9
o‘zlarining ijtimoiy axvoli yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘zlari keltirgan tarixiy
faktlardan to‘g‘ri xulosa chiqarmaydilar. Bunday manbashunos-tadqiqotchi
muallifning xulosalarini tanqidiy taxlil etishi va o‘zining ilmiy asoslangan
fikrlarini ilgari surishi kerak. Masalan, Temuriylar davrida yashagan va ularning
saxovatidan baxramand bo‘lgan Mirxond o‘zining «Razvat us-safo» nomli asarida
Samarqanddagi 1365 yilgi sarbadorlar qo‘zg‘oloniga salbiy baxo berib, ularni
sarkashlik va yovuzlikda ayblaydi. Bunday xulosani ob’ektiv baxo deb bo‘lmaydi,
albatta. YOki Buxoroning so‘nggi amiri Sayyid Olimxonning «Buxoro xalqining
xasrati tarixi» nomli esdaliklarini olaylik. Muallif mazkur esdaliklarda o‘zini
xukmdor sifatida qilgan ishlarini maqtaydi. Vaxolanki bu amir maqtovga arzigulik
ishlarni amalga oshirgani yo‘q. Demak, tadqiqotchilar tarixiy manba
mualliflarining ijtimoiy kelib chiqishlarining xisobga olgan xolda, ularning fikr va
xulosalariga tanqidiy ruhda yondashishlari kerak bo‘ladi.
Tarixiy manbalarning to‘liqligi, aniqligi, ishonchliligi ko‘p xollarda
muallifning voqealardan qay darajada xabardorligiga, uning konkret tarixiy
ma’lumotlarni yig‘ishi va qayta ishlashi uslublariga bog‘liqdir. SHu boisdan
muallifning axborot manbalarini aniqlash, uning xizmati, joyi va ijtimoiy
xolatini xisobga olish, fikr yuritish qobilyatiga baho berish zarur. Muallif tarixiy
voqelarning guvohi yoki ishtirokchisi bo‘lsa yoki ma’lumotlarni ishonchli
manbalardan olgan bo‘lsa, uning asarining ilmiy ahamiyati yuqori bo‘ladi.
Ba’zan muallif o‘z fikrini ochiq bayon qilmaydi. Ma’lum sabablarga ko‘ra o‘z
fikrini pardali va istiorali iboralar orasiga yashiradi. Bu mumkin bo‘lgan
tarkiblardan omon qolish yoki senzuraning mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lish
mumkin. Bunday xollarda tadqiqotchi manbadagi pinxona mazmunni oshkor
qilishga intilmog‘i zarur.
SHuni ham yodda tutish lozimki, biron-bir ilmiy muammoni tadqiq etishda
bir emas, bir necha turli xarakterdagi tarixiy manbalarga tayanmoq maqsadga
muvofiqdir. Qancha ko‘p tarixiy manbalardan foydalanilsa, ilmiy asarning
qiymati shuncha yuqori bo‘ladi. Ilmiy faktlar sistemasi esa o‘rganilayotgan
xodisa va jarayonlarning ichki mohiyatini anglab etishga, tarixiy taraqqiyotning
asosiy tendensiyalarini aniqlashga yordam beradi.
Manbashunoslik fani turli manbalardagi faktlarni bir tizimga solish, ularni
qayta ishlash va taxlil etishning xilma-xil usullarini ishlab chiqadi. Bu usullar
(metodlar) bilan biz keyingi ma’ruzalar jarayonida tanishib boramiz. Faqat shuni
ta’kidlab o‘tmoqchimizki, so‘nggi yillarda manbalarni tadqiq etishning bir necha
xozirgi zamon usullari vujudga keldi. Bu matematik usullar, kompyuterlardan
foydalanish va boshqa usullardir. Xilma-xil metodlardan oqilona foydalanish
manbalarni chuqur o‘rganishga va shu asosda teran ilmiy konsepsiyalar
yaratishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: