Manbashunoslik va tarixshunoslik



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/242
Sana16.01.2022
Hajmi2,59 Mb.
#376058
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   242
Bog'liq
Manbashunoslik va tarixshunoslik

  Antik manbalar
.  Eng qadimgi tariximizni o‘ragnishda antik, ya’ni yunon va 
rim manbalarida keltirilgan ma’lumotlar muhim va nodir ma’lumotlar hisoblanadi. 
SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, antik mualliflarining birontasi O‘rta Osiyo tarixiga 
oid  alohida,  maxsus  asar  yozmagan.  Qolaversa,  o‘sha  zamonda  «O‘rta  Osiyo»  
degan  jo‘g‘rofiy  tushunchaning  o‘zi  ham  yo‘q  edi.  Ammo  yunon  va  rim 
tarixchilari  o‘zlarining  boshqa  mavzularga  bag‘ishlangan  asarlarida  yo‘l-yo‘lakay 
qadimgi O‘rta Osiyoga doir jo‘g‘rofiy, tarixiy va etnografik ma’lumotlar berganlar.  
YUnon  va  rim  mualliflarining  ma’lumotlari  to‘g‘rilik  darajasi  turlichadir.  Bu 
ma’lumotlarning  asosiy  qismi  tasvirlangan  voqealardan  ancha  muddat  o‘tgandan 
keyin yozilgan manbalardan olingan. SHu sababli antik mualliflar axborotida ko‘p 
noaniqliklar,  shubhali  va  munozarali  ma’lumotlar  mavjud.  Ayrim  hollarda  biron-
bir  voqea  turli  variantlarda  bayon  etiladi.  Antik  mualliflar  asarlarida  nomlari  tilga 
olingan  ayrim  jo‘g‘rofiy  atamalar  –  daryolar,  tog‘lar,  shahar  va  qishloqlarning 
joylashganligini  aniqlash  (lokalizatsiya  qilish)  ma’lum  qiyinchiliklar  tug‘diradi. 
Ularning  ayrimlari  turli  tortishuvlarga  sabab  bo‘lib,  hozirgacha  aniqlangan.  Antik 
mualliflar  asarlarida  real  voqealar  ba’zan    afsonaviy  yoki  yarim  afsonaviy 
to‘qimalar  bilan  qorishib  ketadi.  YUnon  va  rim  tarixchilarining  O‘rta  Osiyo 
haqidagi  ma’lumotlari  uzun-yuliq  bo‘lib,  ko‘p  xollarda  bu  ma’lumotlar  o‘zaro 
bog‘lanmagan.  SHu  sababli  ular  asosida  qadimgi  zamonlarda  O‘rta  Osiyoda 
yashagan  xalqlar  tarixining  to‘la  va  yaxlit  manzarasini  tasavvur  qilish  amri 


13 
 
maholdir. SHunday bo‘lsada, antik mualliflar bergan ma’lumotlarni tanqidiy taxlil 
etish asosida qadimgi tariximizni imkon qadar teranroq o‘rganishimiz kerak.  
Qadimgi yunon va rim tarixchilarining SHarqqa bo‘lgan qiziqishi asosan ikkita 
voqea  bilan,  aniqrog‘i  yunon-fors  urushlari  va  Iskandar  Makadonskiyning 
Ahamoniylar davlatiga qarshi yurishi bilan bog‘liqdir.  
Vatanimiz  tarixini  yoritgan  ilk  tarixiy  asar  –  bu  Geradotning  «Tarix»  asaridir. 
Bu  asar  yunon-fors  urushlari  tarixiga  bag‘ishlangan.  Lekin  muallif  mazkur 
urushlargacha  bo‘lgan  davrdagi  YUnoniston,  Lidiya,  Midiya  va  Ahamoniylar 
davlati  tarixiga  oid  batafsil  ma’lumotlar  keltiradi.  «Tarix»ning  keng  qamrovli, 
serqirra  va  ayni  paytda  yaxlit  asar  ekanligi  tufayli  uning  muallifi  Geradot  haqli 
ravishda «tarixning otasi»  degan faxrli nomga sazovar bo‘ldi.  
Geradot  o‘z  asarini  yozishda  xilma-xil  manbalardan  foydalandi.  Jumladan, 
Eron,  Skifiya,  Misr  va  boshqa  mamlakatlarga  qilgan  sayyoxati  chog‘ida  yiqqan 
ma’lumotlarni  keltiradi.  U  O‘rta  Osiyoda  bo‘lmagan  edi,  lekin  Kaspiy  ortidagi 
mamlakat  tarixi  bilan  qiziqqan.  Tadqiqotchilarning  fikricha,  Geradot  Eronda 
bo‘lgan  chog‘ida  Axamoniylar  davlati  zodogonlari  bilan  suhbatlar  qurib,  O‘rta 
Osiyo  xalqlari  xayoti  xaqidagi  ma’lumotlarni  yozib  olgan.  Natijada  uning 
ajdodlarimiz  o‘tmishi  haqidagi  ma’lumotlari  to‘liq  bo‘lmay  qolgan  va  ayrim 
hollarda o‘zining noaniqligi bilan ajralib turadi.  
Geradot Eron shoxi Kir II ning massagetlar diyoriga qilgan yurishi, massagetlar 
malikasi  To‘maris  tomonidan  tor-mor  etilishi  va  halok  bo‘lishi  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni,  shuningdek  baqtriyaliklar,  xorazmiylar,  issedonlar,  saklar  haqida, 
ularning  turmushi,  urf-odatlari,  harbiy  qurollari  va  kiyimlari  haqida  qiziqarli 
ma’lumotlar  keltiradi.  Geradot  bu  halqlarning  ijtimoiy  xayotida  ayollarning  teng 
xuquqliligi  va  baland  maqomi  haqida  yozadi.  Bu  ma’lumotlardan  kelib  chiqib, 
o‘sha  davrda  O‘rta  Osiyo  xalqlari  xayotida  matriarxat  sarqitlari  saqlanib 
qolganligini  taxmin  etish  mumkin.  Geradot  bu  halqlarda  kannibalizm 
(odamho‘rlik)  xollari  uchrashi  haqida  axborot  beradi,  urug‘dagi  sog‘lom  va 
nuroniy  qari  odamni  so‘yib,  uning  go‘shtini  hayvonlar  go‘shti  bilan  qo‘shib 
pishirishlar  va  tanovvul  qilishlarini  qayd  etadi.  Geradot  qadimgi  ajdodlarimiz 
chorvachilik, baliq ovi va dehqonchilik bilan shug‘ullanganligini ta’kidlaydi. 
Qadimgi  tariximiz  xaqida    ma’lumotlar  yozib  qoldirgan  tarixchilardan  biri 
Ktesiy hisoblanadi (m.a. V-IV asrlar). Ktesiy Eron shahanshoxi Artakserks II ning 
shaxsiy  tabibi  bo‘lib,  u  mashhur  olim  Gippokratning  qarindoshi  edi.  Afsuski, 
Ktesiy  asarlarning  asl  nushasi  bizgacha  etib  kelmagan.  Uning  asarlaridan  olingan 
ayrim  parchalar  keyingi  avlod  tarixchilarining  kitoblarida  saqlanib  qolgan. 
Gerodotdan farqli o‘laroq, Ktesiy faqat o‘zi ko‘rgan yoki eshitgan axborotlarnigina 
emas  balki uydirma ma’lumotlarni ham o‘z asariga kiritgan. SHu sababdan uning 
asarlaridan  foydalanishda  o‘ta  extiyorkorlik  zarurdir.  Ktesiyning  Ossuriya 
podshosi  Ninning  O‘rta  Osiyoga  qilgan  harbiy  yurishlari  haqidagi  ma’lumotlarni 
ishonchli emas. Ktesiy o‘z asarida birinchi marta Zoroastr (Zardusht) nomini tilga 
oladi.  U  sehrgar  va  Baqtriya  podshosi  bo‘lganligi    ta’kidlanadi.  Zardusht  podsho 
bo‘lgan emas, albatta. Lekin uning nomini tilga olganligi va bu nom Baqtriya bilan 
bog‘langanligi  zardushtiylik  dini  shu  mamlakatda,  ya’ni  Baqtriyada  vujudga 


14 
 
kelganligi  to‘g‘risidagi  tahminlarni  quvvatlovchi  dalillardan  biridir.  Ktesiy 
baqtriyaliklarning    Eron  shohi  qo‘shini  tarkibida  Ossuriyani  tor-mor  etishda 
qatnashganligini ma’lum qiladi.  
Ktesiy  ham  sak  ayollari  jasur  va  harbiy  ishga  moyil  ekanliklarini  ta’kidlaydi. 
SHu  bilan  bog‘liq  holda  u  saklar  malikasi  Zarineya  haqidagi  hikoyani  keltiradi. 
Zarineya o‘zining birinchi eri  va akasi  Kidrey  halok bo‘lganligidan so‘ng Parfiya 
viloyatining  hokimi  Mermerga  turmushga  chiqadi.  Forslar  bilan  jangda  Zarineya 
yaralanadi va jang maydonini tashlab ketadi. Striangey nomli fors uni ta’qib etadi 
va  qo‘lga  tushiradi,  lekin  Zarineyaning  iltimosiga  ko‘ra  uni  ozod  etadi.  Keyingi 
jangda  esa  Zarineyaning  eri  Mermer  Striangeyni  asirga  oladi  va  Zarineyaning 
yalinishiga  qaramay,  uni  o‘ldirmoqchi  bo‘ladi.  SHunda  Zarineya  asirlarni  ozod 
etib, ular bilan birga erini o‘ldiradi va Parfiya viloyatini Eron shohiga berib, u bilan 
do‘stona  munosabat  o‘rnatadi.  Ktesiy  keltirgan  bu  ma’lumot  naqadar  to‘g‘ri 
ekanligini  bilish  qiyin,  lekin  bu  hikoya  Geradotni  saklar  jamiyatida  ayollar  roli 
yuqori ekanligi haqidagi axborotni tasdiqlaydi.  
Ktesiy  Eron  shohi  Kirning    halok  bo‘lishi  to‘g‘risida  Geradotdan  ancha  farq 
qiladigan ma’lumot keltiradi. Uning yozishicha, Kir derbiklar bilan bo‘lgan jangda 
yarador  bo‘lib,  otdan  yiqilib  tushadi.  Uni  derbiklar  bilan  birga  jang  qilgan 
xindlardan  biri  yarador  qiladi,  shundan  so‘ng  Kir  vafot  etadi.  Ktesiyning  bu 
ma’lumoti  to‘g‘ri  emas,  deb  aytish  mumkin,  chunki  boshqa  manbalarda  bunday  
axborot uchramaydi.  
Geradot  va  Ktesiydan  tashqari  boshqa  yunon  tarixchilari  ham  o‘z  asarlarida 
O‘rta  Osiyo  halqlari  to‘g‘risida  ma’lumotlar  beradilar.    Ulardan  biri  Ksenofont 
(m.a.  445-355  yy.)  o‘zining  tarixiy  siyosiy  roman  janrida  yozilgan  «Kiropediya» 
nomli  asarida    baktriyaliklar,  saklar  va  girkanliklarning  fors  shohi  Kir  tomonidan 
bo‘ysundirilishi  va  uning  qo‘shini  tarkibida  Ossuriyaning  zabt  etishda 
qatnashganliklarini ko‘rsatib o‘tadi.  
YUqorida  ta’kidlab  o‘tilganidek,  antik  mualliflarining  O‘rta  Osiyoga  nisbatan 
qiziqishlarining  ortishiga  turtki  bo‘lgan  muhim  tarixiy  voqea  –  bu  Iskandar 
Zulqarnaynning  SHarqqa  yurishlaridir.  Ko‘p  mualliflar  Iskandar  tarixini  yoritish 
jarayonida  u  bosib  olgan  mamlakatlar  haqida,  shu  jumladan  O‘rta  Osiyo  haqida 
ma’lumotlar  yozib  qoldirganlar.  Iskandarning  hayoti  va  faoliyati  haqidagi  tarixiy 
asarlarning  eng  muhimi  –  bu  Arrianning  «Iskandar  yurishlari»  nomli  asaridir.  Bu 
asar milodiy II asrda, Iskandar  davrida 5 asr o‘tgandan so‘ng yozilgan. «Iskandar 
yurishlari» buyuk sarkarda sha’niga maddoxlik ruxida ta’rif etilgan asardir. Arrian 
o‘z  asarini  yaratishda  juda  ko‘p  tarixiy  manbalardan  foydalangan.    Jumladan, 
Iskandarning 
shahsiy 
muqotibasidan, 
saroy 
kundaliklaridan, 
Iskandar 
yurishlarining  guvohi  va  ishtirokchisi  bo‘lgan  sarkardalar  Ptolomey,  Lag  va 
Aristobulning  esdaliklaridan  keng  foydalangan.  Arrian  mo‘‘tabar  manbalardan 
foydalanganligi,  ularga  tanqidiy  ruhda  yondashganligi  asarning  ilmiy  ahamiyatini 
yanada  oshiradi.  Arrian  foydalangan  birinchi  darajadagi  manbalar  keyinchalik 
yo‘qolib  ketganligini  hisobga  olsak,  uning  asari  g‘oyat  nodir  yodgorliklar 
ekanligiga ishonch xosil qilamiz.  


15 
 
Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf «Iskandar Makduniy tarixi»  nomli asar yozib 
qoldirgan  (m.a. I asrning oxiri I asrning birinchi  yarmi). Asar  lotin tilida yozilgan 
bo‘lib,  10  kitobdan  iborat,  lekin  uning  dastlabki  ikki  kitobi  bizgacha  etib 
kelmagan.  Mutaxassislar    Kvint  Kursiy  Rufning  manbalarga  tanqidiy 
yondashmasligini, Iskandar hayoti bilan bog‘liq voqealarni badiiylashtirilganligini 
ta’kidlaydilar.  Kursiy  ayrim  hollarda  fantastik  syujetlarni  to‘qib  chiqaradi.  O‘z 
qahramoni  Iskandarning    ruhiy  holatlarini  ochib  berishga  intiladi.  Muallif 
tasvirlanayotgan  voqealarning  aniq  sanasini  keltirmaydi.  SHu  bilan  birga  u 
Iskandarning  real  siymosini  yaratishga  harakat  qiladi.  Kvint  Kursiy  Rufning 
talqinida  Iskandar  taqdir  erkatoyi,  o‘ziga  bino  qo‘ygan,  bosqinchilik  konida 
bo‘lgan, shafqatsiz, qasoskor, mard, tanti va bag‘rikeng shahs sifatida gavdalanadi. 
YUqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  kamchiliklardan  qat’iy  nazar,  Kursiyning  asari  O‘rta 
Osiyo  halqlarining  Iskandar  Makduniy  davridagi  tarixiga  oid  boy  ma’lumotlar 
beradi. Asardagi Baqtriya va So‘g‘diyonaning tabiati va iqlim sharoitlari, Spitamen 
qo‘zg‘olonining tafsilotlari va boshqa ma’lumotlar diqqatga sazovordir.  
YUqorida  nomlari  tilga  olingan  tarixchilardan  boshqa  antik  mualliflar  ham 
qadimgi  ajdodlarimizning  hayoti  va  turmushi  haqida  ma’lumotlar  yozib 
qoldirganlar.  Jo‘g‘rofiya  fanining    «otasi»  Strabon  o‘zining  17  kitobdan  iborat 
«Geografiya» nomli asarida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg‘iyonaning tabiiy 
sharoitlari, shaharlari, ularga olib boradigan yo‘llar, bu erdagi daryolar, bu diyorda 
yashagan  halqlar,  ularning  turmush  tarzi,  urf-odatlari  va  e’tiqodlari  to‘g‘risida 
e’tiborga loyiq mu’lumotlar keltiradi.  
O‘rta  Osiyoning  miloddan  avvalgi  IV  –  milodiy  IV  asrlardagi  tarixi,  tarixiy 
jo‘g‘rofiyasi va etnografiyasiga doir ma’lumotlar Diodor Sitsiliyskiyning «Tarixiy 
kutubxona»  (m.a.  I  asr),  Rim  tarixchisi  Pompey  Trogning  «Filipp  tarixi»  va 
«Ibtido» («Prologi») nomli asarlarida (m.a. I asr – milodiy I asr), yunon tarixchisi 
Polibiyning «Umumiy tarix»  (m.a. II asr), rim tarixchisi Pliniyning «Tabiiy tarix» 
(Pliniy  m.a.  79  yilda  Vezuviy  tog‘i  portlaganda  o‘lgan  degan  taxmin  bor),  rim 
tarixchisi  Tatsitning  «Tarix»  va  «Yilnomalar»  («Annalo‘»)  (I-II  asrlar),  yunon 
olimi Klavdiy Ptolomeyning «Jo‘g‘rofiyaga oid qo‘llanma» (II asr), rim tarixchisi 
Ammian  Margellining  «A’mol»  («Deyaniya»)  (IV  asr)  va  boshqa  mulliflarning 
asarlarida uchraydi. Mazkur asarlarda keltirilgan ma’lumotlar o‘z xarakteriga ko‘ra 
xilma-xildir.  Ularning  ayrimlari  uydirma  ma’lumotlarga  asoslangan  bo‘lsa, 
boshqalari  ishonarli  manbalarga  tayanadi.  SHu  sababdan  ulardan  foydalangan 
paytda keltirilgan ma’lumotlarni chuqur tanqidiy tahlil etish zarur.  

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish