Manbashunoslik va tarixshunoslik



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/242
Sana16.01.2022
Hajmi2,59 Mb.
#376058
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   242
Bog'liq
Manbashunoslik va tarixshunoslik

 
sayyoxatlari 
davomida
 
yaqindan tanishgan mamalakatlar va ularning xalqlari xaqida  qiziqarli 
ma’lumotlar  yozib  qoldirgan.  SHu  jumladan    u  O‘rta  Osiyo  xalqlari  masalan 
xazarlar  xaqida  e’tiborga  loyiq  axborotlar  yozib  qoldirgan.  Ibn  al-Fakix 
(X  asr)  "Kitob  axbor  a l-buldon"  nomli  asarida  Balx,  Samarqand  singari 
shaxarlar xaqida ma’lumotlar beradi. Ibn Xurdodbekning (IX-X asrlar) "Kitob 
misolik  ul-manolik"        asarlarida  sug‘d  shaxarlari  Samarqand,  Kushoniya, 
Samarqand  atrofida  joylashgan  shaxarlar,  Ustrushona,  SHaxriston,  Qadimgi 
SHosh,  Isfijob,  xaqida  ularga  olib  boradigan  yo‘llar  to‘g‘risida  Movarounnaxr 
shaxarlaridagi  pul  muomalasi,  bu  erda  istiqomat  qilgan    turkiy  qabilalar  xususida 
qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.  Eron jug‘rofik olimi va sayyox al-Istaxriy (IX-X 
asrlar)  «Kitob  maosilik  ul-mavorix»  ------nomli  asarida  musulmon  mamlakatlari, 
shu jumladan O‘rta Osiyoning chegaralari, iqlimi,  ma’muriy bo‘linishi, shaxarlari 
axolisi  va  uning  mashg‘ulotlari,  mashxur  kishilari,  savdo-sotiqning  axvoli  va 
boshqa  masalalar  bayon  etilgan  Ibn  Xavkal  esa  (X  esr)  Movarounnaxrni  xar 
tomonlama  tavsiflab,  o‘zining  "Kitob  surat  al-arz"  kitobiga  bu  o‘lkaning 
xaritasini  ilova  qiladi.  Xaritada  Jayxun  daryosi,  Buxoro,  Samarqand,  SHosh, 
Isfijob  singari  shaxarlar,  Ustrushona  va  Xorazm  viloyatlari  tasviri 
tushirilgan. 
YUqorida  nomi  tilga  olingan  al-YA’kubiy  nafaqat  jug‘rofiya,  balki 
tarix  ilmi  soxasida  xam  qalam  tebratgan  olim  xisoblanadi.  Uning 
«Tarix»  asari  SHarq  mamlakatlari,  shu  jumladan  O‘rta  Osiyoning      VII-
IX  asrlardagi  tarixi  bo‘yicha  muxim  manbalardan  biridir.  Y irik  arab 
tarixchisi  Madoiniy  V-IX  asrlarning    "Kitob  al-magoziy"  xamda  Xuroson 
xokimlari  Asad  ibn  Abdullox  va  Nasr  ibn  Sayyorga  bag‘ishlangan  asarlari 
arablar  istilosi  va  VII I  asrning  birinchi  yarmidagi  siyosiy  tarix  bo‘yicha 
muxim  manbalardan  biri  xisoblanadi.  Madoniyning  mazkur  asarlari  bizgacha 
etib kelmagan, lekin ayrim parchalari Balazuriy va Tabariy kitoblarida saqlanib 
kolgan.  


18 
 
IX  asrda  yashab  o‘tgan  eronlik  yirik  tarixchi  va  jug‘rofik  olim 
Balazuriyning "Kitob futux al-buldon" asari arab istilolari tarixi bo‘yicha eng 
yaxshi  manbalardan  biri  xisoblanadi.  Balazuriy  "Kitob  ansob  al-sharif"  nomli 
asarining xam muallifidir. 
Yirik  ensiklopedist  olim  Tabariy  asli  eronlik  bo‘lib,  ilo xiyot,  xadis, 
tafsir,  fikx  va  tarix  soxasida  10  dan  ortiq  asar  yoz gan.  Biz  uchun  uning 
"Tarix  ar-rusul  va  ul-muluk"  asari  muximdir.  Bu  asar  umumiy  tarix  tipida 
yozilgan  bo‘lib  o‘zining  mukammalligi  va  faktik  materiallarga  boyligi  bilan 
ajralib  turadi.  Asarda  "olamning  yaratilishidan"  to  912  yilga  qadar  SHarq 
mamlakatlari,  shu  jumladan  O‘rta  Osiyoda  bo‘lib  o‘tgan  ijtimoiy-siyosiy 
voqealar xikoya qilinadi. 
Arab  manbalari  yurtimizning  ilk  o‘rta  asrlar  tarixini  o‘zida  nisbatan 
to‘liqroq  aks  etgan  muxim  manbadir.  Ulardan  tanqidiy  foydalanish  bu  davr 
tarixini o‘rganish uchun g‘oyat muximdir. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


19 
 
 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish