Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
61
61
So‘z boshida:
1.
Jarangsiz t - tovushi keladi: Jarangli d- tovushi keladi:
tebey debey
2. Til o‘rta y – tovushi keladi: Til oldi
j- tovushi keladi
Yinju, yilkin yoki y- tovushi kelmaydi: janju, elkin
3.Sonor m – tovushi keladi: Portlochi b – tovushi
Men, mung keladi: ben, bung
Mahmud Koshg‘ariy qabilalar hayoti va tilinii tarixiy asosda
yoritdi. Ilgarilarda katta o‘rin tutib , XI asrda ergashuvchi qabilalar
holiga tushgan qarluqlar,
tangutlar, basmil va boshqalar ham devonda
keng izohlanadi. Urxun yodgorliklaridan ma’lum bo‘lishicha bu
qabilalar IX –X asrlarda ilg‘or hisoblanar edilar. Lekin XI asrlarda
bular o‘zlarining mavqeyini yo‘qotib, boshqa qabilalarga qo‘shilgan
edi. Mahmud Koshg‘ariy hatto ilgarilar bu yerlarga kelib joylashib
qolgan boshqa xalq hayotini ham sinchiklab o‘rgandi. U tubutlar
haqida shunday ma’lumot beradi: “ Tubutlar turk diyorida yashovchi
bir qavm : Kiyik mushki( kiyikning kindigidan kesib olib
hozirlanadigan atir) tubutlarda bo‘ladi. Tubutlar bir jinoyat qilib
Yamandan qochib, dengiz yo‘li bilan Chinga borib, o‘rnashib qolgan
Bani sobit avlodlaridir. Hozir ular bir ming besh yuz farsah yerda
yashaydilar. Sharq tomoni Chin, g‘arb tomoni Kashmir, shimol
tomoni Uyg‘ur, janub tomoni Hind dengizidir. Ular o‘z tillarini
yo‘qotib, turkiy tilni o‘zlashtirgan bo‘lsalar ham, hanuz ularning
so‘zlarida o‘z tillariga moslashtirish farqi sezilib turadi. Chunonchi,
onani “uma” deydilar, otani “aba” deydilar”. Bu qabilalar leksikasi
haqidagi ma’lumotlar tarixiy jihatdan katta ahamiyatga egadir.
Mahmud Koshg‘ariy ayrim shevalargagina xos bo‘lgan til
hodisalarini ham, ko‘pchilik qabilalarning umumlashgan til
xususiyatlarini ham izchil ravishda ko‘rsatib berdi. Bu xil
ma’lumotlar O‘rta Osiyo xalqlari tillarining, shu jumladan, o‘zbek
tilining shakllanishida asos bo‘lgan qabilalarni aniqlashda muhim
material bo‘lib xizmat qiladi. Uning asarida qabilalar tilida so‘z
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
63
63
imkoniyatlarini nazariy jihatdan asoslab berdi.
O‘zbeklar yirik turkiy xalqlardan bo‘lib, tarixiy manbalarining
guvohlik berishicha, ularning ota-bobolari qadimdan O‘rta Osiyo
hududining asosiy aholisi bo‘lgan.
O‘zbek xalqi o‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lib, o‘tmishdan tortib,
XIX asrning II yarmigacha turk, sart, chig‘atoy va nihoyat o‘zbek
atamalari bilan yuritilib kelingan.
Turk atamasi haqida. Dastavval o‘zbek xalqi turk nomi bilan
yuritilgan. Faqat o‘zbeklargina emas, O‘rta va Markaziy Osiyoda
yashaydigan barcha turkiy xalqlar turk nomi bilan yuritilgan.
Jumladan, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur, Volga
bo‘yidagi tatar, boshqird, chuvash, kavkazdagi ozarbayjon, qumuq,
no‘g‘ay va sibirdagi oltoy, xakas, tuva, yoqut kabi xalqlar ham turk
deb atalgan. Ularning tillari esa turkiy til deyilgan.
Turk atamasi dastlab siyosiy-ijtimoiy ma’noni anglatgan. U
qabilalar harbiy uyushmasining nomini bildirgan.
Alisher Navoiy “Muhokamatul lug‘atayin” asarida o‘zbek xalqini
turk, uning tilini turk tili deb amalda
Do'stlaringiz bilan baham: