Nokning hujayrasini o‘rganish. Ish tartibi.
Nok mevasining yumshoq
etida qattiq sarg‘ish rangli dumaloq donachalar bo‘ladi, ana shu tuzilmalar bir
necha qattiq holga kelgan toshsimon hujayralardir. Tekshirish uchun nok mevasi
etidan lantsetda ozgina olib, buyum oynasidagi suv tomchisiga qo‘yiladi va
qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Biroz bosib toshsimon hujayra eziladi. Bunga
floroglyutsin bilan xlorid kislota tomizilsa, toshsimon hujayralar biroz vaqt
o‘tgach, qizil tusga kiradi. Nok mevasining eti esa rangsizligicha qoladi. Bu hol
totshsimon hujayra po‘sti yog‘ochlanganligini ko‘rsatadi. Mikroskopda dastlab
kichik ob'ektivda, keyin katta ob'ektivda ko‘riladi va rasmi chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |