Xonliklar davri tarixiga oid, rus va evropa tillaridagi manbalar.
Buyuk jug‘rofik kashfiyotlardan so‘ng Ipak yo‘li o‘z axamiyatini
yo‘qotganligi sababli, O‘rta Osiyo jaxon xo‘jaligi savdosidan chetga tushib qoldi.
Lekin bundan qat’i nazar Vatanimizni Ovrupo mamlakatlari bilan savdo
diplamatik aloqalari batamom to‘xtab qolmadi. XVI asrdan boshlab O‘rta Osiyo
va Rossiya o‘rtasidagi xar tomonlama aloqalar tobora kuchayib bordi. Ayniqsa,
Qozon va Astraxan xonliklari Rossiya tomonidan bosib olingandan so‘ng bunday
aloqalar yanada jonlanib ketdi. O‘rta Osiyoga muntazam ravishda rus elchilari,
savdogarlari va sayyoxlari tashrif buyurar edilar. Rus elchilari o‘z
xukumatlarining talabiga muvofiq, O‘rta Osiyo xonliklarining ichki axvoli va
xalqaro aloqalari, axolisi, xo‘jaligi, xarbiy saloxiyati xususida imkon qadar
batafsilroq ma’lumotlar berishga xarakat qilar edilar. Bora-bora yurtimizga
Rossiyadan kelayotgan odamlar doirasi kengayib bordi. Ularning qatoriga
injenerlar, vrachlar, olimlar va boshqalar qo‘shilib bordilar. Natijada rus
mualliflarining O‘rta Osiyo xususida to‘plangan materiallarining ko‘lami
kengaydi. O‘rta Osiyo xonliklari axolisiga doir ma’lumotlarni bu erga tashrif
buyurgan ovropalik mualliflar xam yiqqanlar. Ular orasida ayniqsa vengar olimi
va sayyoxi German Vamberi va ingliz zobiti va Aleksandr Byorns yozib qoldirgan
ma’lumotlar e’tiborga sazovordir. O‘rta Osiyoga kelib ketgan elchilar va sayyoxlar
xotiralari va xisobotlari o‘lkamiz tarixini o‘rganishda muxim manba bo‘lib xizmat
qiladi. Ularga Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining davlat tuzimi, shaxarlari,
xo‘jaligi, axolining mashg‘ulotlari va turmush tarzi xususida boy ma’lumotlar
bor. SHu bilan birga mazkur xotira va xisobotlar mualliflari ba’zi xollarda bir
yoqlamalik va sub’ektivizm singari nuqsonlarga yo‘l qo‘yishlarini xam ta’kidlab
o‘tish zarur.
XVI asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyoga tashrif buyurgan birinchi Evropalik
ingliz sayyoxi Antonii Jenkinson edi. Jenkinson «Moskva savdo kompaniyasi»da
xizmat qilgan va O‘rta Osiyodan Xitoy va Xindistonga olib boradigan yo‘llarni
aniqlash maqsadida kelgan. Jenkinsonning Buxoroga qilgan safari xaqidagi
xotiralari 1987-yilda to‘la xajmda nashr qilingan. XVII asrda O‘rta Osiyoga kelib
ketgan rus elchilari I. D. Xoxlov (1620-1622) va S. I. Pazuxinlar, V. A.
Dovudovlar va M Qosimovlarning rus podshosi nomiga yozgan xisobotlari
diqqatga sazovor. Bu xisobotlarda Buxoro va Xiva xonliklarining ichki va tashqi
axvoli xususida qiziqarli ma’lumotlar beriladi. XVIII asrda Pyotr I xukumronligi
davridan boshlab chor Rossiyasi O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olish va ularni
Rossiyaga qo‘shib olish rejalarini tuza boshladi. SHu boisdan, bu erga yuborilgan
elchilarga siyosiy va iqtisodiy mazmundagi ma’lumotlar bilan bir qatorda xarbiy
xarakterdagi ma’lumotlar yig‘ish vazifasi topshirilar edi. Jumladan, 1721-1725
yillarda Buxoroda bo‘lgan elchi F.Beneviniga Buxoro xonligining Turkiya bilan
munosabatlarini aniqlash, xonlikning qurolli kuchlari, ularning qurollanishi va
36
maxoratini aniqlash vazifasni yuklangan edi. 1740-1741 yillarda Omsk shaxridan
Xivaga safar qilgan poruchuk Gladishev va geodezist Muravinlar xonlikka olib
boradigan yo‘llar, mamlakatning jug‘rofiy axvoli xususidagi ma’lumotlar
yig‘ishga asosiy e’tibor berdilar.
XVIII asrda Qo‘qon xonligi tashkil topgandan so‘ng rus va ingliz elchi va
savdogarlari bu xonlik xaqida xam ma’lumotlar yig‘ishga katta e’tibor bera
boshladilar. Jumladan, savdogar SHubay Arslonovning Toshkent shaxri xaqidagi
axboroti (1741) 1800 yilda Toshkent xokimi YUnusxo‘janing iltimosiga ko‘ra bu
erga kelgan injenerlar Burnashev va Pospelovlarning xotiralari, F. Nazarovning
1813-1814 yillarda Qo‘qonga qilgan safari xaqidagi xisobotlari shular
jumlasidandir.
Buxoro amirligi xaqidagi eslatmalar ichida Filipp Efremovning “To‘qqiz
yillik sayoxat” nomli kitobi aloxida ajralib turadi. Filipp Efremov to‘qqiz yil
davomida Buxoro amiri qo‘lida tutqun edi, lekin xarbiy xizmat qilib ancha yuqori
lavozimlarga erishdi. Asirlikdan qochib o‘z vataniga qaytib kelgandan keyin u
yuqorida nomi tilga olingan kitobni yozdi va katta shuxrat qozondi. Asarda
Buxoro amirligi xaqida qimmatli ma’lumotlar bor.
XIX asrning boshlarida Buxoro amirligiga tashrif buyurib, o‘z xotiralarini yozib
qoldirgan mualliflardan tabiatshunos va vrach E. N Eversian, ruxoniy Budrin
esdaliklarini, Aleksandr Byornsning “Buxoroga sayoxat” nomli asarini, elchi I.
Vitkevichning «Qaydlar» nomli xotira kitobini xamda Butakov ismli injener,
sharqsunos olim N. V. Xanikovlarning esdaliklarni aloxida qayd etish lozim.
Qo‘qon xonligi tarixiga oid muxim manbalardan biri kazaq ofitseri Nikolay
Potininning esdaliklaridir. German Vamberining «O‘rta Osiyo ocherklari» kitobi
Xiva xonligi va Buxoro amirligining XIX asr o‘rtalaridagi axvoli xususida
nixoyatda boy ma’lumotlar beradi.
SHunday qilib, o‘zbek xonliklari tarixiga doir rus va ovro‘pa manbalari original
xarakterga ega bo‘lib, ishonarli tarixiy manbalar qatoriga kiradi. E’tiborga loyiq
tomoni shundan iboratki, bu manbalarda maxalliy xalq xayoti va turmushining
maishiy tomonlari yaxshi yoritilgan. Biz maxalliy tarixnavis asarlarda
uchramaydigan nodir ma’lumotlarni rus mualliflari esdaliklaridan topishimiz
mumkin.
Xulosa qilib shuni aytib o‘tish kerakki, xonliklar davri tarixiga oid juda ko‘p
tarixiy va xilma-xil tarixiy manbalar mavjud. Ulardan kompleks ravishda va
tanqidiy ruxda foydalanish bu davr tarixini teran o‘rganish imkoniyatini beradi.
37
Do'stlaringiz bilan baham: |