Maqsadlar
- bu aniq yakuniy vaziyatlar bo‘lib, u yoki bu subyekt
135
(tashkilot, jamoa, inson)ning faoliyati unga erishishga qaratiladi. Maqsadlar
tashkiliy munosabatlami belgilaydi, ularga motivatsiya va nazorat tizimlari
asoslanadilar.
Maqsadlaming ikkita asosiy turlari mavjud:
1.
uzoq muddatli;
2.
qisqa muddatli.
Odatda bir yil yoki kamroq muddatda erishiladigan maqsadlar qisqa
muddatli, uch yil yoki ko‘proq muddatda erishiladiganlar maqsadlar uzoq
muddatli deb hisoblanadi. Agar zamriyat vujudga kelsa, yana oraliq (o‘rtacha
muddatli) maqsadlar ham belgilanadi.
To‘g‘ri shakllangan maqsadlami qanoatlantirishlari kerak bo‘lgan bir
necha asosiy talablar mavjud. Ular quyidagicha bolishlari kerak:
-
haqiqiy;
-
egiluvchan;
-
o‘lchanadigan, vaqtga qaratilgan;
-
aniq;
-
bir- birlari bilan birga bo‘la oladigan;
-
ta’siming asosiy subyektlari uchun qulay.
Boshqaruv tizimida bir necha o‘zaro bogiangan maqsadlar mavjudligida
maqsadlar tizimi(daraxti)ni qurish zaruriyati vujudga keladi. U maqsadlar
iyerarxiyasini, ya’ni umumiylik, ahamiyatlilik va maqsadga erishishning
izchilligi darajasi bo‘yicha joylashgan, bir-biriga bo‘ysunuvchi maqsadlaming
tartibga solingan majmuasini qurishdan iboratdir.
Rejalar nima qilish kerakligini ko'rsatuvchi ro‘yxatga egalar, qo‘yilgan
maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan ishni bajarishning izchilligi, resurslar
va vaqtai belgilab beradilar. Shunga ko‘ra rejalashtirish quyidagilami o‘z
ichiga oladi:
•
maqsadlar va vazifalami belgilash;
•
maqsadlarga erishish uchun strategiyalar, dasturlar va rejalami ishlab
chiqish;
•
zarur resurslami aniqlash va ulami maqsadlar va vazifalar bo‘yicha
taqsimlash;
•
rejalami ulami bajarishi kerak bo‘lgan, ulami amalga oshirish uchun
javobgar bo‘lgan kishilarga yetkazish.
Umuman rejalashtirish vazifasi zamonaviy tashkilotlarda uchta darajada
bajariladi: strategik, taktik, operativ.
Strategik rejalashtirishdan taktik, keyinroq esa operativ (odatda bir yillik)
rejalashtirish kelib chiqadi, u yetarlicha batafsil quriladi. Ushbu rejaga muvofiq
tashkilot faoliyatining har bir yo'nalishi bo‘yicha faoliyatning hajmi
belgilanadi. Ishchi kuchi va kapital kiritmalami jalb qilish bo‘yicha rejalar,
mahsulotni ishlab chiqarish rejalari tuziladi. Yillik reja ishlab chiqarish va
sotish rejal&rini choraklar va oylar bo‘yicha tafsiloti bilan aniqlab beradi.
Bunda har bir bo‘linma har oyda sotishlar va xarajatlar bashoratlarini aniqlab
oladi va o‘z rejalarini ushbu aniqlashlar bilan moslashtiradi.
Korxona faoliyatini operativ rejalashtirish ko‘pincha biznes-reja asosida
amalga oshiriladi. Biznes-rejada tashkilot rioya qilish kerak bo‘lgan vaqt
oralig‘i ma’lum bo‘lishi kerak (odatda bir yil).
Biznes-reja yordamida tadbirkor ma’lum davr ichidagi faoliyati
natijalarini baholashi mumkin. Bu rejadan yana kelajakda biznesni olib borish
konsepsiyasini ishlab chiqish uchun foydalanish mumkin.
Bundan tashqari qarz bemvchilar va sarmoyadorlar biznesga pullarini
kiritishdan avval, biznes-reja bilan tanishishlari darkor. Bunda ular
tadbirkoming ishga doir obro‘si, qarzga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha pul
oqimlari, kafolatlami ta’minlanishi va shaxsiy sarmoyaning ulushiga e’tibor
qaratishlari kerak.
Biznes-rejalar asosan quyidagi bo‘limlarga ega bo‘ladilar:
-
mahsulot va xizmatlar;
-
marketing;
-
ishlab chiqarish rejasi;
-
boshqamv va tashkil qilish;
-
sarmoya va kompaniyaning yuridik shakli;
137
-
moliyaviy reja.
137
Do'stlaringiz bilan baham: |