Xitoy manbalari
. Qadimgi Xitoy manbalarida ham o‘lkamizning uzoq
o‘tmishi xaqida uzuq-yuluq (fragmentar) ma’lumotlar mavjud. Ko‘p hollarda bu
ma’lumotlar o‘zaro bog‘lanmagan bo‘lsada, mintaqamizda yashagan xalqlarning
turmushi, iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli hususida e’tiborga loyiq axborotlar beradi.
Xitoy manbalarning asosan 2 guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga O‘rta
Osiyoga tashrif buyurgan sayyoxlar va elchilarning safar xotiralari kiradi. Ikkinchi
guruh esa xitoy tarixchilari qalamiga mansub asarlardan iborat. Birinchi guruhga
kiradigan manbalar ayniqsa muhim ahamiyatga egadir, chunki sayyoh va elchilar
o‘zlari ko‘rgan hodisa va voqealarni bayon qiladilar. Xitoy tarixchilari asarlarida
16
keltirilgan ma’lumotlar ham asosan sayyohlar va elchilarning axborotlariga
tayanadi.
O‘rta Osiyoga kelgan birinchi Xitoylik sayyox CHjan Szyan edi. U Xitoy
xukumati topshirig‘iga muvofiq, O‘rta Osiyolik hukmdorlarni xunnlarga qarshi
urushga da’vat etish maqsadida m.a. II asrda bu erga tashrif buyurgan edi. CHjan
Szyan o‘z hukumati nomiga yozgan xabarlarida Kaspiy dengizigacha cho‘zilgan
hududlarda yashagan halqlar to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni etkazadi.
Jumladan m.a. 127 yilda yuborgan axborotnomasida u Farg‘ona vodiysidagi Davan
davlati, uning axolisi, ho‘jalik hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar bergan.
Elchining yozishicha, bu erdagi katta va kichik shaharlarning soni 79 tani tashkil
etadi. Davanliklar o‘troq xayot kechirib, sholi va bug‘doy ekkanlar, chorvachilik,
jumladan yilqichilik bilan shug‘ullanganlar. Xuddi shu davrda yashagan tarixchi
Szyan Xanshu uning bu ma’lumotlarini to‘ldirib, Farg‘onada 60 ming xonadon
borligini qayd etadi. Sima Syan o‘zining «SHitszi» - «Tarixiy esdaliklar» nomli
asarida Farg‘onadan Parfiyagacha bo‘lgan hududda yashagan aholi turli shevalarda
gapirsada, lekin bir-birini bemalol tushunadi, deb yozadi. Demak, m.a. II asrda
O‘rta Osiyoda til jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan eroniyzabon qabila va elatlar
yashaganlar. Lekin huddi shu davrda, ayniqsa, yuechjilar istilosidan keyin axoli
tarkibida turkiy qatlam ko‘paya boshladi.
O‘rta Osiyo xalqlari haqidagi ma’lumotlar Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar
tarixiga bog‘ishlangan asarlarda ko‘p uchraydi. Ularning mualliflari O‘rta Osiyo
tarixini maxsus tadqiq etmagan bo‘lsalarda, lekin o‘lkamiz hususida qiziqarli
ma’lumotlar yozib qoldirganlar. YUqorida nomi tilga olingan Sima Szyan (uni
«Xitoy tarixchilarining otasi» deb atashadi) o‘zining «Tarixiy esdaliklar» nomli
asarining 130-bobida Davan davlati va uning xalqi haqida e’tiborga loyiq
ma’lumotlar keltiradi. Xitoy manbalarida xitoylik hukmdorlarning Davanga
nisbatan bosqinchilik siyosati, davanliklarning o‘z ozodligi uchun qaxramonona
kurashi tasvirlanadi. Miloddan avvalgi II asrda yuechji qabilalarining O‘rta
Osiyoga bostirib kirishi ham xitoy manbalarida o‘z aksini topgan. Jumladan, elchi
CHjan Szyan axborotlarida bu borada batafsil ma’lumotlar keltiriladi. M.a. I asrda
yashagan tarixchi Ban Gu «Avvalgi Xan sulolasi tarixi» nomli asarida, hususan
uning 95-bobida Kangyuy davlati, yuechji va usunlar to‘g‘risida, SHarqiy
Turkiston o‘lkasining o‘tmishi, bu erdagi axoli turmushi xaqida ma’lumotlar
beradi.
SHunday qilib, qadimgi Eron epigrafik manbalari, antik mualliflar va xitoylik
elchi va sayyoxlarning asarlari arxeologik ma’lumotlar bilan mushtarak tarzda
o‘rganish, ulardan tanqidiy ruhda foydalanish eng qadimgi tariximiz manzarasini
yaratish imkoniyatini beradi.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |