"
("Iqlimlarni o‘rganish uchun
eng yaxshi qo‘llanma") nomli asar yozgan.
Mazkur asarning ikkinchi kismida
Ajam mamlakatlari, shu
jumladan Xuroson, Movarounnaxr va Seyistonning
jug‘rofik
xolati mashxur shaxarlari, osoru-atiqalari, axolisi va uning
mashg‘ulotlari, diniy e’tiqodi xamda urf-odatlari, viloyatlarning va mashxur
kishilari to‘g‘risida ma’lumotlar beradi.
O‘lkamizning XII asrdagi tarixiy-geografiyaga doir ma’lumotlar Al-
Idrisiyning «Nusxat al-mushtok» (asarning to‘liq nomi «Nuzimat al-malok faxtiran ul-
ofok» , ya’ni «Jaxon bo‘ylab kezib xoldan toygan kishining ovunchog‘i», ayrim
xollarda mazkur asar Sitsiliya qiroli Rojerga bag‘ishlanganligi sababli «Kitob al-
rujoriy» deb ataladi) va YOqut Xamaviy «Mu’jai ul buldon» («Mamlakatlar
ro‘yxati») nomli asarlarida xam uchraydi.
20
Bu davr tarixini o‘rganishda arab tilida bitilgan tarixiy asarlarning axamiyati
g‘oyat muximdir. Ayniqsa, Utbiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn al-Asir, SHaxobuddin
Nasaviylarning qalamiga mansub asarlar diqqatga sazovardir.
Abu Nasr Muxammad ibn Abdujabbor Utbiy asli Ray shaxridan bo‘lib, badavlat
va zodogon oilaga mansubdir. Utbiy o‘z xayoti davomida Somoniylar, Ziyoriylar va
/aznaviylar saroyida xizmat qilgan. Bizgacha Utbiyning «Tarixiy YAminiy» asari etib
kelgan. Bu asarda muallif Sabuqtagin va Sulton Maxmudlar zamonida /aznaviylar
davlatida ro‘y bergan siyosiy voqealarni bayon etadi. Asar xukmron feodal sinf
manfaatlarini ximoya qiladi. Lekin ayrim xollarda muallif mexnatkash xalq
ommasining og‘ir axvoliga nazar tashlaydi. Asarning arabcha matni va forsiy
tarjimalari bir necha marotaba nashr qilingan.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy tarix faniga oid bir necha asarlar
yozib qoldirgan. Bulardan biri «Osor ul-bokiya al-kurun jaxoliya», («Kadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar») asari bo‘lib, bu asarni u 1000 yilda Gurgonda, shu
shaxar xukmdori Kobus ibn Vishmagin, Ziyoriy saroyida xizmatda bo‘lgan chog‘ida
yozadi. «Osor ul-bokiya» asari shu bilan xam qimmatliki, unda oldingi davrlarda
yaratilgan va keyinchalik yo‘qolib ketgan ko‘pgina manbalardan foydalanilgan.
Beruniy o‘z asarida folklor va etnografiyaga doir qiziqarli ma’lumotlar keltiradi. Biz
uchun kitobda keltirilgan Iskandar Zulqarnayn, Moniy, Zardusht, Muqanna kabi tarixiy
shaxslar xayotiga doir ma’lumotlar qimmatlidir. Bu asar eng qadimgi davrdan to
islomiyatgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Beruniyning bizgacha etib kelmagan
«Tarixi Xorazm» nomli asarida Xorazmning Gaznaviylar davlati tarkibidagi tarixi
(1017-1043) bayon etiladi bu asarning ayrim parchalari Bayxakiy va Xamaviy
asarlarida saqlanib qolgan.
Yirik arab tarixchisi Ibn al-Asir (1160-1234) bir necha tarixiy asarlar yozib
qoldirgan. Biz uchun uning «Al komil fi-t-tarix» nomli 12 jildlik asari muximdir. Asarning
I-VI jildlari komnilyasiya bo‘lib, muallif Tabariy, ibn Miskavayx, As-Sulamiy va
boshqalarning asarlaridan keng foydalangan. Asarning VII-XII jildlari muxim axamityaga
ega bo‘lib, 924-1031 yillar orasida SHarq mamlakatlari, jumladan O‘rta Osiyoda bo‘lib
o‘tgan voqelarni o‘z ichiga oladi. Bu qism asosan qo‘lyozma manbalar,
shuningdek tarixni yaxshi bilgan kishilar bergan axborot xamda muallifning
shaxsiy kuzatishlari bilan to‘plangan faktik materiallar asosida yozilgan.
Asarning mug‘ullar istilosiga bag‘ishlangan XII jildi aloxida qimmatga
egadir. Ibn al-Asirning "Al komil fi-t-tarix" asari Xivada
Muxammad
Raximxon II xukmronligi
davrida o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
XIII asrning ko‘zga ko‘ringan tarixchilaridan biri SHaxobuddin
Muxammad Nasaviy shaxsan mug‘ullarga qarshi janglarda ishtirok etgan edi.
1224-1231 yillarda Nasaviy sulton Jaloliddin Manguberdining xizmatida bo‘ldi
va 1241 yilda o‘zining "Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni" nomli asarini
yozib qoldirdi. Asar muqaddima va 108 bobdan iborat. Asarning I-IV
boblarida Mug‘ullar davlatining tarixi bayon etiladi. V-XXII boblar
xorazmshox Alouddin
Muxammadning xayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.
XXIII bobdan boshlab kitobning to oxirigacha mug‘ul
istilosi va xorazmshox
Alouddin Muxammadning o‘z yurtini sharmandalarcha tashlab qochishi,
21
sulton Jaloliddinnnng xayoti va uning mug‘ul istilochilari bilan olib borgan
kurashi, uning Ozarboyjon xamda Iroqdagi faoliyati va nixoyat fojiali xalokati
xikoya qilinadi. "Sirot us-sulton"ning,
ayniqsa, 1224-1231 yillar voqealarini
o‘z ichiga olgan boblari original axamiyatga ega. CHunki bayon qilingan
voqealarning ko‘pchiligida muallif shaxsan ishtirok etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |