deformatsiyalashuvini tugatish orqaligina,
bozorning rivojlanishi uchun normal sharoit yaratilgan taqdirdagina
uning salbiy oqibatlarini tugatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining ibtidoiy hamda madaniylashgan bosqichlari
o’rtasida katta farq mavjud. Bozor iqtisodiyoti yetuklik bosqichiga ko’ra
o’zining sifat belgilari bilan farq qiladi.
Bozor iqtisodiyotining moxiyati uning asosiy belgilarida namoyon
bo’ladi. Ular quyidagilar:
1.
Bozor iqtisodiyoti mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanadi.
Xar qanday jamiyatning iqtisodiy asosi, iqtisodiy tizimi mulkchilikdan
boshlanadi. Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka qarab, jamiyatda xar
bir kishining mavqei, ya’ni sotsial maqomi yuzaga keladi.
Barcha mulk shakllari tengligini ta’minlash asosida mulk
monopoliyasi (yakka hokimligi)ga yo’l qo’yilmaydi. Mulk shakllari
cheklanmagan xolda rivojlanadi. Mulk shakllariga xos tarzda xo’jalik
yuritish usullari xam turli-tuman bo’lib, bu o’z navbatida birinchidan,
xar bir insonning tabiat in’om etgan aql-zakovati, farosati va boshqa
xislatlariga ko’ra faoliyat turini erkin tanlash imkonini beradi.
Mulkchilik turli shakllarning mavjudligi va ularning tengligi iqtisodiy
plyuralizmning asosidir. Ikkinchidan, mulkchilikning turli-tumanligi
jamiyatda raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratadi.
2.
Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot. Iqtisodiy faoliyat erkinligining
asosi ishlab chiqarish omillari va yaratilgan tovarlarning mulk obyekti,
mulk egalarining esa mustaqil bo’lishidir.
Xar bir kishi mavjud qonunlarni buzmay xoxlagan iqtisodiy
faoliyati
bilan shug’ullanishi mumkin. Buning uchun asos
mulkchilikning turli-tumanligi va teng xuquqligi qonuniy ravishda
ta’minlangan.
3.
Bozor iqtisodiyoti yakka xokimlik (monopolizm)ni inkor etuvchi
iqtisod. Iqtisodiy monopolizm – korporatsiya, firma, tashkilot yoki
davlatning iqtisodiyotda yoki biror soxada tanxo xukmronlik qilinishidir.
Monopolizmning asosi iqtisodiyotda muayyan mulk shaklining tanxo
xukmronligidir. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra turg’unlikni paydo
qiladi, tashabbusni chegaralaydi va xokazo. Shuning uchun xam bozor
iqtisodiyoti monopolizm bilan chiqisha olmaydi. U antimonopol
yo’nalishga ega.
4.
Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy o’rin tutadi. Raqobat bozor
iqtisodiyotini xarakatga keltiruvchi, tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi
kuch xisoblanadi. Raqobat kurashi mehnat unumini oshirishga, ish
sifatini yaxshilashga, yangi texnika, texnologiyani joriy qilishga,
iqtisodiy resurslarni kam sarflagan xolda ularni samarali ishlatishga
undaydi.
2.3
Do'stlaringiz bilan baham: |