O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana18.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#383852
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ozbekistonni jaxon xamjamiyati davlatlari orasida tutgan orni

      Oltinchidan,

 tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan sarf-xarajatlarning 

naqadar  o’rinli  ekanini,  ularni  naqadar  jamiyat  tan  olishini  aniqlash, 

harajatlarni  pasaytirishga  undaydi.  Agar  mehnat  tovarga  behuda  

sarflangan  bo’lsa,  bozor  uni  tan  olmaydi.  Bozor  qiymatni    tovar 

shaklidan pul shakliga aylantiradi. 

      

Yettinchidan,

 xalqlar va davlatlar o’rtasidagi bir-biriga bog’liqlik va 

teng  xuquqli  iqtisodiy  aloqalarni  kengaytirish  va  mustaxkamlash 

vazifasini  bajaradi.  Bozor  mehnat  taqsimotini  chuqurlashtirib,  ishlab 

chiqarishning  davlatlararo  miqyosda  aniq  ixtisoslashuvini,  xalqaro 

miqyosdagi talab-extiyojni mo’ljalga olib yuritilishini taqozo etadi. 

      Qayd  qilingan  vazifalarning  barchasi  bir-biri  bilan  bog’liq  va 

birgalikda  amalga  oshadi.  Buning  uchun  bozor  turlari  bir-birini  taqozo 

etishi shart. 

      Bozor  tizimining  o’ziga  xos  ijobiy  va  salbiy  tomonlari    bor. 

Markaziy ma’muriy boshqarish tizimiga asoslangan iqtisodiyot o’zining 

xayotiy  emasligini,  axolining  o’sib  boruvchi  extiyojlarini  ta’minlay 

olmasligini  yaqqol  ko’rsatdi.  Xayot  u  tizimni  yuqori  samara  beruvchi, 

inson  manfaatlariga  mos  tushuvchi  va  unga  xizmat  qiluvchi  yangi 

iqtisodiy  tizim,  ya’ni    bozor  tizimi  bilan  almashtirish  lozimligini  kun 

tartibiga ko’ndalang qilib qo’ydi. 

      Bozor  tizimining  asosiy  ustunliklari  uning  bajaradigan  qator 

vazifalaridan  kelib  chiqsa-da,  ayrim  ijobiy  jihatlarini  quyidagi  qiyosiy  

taqqoslash ko’rinishidagi jadvalda keltiramiz. 

      Bozor  tushunchasi  bozor  iqtisodiyotining    markaziy  kategoriyasi 

bo`lib,  iqtisodiyot  nazariyasida  ham,  xo`jalik  yuritish  amaliyotida  ham, 

barcha  mamlakatlar  tajribasida  ham  qo`llaniladigan,  ilmiy  amaliy 

tushunchadir.  Bu  tushuncha  yuzaki  qaraganda  oddiy  tushunchaga 

o`xshab  ko`rinadi,  ayrimlar  bozorni  tovarlar  sotiladigan  va  xarid 

qilinadigan  joy  deb  o`ylashadi.  Lekin  uning  ichki  mazmuniga  e’tibor 

berilsa,  u  ko`p  qirrali  bo`lib,  mazmuni  o`zgaruvchan  ekanligidan  turli 

davrlarda  turli  ma’noni  anglatishini  bilib  olish  mumkin.  Bozor 

tushunchasi  tovar  ayirboshlashning  kelib  chiqishi  va  rivojlanishi  bilan 

bog`liq bo`lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining davrlarida kelib chiqqan va 



dastlab  tovar  almashuv,  tovar  ayirboshlash  joyi  yoki  maydoni    degan 

mazmunni anglatadi. 

     Dastlab  ikki  yoki  bir  necha  qabilalarning  a’zolari  bir  birlari  bilan 

tovar 


almashuv 

joyi 


sifatida 

namoyon 


bo’lgan 

bo’lsa, 


xunarmandchilikning  rivojlanishi,  shaharlarning  kelib  chiqishi  bilan 

alohida maydonlar ajlratilib, <>, deb e’lon qilindi. 

     Shu  maydonda  (joyda)  kishilar  oldi-sotdi  qilishgan.  Lekin  bozor  u 

davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko`rinishida, ya’ni bir tovarga boshqa 

tovarni  ayirboshlash  shaklida  bo`lib,  o`z  tovarini  boshqa  tovarga 

ayirboshlashda  vaqt  va  masofada  farq  bo`lmagan,  bir  birlariga  bir 

vaqtning  o`zida  o`sha  joyda  ayirboshlash  sodir  bo`lgan.  Lekin  tovar 

ayirboshlash  rivojlanib,  uning  ziddiyatlari  kuchayib  borishi  natijasida 

pulning  kelib  chiqishi  bilan  sotish  va  sotib  olish  turli  xil  jarayonda 

bo`lingan va T-P-T ko`rinishida bo`la boshlagan. Tovarni sotish T-P va 

sotib  olish  P-T  zamon  va  makon  jihatidan  bir  vaqtda  bo`lmasligi 

mumkin. Chunki sotuvchi o`z tovarini bir paytda  sotib pul qilib, boshqa 

paytda , boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin. Pulning kelib 

chiqishi  bilan  savdogarlar,  ya’ni  tovarlarni  ishlab  chiqaruvchidan  olib 

iste’molchiga,  bir  joydan  olib  ikkinchi  joyga  sotish  bilan 

shug`ullanidagan maxsus qatlamlar paydo bo’ldi. 

        Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga 

keldi.  Bu  soha  tovar-  pul  xarakatini  tezlashtirish  imkoninin  berib, 

iste’molchi  bilan  ishlab  chiqaruvchini  bog`laydigan  vositaga  aylandi. 

Bunda ishlab chiqaruvchi va iste’molchining bir-birlari bilan uchrashishi 

shart  bo`lmay  qoldi.  Ularning  savdogarlik  vositachilar  orqali  aloqa 

qilishlari yo`lga qo`yildi. Endi bozor tusunchasining mazmuni o’zgarib, 

yangi  ma’no  kasb  etadi,    ya’ni  tovar-  pul  muomalasining  yangi  shakli 

sifatida  namoyon  bo’la  boshladi.  Oldi  –sotdi  jarayonida    yangi  o’ziga 

xos muhim tovar  –ishchi kuchining paydo bo`lishi bilan bozor umumiy 

tus olib, uning mazmuni  yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan 

tovar  va  xizmatlargina  emas,  balki  ishlab  chiqarish  vositalari  va  ishchi 

kuchi  ham  bozor    jarayoni  orqali  o`tib,  ishlab  chiqarishga  jalb  etila 

boradigan  ularning  bir-biriga    o’zaro    ta’siri  to’g’ridan-to’g’ri  bo’lmay, 

yoki bilvosita, bozor orqali sodir bo`ladigan bo`ldi. 

        Shunday  qilib,  xozirgi  davrda  bozor  ishlab  chiqaruvchilar  bilan 

ist’molchilarning ko’p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o’zaro bir-




birlariga  bo’lgan  ta’sirini  bog’laydigan  bo’g’in    jamiyat  taraqqiyotida 

modda  almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. 

        Bozorning  asosiy  belgilari    sotuvchi  va  haridorlarning  o’zaro 

kelishuvi, 

ekvivalentlilik 

 

tamoyilini 



asosida 

ayirboshlash 

yurituvchilarning    harajatlari  qoplanib,  foyda  olishi    va  to’lovga    qodir 

bo’lgan  haridorlarning  talabini  qondirish  va  roqobatchilikning    mavjud 

bo’lishidan  iboratdir.    Bozor  iqtisodiyotiga  o’tayotgan    boshqa  hamma 

mamlakatlardagi  kabi  bizning  mamlakatimizda  ham  o’tish  davri 

suronlarida ayrim adabiyotlarda bozor tushunchasiga yengil-yelpi qarab, 

uning  almisoqdan  qolgan  eski,  bir    tomonlama,  hozir  ma’nosini 

yo’qotgan  ta’rifini  ko’rsatish  xollari  uchramoqda.  Turli  kishilar 

tomonidan yozilgan maqola va kitoblarda bozorga turlicha ra’rif berilib, 

u  qizg`in  munozaralarga    sabab  bo’lmoqda.  Ayrim  mualliflar  bozorni 

sotuvchi  va  haridorlar  tartibsiz  to’planib,  juft-juft,  to’p-to’p,  gurux-

gurux  bo’lib  oldi-sotdi  qiladigan  joy  deb  xisoblasalar,  ayrimlari  uni 

kishilarga  rizqu  ro’z  ulashadigan  fayzu  barakatli,  sirli  daturxon  deb 

ataydilar. 

        Boshqa  bir  gurux  mualliflar  esa  bozorni  ishlab  chiqaruvchi  va 

iste’molchilarni, ayniqsa, sodda dehqonlarni aldash evaziga yashaydigan 

va  boyidigan,  aldamasa  tura  olmaydigan  muttahamlar,  tarozidan 

uradigan  qalloblar,  birga  olib,  o’nga  sotadigan  noinsof  olib  sotarlar, 

firibgar  vositachilar  to’planadigan,  kishilarni  aldashning  turli  xiyla-

nayranglari ishlatiladigan bir nopokiza  makon sifatida  ta’riflaydilar. Bu 

ta’riflar  ma’lum  darajada  bozorning  ijobiy  yoki  salbiy  tomonlarini  va 

uning  oldi-sotdi  qilish  joyi  ekanligini  ifodalasada,  shu  bilan  birga  unga 

tor  doirada  bir  tomonlama,  yuzaki  qarash  natijasi  bo’lib,  uning  haqiqiy 

ichki mazmunini, vazifasini, tutgan o’rnini ochib bera olmaydi. 

        Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga 

kelishi,  ularning  rivojlanishi  natijasida  kelib  chiqqan    iqtisodiy 

jarayondir.  

        Bozor  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste’molchilar,  sotuvchilar  va 

haridorlar  o’rtasida  pul  orqali  ayirboshlash  (oldi-sotdi)  jarayonida  

bo’ladigan  iqtisodiy  munosabatlar  yigi’ndisidir.  Bunda  bozorning 

moddiy  asosini  joy  emas,  balki  tovar  va  pulning  harakati  tashkil  etadi. 

Bozor  tushunchasi  iqtisodiyotning    to’rtta  fazasi  (ishlab  chiqarish, 

ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol  jarayonlari) dan faqat ayirboshlash 




jarayonidagi  iqtisodiy  munosabatlarni  o’z  ichiga  oladi.  Bozorda  hech 

qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi, kishilarga baxt, rizqu 

ro’z  xam  ulashilmaydi,  lekin  unda  turli  mamlakatlarda,  jumladan, 

O’zbekistonda  mavjud  bo’lgan  minglab  korxonalarda  ishlayotgan  

millionlab  qo’li  gul  mehnatkashlar  tomonidan  yaratilgan  tovar  va 

xizmatlar, ko’chmas mulklar, iqtisodiy resurslar, shchi kuchi tovar pulga 

sotiladi  va sotib olinadi. 

        Unda  oldi-sotdi  jarayonidagi  zarur    bo’lgan  xizmatlar  bajariladi. 

Xar  bir  jismoniy  shaxs  yoki  korxona  o’zi  ishlab  chiqargan  tovar  yoki 

xizmat  turini sotadi va o’ziga kerakli bo’lgan yuzlab tovar turlarini sotib 

oladi.  Bu  oldi-sotdi  jarayonida  bozor  subyektlari    ya’ni  oldi-sotdi 

qilayotgan kishilar bir-birini ko’rmasliklari, tanimasliklari xam mumkin. 

Ular  turli    xujjatlar  ,  shartnomalar,  namunalarga  binoan  vositachi 

tashkilotlar  orqali  savdo  qilishlari  mumkin.    Respublikamizda  ishlab 

chiqarilayotgan  paxta,  pilla,  oltin,  mashina,  traktor,  stanok,  samolyot, 

asbob  –uskuna,  o’g’it,  urug’  va    boshqa  yuzlab  tovar  va  xizmatlarning 

o’z  yaratilgan  joyidan  shartnomalarga  binoan  tog’ridan-to’g’ri 

iste’molchilarga  jo’natilgan  fikrimizning  dalili  bo’lib,  bozor  aloxida 

savdo-sotiq  qiladigan  joy  deb  tushunish  to’g’ri  emasligini  ko’rsatadi. 

Undan  tashqari  tovar  va  xizmatlarni  pul  orqali  oldi-sotdi  qilish 

jarayonida ayrim shaxslar yoki korxonalar sarflangan mehnat va moddiy 

xarajatlarga nisbatan yuqori darajada ortiqcha foyda oladi, tez  boyiydi, 

ularning  ayrimlari  esa  foyda  olish  u  yoqda  tursin,  qilgan  sarf 

harajatlarini  ham qoplay olmay, katta zarar ko’radilar, sinib xonavayron 

bo’ladilar.  1997-yilda    Respublikamiz  qishloq    xo’jaligida    662  ta, 

boshqa sohalarda  302 ta korxona zarar  ko’rib, shundan 300 ta  qishloq 

xo’jaligi  korxonalari bu zararni  o’zining mol-mulki  xisobidan qoplashi 

mumkinligi, qolgan 332 tasi  esa o’z zararini qoplay olmay xonavayron  

bo’lishga  maxkum  ekanligi,    sanoat  va  bankrot  deb  e’lon  qilinganligi 

302  ta  zarar  ko’rgan    korxanalardan  145  tasi  bankrot  deb  e’lon 

qilinganligi,  1999-yilda    esa  898    ta  qishloq  xo’jaligi  korxanalari 

shirkatlarga aylantirilib, ularning 12,3 foizi, ya’ni 119 ta shirkat xo’jaligi 

yilni  zarar    bilan  yakunlaganligi  ,  2000-yilda  esa  139  ta  korxona  o’z 

faoliyatidan    1385,0  mln.so’m  zarar  ko’rganligi,  bozorning  yoppasiga  

baxt-saodat keltiruvchi afsonaviy joy emasligini yana bir bor isbotlaydi. 

Endi nima uchun bu bozorda kimlardir mehnat qilmasdan yoki sarflagan 




xarajatlariga nisbatan boshqalardan ortiqcha  daromad oladi, boshqacha 

esa  sarf-xarajatlarini  qoplay    olmay,  mehnatiga  yarasha  daromad  qila 

olmaydilar,  xonavayron    bo’ladilar?-  degan  savol  hammani  qiziqtiradi. 

Shuni  aytish  lozimki,  bozorda  hech  qanaqa  iloxiy  yoki  afsonaviy  kuch 

yo’q,  aytilganlarning  hammasi  bozor  munosabatlarining  o’zidan  kelib 

chiqadi.  Bozorga  sotishga  chiqarilgan  tovar  va  xizmatlar  talabga 

nisbatan  kam  bo’lsa,  baxolar  oshib  ketadi,  ayirboshlashning 

ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovardan sotuvchi keragidan 

ortiq daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha, bozorda tovarlar miqdori 

talab  miqdoridan  oshib  ketsa,  baxolar  pasayib  ketib,  sotuvchilar  zarar 

ko’ra  boshlaydilar.  Buning  ustiga  ishlab  chiqarish  jarayonida 

sustkashlik,  no’noqlik    va  xo’jasizlik  yuz  berib,  ortiqcha  harajatlarga 

yo’l qo’yilgan bo’lsa , zarar yanada oshib ketadi, chunki, bozor bunday 

ortiqcha bexuda sarflarni xisobga olmaydi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 

 



 

 

                    2.2. 




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish