138
olishligiga, to‘g‘ridan- to‘g‘ri aniqlikda - mehnat predmetlari, axborotlar va
hakazolami o‘tishining muvofiq yoliga,
bir maromdalikda
-
boshqamv jarayonlarini bajarilishining vaqtdagi tengligiga, uzviylikda - ish
vaqtidan boshqamv jarayonlarini bajarish uchun ko‘proq foydalanishga
erishiladi.
Bu shartlarga rioya qilinishiga erishish uchun jarayonlar va harakatlami
takrorlanishini oshirish zarur, bunga turli xarakterdagi ayrim jarayonlami
unifikatsiya
35
lash va bir turga keltirish yo‘li bilan erishiladi.
Menejer tomonidan vakolatlami qo‘li ostidagilarga topshirilishi
boshqaruvni ratsional tashkil qilinishining muhim sharti bo‘ladi, keyingilar
o‘zlariga topshirilgan sohalarda qarorlar qabul qiladilar va ulami amalga
oshiradilar. Topshirish vazifalar va qarorlar qabul qilish huquqini ulami
bajarish bo'yicha majburiyatlarni o‘ziga oluvchi shaxsga topshirilishini
bildiradi.
Topshirish jarayoni o‘z ichiga quyidagi harakatlami oladi:
•
majburiyatlarni belgilash;
•
talab qilinadigan natijalami belgilash;
•
kerakli vakolatlami topshirish va zaruriy natijalarga erishish bo‘yicha
majburiyatlarni zimmasiga yuklash.
Motivatsiya-o‘zini va boshqalami maqsadlarga erishish uchun faoliyatga
undash jarayonidir.
Rahbarlar doimiy ravishda xodimlami, ular buni his qiladilarmi yoki
yo‘qmi, undaydilar. Qadimgi vaqtlarda buning uchun qamchi va qo‘rqitishlar,
tanlab olinganlar uchun mukofotlar xizmat qilganlar.
XX asrga qadar shunday fikr keng tarqalganki, odamlar hamma vaqt ham
ularga ko‘proq pul ishlab topish imkoniyati berilganda yaxshiroq ishlaydilar,
ya’ni motivatsiya qilinayotgan harakatlami pul mukofotlariga almashtirilishi
bilan tenglashtirilgan. Ammo keyingi tadqiqotlar bunday yondoshuvni asossiz
ekanligini aniqlab bergan va motivatsiya ehtiyojlami murakkab yig‘indisining
natijasi ekanligini ko‘rsatadi. Xodimlami rag‘batlantirish uchun rahbarga
ulaming
ehtiyojlarini aniqlash zarar, ular yaxshi ish orqali qanoatlantiriladilar.
To‘g‘ri motivatsiya-odamlami baxtli va samarali ishlashining asosiy
kalitidir!
35
Unifikatsiya (lotin. unus " bir "+ facio " qiiaman; birlashma») - yagona tizim yoki shaklga olib kelish. Manba:
https://ru.wikipedia.org/wiki/
Унификация
Motivatsiyaga jarayon sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. Shuning
uchun uni quyidagi oltita shartlarning ma’lum darajasida ketma-ket keluvchi
bosqichlar ko‘rinishida tasawur qilish mumkin:
1.
ehtiyojni vujudga kelishi;
2.
ehtiyojni qanoatlantiruvchi, bartaraf qiluvchi yollami qidirib topish;
3.
harakatlaming maqsadlari (yo‘nalishlari)ni belgilash;
4.
kerakli harakatlami amalga
oshirish;
5.
amalga oshirilgan harakatlar uchun mukofotlar olish;
6.
ehtiyojlami qanoatlantirish, bartaraf qilish.
Motivatsiya
jarayoni
motivatsiyaning
mazmuniy
nazariyalarini
tushuntirib beradi. Ularda odamlami harakat qilishga undovchi, ayniqsa
ishning hajmi va mazmunini belgilashdagi asosiy ehtiyojlar aniqlanadi.
Motivatsiyaning konsepsiyalarini ishlab chiqishda A.Maslou, F.Gersberg, D.
Mak Klellandlaming asarlari katta ahamiyatga ega boigan.
Amerikalik ruhshunos A.Maslouning (1908-1970) nazariyasi bo‘yicha
ehtiyojni qat’iy iyerarxik tuzilma ko‘rinishida joylashtirish mumkin. U pastki
bosqichlardagi ehtiyojlar odamga yuqoriroq bosqichdagilarga qaraganda
oldinroq ta’sir qiladilar deb hisoblaydi. Real vaqtda inson o‘zi uchun
muhimroq yoki kuchliroq boigan ehtiyojni qanoatlantirishga harakat qiladi.
Keyingi bosqichdagi ehtiyoj pastroq bosqichdagi ehtiyojni qandirgandan keyin
insonning hulqidagi qudratliroq omil boiadi.
Fiziologik ehtiyojlar yashab qolish uchun zarur boigan ehtiyojlardir.
Insonning fiziologik ehtiyojlari insonlaming va butun xalqlaming xulq-
atvorining eng muhim vositasidir
36
. Ular o‘z ichiga ovqatga, suvga, uy- joyga,
dam olishga boigan ehtiyojlami oladilar.
Tegishlilik va dahldorlikka ehtiyojlar o‘z ichiga nimagadir yoki kimgadir
tegishlilik hisini, ijtimoiy o‘zaro hamkorlik, bogiiqlik va qollab quwatlash
hisini oladilar.
Xavfsizlik va himoyalanganlikka ehtiyojlar atrof-muhit tomonidan
jismoniy va psixologik xavflardan ximoya qilinganlik va kelajakda fiziologik
ehtiyojlar qanoatlantirilishiga ishonchni ko‘zda tutadi.
Tan olinish va o‘zini o‘zi qaror toptirishga ehtiyojlar o‘zini o‘zi hurmat
qilish (shaxsiy yutuqlar, omilkorlik)ni, atrofdagilar tomonidan hurmat
qilinishni ko‘zda tutadi.
0‘zini-o‘zi aks ettirishga ehtiyojlar - bu o‘zining salohiyatli
imkoniyatlarini amalga oshirishga ehtiyoj lardir.
Maslou konsepsiyasidan amaliy xulosalar quyidagilardir:
36
https://businessman.ru/new-fiziologicheskava-pofrcbnost-bazowe-nuzhdy-cheloveka.html
140
-
yuqori bosqichlar ehtiyojlari birlamchi ehtiyojlar (birinchi ikki
bosqichdagilar) qandirilganligiga qadar undovlar bo‘lishlari mumkin emas;
-
ehtiyojlaming bosqichlari qanchalik yuqori bo‘lsa, ular odamlaming
shunchalik kamroq soni uchun faol faoliyatga undovlar bo‘ladilar;
-
qanoatlantirilmagan
ehtiyojlar
xodimlarni
rag"batlantir-maydi,
qanoatlantirilganlari esa ta’sir etishni to‘xtatadi, shuning uchun ulaming o‘mini
qanoatlantirilmaganlar egajlaydilar;
-
qandaydir bitta ehtiyojni qanoatlantirilishi yuqoriroq bosqichdagi
ehtiyojni avtomatik ravishda ishga tushishiga olib keladi.
Maslou konsepsiyasi zamonaviy boshqaruv nazariyasi va amaliyotini
rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ammo hayot shuni ko‘rsatganki,
konsepsiyada bir qator juda zaif jihatlar mavjud.
Birinchidan, ehtiyojlar ko‘pgina vaziyatli omillar (ishning mazmuni,
tashkilotdagi holat, yosh va h.k) ga bogiiqlikda har xil namoyon boiadilar.
Ikkinchidan, hamma vaqt ham Maslou piramidasida taqdim etilganidek,
ehtiyojlaming bitta guruhini boshqasining orqasidan qat’iy kelishi amalga
oshirilavermaydi.
Uchinchidan, ikkilamchi ehtiyojlami qanoatlantirilishi hamma vaqt ham
ulaming motivatsiyaga ta’sirlarini kuchsizlanishiga olib kelmaydi. Maslouning
hisoblashicha, bu qoidadan faqat o‘zini o‘zi aks ettirish istisno bo‘ladi. U
kuchsizlanmaydi, balqi u kanoatlanganligi sari uning motivatsiyaga ta’siri
kuchayadi. Amaliyotai ko‘rsatishicha, tan olinish va o‘zini o‘zi qaror toptirish
ehtiyojlari ham ulami qanoatlanishi jarayonida motivatsiyaga kuchayib
boruvchi ta’sir ko‘rsatishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: