Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги



Download 460,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana17.01.2022
Hajmi460,86 Kb.
#380500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
boshlangich sinf aqli zaif oquvchilar mantiqiy tafakkurining oziga xos xususiyatlari

1.3. Aqli zaif bolalarning tafakkuri. 

Tafakkur  –  atrofdagi  borliqni  aks  etishiga  imkon  beradigan  inson  bilish 

faoliyatini  oliy  shakli,  predmet  va  hodisalar  o„rtasidagi  aloqa  va  munosabatni 

o„rnatadi. 

   Tafakkurning asosiy vazifalari:  

 - Umumiy o„zaro aloqalarni o„rnatish; 

 - Muayyan sinf xodisalari turi sifatida aniq hodisalar mohiyatini tushuntirish

 - Bir xil guruh  hodisalari xossalarini umumlashtirishi. 

   Tafakkur operatsiyalari:  

 - tahlil qilish (hayoliy predmet, hodisa, holatlarni  qismlarga ajratish va   tarkibiy 

belgi, qismlarini aniqlash); 

 - sintez (turli xil belgilar o„rtasidagi aloqani taqqoslash, qiyoslash);        

 -  mavxumlashtirish  (predmetning  asosiy  xossalarini  ikkilamchi  belgilardan 

ajratish);  

 -  taqqoslash  (ma‟lum  obektlarni  takkoslash  va  ulardagi  umumiy  yoki    farkli 

belgilarni ajratish); 

 -  umumlashtirish  (ikki  yoki  bir  kancha  predmet-xodisalarni  umumiy  belgilariga 

ko„ra guruxlarga umumlashtirish).  

Ko„rgazma – obrazli tafakkur 

Bola  anglash  faoliyatini  shakllantirish  va  rivojlantirishida  tafakkur 

muhim  ro‟l  o„ynaydi.  Bola  rivojlanishining  ma‟lum  bir  bosqichida  unga 

ma‟lum turdagi faoliyat xos bo„ladi. 

Ilk  yoshda  tafakkur  shakllanishida  asosiy  o„rinni  muloqot,  predmetli 

faoliyat 

egallaydi. 

(L.S.Vigotskiy, 

A.V.Zoporojets, 

A.N.Monstev, 

D.B.Elkonin) hozirgi vaqtda mashhur psixologlarning ta‟kidlashicha, bolalarda 

maktabgacha  yoshda  ko„rgazmali-harakat,  ko„rgazmali-obrazli  va  so„z-mantiq 

tafakkuri rivojlanadi. Bu tafakkur  shakllari ontogenez jarayonida bir-biri bilan 

almashinadi,  ammo  birinchi  ko„rgazmali-obrazli  tafakkur  hisoblanadi.  U  bola 




19 

 

rivojlanishi  jarayonida,  ular  tomonidan  ijtimoiy  malakalarni  egallash  orqali 



shakllanadi.  Bola  tafakkurni    rivojlanishida  kattalar  asosiy  o„rinni  egallaydi, 

ular tafakkurni o„qitish va tarbiyalash orqali rivojlantirishi kerak. Bolalarda ilk 

yoshda  ko„rgazmali-obrazli  tafakkurni  o„rganish  bilan  L.S.Novoselova 

shug„ullangan.  U  bola  tafakkurining  rivojlanishi  butunlay  uni  predmetli 

faoliyati  shakllanishi  jarayoni  bilan  bog„liq  deb  ko„rsatgan.  Bolada 

predmetlilikning  paydo  bo„lishi  ular  tomonidan  insoniy  faoliyat  usullari  va 

amalga oshirish motivlarini egallash yo„li orqali amalga oshadi. 

Aqli  zaif  bolada  aks  ettiruvchi  faoliyatning  faqrli  xususiyati  unda  bilish 

faoliyatlarining buzilmaganligi hisoblanadi. Bu eng avvalo umumiy va vositali 

bilimning buzilishidir. 

Maqsadga  qaratilgan  faoliyat  sifatida  tafakkur  har  doim  ma‟lum 

muammoning yechimi sifatida yuzaga chiqadi. 

Aqliy  masalalarini  yechish  jarayoni bir nechta  bosqichlarga  ega:  masala 

shartini  tushunish,  savol  qo„yish,  yechim  ehtimoli  farazini  yaratish,  yechimni 

topish  va  uning  to„g„riligini  tekshirish.  Barcha  fikrlash  jarayonlari  o„zida 

shaxsning  qobiliyatlari,  bilim  va  malakalarini  ochib  beruvchi  ixtiyoriy, 

maqsadga  qaratilgan  faoliyatlarini  amalga  oshiradi.  Aqliy  masalalarni  yechish 

aqli zaif bolalarda boshlang„ich davrdayoq muhim qiyinchiliklarga olib keladi. 

Ular ko„pincha  masalani noto„g„ri anglaydi, uni qisqartiradi  yoki buzadi.  Shu 

tariqa,  avval  boshdanoq,  maqsadga  qaratilgan  tafakkur  buzilgan  va  u 

boshqaruvchi  vazifani  boshqara  olmay  qoladi.  Yechishning  keyingi 

bosqichlarida  kamchiliklar  kuzatiladi.  Qo„llanilayotgan  yechish  usullari 

noto„g„ri  va  samarasiz  bo„ladi.  Masalani  yechish  jarayonida  qo„yilgan 

maqsaddan  chetga  chiqish,  muammoning  qaysidir  xususiy  tomonida  to„xtab 

qolish  kuzatiladi.  Yechish  jarayonida  ko„pincha  xatolar    va  tekshirishlar 

majmuiga olib keladi. Tekshirish zarur bosqich sifatida qabul qilinmaydi. 

Olingan  natijalar  boshlang„ich  ma‟lumotlar  bilan  bog„liq  bo„lmaydi. 

Tafakkurning past mahsulligi aqliy masalalarni  yechishning barcha bosqichida 

ko„rinadi. 



20 

 

Yuqorida  keltirilganlar  asosida  aqli  zaif  bolalarga  o„z  faoli yatini  tashkil 



etishga,  aqliy  jarayonning  bosqichi  to„laqonli  o„tishiga  yordam  berish  kerak. 

Bu  vazifani  aqli  zaif  bolaga  imkoniyati  darajasidagi  masala  berish,  ularni 

yechish  usullari,  nazariy  usullari  va  shu  kabilar  to„liq  ishlab  chiqilgandagina 

amalga oshirish mumkin bo„ladi.  

Ko„rgazmali-obrazli  tafakkur  uchun  obrazlar  bilan  aqliy  faoliyat 

natijalari, tasavvuri orqali aqliy masalalarni yechish harakteri hisoblanadi. 

Xaqiqiy  hayotdagi  predmetlar  obrazini  tahlil  qilish,  ichki  nutq 

yordamida amalga oshiriladi. Meyorda rivojlanayotgan bolalarda ko„rgazmali-

obrazli  tafakkur  asosan  maktabgacha  yoshda  rivojlanadi.  Aqli  zaif 

o„quvchilarda tasavvur etilayotgan va idrok etilayotgan predmetlarni analiz va 

sintez  qilishni  rivojlanganligi  kuzatiladi.  Ularning  diqqatini  predmetlarni 

mavjud bo„lmagan xususiyatlari, yorqin ko„zga tashlanadigan belgilari tortadi. 

Maxsus  maktab  o„quvchilarida  alohida  predmetlar  va  predmetli 

xolatlarni so„z bilan tavsiflashda qiyinchiliklar kuzatiladi. Bu toifa o„quvchilar 

o„zlariga  tanish  predmetlarni  qarama-qarshi  qo„yib,  ularni  taqqoslashda 

ularning  umumiy  xususiyatlaridan  asosiysini  aniqlash  imkoniyatiga  ega  emas. 

Ularda  tasavvurga  ko„ra  taqqoslash  vazifasini  tushunmaslik  kuzatiladi. 

O„quvchilar  so„zni  erkin  ravishda  qo„llay  olmaydi.  T.A.Pratsko  aqli  zaif 

bolalarda  topishmoq  materiali  asosida  so„zli-obrazli  masalarni  yechish 

xususiyatlarini  o„rgangan.  Uning  aniqlashicha  topishmoqni  tushunishning 

boshlang„ich  bosqichida  o„quvchilar  uning  javoban  ifodasini  topgan  so„zlarni 

ajratadi.  Nutqning  tasviriy  vositasi  ular  uchun  tushunarsizligicha  qoladi. 

Ammo  aqli  zaif  o„quvchilarning  aqliy  faoliyatini  ko„rgazmali  vositalar 

yordamida  faollashtirish  mumkin.  Maktab  sharoitida  o„qitish  jarayonida 

ko„rgazmali-obrazli  tafakkur  rivojlanadi.  Obektlarni  aqliy  analiz  qilish 

maydoni  kengayadi,  tasavvur  roli  kengayadi,  mavhumlashtirish  qobiliyatini 

rivojlanishida 

ahamiyatli 

siljishlar 

kuzatiladi, 

1-sinfdan 

5-sinfgacha 

ko„rgazmali-obrazli  tafakkurni  rivojlanishida  ijobiy  dinamika  kuzatiladi.  Shu 

bilan  birga  aqli  zaif  o„quvchilarni  ko„rgazmali-obrazli  tafakkuri  sog„lom 




21 

 

tengdoshlarinikidan 



baribir  pastligi  aniqlangan.  Ko„pgina  aqli  zaif 

o„quvchilarda murakkab xayotiy malakalar bilan bog„liq bilim va tasavvurlari 

orqali 

amalga 


oshiriladigan 

aqliy 


faoliyatlarida 

yetarli 


darajada 

umumlashtirishga  erishmaydilar.  Buning  oqibatida  ular  aqliy  masalalarni 

yechishda so„z ma‟nolaridan erkin foydalana olmaydi.    

Ko„rgazma – harakatli tafakkur. 

Ko„rgazma  –  harakatli  tafakkur  insonning  yangi  sharoit  va  amaliy 

muammoli  topshiriqni  yechishning  yangi  usuli  bilan  to„qnashganda  paydo 

bo„ladi. Bunday turdagi topshiriqlarga bola butun bolalik davrida – maishiy va 

o„yin  faoliyatlarida  duch  keladi.  Ko„rgazma  –  harakatli  tafakkurning  muhim 

xususiyati shuki, holatni o„zgartirish usuli bo„lib amaliy harakat xizmat qiladi 

va u sinab ko„rish yo„li bilan amalga oshiriladi. 

Aqli  zaif  bolalarda  ko„rgazma  –  harakatli  tafakkurning  rivojlanishi 

orqada  qoladi.  Aqli  zaif  bolalar  predmetlar  bilan  harakat  qili shlarining  har 

kungi tajribalarini mustaqil umumlashtira olmaydilar. Shuning uchun aqli zaif 

bolalarda  umumqabul  qilingan  qurollardan  foydalanishni  talab  etadigan 

anglash  bosqichi  rivojlanmagan  bo„ladi.  Amaliy  harakatlar  va  ularni  so„z 

belgilari  o„rtasidagi  aloqa  yetarlicha  bo„lmaydi.  Nutq  tashkil  etuvchi  va 

boshqaruvchilik vazifasini bajaradi. Aqli zaif bolalarda  ko„rgazma  – harakatli 

tafakkurini  shakllantirish  asosiga  muammoli  amaliy  vazifa  va  vaziyatlarda 

mustaqil mo„ljal olishni rivojlantirish kiritilishi lozim.   

Aqli  zaif  bolalarda  amaliy  vazifalarni  bajarishda  qiyinchilik  yuzaga 

keladi.  Masalan,  aqli  zaif  bolalarga  kesma  rasmlarni  birlashtirish  va  Segen 

doskasini  to„ldirish  qiyinchilik  tug„diradi.  Ularning  predmetlar  bilan 

harakatlari  impulsiv  harakterga  ega,  bu  harakatlar  fikrlash  vazifasiga  bog„liq 

bo„ladi.  

Mantiqiy  tafakkur 

Kichik  maktab  yoshidagi  aqli  zaif  bolalar  uchun  2  va  undan  ortiq 

predmet solishtirish qiyinchilik tug„diradi.  Solishtirishda I-II  sinf o„quvchilari 



22 

 

bir  obektni  ikkinchisidagi  ajratuvchi  xususiyatlarga  e‟tibor  beradilar.  Bu 



obektlarning o„xshash xususiyatlarini hisobga olmaydilar. 

Bolalar  obektlar o„rtasidagi farqni solishtirib bo„lmaydigan xususiyatlar 

bilan qiyoslaydilar. Masalan, bu piyola katta, bunisida esa ko„k gul rasmi bor. 

Ular  har  xil.  Birinchi  predmetning  kattaligini,  ikkinchi  predmetning  gulini 

taqqoslangan. 

Ayrim  hollarda  o„quvchilar  vazifani  oson  yengil  vazifalar  bilan 

almashtiradi  yoki  obektni  solishtirish  o„rniga  ulardan  birini  analiz  qila 

boshlaydilar.  Yoki  solishtirishni  boshlab,  o„z  harakatlarini  nazorat  etolmaydi. 

Bola  o„zi  uchun  qiyin  bo„lgan  vazifada  to„xtolmaydi  va  o„z  aqliy  faoliyatini 

yengillashtirib boshqa vazifaga o„tadi. 

Aqli  zaif  bolalar  tafakkurini  tahlil  qilib,  bu  jarayonning  stereotipligi, 

qiyin  harakatligi  va  umuman  to„liq  egiluvchan  emasligini  ta‟kidlash  joiz. 

Shuning uchun mavjud bilim va malakalarni  yangi sharoitda qo„llash  aqli zaif 

bolalarida qiyinchilik tug„diradi va vaziyatini xato bajarishga olib keladi.  




Download 460,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish