6.5. Pul massasining o`sishini jilovlashga qaratilgan monetar
siyosatni amalga oshirish
Hozirgi vaqtda inflyatsiya tabiatini o`rganishda iqtisodchi olimlar
uning monetar sabablarini, ya`ni tovar masasiga nisbatan pul
massasining xajmini o`zgarishini asosi qilib ko`rsatadilar. Inflyatsiya
bilan olib boriladigan faoliyatda uning darajasini o`lash uchun dastak
lozim bo`ladi. Ushbu dastak bo`lib baholar indeksi hisoblanadi.
Baholar indeksi joriy umumiy iste`mol narxlarining bazis davridan
narxlarga nisbatan o`sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Ushbu indeksni
aniqlashda mamlakat fuqorolarining iste`mol savatiga kiritilgan
mahsulotlar v xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar.
Ushbu formula quyidagicha hisoblanadi:
131
PKt
IPTS = ------------ x 100 %
PKb
Bu yerda: IPTS – iste`mol narxlarining indeksi;
PKt - iste`mol savatining joriy narxi;
Pkb - iste`mol savatining bazis narxi.
Inflyatsiya darajasining o`sishini bir bahosini o`sishi bilan
aniqlash mumkin. Masalan 1 litr benzinning bazis davridagi narxi 500
so`m bo`lgan va uning joriy davrdagi narxi 585 so`mga teng. Demak,
biz kuzatgan davr ichida 1 litr benzinning narxi 117 % ga ortgan.
Iqtisodiyotdagi narxlar darajasiga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy
omillardan biri inflyatsion kutilmalar hisoblanadi.
Inflyatsion kutilmalar aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining
kelgusidagi narxlar darajasi bo`yicha farazlari bo`lib, ular tomonidan
iqtisodiy qarorlar qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Inflyatsion kutilmalar asosida ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar
o`zlarining kelgusidagi moliyaviy rejalarini va narx-navo siyosatini
shakllantiradilar.
Ishlab chiqaruvchilarning inflyatsion kutilmalari inflyatsiyaga
taklif nuqtai nazaridan ta`sir ko`rsatadi. Kutilmalar oshgan holda,
ishlab chiqaruvchilar kelajakda narxlarning oshishi hisobiga
kutilayotgan qo`shimcha narxlarni o`z mahsulotlarining joriy
narxlariga
qo`shib
qo`yadilar.
Iste`molchilarning
inflyatsion
kutilmalari esa talab dinamikasiga ta`sir ko`rsatadi. Aholining
inflyatsion kutilmalari oshgan sharoitda iste`molchilar kelgusida
narxlar o`sishi tezlashib ketishidan xavfsirab, kelajak uchun tovarlarni
ko`proq sotib ola boshlaydilar, bu esa talabni oshirib joriy narx-
navoning o`sishiga olib keladi.
Bundan
tashqari,
inflyatsion
kutilmalar
iqtisodiyotdagi
tadbirkorlik va investitsion faollikka, kreditlash va jamg’arish
kayfiyatlariga, foiz stavkalariga va boshqa iqtisodiy jarayonlarga o`z
ta`sirini ko`rsatadi.
SHu bois, inflyatsion kutilmalarni o`rganib borish va unga ta`sir
ko`rsatish pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirishda muhim rol’
o`ynaydi. SHuningdek, aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining
inflyatsion kutilmalari asossiz shakllanishining oldini olish maqsadida
Markaziy bank kommunikatsiya kanallari orqali o`zi olib borayotgan
132
Do'stlaringiz bilan baham: |