Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги


 Boshlang‘ich sinf aqli zaif о‘quvchilar mantiqiy



Download 460,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana17.01.2022
Hajmi460,86 Kb.
#380500
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
boshlangich sinf aqli zaif oquvchilar mantiqiy tafakkurining oziga xos xususiyatlari

2.2. Boshlang‘ich sinf aqli zaif о‘quvchilar mantiqiy 

tafakkurinirivojlantirish yо‘llari 

           Tafakkur  -  yangilikni  qidirish  va  ochishdan  iborat  psixik  jarayondir.  Bu 

yangilik  sub'ektiv  bo‟lishi  mumkin,  ya'ni  uni  kimlardir  qachonlardir  topgan 

bo‟lishi  mumkin,  lekin  sub'ekt  tafakkur  jarayoni  yordamida  o‟zi  uchun  uni 

yangidan  kashf  etadi,  aks  xolda  biz  ko‟proq  xotira,  o‟tgan  tajribalarimizni  qayta 

tiklagan bo‟lamiz.  

Bolalarni o‟qitishda tafakkurning shu muxim xususiyatini asos qilib olish mumkin. 

 Biz  aqli  zaif о„quvchilarning  idrok  va  xotirasini  rivojlanganlik  holatini  о„rganish 

natijalariga  kо„ra,  bunday  bolalarning  deyarli  barchasida  psixik  jarayonlarining 

rivojlanishdan  ortda  qolishi  kuzatilar  ekan,  ya‟ni,  bu  toifadagi    bolalarda  - 

idrokning 

rivojlanishidan 

ortda 

qolishi, 



mayda 

qо„l 


motorikasining 

rivojlanmaganligi,  qо„l  va  kо„z  harakatlarining  о„zaro  nomutanosibligi  ancha 

sezilarli bо„lishini aniqladik. 

      Bolaning  atrof-olam  xakidagi  tasavvurlarining  rivojlanishida  –  eshitish 

qobiliyati  katta  ahamiyatga  ega.  Tayanch-  harakat  apparatining  faoliyati  buzilgan 

bolalarning  harakterli  belgilaridan  biri  -  eshitishning,  ayniqsa,  yuqori  chastotali 

tovushlarni  eshitish  qobiliyatining  pasayishi  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ular  bir 

qator  tovushlarni idrok  etmaydilar.  Bolalar  о„z nutqlarida   bu  tovushlarni  tushirib 

koldiradilar  yoki  boshqa  tovushlar  bilan  almashtiradilar.  Bu  esa  ularning  faol 

nutqining sifatiga salbiy ta‟sir kо„rsatadi. 




28 

 

     Bunday bolalarda passivlik, tez charchash va lanj bо„lish, xech nima yoqmaslik, 



qilayotgan  ishiga  qiziqishni  yо„qotish  kabi  xolatlar  kuzatiladi.  Ba‟zida  harakatli 

xotirjamsizlik  kuzatiladi.  Yuqorida  sanab  о„tilgan  xolatlar  kuzatiladigan 

bolalarning  kо„pchiligi qо„rqoq va  mustaqil  ravishda qaror  qabul  qila  olmaydilar. 

Ba‟zi  birlarida  tassurotlarni  tez  о„zgartirishga,  qaysarlikka  moyillik  bor.  Bolaga 

gapirayotgan  odam  ovozining  balandlashishi  va  uning  toni,  atrofdagilarning 

kayfiyati ogrikli ta‟sir qiladi. 

      Aqli  zaif  о„quvchilarrning  kо„pchiligida  ishlash  qobiliyatining 

pasayganligi,  barcha  bilish  jarayonlarning  tez  toliqishi,  diqqatning  bir  joyga 

jamlanishi va taksimlanishida  qiyinchiliklar,xotira xajmining kichikligi kuzatiladi.  

Aqli  zaif  bolalarda  taqqoslash  operatsiyasida  tafakkurning  sifatlari 

yorqin  namoyon  bo„ladi,  unda  maxsus  qo„yilgan  analiz  va  sintez  o„tkaziladi. 

Ular  predmetlar  va  hodisalardagi  asosiy  narsani  ajrata  olmay,  mavjud 

bo„lmagan  belgilar  taqqoslanadi,  ko„pincha  mos  kelmaydigan  belgilar 

taqqoslanadi.  Aqli  zaif  bolalar  o„xshash  va  farqli  predmetlarning  farqini 

aniqlashda  qiynaladilar.  Ayniqsa  ular  uchun  o„xshashlikni  aniqlash  qiyin. 

Ruchka  va  qalamni  taqqoslab,  ular:  “ular  uzunligiga  ko„ra  o„xshash,  yana 

ularning  terisi  bir  xil”  deb  javob  berishadi.  Aqli  zaif  bolalar    tafakkurining 

farqli  tomoni  tanqidiy  qarashning  yo„qligi,  o„z  ishlarini  mustaqil  baholay 

olmasligidadir. Ular ko„pincha o„z xatolarini belgilashmaydi, bu ayniqsa ruxiy 

kasallangan bolalarda bosh miyaning peshona qismi jaroxatlangan bolalarda va 

og„ir  darajadagi  aqli  zaif  bolalarda  yorqin  namoyon  bo„ladi.  Ko„ruv  idroki 

asosida  idrok  etilgan  fikrlash  natijasidagi  tasvir  kambag„alligi,  bog„liq 

emasligi, oddiyligi bilan ajralib turadi. O„quvchi obektga qarab, uning nomini 

bilsa  ham,  qismlarini  to„liq  aytolmaydi.  Odatda,  shakllarning  umumiy 

konturlari qismlarini tartibsiz bayon etadi. 

     Maktab yoshidagi aqli zaif о„quvchilarning bilish jarayonlari bir qator umumiy 

xususiyatlarga ega. 

    -  barcha  bilish  jarayonlarning  tez  toliqishi,  aqliy  mehnat  qilish  qobiliyatining 

pastligi,  diqqatning  buzilganligi.  Ba‟zida  ruhiy  toliqish  va  charchashning  yuqori 



29 

 

darajadaligi  bolaning  shaxs  xususiyatlarining  patologik  rivojlanishiga  olib  keladi: 



qо„rqish, befarqlik, kayfiyatning pastligi kelib chiqadi; 

   -faol ixtiyoriy diqqatning buzilishi barcha bilish jarayonlarning faoliyatiga salbiy 

ta‟sir  kо„rsatadi.  Sababi  birgina  diqqatning  buzilishi  idrok,  xotiralarning 

buzilishiga olib keladi; 

   - barcha bilish jarayonlarning inertligi va sekinlashganligi bir faoliyatdan boshqa 

bir faoliyatga о„tishda qiyinchiliklarga olib keladi. 

       Insonning  bilish  faoliyatida  xayol,  tafakkur,  nutq  va  boshqa  muqim  psixik 

jarayonlar muqim o`rin egallaydi.  Har qanday aqliy faoliyat bilishga, tajribaga va 

ijodiy  tafakkurga  asoslanadi.  tafakkurning  muhim  operatsiyalari  analiz  va  sintez, 

umumlashtirish  va  mavxumlashtirish  bo`lib,  qar  qanday  aqliy  faoliyatida  o`zaro 

boqlanib keladi. 

Inson  aqliy  faoliyati  xususiyatlari  boshqa  oliy  psixik  funktsiyalar,  xotira, 

iroda,  xissiyot  qamda  shaxsning  individual-psixologik  xususiyatlari  va  odatlari 

bilan  chambarchas  boqliq  o`ta  maxsus  usul  qisoblanadi.  О„yinchoq  bolaga 

to`plangan  tajribasini  namoyon  qilish,  uni  ijodiy  qayta  qurish  (qurish-yasash), 

yangilarni  yaratish  imkonini  beradi.  bolada  o`yinchoqlar  qanchalik  ko`p  bo`lsa, 

unda  shunchalik  ko`p  ijodiy  kuchlari  rivojlanadi,  bola  shunchalik  tez  tashqi 

muqitni o`zlashtirib oladi. 

Sodda  va  aniq  o`yinchoqlarga,  murakkabroq  va  mavxumroq  o`yinchoqlar 

qurish,  ularni  bolaning  psixik  taraqqiyotiga  moslab  tanlanishi  bolada  fazoviy  va 

so`z –mantiq tafakkurning rivojlanishiga imkon beradi. 

Qoidaga ko`ra o`yinchoqlarning diagnostika o`yinchoqlari bo`lib quyidagilar 

xizmat qiladi: 

a)o`yinchoqlarni  ko`rganda  bolada  xissiy-qo`zqalish  mavjudligi  va  ushlab  ko`rish 

istagi: 

b)qarakatlarning faolligi va ko`proq ushlab ko`rish: 

v)o`yinchoqni uni bajaradigan funktsiyasiga mos ravishda o`ynash: 

g)o`yin vaziyatida yangi (almashtiruvchi) elementlarning mavjudligi: 

d)o`ynning davomiyligi: 



30 

 

ye)berilgan o`yinchoqda extiyojning saqlanishi. 



Kattaroq  yoshdagi  bolalar  uchun    dignostik  o`lchovlar  bir  muncha 

kengayadi. ularda nutq rivojlanganligi, fazoviy ko`rish tasavvurligining, xayolning, 

tafakkur  operatsiyalarini  bajarish  usullarinining  rivojlanganligi  kabi  o`lchovlarni 

kiritish mumkin. 

Shuning    uchun  qam  ta‟lim  muassasasida  defektolog  u  yoki  bu  psixik 

jarayonlarni rivojlantirish maqsadida didaktik materiallardan foydalanish mumkin. 

(rasmlarga qarab qiqoya tuzish, kubiklar yasash, rasmlar chizish va boshqalar) 

Qismlardan  rasm xosil qilish metodikasi tafakkur xususiyatlarini, rasmning 

yaxlitligini taqlil qila olish, qobiliyatni o`rganishga mo`ljallangan. tajriba o`tkazish 

uchun  rasmlar  to`plami  (murakkabligi  ortib  boradigan  6  ta  rasm)  kerak  bo`ladi: 

birinchi 3 ta rasm 4 qismga bo`lingan bo`lishi kerak, qolganlari ko`proq qismlarga 

bo`linadi. bunda birinchi va to`rtinchi rasm bir xil bo`lishi kerak, lekin ular har xil 

qilib  kesilgan  bo`ladi.Tadqiqotni  bir  necha  marta  takrorlash  uchun  rasmlarning 

turli  variantlari  bo`lishi  zarur.  rasmlar  namunalari  ixtiyoriy  ravishda  tanlanishi 

mumkin,  masalan,  qayvonlarning,  aloqida  predmetlarning  rasmlari.  Bolaga  rasm 

qismlari to`nkarilgan xolda tartibsiz, namunasiz ko`rsatiladi. 

Tadqiqotchi  tadqiqot  qarorida  topshiriq,  uning  oxirgi  natijasi  qancha  vaqt 

bjarilganligini 

yozib 

boradi. 


Sinaluvchi 

 

qarakatlarining 



maqsadga 

yo`naltirilganligi    taqlil  qilishga,  qarakatning  maqsadga  yo`naltirilgan  rejasi 

mavjudligi  va  yo`qligini  aniqlashga,  aqliy  faoliyat  jarayonida  qanday  tayanch 

belgilarga e'tiborni qaratish zarur. 

 Aqli  zaif  о„quvchilarning  tafakkuridagi  kamchiliklarni  turli  mashqlar  va 

о„yinlar  asosida  bartaraf  etish  samarali  kechadi.  Biz  quyida  bilish  jarayonlarni 

rivojlantirishga qaratilgan bir qator mashqlarni keltirib о„tdik. 

   1.Labirint. 

  Pedagog  bolalarga  namuna  kо„rsatadi.  «Mana  bu  yerda,  markazda  turgan  bolani 

kо„ryapsizlarmi? U tashqariga chiqmoqchi, uning yо„lida turli devorli tо„siqlar bor. 

Lekin bola bu tо„siqlarga duch kelmasligi lozim, sababi u devordan о„ta olmaydi. 



31 

 

Kelinglar uni shu labirintdan olib chiqishga harakat qilib kо„ramiz. Tо„g„ri yо„lni 



esa qalam bilan chizib boramiz». 

   

Bolalarning  tayyorgarligiga  qarab  labirintning  tuzilishi  murakkablashtirib 

boriladi. Pedagogning yordami sekin-sekin kamayib boradi. Oxirida bolalar uning 

kо„magisiz labirintdan chiqadilar. 



2

. Mashq. «Nima yashiringan?» 

   Bolaga  katta  tо„rtburchakning  ichida  bir  nechta  uchburchak  va  tо„rtburchaklar 

chizilgan  rasm  beriladi.Sо„ng  quyidagicha  topshiriq  beriladi:  «Rasmdagi  hamma 

uchburchaklarni  yashil,barcha  tо„rtburchaklarni  esa  sariq  ranga  bо„yab  chik. 

Rassom nima yashirganini top». 

1.

 

«Tо„g„ri bо„ya» о„yini. 



   Bu  mashq  orqali  nafaqat  tafakkur,  balki  atrof-olamda  mо„ljal  olish  va  diqqat  

rivojlantiriladi. 

    «Yoningda turgan shakllarga diqqat bilan qara va ularni nomla. 

      Kichkina  doira  va  tо„g„ritо„rtburchakning  о„rtasida  turgan  shaklni  yashil 

rangga,  uchburchakning  о„ng  tomonida  turgan  shaklni  esa  qizil  rangga  bо„Y. 

Qatordagi eng oxirgi shaklni qora rangga bо„Y. Uchburchakning chap tomonidagi 

shaklni kо„k, katta doirani esa sariq ranga bо„Y.» 

Qismlardan rasm xosil qilish. 

Metodika  A.N.Bernshteyn    tomonidan  taklif  etilgan  bo`lib,  tafakkur 

xususiyatlarini, rasmini, rasmning yaxltiligini taqlil qila olish, uning ba'zi qismlari 

ketma-ketligini  o`rnata  olish  qobiliyatini  rivoojlntirishga  mo`ljallangan.  Buning  

uchun  rasmlar  to`plami  (murakkabligi  ortib  boradigan  6  ta  rasm)  kerak  bo`ladi: 

birinchi 3 ta rasm 4 qismga bo`lingan bo`lishi kerak, qolganlari ko`proq qismlarga 

bo`linadi. bunda birinchi va to`rtinchi rasm bir xil bo`lishi kerak, lekin ular qar xil 

qilib kesilgan bo`ladi. tadqiqotni bir necha marta takrorlash uchun rasmlarning turli 

variantlari  bo`lishi  kerak.  Rasmlar  namunalari  ixtiyoriy  ravishda  tanlanishi 

mumkin,  masalan,  qayvonlarning,  aloqida  predmetlarning    rasmlari.  bolaga  rasm 

qismlari tunkarilgan xolda tartibsiz, namunasiz ko`rsatiladi. 




32 

 

Pedagog  bolalarning  qarakatalarini  taqlil  qilishga,  qarakatning  maqsadga 



yo`naltirlgan  rejasi  mavjudligi  va  yuqligini  aniqlashga  u  aqliy  faoliyat  jarayonida 

qanday tayanch belgilarga tanlangaligiga e'tiborni qaratish zarur. 

Ali zaif bolalar uchun bunday topshiriqlarni bajarishda rasm namunasi qam 

ko`rsatilib turiladi. Bola qo`llanmani qanchalik yaxshi o`zlashtirilgani, ilgari idrok 

etilgan obrazni uning aloqida qismlaridan qayta yarata olganini ta'qidlash muhim.  

“Mantiqsiz tasvirlar"  

Ushbu  metodika  yordamida  bolani  atrofdagi  borliq  xamda  ushbu  moddiy 

dunyodagi  bir  qancha  ob'ektlarning  orasida  o‟zaro  bog‟lanishlar  va  munosabatlar 

xaqida  elementar  obrazli  tasavvurlari:  xayvonlar  bilan,  ularning  xayotiy 

ko‟rinishlari bilan, tabiat bilan rivolantiriladi. 

Ushbu  metodika  yordamida  bolaning  mantiqiy  muloxazasi  va  o‟z  fikrini 

grammatik  jixatdan  to‟g‟ri  ifodalay  olishi  rivojlanadi.  Metodikani  tashkil  qilish 

jarayoni quyidagicha olib boriladi: 

Bolaga  rasmni  ko‟rsatish  jarayonida,  unga  quyidagi  ma'noda  ko‟rsatma, 

beriladi:  "Diqqat  bilan  ushbu  rasmdagi  tasvirlarni  ko‟rib  chiq  xamda  bizga  shuni 

aytchi,  rasmda  xamma  narsa  o‟z  joyida  chizilganmi  va  ushbu  ob'ektlar  to‟g‟ri 

tasvirlanganmig‟  Agar  sen  qaysidir  ob'ektni  o‟z  joyida  tasvirlangan  emas,  deb 

xisoblasang, nima  uchun  shunday  bo‟lish  kerakligini  tushuntirib  ber  va  sen  bizga 

aslida qanday bo‟lishi kerakligini aytib  ber‟". 

Ko‟rsatmaning  ikkala  qismi  xam  ketma-ketlik  bilan  bajariladi.  Birinchi 

navbatda  bola  xatolarni  aytib  beradi  va  rasmlarda  ko‟rsatib  beradi,  so‟ngra 

xaqiqatdan qanday bo‟lishligini izoxlab beradi. 

Rasmlarni  ko‟rish  va  topshiriqni  bajarish  vaqti  chegaralangan,  ya'ni  uch 

daqiqa  vaqt  beriladi.  Bu  vaqt  mobaynida  bola  iloji  boricha  mantiqsiz  voqelikni 

ko‟proq topishi va xaqiqatdan qanday bo‟lish kerakligini  tushuntirib  beradi. 

 “Yil fasllari” 

 Bolaga 2-rasm ko‟rsatiladi va ushbu rasmlarga diqqat bilan qarab, rasmning 

har bir qismida yilning qaysi fasllari tasvirlanganligi xaqida so‟raladi. Topshiriqni 

bajarish  uchun      vaqt  beriladi.  Ushbu  berilgan  vaqt  mobaynida  bola  nafaqat  yil 



33 

 

fasllarini  aytib  berishi,  balki  nima  uchun  ekanligini  va  fasllarning  belgilarini 



ko‟rsatib  bera  olishi  va  ushbu  qismda  aynan  mana  shu  faslga  tegishli  ekanligini 

asoslab berishi kerak.  

“Bu yerda nima ortiqcha”

 

Bu metodika bolalarning obrazli, so‟z-mantiqli tafakkur jarayonining analiz 

va  umumlashtirish  operasiyalarini  rivojlantiradi.  Metodikada  bolalarga  har  xil 

predmetlar tasvirlangan rasmlar tavsiya qilinadi va quyidagicha ko‟rsatma beriladi: 

"Har  bir  rasmda  tasvirlangan  4  ta  predmetdan  biri  ortiqcha.  Diqqat  bilan  rasmga 

qarab,  qaysi  bir  predmet  ortiqcha  va  nima  uchun  ortiqcha  ekanligini  tushuntirib 

ber".Topshiriqni  bajarish  uchun  vaqt  beriladi.  Bu  metodika  yordamida 

tafakkurning  turli  tomonlarini  rivolantiriladi,  ayniqsa,  bolalarning  umumlashtira 

olish qobiliyatini juda yaxshi ochib takomillashtiriladi.    

"Rubik kubiklari" 

Bu metod bolaning ko‟rgazmali-harakat tafakkurining rivojlanish 

darajasini tashxis qilish va rivojlantirish  uchun mo‟ljallangan. Bizga tanish 

bo‟lgan Rubik kubiklaridan foydalanib, bolaga murakkablik darajasi har xil 

bo‟lgan amaliy vazifalar beriladi, bu vazifalarni tig‟iz vaqt sharoitida yechishni 

taklif qilinadi. Quyida shunday topshiriqlardan 9 tasi keltirilgan 9 ta masalani 

yechish uchun   vaqt beriladi. 

Eslatma: 1 topshiriqni yechgandan so‟ng - ikkinchisiga o‟tishda Rubik kubiklari 

rangi o‟zgartirilib beriladi. 

1-topshiriq: Bir xil rangdagi 3 ta kvadratdan xoxlagan yuzasi bilan 

ustuncha yoki chiziqcha shaklini yasash. 

2-topshiriq: Bir xil rangdagi kvadratlardan xoxlagan yuzasi bilan 2 ta 

ustuncha yoki 2 ta chiziqcha yasash. 

3-topshiriq: Bir xil rangdagi kvadratchalardan kubikning bir tomonini 

yasash. 


4-topshiriq: Ma'lum bir rangda yuza yasash va unga 1 ta chiziqchani yoki 

ustunchani 3 ta kvadratlardan yasab yondashtirish. 




34 

 

5-topshiriq: Kubikning yuzasini to‟la yig‟ib, unga qo‟shimcha xuddi shu 



rangda 2 ta chiziqcha yoki ustuncha yasab yondashtirish. 

6-topshiriq: Kubikning 2 ta yuzasini bir xil rangdagi kvadratlardan 

yasash. 

7-topshiriq: 2 ta yuzasi bir xil 2 ta kubik yasash va undan tashqari xuddi 

shu rangdagi kvadratlardan bir ustun yoki bir chiziqcha yasash. 

8-topshiriq: Bir xil rangdagi kvadratlardan 2 ta kubik yuzasi yasab, yoniga 

o‟sha rangda bir xil 2 ta yoki chiziqcha xam qoyish. 

9-topshiriq: Kubikning 3 ta yuzasini bir xil rangda yasash. 

"Raven matrisasi" 

Ushbu metodika kichik maktab yoshidagi bolalarning ko‟rgazmali-obrazli 

tafakkurini o‟rganishga va rivojlantirishga mo‟ljallangan bo‟lib, uning asosiy 

vazifalari mashxur Raven testidan olingan. U 10 ta asta-sekin murakkablashib 

boruvchi Raven matrisalaridan iborat. 

Bolaga asta-sekin murakkablashib boruvchi 10 qismdan iborat vazifa 

beriladi. Masalan: Matrisada bo‟laklarni joylanishidagi qonuniyatni topish va 

quyida berilgan 8 ta rasm ichidan shu matrisaga mos keluvchi qismlarni topish 

kerak. (Matrisaning shu qismi ichida har xil rasmlari bor bayroqchalar sifatida 

berilgan). Katta matrisa tuzilishini o‟rganib, bayroqchalar ichidan bola katta 

matrisaga joylashishi uchun mantiqan mos keluvchi qismni aniqlashi kerak. 

Bolaning 10 ta topshiriqni bajarishi uchun 10 minut vaqt beriladi. Vaqt 

tugagach, tadqiqotchi tajribani to‟xtatadi va to‟g‟ri aniqlangan matrisalar soni 

xamda vazifani bajarishda to‟plangan umumiy ball xisoblanadi, har bir to‟g‟ri 

bajarilgan matrisa uchun 1 baldan baxolanadi. 

 

 



 

 

 



 


35 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 460,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish